"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.02K subscribers
3.53K photos
107 videos
6 files
951 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
⚡️HURMAT-EHTIROM KOʻRSATILDI

Korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan korxonada koʻp yillardan beri mehnat faoliyatini olib borayotgan afgʻon urushi qatnashchisi Aytjanov Paxratdinni bayram bilan tabriklab korxona va kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovgʻa topshirildi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
Hurmatli hamkasblar aziz yurtdoshlar!

 

⚡️Barchangizni 9-may “Xotira va Qadrlash kuni” bilan  chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

📌Bugungi qutlug‘ ayyomda ota-bobolarimizning shonli anʼanalarini munosib davom ettirib, Vatan himoyasi yo‘lida o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilayotgan barcha mard va jasur yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik izhor etamiz.

Siz, azizlarni bugungi ulug‘ ayyom bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, Xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

 

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
⚽️“Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi

⚡️Avval xabar berganimizdek ayni kunlarda Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi musobaqasining Qoʻngʻirot tuman bosqichi oʻtkazilmoqda.
Kuni kesha Elobod mahallasi yoshlari chorak final bahsida Azatliq mahallasini mag'lubiyatga uchratib yarim finalga yoʻllama oldi.
Keyingi oʻyinlarda mahalla yoshlariga omad tilaymiz.
#Futbol_2024

⚽️Mámleketlik qáwipsizlik xızmeti kubogı 1/2 final oyınlar kestesi menen tanısıń.

@qonjasnews_1
⚽️ EʻLON

⚡️Korxona kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi erkaklar va xotin-qizlar oʻrtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini maʻlum qilamiz.

Sana:
Xotin-qizlar o‘rtasida
14.05.2024 yil.
Erkaklar o‘rtasida
15.05.2024 yil.
Vaqti:
Soat 17:00
Manzil: Mahallada joylashgan suniy qoplamali futbol maydonchasi
E'LON!

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK  mavjud boʻsh ish oʻrni Marketing bo'limi boshlig'i o'rinbosari shtat birligiga tanlov asosida ishga qabul qilinishini maʼlum qilamiz.

Tanlov shartlari:           
Malumoti Oliy
Mutaxassisligi iqtisodiyot,menejment
Mehnat staji kamida 5-yil
Shet tillari ingliz va rus-tillarini mukammal bilishi lozim.
1C dasturini mukammal foydalana olishi.


Manzil:  Qoʻngʻirot tumani “Elabad” SHFY “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK
Sanasi:  21.05.2024 yil
Vaqti:    14:00
⚽️Korxona xotin-qizlari futbol musobaqasida bellashdi

⚡️Bugun Elobod mahallasida joylashgan suniy qoplamali futbol maydonchasida sportning mini futbol turidan kasaba uyushmasi ish rejasi hamda "Kimyogarlar kasb bayrami" munosabati bilan sex va bo'limlarda ishlovchi xotin-qizlar o'rtasida musobaqa o'tkazildi.Qizg'in va murosasiz musobaqa yakuniga ko'ra:

🥇1- O‘rinni Kaltsinatsiya sexi jamoasi
🥈2- O‘rinni Mahkamaviy qo'riqlash bo'limi jamoasi
🥉3- O‘rinni Tuzni eritish va eritmani tozlash sexi jamoalari egalladi.
#Bugun
#15_may

15-may - Xalqaro oila kuni

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 15-may Xalqaro oila kuni sifatida yurtimizda keng nishonlanib kelinmoqda.
#OAV_biz_haqimizda

📌Siyosat jurnalining 2024-yil 1-2 sonlarida
📌Otaliqqa olingan yoshlar muammolari o'rganilmoqda.

⚡️"Qo'ng'irot soda zavodi' MChJ qo'shma korxonasiga biriktirilgan o'g'ir toifadagi yoshlarning muammo va takliflari yaqindan o'rganilmoqda.