Machine Learning Lab.
577 subscribers
96 photos
27 videos
9 files
158 links
Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲

YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012
Download Telegram
⚡️ AI va Dasturiy Injeneriya bilan shug'ullanadiganlarga kitob tavsiyasi!

Do'stim, 10 yildan ortiq dasturiy ta'minot va sun'iy intellekt muhandisligi tajribasiga ega, HumbleBeeAI asoschisi Jumabek Alikhanov menga ajoyib kitob tavsiya qildi: "Clean Code: A Handbook of Agile Software Craftsmanship" (Robert C. Martin).

Kitobni hali o'qib chiqmagan bo'lsam ham mundarijasidan ayrim narsalar haqida yozish mumkin. Ushbu kitob dasturchilar uchun kod sifati va strukturasi bo'yicha qo‘llanma bo‘lib, kod yozish madaniyatini oshirishga yordam beradi.

🔎 Kitob nimalar haqida?

Soddalik va tushunarli kod yozish tamoyillari

Yomon kodning oldini olish va refaktor qilish texnikalari

Eng yaxshi amaliyotlar va real kod misollar bilan tushuntirishlar

Katta dasturiy loyihalarda sifatli kod yozish bo‘yicha muhim yo‘nalishlar

Agar kod yozish sifatini oshirmoqchi bo‘lsangiz va professional darajaga chiqishni istasangiz, albatta ushbu kitobni o‘qib chiqing!

Sizningcha, dasturchilar uchun yana qaysi kitoblar foydali bo‘lishi mumkin? Izohlarda fikr bildiring!

📚Kitob uchun link

#CleanCode #Dasturlash #AI #SoftwareEngineering #KitobTavsiyasi

👉@machine_learning_lab👈
👍8