"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.02K subscribers
3.4K photos
106 videos
6 files
945 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
“Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

⚡️Bugun “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK faoliyati bilan yaqindan tanishishtirish maqsadida Qoʻngʻirot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-11-sinf oʻquvchilari uchun “Оchiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Oʻquvchilarga korxonadan biriktirilgan xodimlar tomonidan korxona ichlab chiqarish jarayonlari, sex va boʻlimlar faoliyatlari, laboratoriya xonalari hamda “Malakalarni baholash markazi”da yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
⚡️Gʻalaba

Bugun Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning futbol turi boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining tuman bosqichi start oldi.
Unda Elobod mahallasi yoshlari musobaqani gʻalaba bilan boshladi.
1-tur Elobod SHFY -Kiet OFY 3-0
Keyingi oʻyinlarda mahalla yoshlariga omad tilaymiz.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
#Kitob yarmarkasi

📚 Avval xabar berganimizdek korxona xodimlarini ayniqsa yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilish va maʼnaviy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish maqsadida korxona majlislar zalida kitoblar yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

📖 "Kitob dunyosi kitob markazi" tarmoq savdo muassasa bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan yarmarkaga xodimlarning kitob olishlari uchun qulaylik yaratildi.

📌 Maʼlumot o‘rnida kitoblar yarmarkasi ertaga 26 aprel kuni soat 17:30 gacha davom etishini maʼlum qilamiz.

📔 Kitob o‘qishga qiziqishi yuqori bo‘lgan barchani KITOBLAR yarmarkasiga taklif qilamiz.

Manzil: Korxona majlislar zali.
E"LON!

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK  mavjud boʻsh ish oʻrni "Barsa kelmes tuz koni"ga "Feldsher" shtat birligiga tanlov asosida ishga qabul qilinishini maʼlum qilamiz.

Tanlov shartlari:           
O'rta maxsus ma'lumotga ega
Kamida 3 yil ish stajiga ega


Manzil:  Qoʻngʻirot tumani “Elabad” SHFY “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK
Sanasi:  30.04.2024 yil
Vaqti:    15:00
📚Farzandimga kitob sovg'a etaman.

⚡️Bugun 52-sonli umumta'lim maktabida kitob yarmarkasi tashkil etilmoqda.
Yarmarka doirasida "Farzandimga kitob sovg'a etaman" loyihasi tashkil etilmoqda.
EʻLON

⚡️Korxona kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi xotin-qizlar oʻrtasida sportning “Stol tennis” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini maʻlum qilamiz.

Sana:
29.04.2024 yil.
Vaqti:
Soat 17:00
Manzil: 52-sonli umumta'lim maktabi
EʻLON

⚡️Korxona kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi erkaklar oʻrtasida sportning “Stol tennis” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini maʻlum qilamiz.

Sana:
30.04.2024 yil.
Vaqti:
Soat 17:00
Manzil: 52-sonli umumta'lim maktabi