💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
#foydali

Ko‘p ishlatiladigan kombinatsiyalar haqidagi qisqa kreativ rolik!

Biz kundalik hayotda ko‘p ishlatadigan ba’zi bir kombinatsiyalarni vizual ravishda tomosha qilishingiz uchun qisqa kreativ rolik!
Feature

Telegram | Dasturlar | Kitoblar | Aloqa
👍8
💻 Windows-ning qaysi versiyasini ishlatayotganligingizni bilasizmi?

#foydali / #hotCommand

ℹ️ Windows versiyasini bilish uchun: Win + R tugmasini bosing va chiqqan oynaga winver deb yozing, Enter-ni bosing.

Telegram | Dasturlar | Kitoblar | Aloqa
👍7
🔥Kompyuter va smartfonda telegramdagi matnni har xil holatga keltirish

#telegram / #foydali / #hotKeys

Telegram orqali matnni har xil usulda jo'natish mumkin:

Kompyuter variant:
CTRL + B - qalin shrift (жирный).
CTRL + I - qiya ko'rinishda(курсив).
CTRL + K - havola(ссылка) qo'shgan holda.
Ctrl + Shift + M - bir hil uzunlikdagi shrift(mono)
Ctrl + Shift + N - matnni o'z holiga qaytarish

Smartfon uchun:
🔹* * so'z * * - qalin so'z(yulduzcha qo'shib yoziladi)
🔸_ _ qiya _ _ - qiya so'z(chiziqlar qo'shib yoziladi)
🔹`` mono `` - mono shrift(belgi bitta bo'ladi)
🔸~ ~ chiziq ~ ~ - so'z ustiga chiziq(tilda belgi qushib yoziladi)

✔️Bu usullarni telegram menyu qismidan ham qilish mumkin. Matn yozasiz, uni belgilaysiz va o'ng yuqori qismidagi 3 ta nuqtani bosib tahrirlaysiz.
✔️Kompyuter uchun yana variant matn yozasiz belgilaysiz, sichqonchani o'ng tomonini bosib Formatting menyusiga o'tasiz.

👉 Telegram | Dasturlar | Kitoblar | Aloqa
👍5🔥2
Windows 11 da sensorli klaviatura

#windows11 / #foydali

🟢 Windows 11 da nafaqat tayyor virtual klaviatura mavzulari, balki foydalanuvchi tomonidan bunday mavzularni yaratish imkoniyati ham mavjud.

Buni WIN + I kombinatsiyasi bilan "Параметры" ni ochib, keyin "Персонализация" - "Сенсорная клавиатура" bo'limiga o'ting.

— Unda siz foydalanishga tayyor shablonlarni ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu sozlamalar bo'limida siz klaviaturaning o'lchamini o'zgartirishingiz, tugmachalarda ko'rsatilgan matn hajmini tanlashingiz, klaviatura fonini yoqishingiz yoki o'chirishingiz mumkin.

— O'zingizning mavzuingizni yaratish uchun Maxsus mavzu shablonini tanlang, uni yoqing va Tahrirlash tugmasini bosing. Ushbu bo'limda siz moslashtirilgan sensorli klaviatura yaratishingiz mumkin.

Telegram | Dasturlar | Kitoblar | Aloqa
👍8
🔥Tez kirish paneli. Tezkor tugmalar

#hotCommands / #foydali

Hammamiz kompyuterda ma'lum ilovalardan foydalanamiz. Ba'zilari har kuni, boshqalari kamroq.

Tez ishga tushirish uchun ularni vazifalar paneliga ko'chirish mumkin (pastda, Boshlash belgisi yaqinida). Faqat kerakli yorliqni ushbu panelga o'tkazing.

Ushbu dasturlarni ochish uchun tezkor tugmalar taqdim etiladi, ya'ni Win + raqami.

Masalan (rasmga qarang), agar men boshqaruv panelida uchinchi Word dasturini o'rnatgan bo'lsam, uni ochish uchun Win + 3 tugmalarini, Google Chrome-ni ochish uchun esa Win + 7 tugmachalarini bosaman.

♻️ Siz buni bilarmidingiz?
👍9
​​🔥 Kompyuterda tez ishlash bo'yicha qo'llanma - Win tugmasi.

#hotKeys / #foydali / #windows

▶️ Windows operatsion tizimi bilan ishlaganda, ish unumdorligi oshirish maqsadida klaviaturadagi maxsus windows emblemasidan(Win) foydalanshni maslahat beraman.

▶️ Bu tugma odatda klaviaturaning chap tomon CTRL va ALT tugmalari o‘rtasida joylashgan. Demak quyidagi kombinatsiyalarni bir marotaba yaxshilab yodlab oling:

Win - PUSK menyusini ochish yoki yopish.

Win + PAUSE – “Cвойство Windows“ oynasi

Win + D - Ish stolini ko'rish(Barcha oynalar ekranning quyi qismiga tushadi va ish stoli ochiladi).

Win + M - Barcha oynalarni "свернуть" qilish(quyi qismga tushirish).

Win + SHIFT+M - "свернуть" qilingan oynalarni ish stoliga chiqarish.

Win + E - "Мой компьютер" oynasi.

Win + F - fayl va papkalarni qidirish oynasini
ochish, (Windows 10'da ishlamaydi).

CTRL+ Win + F - kompyuterlarni qidirish oynasini ochish(tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish uchun).

Win + L - kompyuterni blokirovka qilish yoki foydalanuvchini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

Win + R - "Выполнить" oynasini chaqirish.

Win+ T - "Панель задач" (ekranning quyi qismi)
dagi dasturlarni birin ketin aktiv holatga o‘tkazish.

Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ishga tushirish.

SHIFT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni yangi nusxasini ochish.

ALT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ochilgan barcha nusxalarini ko‘rish.

Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish(Windows 10 da 3d bo'lmaydi).

CTRL+Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish, oldin qotirib so‘ng TAB tugmasi orqali o‘tish(windows 10 da ishlamaydi).

Win+ PROBEL - Ish stolini ko‘rish(Faqat shu knopkalarni bosib turgan holda ko‘rish mumkin. Qo‘yib yuborsa yana eski holatga qaytadi) (Windows 10 da tilni o'zgartirish).

Win + YUQORI STRELKA - aktiv oynani to‘liq ekran bo‘ylab ochib beradi.

Win+ CHAP STRELKA - aktiv oynani chap tomon bo‘ylab ochib beradi(chap tomon to‘liq to‘lgan holda).

Win+ O‘NG STRELKA - aktiv oynani o‘ng tomon bo‘ylab ochib beradi(o‘ng tomon to‘liq to‘lgan holda).

Win + QUYI STRELKA - aktiv oynani boshlang‘ich holatga qaytaradi.

Win + HOME - aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi("свернуть" qiladi).

Win+ SHIFT + YUQORI STRELKA - aktiv oynani yuqori va quyi qismini ekrannng oxirigacha kengaytiradi.

Win + P - Ekranga chiqarish rejimini o‘rnatish.

Win + U - "Центра специальных возможностей" oynasini ochib beradi(Windows 10 da "Параметры" oynasini ochadi).

💁🏻‍♂️Bu qo'llanmani qog'ozga chiqarib, kompyuteringiz oldiga qo'yib qo'ying, kerak paytda qarab-qarab ishlatasiz va yod bo'lib ketadi.

Telegram | Dasturlar | Kitoblar | Aloqa
👍10
🔥 Microsoft office'dan bepul va online foydalanish

#Microsoft_office / #foydali

📑 Barchamizga onda-sonda Microsoft Office dasturi kerak bo'lib qoladi. Ammo, dastur pullik, uni ustiga o'rtacha yoki kuchsizroq kompyuterlarda juda sekin ishlaydi va ko'p joy egallaydi.

🤩 Shuning uchun sizga Microsoft'ning rasmiy Office - onlayn saytidan foydalanishni maslahat beramiz. Sayt xuddi Microsoft Office dasturining onlayn shakli. Unda Word, Excel, PowerPoint bilan ishlash imkoniyati bor.

🌐 https://www.office.com/?auth=1

Telegram | Dasturlar | Kitoblar | Aloqa
👍11
​​❗️#foydali #excel

Excel dasturida xatolik turlari ⚠️

📍Formulani kiritish yoki tahrirlashda, shuningdek funksiyada qatnashuvchi qiymatlardan biri o‘zgartirilganida, Excel formula qiymatining o‘rniga xatoliklardan birini ko‘rsatishi mumkin. Dasturda sakkiz turdagi xatoliklar ko‘zda tutilgan:

📍######## — agar yacheyka butunlay panjara belgisi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bunda ikki variantdan biri, ya’ni yacheykadagi qiymat unga sig‘may turgani yoki unda manfiy vaqt qiymati (yacheyka formati – Время, ya’ni vaqt bo‘lganida yuzaga keladi) kiritilganini anglatadi. Birinchi holatda ustunni kengaytirish yoki shriftni kichraytirish yetarlidir, ikkinchisida – vaqt qiymati o‘zgartiriladi. Masalan, formulada kichik vaqt birligidan katta vaqt birligi ayirilgan bo‘lsa, unda buni aksincha amalga oshirish kerak bo‘ladi.

📍#ДЕЛ/0! — ushbu xatolik deyarli har doim yacheykadagi formula qandaydir qiymatni nolga bo‘lishga urinayotganini anglatadi. Ko‘pincha bu ushbu yacheyka bilan bog‘langan boshqa yacheykada nol qiymati mavjudligi yoki umuman qiymat yo‘qligi holatida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun, barcha bog‘langan yacheykalarni bunday qiymatlar mavjudligiga qarshi tekshirib chiqish lozim bo‘ladi.

📍#Н — ushbu xatolik “недоступно”, ya’ni “mavjud emas” ko‘rinishida talqin qilinadi va u funksiya yoki formulaning qiymatga murojaat eta olmayotganini anglatadi. Muammoni bartaraf etish uchun, qiymat kiritilgan yacheykalarni xatoliklarga qarshi tekshirish lozim bo‘ladi, tekshirilayotgan yacheykalarda ham ushbu xatolik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

📍#ИМЯ? — ushbu xatolik formulada yacheyka, diapazon yoki formulaning nomini noto‘g‘ri ko‘rsatayotganingizda yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun formuladagi barcha nomlar va nomlanishlarni yana bir bor ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.

📍 #ПУСТО! — kamdan kam holatda uchraydigan xatolik, chunki ushbu xatolik yuzaga kelishiga sabab hisoblanuvchi kesishish operatoridan har kim ham foydalanavermaydi. Xususan, diapazonlar kesishmaganida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun kesishuvchi diapazonlarni ko‘rsatib o‘ting.

📍Masalan: =СУММ(A1:B5 A6:B10) formulasi xatolikka olib keladi.

=СУММ(A1:B5 A5:B10) formulasi esa xatosiz ishlaydi va A5:B5 diapazonini qaytaradi.

❗️#ЧИСЛО! — ushbu xatolik formulada qabul qilingan doiradan tashqarida turuvchi noto‘g‘ri sonli qiymatlar mavjud bo‘lganida yuzaga keladi.

📍 #ССЫЛКА! — ushbu xatolik formulada ko‘rsatib o‘tilgan yacheykalar o‘chirilgan taqdirda yuzaga keladi.

📍 #ЗНАЧ! — ushbu holatda funksiya uchun noto‘g‘ri turdagi argument (ma’lumot) turi qo‘llanilgani haqida so‘z bormoqda.

📎 Ushbu postga qo‘shib ilova qilinayotgan faylda har bir xatolikka izohlari bilan birga misollar keltirilgan.

💁‍♂ t.me/kompyuter_informatika_1
👍4
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash 🧹

#fleshka / #foydali / #windows

Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p “axlat” to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimni qotib ishlashiga olib keladi.

Yechimi bitta. Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (раздел)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi.

💁‍♂️ Batafsil ma'lumot uchun.

Telegram | Dastur | Kitob | Aloqa
👍5🔥1
​​❗️#foydali

💻 Telegram dasturi kompyuter uchun. Matnni formatlash uchun yorliqlar:

📍 Ctrl + B - qalin;
📍 Ctrl + I - kursiv;
📍 Ctrl + Shift + M - bir vaqtning o'zida;
📍Ctrl + K - giperhavola yaratish;
📍Ctrl + U - pastki chiziqcha;
📍Ctrl + Shift + X - kesib o'tdi;
📍Ctrl + Shift + N - formatlashni bekor qilish.

▶️ Dasturni yuklab olish.

💁‍♂ t.me/kompyuter_informatika_1
👍2
SSD disk o'rnatganlar uchun foydali funksiya - TRIM nima?
#foydali

TRIM - SSD disklar ishlash davomiyligi va tezligini oshirish funksiyasi. Bu funksiya yoqilgan bo'lsa, xotira yacheykalaridagi ma'lumotlar o'chiriladi va bo'sh yacheykaga yozish tezlashadi,

Odatda qanday bo'ladi? siz biror faylni diskka yozganingizda, shu fayl qismlarga bo'linadi va yacheykalarga yoziladi. Bu yacheykalar haqidagi axborot(qaysi yacheykada qaysi fayl qismlari joylashgan) MFT(Master File Table) degan jadvalga yoziladi. Agar siz biror faylni o'chirsangiz, o'sha MFT jadvaldagi yozuv o'chadi, lekin yacheykadagi fayl qolib ketadi. Boshqa fayl yozish kerak bo'lsa, o'sha eski fayl yozilgan yacheyka tozalanadi, so'ng usha yerga yozilishi mumkin bo'ladi.

TRIM funksiyasi, faylni o'chirganda MFT jadval va yacheykadan birdaniga o'chiradi va keyingi fayl yozish tezligi ortadi, lekin o'chgan fayllarni qayta tiklay olmasligi mumkin.

TRIM funksiyasi yoqilganini tekshiramiz:

1. Win+Rcmd va Enter.
2. Qora oynaga ushbu buyruq yoziladi:
fsutil behavior query disabledeletenotify

Natija quyidagicha bo'lishi mumkin:
0 - TRIM funskiyasi yoqilgan;
1 - TRIm funksiyasi o'chiq.

Kanalga obuna bo'lamiz👇🏻🏃🏻

👉🏻 @kompyuter_informatika_1
🔥5👍2👏1
ALF @informatika.exe
1.3 MB
#foydali #dastur

Kompyuteringizdagi fayllarni yashirib qo'yuvchi qulay, sodda va ishonchli dastur.

Kanalga obuna bo'lamiz👇🏻🏃🏻

👉🏻 @kompyuter_informatika_1
👍4🔥2👏1
Android.exe
51.4 MB
#Foydali_dastur

Androidlar uchun kitob tayyorlovchi dasturni o’rnatib beruvchi o’zbekcha kompyuter dasturi

Android tizimlari uchun kitob tayyorlovchi dastur haqida bilsangiz kerak. Lekin bu dastur pullik bo’lgani uchun yoki o’rnatishdagi muammlolar sabab juda ko’pchilik bu dasturdan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keladi.

Ushbu dastur nima uchun kerak:

1. Bu dastur orqali o’zingiz maqolalaringizni joylashitirib sotish imkoniyatini beradi.
2. Agar she’r yozsangiz, she’rlaringizni elektron kitob ko’rinishida tayyorlab do’stlaringizga sov’ga qilish imkoniyati;
3. Dastur orqali hikoya, qissa, roman va boshqa matnlarni android tizimlari uchun kitob holatida tayyorlash imkoniyatini beradi va hokazo…

Diqqat: Dasturni ketma-ketligi bo'yicha o'rnating.

Kanalga obuna bo'lamiz👇🏻🏃🏻

👉🏻 @kompyuter_informatika_1
🔥3👍2👏2😱1
Lotin-Кирилл.exe
1.3 MB
#Foydali #dasturlar

Lotin-Kril dasturi


Kanalga obuna bo'lamiz👇🏻🏃🏻

👉🏻 @kompyuter_informatika_1
👍9😁2
Kompyuter sichqonchasining dumaloq qismi nimalar qila oladi?
#foydali

Hozirgi sichqonchalarning chap va o'ng tugmasidan tashqari, ularning o'rtasida dumaloq qismi ham mavjud. Bu qismni siz nafaqat aylantirishingiz, balki bosishingiz ham mumkin.

Ko'pchilik, sichqonchaning bu imkoniyatidan foydalanmaydi, balki bilmas, quyida ushbu aylanadigan tugma nimalar qila olishini yozib o'taman:

— Dumaloq qismni aylantirish orqali, uzun sahifalarni quyi va yuqoriga o'tkazishingiz mumkin;
— ushbu qismni aylantirmasdan, balki bosib, va sekin sichqonchani yuqori va pastga sursangiz, uzun sahifalar avtomat o'tishni amalga oshiradi.
— brauzerlar vkladkasini, sichqonchani dumaloq qismini bosgan holda yopish mumkin(vkladkani istalgan joyida bosilsa, yopilaveradi, x tugmani bosish shart emas);
CTRL tugmasini ushlab turgan holda, sichqonchani dumaloq qismini aylantirish orqali, yozuv yoki ob'yektlar o'lchamini o'zgartirish mumkin;
— Internet saytlaridagi havolalarni, sichqonochaning dumaloq qismini bosgan holda, yangi vkladkada ochish mumkin;
— brauzerlarda, "Назад" tugmasini, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, oldingi sahifa alohida vkladkada ochiladi;
— brauzerning, "Обновить" tugmasi, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, shu sahifaning yangilangan holati, yangi vkladkada ochiladi.

Kanalga obuna bo'ling 🏃👇

KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍51🔥1
#dizayn #foydali

Har bir dizayner bilishi kerak bo‘lgan 7 ta dastur!

📌 Grafik dizayn bilan shug‘ullansangiz, quyidagi dasturlari bilishingiz zarur:

1️⃣ Canva – Tezkor dizayn yaratish uchun onlayn muharrir.
2️⃣ Figma – UI/UX dizayn uchun eng qulay dastur.
3️⃣ Adobe Photoshop – Rasm tahrirlash standarti.
4️⃣ CorelDRAW – Vektor grafikasining otasi.
5️⃣ Affinity Designer – Yengil va tezkor grafik muharrir, Photoshopga raqobatchi.
6️⃣ Blender – 3D modellashtirishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, shundan boshlang.
7️⃣ Coolors – Mukammal rang palitralarini yaratish uchun foydali.

🔹 Siz qaysi vositalardan ko‘proq foydalanasiz?

Kanalga obuna bo'ling.👇
@kompyuter_informatika_1
3🤣3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Excel jadvallarni Sizning o'rningizga to'ldirib berishini bilarmidingiz?

Har safar bir xil ma'lumotni qo'lda ko'chirishdan charchadingmi?

АВТОЗАПОЛНЕНИЕ - ko'pchilik bilmaydigan maxfiy tugmani sinab ko'ring va ish samaradorligini bir necha barobarga oshiring!

🔹 Misol:
Ikki ustunda alohida yozilgan ism va familiya bor.
Siz ularni bitta ustunga birlashtirishingiz kerak.
👉 Yangi ustun ochib, unga ism va familiyani yozing.
O'sha ustunni belgilab, Ctrl + E ni bosing
Excel qolganlarini o'zi to'ldiradi!

📌 Bu usul sanalar, email, raqamlar, matnlar bilan ham ishlaydi — Siz namuna ko'rsatasiz, Excel esa takrorlaydi!


⚡️ Saqlab qo‘ying — 100% foydasi tegadi!

👆Batafsil ushbu postdagi videoda 👆

#excel #lifehack #foydali

Kanalga obuna bo'ling.👇
@kompyuter_informatika_1
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 Excelda Grafik (Mini Grafik) qanday yaratiladi?

Grafik — bu Exceldagi kichik diagramma bo‘lib, ustun ichida joylashadi va ma'lumotlarning o‘zgarishini tezda ko‘rsatadi. Juda qulay vizual!

🔧 Qanday yaratiladi?

1️⃣ Ma'lumotlaringizni tayyorlang (masalan, oyma-oy sotuvlar);
2️⃣ Kerakli ustunlarni tanlang;
3️⃣ Yuqori menyudan Вставка bo‘limiga kiring.
4️⃣ График turini tanlang.
5️⃣ Hosil bo'lgan oynada qaysi kataklardagi raqamlarni tahlil qilmoqchi bo‘lsangiz, ularni belgilang.
6️⃣ OK tugmasini bosing.

🔔 Tayyor! Endi har bir qator uchun mini grafik hosil bo‘ladi!

⚡️ Saqlab qo‘ying — 100% foydasi tegadi!

👆Batafsil ushbu postdagi videoda 👆

#excel #lifehack #foydali

Kanalga obuna bo'ling.👇
@kompyuter_informatika_1
3