Machine Learning Lab.
577 subscribers
96 photos
27 videos
9 files
158 links
Bu channelda Sun'iy idrok mutaxasisligini nazariy va amaliy tarzda o'rganishni va ilmiy izlanishimiz davomida o'rgangan bilimlarimizni ilm talabidagi birodarlarimizga ulashishni niyat qildik. 🤲

YouTube: https://www.youtube.com/@machinelearninglab7012
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
IT sohasida 20-50 mln so’m oylik to’laydigan bo’sh ish o’rinlari anchagina ekanligini Raqamli Iqtisodiyot Tadqiqotlari Markazi tomonidan amalga oshirilgan IT mehnat bozori tahlilida ko’rsangiz bo’ladi

Vakansiyalarni ushbu saytlardan ko’rib, onlayn ariza yuboring:
https://hh.uz
https://ishkop.uz
https://it-market.uz/job/
www.olx.uz/rabota/it-telekom-kompyutery/
https://t.me/fintech_jobs

Agar ko’rsatilgan talablarga yetarli malakaga ega bo’lishga harakat qilib o’qimoqchi bo’lsangiz, unda marhamat:
https://www.education.it-park.uz/
https://uzbekcoders.uz/
👍4😁1
Sherzod Shermatov
IT sohasida 20-50 mln so’m oylik to’laydigan bo’sh ish o’rinlari anchagina ekanligini Raqamli Iqtisodiyot Tadqiqotlari Markazi tomonidan amalga oshirilgan IT mehnat bozori tahlilida ko’rsangiz bo’ladi Vakansiyalarni ushbu saytlardan ko’rib, onlayn ariza yuboring:…
Raqamli Iqtisodiyot Tadqiqotlari Markazi tomonidan mamlakatimizning IT mehnat bozori juda chiroyli tarzda tahlil qilinibdi.

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz tahlil qilingan kasblar orasida AI muhandisligi keltirilmagan. Vaholanki dunyo bozorida AI mutaxasislari eng yuqori maosh oluvchilar qatoriga kiradi.

Bu tahlildan nimani xulosa qilish mumkin? Demak O'zbekiston bozori AI mutaxasisligi nuqtai nazaridan juda bo'sh. Bu degani "Otni qamchilash kerak" degani 😊.

P.s: Ehtimol AI mutahasislarini inobatga olib Dasturchi mutahasisligiga qo'shgan bo'lishlari mumkin. Lekin AI mutahasisligi uchun faqatgina dasturlash ko'nikmalarini o'zi yetarli emas albatda.

👉@machine_learning_lab
👍9
Forwarded from WAYU Korea
#ilm_fan_klubi #ilm_fan_klubi_podkast #2

🕐Suhbat: 30-sentyabr, soat 21:00 KST

Mavzu:
Sun'iy intellektning amaliyotga tadbiqi!

👤 Spiker: Oybek Eraliyev

• Ish joyi: Universitet laboratoriyasi (Advanced Vehicle Design and Control Lab. (AVDC Lab.)) | AI Researcher

— Farg'ona Politexnika instituti, Electrical Engineering| Bachelor of Science

— Farg'ona Politexnika instituti, Electrical Engineering | Master of Science

— Inha universiteti, Future Vehicle Engineering | Ph.D

• Tadqiqot ishi mavzusi (Research topic): Next-Generation Smart Greenhouse: Integrating Deep Learning, IoT, Web Monitoring, and Autonomous System.

Moderator: Mirzobek Malikov - “Ilm-fan klubi” loyihasi muallifi

Spikerga savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldiring👇🏻

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
👍12🔥3
​​Barcha Ustoz va Murabbiylarimizni 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Yoshlarimizga mashaqqat ila ta’lim tarbiya berishda hech qachon charchamanglar! Alloh o’zi kuch quvvat bersin! Biz sizlarni yaxshi ko’ramiz va hurmat qilamiz!

Xurmat bilan @machine_learning_lab
🎉41
Python dasturlash mahoratingizni oshirib boring!

Bundan bir necha postlar oldin dasturlash tilida ishlash mahoratingizni oshirishingiz uchun HackerRank platformasini taklif qilgan edim. Chunki o'sha vaqtda o'zim ham endi dasturlash tilidagi (Pyhton) mahoratimni sinash va oshirish uchun harakat boshlagan edim. Natija yuqoridagi rasmda.

Xulosa. Boshlang'inch dasturlash asoslarini o'rganish va mahoratni oshirish uchun yaxshi platforma ekan. Mashqlarni bajargandan keyin maxsus imtixonlaridan o'tib sertifikatini ham olsangiz bo'ladi. LeetCode navbatdagi nishon Insha Alloh. LeetCode ancha professianalroq.

@machine_learning_lab
🔥9👍1
​​Kurzveyl bashorati!

Rey Kurzveyl, Google kompaniyasida muhandislik bo'limi boshlig'i, aniq bashorat qilish bo'yicha yuqori natijalarga erishgan taniqli futurist. 1990-yillardan beri o'zining 147 ta bashoratidan Kurzweil 86 foiz aniq chiqqan. Texasning Ostin shahrida bo'lib o'tgan SXSW konferentsiyasida Kurzveyl yana bir bashorat qildi: texnologik o'ziga hoslik keyingi 30 yil ichida sodir bo'ladi.

U bergan intervyusida shunday deydi: 2029 yil men bashorat qilgan izchil sana, AI ushbu sanada haqiqiy Tyuring testidan o'tadi va inson aql darajasiga erishadi. Men "O'ziga hoslik" (Singularity) uchun 2045 yilni belgilab qo'ydim, ya'ni o'zimiz yaratgan suniy ong bilan birlashish orqali aqliy faoliyatimizning samaradorligini milliard martagacha oshirishimiz mumkin.

Uning fikricha AI ni bu darajada rivojlanib ketishi faqat va faqat insoniyat uchun yaxshi va foydali hech qanday qo'rqinchli xavf yo'q.

Ammo bir qator mashxurlar va olimlar jumladan Elon Musk, Bill Gates, G. Hinton lar esa kelajakdagi AI dan odamlarga bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan xavotirda.

Sizning fikringiz qanday? 👇👇👇

@machine_learning_lab
👍6
#loyiha, #tomato_detection

Birinchi tajribalar natijalari bilan sizlarni bohabar qilmoqchiman (yuqoridagi rasmlar).

@machine_learning_lab
👍8
Machine Learning Lab.
Yuqoridagi ekskursiyadan keyingi loyihamizning yana bir kichik qismi haqida! Demak loyihaning bu qismida menga ajratilhgan vazifani qisqacha qilib yozib o'taman. -Issiqxonadagi bir qator pomidor hosilini qimirlamaydigan kameralar orqali tasvirini uzatish…
#loyiha, #tomato_detection

Avval aytib o'tkanimizday bugungi kunda issiqxonadagi pomidor hosilini aniqlash, sanash va classlarga ajratish ustida ish olib bormoqdamiz.

Birinchi tajribalar natijalari bilan sizlarni bohabar qilmoqchiman (yuqoridagi rasmlar).

Bu loyihani bajarish uchun quyidagi jarayonlardan o'tdik (qisqa qilib yozamiz) :
- Dataset tayyorlash yani rasmlar to'plash (Data collection)
- Rasmlarni annotatsiyalash (LabelImg yordamida)
- Datasetni 8:1:1 nisbatda train/validation/test bo'lib olindi
- Train data uchun Data Augmentation methodi qo'llanildi
- Yolov5 object detection modelidan foydalanib pomidor hosili aniqlandi
- Aniqlangan hosil uchun (RoI) Image Processing Technique dan foydalanib 3 xil yashil, pushti va qizil kategoriyalarga ajratildi and sanaldi.

Hozirda loyihamizda yetarlicha kamchiliklar bor masalan rasmdagi hamma hosillar ham aniqlanmayapti yani model accuracy yetarlicha emas, keyingisi kategoriyalarga ajratishda yorug'lik darajasi o'zini salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.

P.s: Agar tushunmagan joyingiz yoki sizni qiziqtirgan savollaringiz bo'lsa 👇👇👇yozib qoldiring imkon qadar javob beramiz!

@machine_learning_lab
👍7🔥1
#reading_book #ML

Koreadagi universitetlarda tahsil oladigan magistratura va phd bosqichi talabalari asosan laboratoriyalarda ilmiy izlanish olib boradilar! Buni juda zo’r tarafi borki ilmiy izlanish uchun kerak bo’ladigan barcha narsalar to’liq laboratoriya hisobidan qoplab beriladi!

O’tgan haftada ilmiy rahbarim so’rab qoldi: agar biror kitob kerak bo’lsa ayt deb! Menga bu “moydek” yoqib tushdi va yuqorida rasmdagi kitobni aytdim!

Bugun tushlikdan kelsam stolim ustida aytgan kitobim turibdi. Qoyil!

Biz qachon rivojlanamiz qachonki ilmga mana shunday yondashuv va moddiy qo’llab quvvatlov bo’lsa! Boshqa yo’l bilan imkonsiz!

Narxi: 131k won edi taxminan 100$

@machine_learning_lab
👍124👏2
Xurmatli ML engineerlari!

Youtubdagi sahifamizda ML darslari deb nomlangan video darslarimizning navbardagisi chiqdi!

Ushbu video darsda Linear Regression modelini ko'p xususiyatli ma'lumotlar to'plami uchun qanday ishlashi ko'rib chiqildi. Regression masalalarini ikki xil usul bilan yechish nazariy hamda amaliy misol bilan ko'rsatib o'tildi. Bu usullar Gradient Descent hamda Normal Tenglama usullari.

https://youtu.be/B6-ARI3WfFg

@machine_learning_lab
👍6🔥3
#object_detection

YOLOv5 vs YOLOv8

Kichik bir tajriba o'tkazib ko'rdik. Unda YOLO (You Only Look Once) object detection modelining 5 va 8 versiyasi o'zaro taqqoslandi.

Hozircha tasvirdagi aniqlik sifatini solishtirib ko'rilishi mumkin. Keyinroq batafsil ilmiy tahlil bilan chuqurroq taqqoslaymiz.

Sizningcha qaysi biri yaxshiroq oldindan fikringizni bildiring! 👇👇👇

@machine_learning_lab
👍9🔥2
Ming yillarkim, bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho'rlik to'tining holi
O'zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman.
Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to'ti bo'lib qolaman.
( Abdulla Oripov )

Qadrli yurtdoshlar! Ona tilimiz bayrami barchaga muborak bo’lsin!

@machine_learning_lab
👍6🎉31