"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.04K subscribers
3.62K photos
111 videos
6 files
960 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
📚Yosh ishchi-xodimlar uchun ingliz tili boʻyicha oʻquv kurslari boshlandi

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK yosh ishchi-xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida xayrli tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Ishchi-xodimlarni xorijiy tillarni oʻrganishga ragʻbatlantirish maqsadida korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan ingliz tili darslari tashkil etildi. Hozirda korxonada xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlar va tajribali oʻqituvchilar taʼlim berishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Mashg'ulotlarning dastlabki kunlarida 20 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi va xohlovchilar soni ortib bormoqda.

📌 Yaqin kunlarda rus tili boʻyicha ham mashg'ulotlar tashkil etish rejalashtirilgan.

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati
Oyning "Eng yaxshi xodimlari" taqdirlandi

Bugun "Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QKda "Oyning eng yaxshi xodimlari" nominatsiyasining navbatdagi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Eng munosiblar ragʻbatlantirilgan tadbirda korxona rahbariyati, boʻlim boshliqlari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda "Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK bosh direktorning investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari D.Axmedjanov, umumiy masalalar boʻyicha mutaxassis V.Reimov, kasaba uyushmasi raisi B.Alliyarovlar oy davomida fidokorona mehnati bilan hamkasblariga namuna boʻlgan xodimlarni tabriklab, ularga mukofot pullari uchun sertifikatlar va sovgʻalarni topshirdi.

✍️Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati
⚡️Nuroniylar eʻzozimizda


"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan korxonada koʻp yillar davomida mehnat qilib nafaqaga chiqqan 50 nafar nuroniy otaxon va onaxonlar uchun respublikamizning eng qadimiy va tarixiy shaharlaridan boʻlgan Buxoro shahriga sayohati tashkillashtirildi.
Sayohat davomida Buxorodagi 7 ta qadimiy ziyoratgohlariga jumladan Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poi-Kalon ansambli, Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalarini hamda kechki Buxoroga sayohat qilishdi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati
Ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

 
⚡️Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK korxonasi kasaba uyushmasi ish rejasiga asos sex va bo‘limlardagi xotin-qizlar o‘rtasida “Qanekey qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov jami 4-ta shart bo‘yicha tashkillashtirildi. Tanlov yakuni ko‘ra:

🥇-o‘rinni Qozonxona sexi laboranti Dauletbayeva Nilufar

🥈-o‘rinni Suv bilan taʼminlash sexi apparatchisi Seytniyazova Dilfuza

🥉-o‘rinni Texnik va ichimlik suvi tayyorlash sexi apparatchisi Bekbosinova Guljaxanlar egallladi.
E’LON

Korxona xodimlari oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida korxona xodimlarini boʻlib oʻtadigan 📚 KITOBLAR yarmarkasiga taklif qilamiz. Har xil mazmundagi kitoblarni joyida sotib olishingiz mumkin.

Manzil : Korxona majlislar zali
Sana : 25-26 aprel 2024 y
Vaqti : 8:30 - 17:00