Machine Learning Lab.
578 subscribers
96 photos
27 videos
9 files
158 links
Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲

YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Robotics

Kelayotgan semester da talabalarimiz bilan birgalikda o’rganadigan robotchamiz.

InshaAlloh birgalashib yaxshi bilimlarni o’rganib kurs davomida qiziqarli loyihalarni amalga oshiramiz! Loyihalar asosan o’zi yurar mashinalar (self-driving car) ga bag’ishlanadi.

Kanalimizda shu haqda ham postlar joylab boramiz!

@machine_learning_lab
👍8🔥6😍3
Shaxsiy fikr!!!

Meta (Facebook) kompaniyasi asoschisi Mark Zuckerbergni nutqini ko'rgan bo'lsangiz kerak. U nutqi davomida shunday dediki yaqin kelajakda (middle level) software engineerlarga ish qolmaydi sababi AI bu ishlarni o'z zimmasiga oladi va ko'plab kompaniyalar software engineerlarni ishga yollashdan ko'ra AI assistenlarni afzal ko'rishadi sababi arzon, qulay va charchamaydi.

Uning fikriga ma'lum darajada qo'shilaman. Lekin bu degani ishsizlik ko'payadi software engineelar ishsiz qoladi degani emas. Bu yangi innovatsion yondashuvga o'tish yangi narsalarni bizga tuxfa etishi mumkin xuddi, tikuvchilik mashinasi ixtiro qilinganda tikuvchilar endi ishsiz qolamiz deb e'tizorlar va havotirlar bildirishgan yakunida esa bu mashina juda ham ko'plab tikuvchilarga ish o'rni yaratish bilan birga tikuvchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqqani kabi.

Yani kompaiyalar software engineerlarni ishga yollamasligi mumkin uning o'rniga prompt engineerlar yoki AI engineerlarni albatda yollaydi. Bu bizning hozirgi vaqtdagi fikrimiz xolos. Aynan bu hodisa ro'y bergandan keyingina biz aniq xulosaga kela olamiz.

Xulosa qiladigan bo'lsak, ayrim kasb egalari kasblarini yo'qotishi mumkin faqat ayrim yangi kasb kashf etilishi hisobiga. Umuman olganda, umumiy ishsizlik darajasiga ta'sir qilmasligi, aksincha ishsizlikni kamaytirishi ham mumkin.

Software Engineerlar AI ni ham o'rganishni boshlab yuborsangiz kam bo'lmaysiz 😉😎

👉@machine_learning_lab👈
👍9🔥4
🌟 Omost - Tasvirlarni (Rasmlarni) yasash uchun Large Language Models (LLM) kuchidan foydalangan holda kod yozish.

👉@machine_learning_lab👈
👍7🔥1
🌟 Omost - Tasvirlarni (Rasmlarni) yasash uchun Large Language Models (LLM) kuchidan foydalangan holda kod yozish.

📑Omost loyihasi Canvas virtual agenti yordamida rasm namunalarini yasash uchun kodlar yozadigan LLMlarni taqdim etadi. Shu tarzda, hatto murakkab tasvirlarni ham sifatli yaratish mumkin.

✍️Omost hozirda Llama3 va Phi3 o'zgarishlariga asoslangan 3 ta oldindan o'qitilgan LLMlardan foydalangan holda ishlaydi.

Bu loyiha rasmni yanada yaxshi sifatda yasash uchun quyidagi 4 ta manbalardan foydalanadi
(1) Open-Images datasetlaridagi annotatsiyalar,
(2) avtomatik tasvir izohi orqali olingan ma'lumotlar,
(3) DPO-dan mustahkamlash (Direct Preference Optimization, "kodlar bo'lishi mumkinmi yoki yo'qmi? python 3.10 tomonidan tuzilgan yoki yo'q" to'g'ridan-to'g'ri afzallik sifatida),
(4) OpenAI-dan oz miqdordagi sozlash ma'lumotlari GPT4o ning multimodal qobiliyati.

Oxirgi 2 ta rasm tasvirni shu tarzda yasash uchun zarur bo'lgan kodni ko'rsatadi.

📚Manbalar:
GitHub
HuggingFace

Siz ham sinab ko'ring va natijalarni quyida izohlarda ulashing.

👉@machine_learning_lab👈
👍5🔥3
Forwarded from Rustam Karimjonov
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💜💜💜 💙💙💙

AI (Sun’iy Intellekt) bo'yicha startuplar uchun + $100 mln. AQSH dollari tanlovi e'lon qilindi!


🇺🇸 AQSh Davlat departamenti Amazon, Anthropic, Google, IBM, Meta, Microsoft, Nvidia va OpenAI bilan hamkorlikda AI (Sun’iy Intellekt) startuplari uchun 100 mln. dollardan ortiq mablag‘ ajratadi hamda o‘z tajribasi, resurslari va tarmoqlarini birlashtirgan holda rivojlanayotgan davlatlarda sun’iy intellektning barqaror rivojlanish va hayot sifatini yaxshilashdagi imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlaydi.


➡️ O'zbek startuplari uchun ham juda zo'r imkoniyat ochilmoqda!!!

🗓 Tanlovda qatnashish uchun Ariza topshirishga juda kam vaqt - 5 kun qoldi!


🇺🇿 Agarda siz ushbu tanlovda qatnashishni istasangiz, bizning jamoamiz sizga yordam beradi.

🔗 Tanlovda qatnashish uchun quyidagi Ariza formasini to'ldiring: forms.gle/JfNkVPrgqqVdqJpX

🔗 Batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali AQSH departamentining rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

💬 Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa izohda qoldiring, bunday imkoniyatni qo'ldan chiqarmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
​​AI sohasida AQSh va Xitoy o'rtasidagi "urush" haqida!!!

AQSh hamda Xitoy davlatlari o’rtasida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va boshqa sohalarda ham o’zaro “urush” ketmoqda. Bu hech kimga sir emas. Ushbu postda ilmdagi yani Sun’iy Intelekt sohasidagi o’zaro “urush” haqida qisqacha fikrlashamiz.

Yuqoridagi postlarimni birida shu sohadagi ilmiy maqolalar patentlar va nashrlar borasida Xitoy allaqachon yetakchilikni qo’lga olganligi haqaida yozgan edim. Ammo bu AI mahsulotlarini amaliyotga tadbiqi borasida AQSh yetakchidek ko’rinadi. Masalan: ChatGPT, Midjournay, Gemini va hakozo.

Bilasiz AI mahsulotlarini aniqligi va taraqqiyoti doim GPUlarga bog'liq. GPUlar AIning ajralmas bir bo'lagi va bir birini doim rivojlantirishga undab boradi. Yaqinda Nvidia kompaniyasi yangi avlod GPUlarini taqdim etdi. Ular avvalgilariga qaraganda ancha kuchliroq va ancha arzon (bu haqda batafsil yozamiz). Ammo AQSh hukumati aynan GPUlar eksportiga cheklovlar qo'ygan. Yani, GPUlarni davlatlar hohlagan miqdorda sotib olisha olmaydi. Maqsad hammaga ma'lum. Boshqa mamlakatlarni AI sohasida AQShdan ildamlab ketmasligini ta'minlash. Ammo bu aks ta'sir berishi ham mumkin yani boshqa rivojlangan davlatlar jumladan Xitoy, Rossiya o'zining GPUlarini ishlab chiqarishga undashi mumkin. Bu esa kelajakda AQSh iqtisodiyotiga ham salbiy ta'sir ko'rsatishga olib keladi.

Xitoy nimalar qilmoqda?: Xitoylik olimlar hozirda LLM (Katta Til Modellari) modellarini optimizatsiyasiga ko'proq urg'u berishmoqda yani LLM modellari kamida aniqligini ushlab qolish yoki oshirish uchun arxitekturasini o'zgartirib parametrlar sonini kamaytirishga urinishmoqda. Bu esa LLM modellarini kuchsizroq bo'lgan GPUlarda ham train qilishga yordam beradi. Buni mahsulidan biri DeepSeek kompaniyasi.

Bu kompaniyaga 2023 yilda asos soligan. Hozirgacha bir nechta LLM modellarini ommaga taqdim etdi. Masalan DeepSeek-R1 modeli omma uchun bepul taqdim etildi va Amerika bozoridagi ko'plab AI kompaniyalarining fond bozoridagi aksiyalarini tushib ketishiga sababchi bo'ldi.

Nimaga?

Sababi: DeepSeek-R1 modeli arxitekturasi, codelari hammasi ochiq bemalol foydalansangiz bo'ladi. Modeli aniqligi bir necha katigoriyalarda OpenAIning ChatGPT-o1 modeli bilan bir xil ko'rsatgichga ega. Ammo ChatGPT-o1 modelidan foydalanishingiz uchun esa OpenAIga har oyda naqd $200 to'lab borishingiz kerak. Endi esa foydalanuvshilar soni sezilarli darajada tushib ketadi.

Xulosa: DeepSeek-R1 modeli asoslangan startaplar uchishni boshlaydi. Qadrdonlar otni qamchilash kerak.

Ps.: Aytgancha quyidagi rasm Microsoft Designer platformasida tayyorlandi 😁

👉@machine_learning_lab👈
👍73
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
“Qonga bo‘yalgan kecha”. Xitoycha ChatGPT sabab AQSH fond bozori 1 trln dollar yo‘qotdi

DeepSeek sun’iy idrok sohasida tarixiy burilish yasagani aytilmoqda. “Selikon vodiysi”ni larzaga solgan voqea haqida nimalar ma’lum?.

Batafsil — https://daryo.uz/nygsp4W7

👉 Obuna bo‘ling - @daryo
👍3🔥21
​​DeepSeek muhandislari juda aqilli chiqib qolishdiku!!!

DeepSeek API-dan foydalanish uchun siz
pip install openai
kodi orqali openai kutubxonasini o'rnatasiz. Ha, siz buni to'g'ri o'qidingiz, OpenAI mijozlar kutubxonalari orqali DeepSeek-dan foydalanishingiz mumkin. DeepSeek REST API OpenAI REST API bilan 100% mos keladi (quyidagi rasmda).

Bu kulgili va CTRL+C va CTRL+V dek tuyulishi mumkin va shu bilan birga aslida ancha aqillilikhamdir.

Masalan:

1. DeepSeek kompaniyasi bu orqali alohida Node.js va Python mijoz kutubxonalari tayyorlash uchun ketadigan muhandislarning bir necha haftalik ishlarini oddiygina OpenAI kutubxona kodiga o‘tish orqali saqlab qoldi.

2. OpenAI-dan foydalanadigan dasturchilar bir necha qator kodlarni o'zgartirish orqali DeepSeek-ga osongina sinab ko'rishlari / o'tishlari mumkin - shunchaki asosiy url va API kalitini o'zgartirishlari talab qilinadi.

Xulosa: DeepSeek-ning to'satdan paydo bo'lishidan ko'rinib turibdiki, siz boshqa kuchli raqib qachon paydo bo'lishini hech qachon bilmaysiz, shuning uchun ilovangizni biron bir LLM bilan to'laqonlik bog'lash aqilli qaror bo'lmasligi mumkin.

👉@machine_learning_lab👈
👍7🔥1🗿1
​​AI dunyosi shiddat bilan o'zgarmoqda!!!

10-yanvar kuni DeepSeek kompaniyasi V3 modelini va oradan 10 kun o'tib R1 modelini ommaga taqdim etgan edi va bu AI dunyosida boomga sabab bo'lgan edi.

Kecha 29 - yanvarda esa Alibaba kompaniyasi Qwen2.5-Max modelini ommaga taqdim etdi.

Alibabaga ko'ra, Qwen2.5-Max DeepSeek-V3 dan o'zib ketib, GPT-4o va Llama-405B modelllari bilan raqaobatlasha oladi. Bu model deyarli barcha global yetakchi modellardan yaxshiroq. OpenAI va Meta kabi gigantlarning eng ilg'or modellaridan ham ustunlik ko'rsata oladi deya xabar bergan Alibaba.

Hozircha, Qwen2.5-Max audio ma'lumotlar bilan ishlashga moslashtirilmagan ekan nazarimda lekin qolgan turdagi datalar text image video kabilar bilan ishlay oladi. Buni sinab ko'rish kerak albatda.

P.s: Yana 10 kun ichida nimalar o'zgarar ekan nasb qilsa ko'ramiz.

👉@machine_learning_lab👈
👍5🤯2🔥1
Forwarded from Mentor Akbarov
#StudentMentor 👨‍🎓👩‍🎓

LG kompaniyasida Koreya 🇰🇷 va AQSHda 🇺🇸 shu yil yoz internship qilish imkoniyati!


Chet ellik talabalar uchun LG kompaniyasida 2025-yilgi yozgi internship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ariza topshirish muddati
-
1-yanvar, dushanbadan 2-fevral, yakshanba tungi 12:00 gacha
Amaliyot muddati: 2-iyundan 29-avgustgacha
- Zarurat tug‘ilganda ish davri kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin
• Internship joyi
- 🇰🇷Koreya: Seul, LG Science Park
- 🇺🇸AQSh: Ann Arbor, Michigan shtati

Batafsil 👇

https://www.lgresearch.ai/careers/view?seq=218
👍3🔥1
Mentor Akbarov
#StudentMentor 👨‍🎓👩‍🎓 LG kompaniyasida Koreya 🇰🇷 va AQSHda 🇺🇸 shu yil yoz internship qilish imkoniyati! Chet ellik talabalar uchun LG kompaniyasida 2025-yilgi yozgi internship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. • Ariza topshirish muddati - 1-yanvar…
Birodarlar!!! yaxshi imkoniyat, omadingizni sinab ko’rsangiz bo'ladi...

Phd da o’qib yurgan vaqtimda, (Koreada) topshirib ko’rgan edim. Sezganingizdek, men tanlanmaganman 😁😉 Sababini qilib qo’yish bizdan…

@machine_learning_lab
👍3🔥1
🧩 Langflow: No-Code AI Chatbotlar Uchun Mukammal Platforma 🧩

Agar siz kod yozmasdan o'z chatbotingizni yaratmoqchi bo'lsangiz, Langflow platformasi aynan siz uchun! 🚀

🔹 Nima uchun Langflow?
Drag-and-drop interfeys orqali AI chatbotlarni loyihalash
OpenAI, Llama va Falcon kabi LLM'larni qo‘llab-quvvatlash
Retrieval-Augmented Generation (RAG) texnikasi bilan aniq javoblar yaratish
Ma'lumotlar bazasi va API integratsiyasi orqali moslashuvchan chatbotlar

🔹 Kimlar uchun?
👨‍💻 Dasturchilar – tezkor prototip yaratish uchun
📚 Tadqiqotchilar – AI modellarini tajriba qilish uchun
📊 Biznes egalari – mijozlarga avtomatlashtirilgan yordam berish uchun

Agar siz ham AI chatbot yasashni maqsad qilgan bo‘lsangiz, Langflow ni sinab ko‘ring! 🌟

Siz qanday chatbot ustida ishlayapsiz? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring! 📝👇

👉@machine_learning_lab👈
👍5
​​Markaziy Osiyo Sunʼiy Intellekt (AI) assotsiatsiyasi Al-Xorazmiy nomidagi Markaziy Osiyo AICA mukofotlarini topshirish uchun arizalar qabul qilishni boshlagani haqida maʼlum qildi.

Kompaniyalar va loyihalar sun'iy intellekt sohasi rivojida qo'shgan o'z hissalarini isbotlash orqali xalqaro ekspertlarning e'tirofiga sazovor bo'lish uchun taklif qilinadi. Taqdim etilgan arizalar Markaziy Osiyo davlatlarining hakamlar hay’ati tomonidan har tomonlama ko‘rib chiqiladi 🤝

ℹ️ Batafsil ma'lumot assotsiatsiyaning rasmiy veb-saytida mavjud:

https://aica.uz/events/aica-awards

Nomzodlar:
➡️ Eng yaxshi AI startapi
➡️ Eng yaxshi AI rivojlanishi
➡️ Biznesda AIdan eng yaxshi foydalanish
➡️ AI bo'yicha eng yaxshi ta'lim tashabbusi
➡️ AIdan foydalangan holda sog'liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi innovatsiya
➡️ Agrotexnologiyada AIdan eng yaxshi foydalanish
➡️ AI uchun eng yaxshi axloq va xavfsizlik tashabbusi
➡️ AIni yoshlar orasida tarqatish bo'yicha eng yaxshi tashabbus
➡️ AI bo'yicha davlat siyosati sohasidagi eng yaxshi tashabbus
➡️ AIning sanoatda eng yaxshi integratsiyasi
➡️ Eng yaxshi AI rivojlantirish platformasi yoki vositasi

sanab o'tilgan nominatsiyalar tanlanganlarga mukofotlar taqdim etiladi va bu loyihalar rus tilida nashr etiladi!

Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 10 fevral

Oramizda albatda AI loyihalari borlar ko'p men bunga ishonaman. Ariza topshirib omadingizni sinab ko'rish ayni vaqti. Ko'p o'ylanmaslik kerak shunchaki sababini qiling tamom, Kuting ...

👉@machine_learning_lab👈
👍6
⚡️ AI va Dasturiy Injeneriya bilan shug'ullanadiganlarga kitob tavsiyasi!

Do'stim, 10 yildan ortiq dasturiy ta'minot va sun'iy intellekt muhandisligi tajribasiga ega, HumbleBeeAI asoschisi Jumabek Alikhanov menga ajoyib kitob tavsiya qildi: "Clean Code: A Handbook of Agile Software Craftsmanship" (Robert C. Martin).

Kitobni hali o'qib chiqmagan bo'lsam ham mundarijasidan ayrim narsalar haqida yozish mumkin. Ushbu kitob dasturchilar uchun kod sifati va strukturasi bo'yicha qo‘llanma bo‘lib, kod yozish madaniyatini oshirishga yordam beradi.

🔎 Kitob nimalar haqida?

Soddalik va tushunarli kod yozish tamoyillari

Yomon kodning oldini olish va refaktor qilish texnikalari

Eng yaxshi amaliyotlar va real kod misollar bilan tushuntirishlar

Katta dasturiy loyihalarda sifatli kod yozish bo‘yicha muhim yo‘nalishlar

Agar kod yozish sifatini oshirmoqchi bo‘lsangiz va professional darajaga chiqishni istasangiz, albatta ushbu kitobni o‘qib chiqing!

Sizningcha, dasturchilar uchun yana qaysi kitoblar foydali bo‘lishi mumkin? Izohlarda fikr bildiring!

📚Kitob uchun link

#CleanCode #Dasturlash #AI #SoftwareEngineering #KitobTavsiyasi

👉@machine_learning_lab👈
👍8
❗️❗️❗️ Booooom " NVIDIA NIM" bepul kurslar❗️❗️❗️

Do'stlar, bugungi kunda ilm o'rganmoqchi bo'lsangiz, safarga chiqishingiz yoki ko'p moddiy mablag' sarflashingiz shart emas. Faqat tolibi ilmdan xohish-istak, sabr-matonat va intizom talab qilinadi xolos. Uyda o'tirib, internetga kirsangiz bas😊 barcha narsa topishingiz mumkin.
Masalan, sizda, aytaylik 1.5 soatdan ko'proq bo'sh vaqtingiz bor, shu vaqtni siz ijtimoiy tarmoqda "suzib" o'tkazishingiz mumkin yokida bepul online kurs orqali ilm o'zlashtirishingiz mumkin❗️ Tanlov o'zingizda❗️Ikkinchi tanlovni qilmoqchilar uchun Nvidia bir nechta bepul online kurslarni taqdim etdi. Bular quyida o'zbekcha tarjimasi:

— Chatbotlarni ishlab chiqish;
— LLM ilovalarni yaratish;
— Ma’lumotlarni tahlil qilish;
— Pixar'ning maxsus dasturi yordamida 3D grafikalar bilan ishlash.

Kurslar uchun havola.

P.s: Lekin shu postni sizlarga yozish uchun ham ijtimoiy tarmoqda o'tiribman 😉😎

👉@machine_learning_lab👈
🔥10😁5👍3
Dilim bo'lgan edi bitta yorga zo'r,
U o'zga joyda g'amga giriftor!
Men undan o'zimga dori izlasam,
Netay, tabibimning o'zi ham bemor!!!

Bu yerda "yor"ni OpenAIga qiyoslasak bo'ladi😉

2022: ChatGPT kelajakda Backend va Frontend engineerlarini ishlarini olib qo'yadi😊

2023: ChatGPT kelajakda Mobile Application engineerlarini ishini olib qo'yadi🤩

2024: ChatGPT kelajakda butun dunyo software engineerlarini ishini olib qo'yadi😳

2025: DeepSeek ChatGPT ni ishlarini olib qo'ydi 😂.

Ha aytgancha, she'rni nega yozganimga kelsak: ChatGPTga (OpenAI) Frontend, Backend, Mobile Application engineerlari kerak ekan kod yozish uchun 😂.

Software Engineerlarga jo'natib qo'yamiz 🚀

👉Link👈

👉@machine_learning_lab👈
😁11🔥1