"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.04K subscribers
3.62K photos
111 videos
6 files
959 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
Talabalar korxonada

⚡️Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqich talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.Talabalarga korxonadan biriktirilgan xodimlar tomonidan korxona ishlab chiqarish jarayonlari, sex va bo‘limlar faoliyatlari, laboratoriya xonalari hamda “Malakalarni baholash markazi”da yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
🎗Xotira bor ekan – millat barhayot

Bugun 9-may-Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Qo‘ng‘irot tumani markazida joylashgan "Xotira maydoni"da bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimligi, korxona, tashkilot va idoralar, shu jumladan, "Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ QK rahbariyati ham ishtirok etdi.

Tadbirda korxona rahbariyati tomonidan motamsaro ona haykalining poyiga gulchambar qoʻydi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
🎗 Bugun “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QKda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan korxona xodimlari “Shon-sharaf” ramziy tasmasini taqishdi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati