💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
PowerPoint'da yaratilgan prezentatsiyani GIF holatida saqlash
#info / #powerpoint / #office

ℹ️ Taqdimot (prezentatsiya)lar yaratish va ko'rsatish uchun asosan PowerPoint dasturi ishlatiladi. Bugun prezentatsiyani GIF shaklida saqlashni o'rganamiz.

🖼 GIF - berilgan oraliqda rasmlarni ovozsiz shaklida o'tkazib, ko'rsatuvchi format.

Prezentatsiyani PowerPoint'da GIF formatda saqlash uchun "Файл" -> "Экспорт" -> "Создание анимированного GIF-файла" ga kiramiz. Animatsiya sifati va slaydlar orasidagi interval (orqaliq vaqt)ni tanlagan holda "Создать GIF" ga bosamiz.

❗️Agar sizda menyuda biroz boshqacha punktlar chiqsa: "Файл" -> "Сохранить как" ga kirib, "Tип файлa" dan "Рисунок в формате GIF" ni tanlang.

© Комп для чайника

💁‍♂ t.me/kompyuter_informatika_1
👍10
​​"Водяной знак" (watermark) nima?
#atama / #info / #videomontaj

ℹ️ Suv belgisi - bu rasmdagi mualliflik yoki egasini ko'rsatadigan belgi (fotosuratlar, rasmlar, hujjatlar va boshqalar). Odatda, u shaffof va deyarli sezilmasligi kerak, shuning uchun uni suv deb atashadi.

📌 Suv belgisini pullik dastur yoki saytlardan foydalanishda ko'rishingiz mumkin. Oddiygina misol, Bandicam dasturini bepul versiyasidan foydalanishingizda watermark sifatida www.bandicam.com yozuvi har bir videoda qoladi.

🤔 Ushbu belgini rasm, video, pdf va boshqa formatdagi fayllarda ko'p uchratamiz. Undan qutulish uchun esa sizda 2 yo'l mavjud:
1. Dastur yoki saytni pullik versiyasidan foydalanish yoki bepul alternatividan foydalanish;
2. Sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan dastur yordamida "Водяной знак" olib tashlash, yoki birorta dastur bilan tahrirlash paytida olib tashlashingiz mumkin.

©️Ushbu belgi mualliflik huquqini anglatish uchun ham xizmat qiladi. Bizning videolarda ham shunday belgi borligini bilsangiz kerak.

💁‍♂ @kompyuter_informatika_1
👍4
Windows 10 da videodrayverni qayta ishga tushirish
#info / #windows

ℹ️ Kompyuterda ishlash paytimizda baʼzan videodrayverlar vaqti vaqti bilan ko'p xato qilgan holda ishlaydi.

Shunday holatlar uchun Windows 10 da maxsus klaviatura kombinatsiyasi mavjud bo'lib, u orqali kompyuterni o'chirmasdan turib ham videodrayverni qayta ishga tushirish mumkin. Ushbu metodni NVIDIA, AMD va Intel drayverlarida qo'llash mumkin.

Videodrayverni qayta ishga tushirish uchun WIN + CTRL + SHIFT + B tugmalarini bir vaqtda bosamiz.

📌 Ekran bir necha soniya bo'sh bo'ladi, ovoz signalini eshitasiz va keyin tasvir paydo bo'ladi. Ushbu jarayon tizim uchun hech qanday salbiy taʼsir ko'rsatmaydi.

© Комп для чайника

Telegram|Dastur|Video|Kitob
👍6👏1
"Командная строка" nima?
#info / #cmd

ℹ️ Командная строка (buyruqlar satri) (CMD) — foydalanuvchini to’g’ridan-to’g’ri operatsion tizim bilan bog’langan holda harakatlanishiga yordam beruvchi alohida dastur. Buyruqning satri dastur va xizmatchi dasturlar yodamida matnli interfeysda yozilib, natijasini ekranda aks etadi.

Windows buyruq satrida cmd.exe buyruq tarjimoni qo'llaniladi, bu sizga dasturlarni yuklash imkonini beradi va ular orasidagi ma'lumotlar oqimini boshqaradi, boshqacha qilib aytganda foydalanuvchi buyruqlarini tizimga tushunarli shaklga o'tkazadi. Buyruqlar satri Windows'ning barcha versiyalariga o'rnatilgan.

Bir qarashda buyruq interfeysi xuddi shu Windowsning grafik interfeysi tomonidan buzilgandek foydalanuvchini qo'rqitadi, ammo buyruq interfeysi ancha tezroq va grafik interfeysda amalga oshirib bo'lmaydigan ko'plab qo'shimcha funksiyalarga ega.

CMD’ni ishga tushirish yo’llari:
1️⃣Пуск -> Все программы -> Стандартные -> Командная строка.
2️⃣Пуск -> Выполнить -> cmd.exe
3️⃣Win + R -> cmd
4️⃣C:\WINDOWS\system32\cmd.exe fayli orqali
5️⃣Пуск -> Поиск -> cmd yoki Командная строка ni terish orqali (Windows 10)

“Запуск от имени администратора” bilan kirish kerak!

Bizni kompyuter_informatika kanalida kuzatib boring va do'stlaringizga ham ulashing.

@kompyuter_informatika_1
👍1
Windows 10'ga yangi foydalanuvchini qo'shish
#info

ℹ️ Windows'ning "o'zimizning" nusxasidan foydalanganda, xatolik tufayli kompyuteringizga yangi foydalanuvchi qo'sha olmaslik ehtimoli yuqori.

Bunday holda, Win + R tugmachalarini bosing va control userpasswords2 kiriting, so'ngra ochilgan oynada "Добавить" tugmasini bosing va allaqachon standart harakatlarga o'ting (foydalanuvchi nomi va parolni kiriting).

Yangi foydalanuvchi qo'shishdan tashqari, xuddi shu menyuda siz ularning har biri uchun huquqlarni tanlashingiz mumkin. Buning uchun "Свойства" tugmasini bosing, "Членство в группах" bo'limiga o'ting va u yoki bu foydalanuvchiga qanday huquqlarni berishni xohlayotganingizni tanlang.

Kanalga obuna bo'ling.👇
@kompyuter_informatika_1
👍3
Windows tizimida klaviaturada mavjud bo'lmagan belgi(simvol)larni yozish
#info

Ba'zan, klaviaturada mavjud bo'lmagan belgilarni yozish kerak bo'lib qoladi, misol uchun: "Ω, ®, ©".
Bu belgilarni Word matn muharririda yozish muammo emas, lekin bu belgilar sizga Notepad uchun yoki biror fayl yoki papkaga nom berishda kerak bo'lib qolsachi?

Windows tizimida, bu belgilarni quyidagicha chiqarish mumkin:
1. Win+R→charmap va Enter.
2. Ekranda, simvollar yozilgan oyna(Таблица символов) chiqadi, shu oynadan kerakli simvolni tanlaysiz va "Выбрать" tugmasini bosasiz.
3. Shundan so'ng, tanlagan simvolingiz quyiga tushadi va "Копировать" tugmasi orqali shu simvolni nusxasini olishingiz mumkin.
4. Nusxasi olingan simvolni, kerakli joyga CTRL+V orqali qo'yishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'ling 🏃👇

KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍7
Kompyuter ekranini skrinshot qilish (rasmga olish) usullari
#info / #media / #windows

ℹ️ Skrinshot - bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko'risnishidagi nusxasini olish (kompyuter ekranini rasmga tushirish). Bu qanday amalga oshirishini ko'pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma'lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko'pchilik bilmaydi.

1. Demak ekranni to'liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn (Prt Sc) tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy (Paint, Word, Telegram) ga CTRL+V tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.

2. Ekranni to'liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT+PrintScrn bosiladi. Qolgani, yana o'sha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.

3. Ekranni xohlagan joyini nusxasini olish (Windows 10'da tekshirildi).
Win+Shift+S tugmalari bosiladi va kerakli soha (joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohadan foydalanish mumkin.

4. "Ножницы" dan foydalanish
Win+R ga snippingtool buyrug'ini kiritish orqali osonlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Skrinshot qilganingizdan so'ng kerakli joyga saqlaysiz (💾).

5. Maxsus dasturlardan foydalanish
Kanalimizda skrinshot qilish uchun quyidagi dasturlar joylangan:
- FastStone Capture 8.0
- Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64) skrinshot uchun yengil dastur
- ShareX 13.2.1 - mukammal skrinshot dasturi

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#info
🔖Nod32 offline baza o'rnatish, qisqa va chunarli holatda

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍7👏1💯1
Kompyuter parolini qanday almashtirsa bo'ladi?
#info

ℹ️ Windows'dagi parolni quyidagi usulda almashtirish mumkin. Bu usul Windows 10 va Windows 7'da tekshirilgan.

1️⃣ Ctrl + Alt + Delete ni bosib, "Изменить пароль" ga kiramiz.

2️⃣ Eski parol, yangi parol va tasdiqlash uchun yangi parolni yana bir bor kiritib, "Cохранения изменений" ga bosamiz.

© Комп для чайника

Kanalga ulanish 👇
👉
@kompyuter_informatika_1
👍6
Kompyuter parolini qanday almashtirsa bo'ladi?
#info

ℹ️ Windows'dagi parolni quyidagi usulda almashtirish mumkin. Bu usul Windows 10 va Windows 7'da tekshirilgan.

1️⃣ Ctrl + Alt + Delete ni bosib, "Изменить пароль" ga kiramiz.

2️⃣ Eski parol, yangi parol va tasdiqlash uchun yangi parolni yana bir bor kiritib, "Cохранения изменений" ga bosamiz.

© Комп для чайника

Kanalga ulanish 👇
👉
@kompyuter_informatika_1
👍3