"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.07K subscribers
3.7K photos
111 videos
7 files
962 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
KORXONADA “28-APREL-BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QKda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” doirasida aprel oyining so‘nggi haftasi “Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik haftaligi” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan ish joylarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini takomillashtirish, shikastlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha seminar tashkil etildi. Seminar yakunida faol boʻlgan bir qator sex va boʻlimlardan tayinlangan “Mehnat muhofaza”si vakillariga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
🏓Stol tennis musobaqasi oʻtkazildi

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi xotin-qizlar oʻrtasida sportning stol tennis turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in baslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga koʻra:

🥇-o‘rinni ADKF sexidan Usnatdinova Shohista

🥈 -o‘rinni Mahkamaviy qoʻriqlash boʻlimidan Sabirova Dilnoza

🥉 -o‘rinni Korxona boshqarmasidan Kuchkarova Bagjan egalladi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
💻 Korxona yoshlari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi asosida oʻquv kursi tashkil etildi.

“Qoʻngʻirot soda zavodi”da yoshlarni har tоmonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tashabbuslar davom etmoqda.

🎓 Xususan, ayni kunlarda IT-parkning Qoʻngʻirot tumani filiali bilan hamkorlikda ishchi yoshlar uchun “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 3-kunlik oʻquv kurslari tashkil etildi.

Mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad- yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yoʻnaltirishdan iborat.

📌 Oʻquv kursida axborot texnologiyasi sohasining bugungi kunda tutgan oʻrni va ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berib borilyapti. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish imkoniyati yaratilmoqda.

Mashgʻulotlar davom etmoqda.


✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
🏓SPORT SALOMATLIK GAROVI

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ QK kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi erkaklar oʻrtasida sportning stol tennis turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga sex va boʻlimlardan 50 dan ortiq xodimlar faol ishtirok etdi.

Qizg‘in baslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga koʻra:

🥇-o‘rinni Nazorat oʻlchov asboblari va avtomatika sexidan Alisherov Sultanbek

🥈 -o‘rinni Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya sexidan Almuratov Baxadir

🥉 -o‘rinni Ohak kuydirish sexidan Kosheterov Jalgʻas egalladi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ QK matbuot xizmati
Forwarded from Qazaqbaev Tazabay
⚽️“Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi

⚡️Avval xabar berganimizdek ayni kunlarda Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi musobaqasining Qoʻngʻirot tuman bosqichi oʻtkazilmoqda.
Unda Elobod mahallasi yoshlari A-guruhida muvaffaqiyatli qatnashib chorak finalga yoʻllama oldi.
Keyingi oʻyinlarda mahalla yoshlariga omad tilaymiz.
📣 E'lon

🔵 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qiladi!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar “Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

🌐 Batafsil: https://wcu.uz/oz/lists/view/676

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube