"TIQXMMI" MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik litsey
413 subscribers
2.37K photos
62 videos
5 files
229 links
Download Telegram
Forwarded from Bakhadir Mirzaev
Ректор Баходир Мирзаев навбатдаги Иқтисодиёт факултети битирувчиларига тантанали равишда дипломларни топширдилар

"Қадрли ёшлар! Бугунги байрам кунида барчамизнинг умид ва ишончимиз бўлган Сиз, азиз ёшларнинг эришган ютуқларингиз билан бирга янги вазифалар, ишлаб чиқаришда ечимини кутиб турган кўплаб муаммолар ҳал қилишга ҳамда уларни бартараф этишга астойдил киришасизлар ва юртимиз равнақига муносиб ҳисса қўшиб, содиқ фарзанд бўласизлар деган умиддаман" - дея ишонч билдирди "ТИҚХММИ" Миллий тадқиқот университети ректори.

2023-2024 ўқув йилида Иқтисодиёт факультетининг 127 нафар битирувчиларидан 18 нафари университетни имтиёзли диплом билан тамомлади. Битирувчиларнинг 98 нафари (77%) битирув олди амалиётни ўтаган ташкилотларда расмий иш фаолиятини бошлади. Битирувчиларнинг 3 нафари хорижий нуфузли олий таълим муассасаларнинг магистратура дастурларига қабул қилиш бўйича таклиф олган, 28 нафари В2 ва С1 даражали тил билиш сертификатларига эга.


Tiiame.uz | Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
Assalomu alaykum! Akademik litsey haqida ko'p beriladigan savollarga javoblar.
🔹Akademik litseyga 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.
🔹TIQXMMI MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik litseyida matematika va ingliz tili moliya va iqtosod soxasi, biologiya va kimyo tibbiyot soxasi, matematika va fizika IT soxasi bo'yicha yo'nalishi mavjud.
🔹Qabul jarayoni 10-iyundan 10-iyulgacha onlayn tarzda vazirlikning litsey.edu.uz sayti orqali bo'lib o'tadi.
🔹Qabul test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fanlar va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
🔹Bunda har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.
🔹Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, 2 ta fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.
🔹Test sinovlarida quyidagi o'quvchilar imtiyozga ega, umumtalim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan fan olimpiadasi va sport musobaqalarining respublika bosqichida 1,2,3-o'rin g'oliblari.
🔹Ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha B1 va undan yuqori darajali rasmiy sertifikatga ega o'quvchilarga imtihonda shu fandan maksimal ball beriladi.
🔹TIQXMMI MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik litseyida o'quvchilar yotoqxona binosi mavjud.
🔹Hujjatlarni qabul qilish yakunlangandan bir necha kun o'tgach, imtihon o'tkazilish sanasi va joyi haqida rasmiy telegram kanallar orqali xabar beriladi, har bir o'quvchi litsey.edu.uz dagi o'z shaxsiy kabineti orqali bu haqda to'liq ma'lumot bilib olishlarim mumkun bo'ladi.
🔹TIQXMMI MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik litseyi manzili Qarshi tumani Qovchin qishlog'i.
Telefon: +998999873700 +998554053649
🔹Boshqa ma'lumotlar @litsey2019 kanalida berib boriladi kanalni kuzatib boring.