💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
❗️#fleshka #nega

Nima sababdan fleshka yoki vinchester(HDD, SDD) hajmi kompyuterga ulanganda kamroq ko'rsatadi?

🤔Bu holat bilan hammangiz duch kelgansiz, hech o'ylab ko'rganmisiz, nima sababdan 4 GB hajmga ega fleshkangiz kompyuterga ulanganda kamroq 3,71 GB atrofida ko'rsatadi?

Fleshka yoki vinchesterning hajmi kamayishining sababi 3 ta:

Eng asosiysi, fleshka chiqaradigan firmalar o'lchov birligi sifatida 1000 qiymatni olishgan, ya'ni:

📌1 Gigabayt = 1000 Megabayt
📌1 Megabayt = 1000 Kilobayt
📌1 Kilobayt = 1000 Bayt

📍Kompyuter esa, ikkining darajasi bilan ishlaydi, 2, 4, 8, 16, 32 ...1024. Shu sababli 1000 qiymat qabul qilolmaydi va eng yaqini 1024 bilan ishlaydi.

📌1 Gigabayt = 1024 Megabayt
📌1 Megabayt = 1024 Kilobayt
📌1 Kilobayt = 1024 Bayt

Bundan kelib chiqadiki orada tafovut bor, ya'ni 4 GB fleshka ishlab chiqaruvchilar uchun:

📌4 * 1000 * 1000 * 1000 = 4 000 000 000 Bayt bo'ladi.

Firma taqdim qilgan fleshka hajmi 4 000 000 000 bayt kompyuter uchun:
4 000 000 000 /(1024 * 1024 * 1024) = 3,72 GB bo'ladi.

Fleshka ichida, kichik hajmda o'zining proshivkasi(dasturi) saqlanadi va bu ham kichik hajm oladi. Shu proshivkada fleshkaning hajmi yozilgan bo'ladi.

☝️ Diqqat qiling, muhim narsa, xitoy fleshkalarida shu proshivka o'zgartirilib sotiladi, bu degani xaqiqiy 4 GB fleshka, proshivka orqali 16GB(!) qilib ko'rinadigan qilinadi, lekin unga 4GB ma'lumot sig'adi. Nazariy jihatdan 16GB, xaqiqiy o'lcham 4GB.
Shu sababli nomi chiqqan firmadan fleshka oling, yoki olgandan so'ng usha yerning o'zida fayl yozib tekshirib oling.

Fleshkani format qilganingizda, fayl tizimini belgilaysiz (NTFS, FAT), bu fayl tizimlari ham fleshkaga o'zining maxsus axborotlarini yozadi. Shuni esda saqlang, fayl tizimiga qarab, hajm o'zgaradi, misol uchun NTFS fayl tizimi FAT tizimiga qaraganda biroz ko'proq hajmni o'z axboroti uchun oladi.

☝️ Xullas to'liq fleshkadan, taxminan 6% hajm yo'qotasiz.

😁Oylik olganingizda, shartnomadagi mablag'ni olmaysizku, soliqlar ushlab qolinadiku).

💁‍♂ t.me/kompyuter_informatika_1
👍7👏3🤩2
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash 🧹

#fleshka / #foydali / #windows

Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p “axlat” to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimni qotib ishlashiga olib keladi.

Yechimi bitta. Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (раздел)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi.

💁‍♂️ Batafsil ma'lumot uchun.

Telegram | Dastur | Kitob | Aloqa
👍5🔥1