💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
🤔 Hujjatlar uchun rasm tayyorlashni bilasizmi
#dastur / #media / #ofis

ℹ️ Kastyumlarni qoʻyish - turli hujjatlar uchun rasm yaratish uchun qulay dastur. Bundan tashqari, u bilan ishlash uchun sizdan mutlaqo grafika ko'nikmalari va bilimlari talab etilmaydi.

▶️ Kastyum bilan ishlaydigan dasturni yuklab olish
▶️ Kastyumlarni yuklab olish

💁‍♂️ @kompyuter_informatika_1
👍13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter ekranini videoga olish (screencast)!

#videodars / #media

ℹ️ O'zingizni videodarslaringizni yaratishni xohlaysizmi? Unda kompyuterni ekranini videoga olishni o'rganishingiz ham kerak, chunki ko'pchilik amallarni kompyuterda bajaramiz va bajargan ishlarimizni video tarzida yozishimiz kerak bo'ladi.

📹 Kompyuter ekranini videoga olish uchun Bandicam dasturidan foydalanamiz. Boshqa dasturlarga qaraganda bu dastur ancha qulay va sifatli ishlaydi.

💾 Bandicam dasturi

🔔 Telegram | Dastur | IT Video | Kitob
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Video hajmini (istalgancha) kichraytirish
#videodars / #media

ℹ️ Bugungi darsimizda ko'pchilik obunachilarimiz so'ragan narsani o'rganamiz - video hajmni kichraytirish.

📌 Buning uchun Movavi Video Conventer dasturidan foydalanamiz. Bu dasturni tanlashimizga sabab ushbu dastur boshqalariga qaraganda ancha tushunarli, kerakli hajmni belgilash imkoniyati mavjud va dasturning hajmi ham kichik.

❗️Unutmang! Video hajmi kichrayishi bilan uning sifati ham yomonlashib boradi. Agar siz professional darajada ish tutmoqchi bo'lsangiz video kengaytmalari, konteyner, FPS va boshqa xarakteristikalar bilan tanishib chiqing.

Kanalga obuna bo'lamiz👇🏻🏃🏻

👉🏻
@kompyuter_informatika_1
👍6
Kompyuter ekranini skrinshot qilish (rasmga olish) usullari
#info / #media / #windows

ℹ️ Skrinshot - bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko'risnishidagi nusxasini olish (kompyuter ekranini rasmga tushirish). Bu qanday amalga oshirishini ko'pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma'lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko'pchilik bilmaydi.

1. Demak ekranni to'liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn (Prt Sc) tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy (Paint, Word, Telegram) ga CTRL+V tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.

2. Ekranni to'liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT+PrintScrn bosiladi. Qolgani, yana o'sha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.

3. Ekranni xohlagan joyini nusxasini olish (Windows 10'da tekshirildi).
Win+Shift+S tugmalari bosiladi va kerakli soha (joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohadan foydalanish mumkin.

4. "Ножницы" dan foydalanish
Win+R ga snippingtool buyrug'ini kiritish orqali osonlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Skrinshot qilganingizdan so'ng kerakli joyga saqlaysiz (💾).

5. Maxsus dasturlardan foydalanish
Kanalimizda skrinshot qilish uchun quyidagi dasturlar joylangan:
- FastStone Capture 8.0
- Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64) skrinshot uchun yengil dastur
- ShareX 13.2.1 - mukammal skrinshot dasturi

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍5