💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
Kompyuter ekranini skrinshot qilish (rasmga olish) usullari
#info / #media / #windows

ℹ️ Skrinshot - bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko'risnishidagi nusxasini olish (kompyuter ekranini rasmga tushirish). Bu qanday amalga oshirishini ko'pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma'lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko'pchilik bilmaydi.

1. Demak ekranni to'liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn (Prt Sc) tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy (Paint, Word, Telegram) ga CTRL+V tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.

2. Ekranni to'liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT+PrintScrn bosiladi. Qolgani, yana o'sha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.

3. Ekranni xohlagan joyini nusxasini olish (Windows 10'da tekshirildi).
Win+Shift+S tugmalari bosiladi va kerakli soha (joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohadan foydalanish mumkin.

4. "Ножницы" dan foydalanish
Win+R ga snippingtool buyrug'ini kiritish orqali osonlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Skrinshot qilganingizdan so'ng kerakli joyga saqlaysiz (💾).

5. Maxsus dasturlardan foydalanish
Kanalimizda skrinshot qilish uchun quyidagi dasturlar joylangan:
- FastStone Capture 8.0
- Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64) skrinshot uchun yengil dastur
- ShareX 13.2.1 - mukammal skrinshot dasturi

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍5
WhatsApp мессенжери бир нечта аккаунтни улаш имкониятини яратди

Телеграм мессенжерида аллақачон бор бўлган бу функция WhatsApp'да энди яратилди.

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍3
🔍Word-dagi rasmdan fonni qanday olib tashlash mumkin?

🔍Hujjatga kiritilgan har qanday rasmdan siz rasmni tanlaganingizdan so'ng Формат → Удалить фон yorlig'iga o'tib, fonni olib tashlashingiz mumkin.

✈️Shundan so'ng, agar kerak bo'lsa, fonni yanada to'g'ri olib tashlash uchun rasmning kerakli maydonini tanlang (fotosuratdan aniq ob'ektlarni chiqarish uchun).

🔍Aytgancha, xuddi shu yorliqda siz Обрезка tugmasini bosish orqali tasvirni kesishingiz mumkin. Buning uchun markerni kerakli tomondan rasmning o'rtasiga sudrab borish kifoya.

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍4
Hozirgi zamonaviy kasblarni o'rganishga qanday noutbok bo'lishi kerak?

🎛Protsessor (CPU) - Kamida intel core i5 - i7 10300H - avlod va undan balandi.
Ryzen 5-7 4600H- avlod va undan balandi iloji boricha oxirgi harfi H bilan tugasa U, G ga nisbatan ancha kuchli bo'ladi.

🖱Tezkor xotira (RAM) -ddr4 8GB va undan baland.

💾Doimiy xotira(ROM) -ssd  256GB va undan baland.

🎥Videokarta kamida RTX Bo'lsa ayni muddao.

🖥 Ekran full hd 15.6 144Hz

Shu va shunga o'xshash noutboklarni to'g'ridan to'g'ri chetdan olib kelib arzon narxlarda sotadigan kanalni tavsiya qilaman.

Narx va boshqa modellar uchun👇

https://t.me/noutbok_telefon

Telegram | Instagram
👍1💯1
⌨️ Windows 11 da tez ochishga yordam beradigan klaviatura kombinatsiyalari

1.
Win+W vidjet panelini ochadi.
2. Win+A ulanishingiz mumkin bo'lgan sozlamalar oynasini ishga tushiradi: wifi ga ulash, ovoz balandligini boshqarish, yorqinligini o'zgartirish va boshqa sozlamalar.
3. Win+N bildirishnomalar va kalendarni ochadi.
4. Win+Z dasturlarning ko'p oynali ekrani sozlamalarini ochadi.
5. Win+C Microsoft Teams-ni ochadi.
6. Win+S qidiruv.
7. Win+I sozlamalar oynasini ochib beradi.

Ro'yxatni izohlarda davom ettirishingiz mumkin ✍️

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
💯3👍1
#Word

Kompyuterda ishlash tezligini oshirish va qimmatli vaqtimizni tejash uchun “qaynoq” klavishalar yordam beradi.

Shunday kombinatsiyalar borki, ular tez-tez ishlatiladi, ayniqsa ular matnni tahrirlagan paytimizda zarur hisoblanadi.

Hujjatlar bilan bajariladigan asosiy operatsiyalar:
🟢Ctrl+NYangi hujjat yaratish yoki dasturning yangi oynasini ochish (New Document);
🟢Ctrl+O (Ctrl+F12) Hujjatni ochish (Open Document);
🟢Ctrl+S (Shift+F12) Hujjatni saqlash (Save Document);
🟢F12Hujjatni Сохранить как (Save as) funksiyasi yordamida saqlash;
🟢Ctrl+PHujjatni chop etish (Print Document);

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
💻Axborot o'lchov birliklari

1 Bit = Binary Digit (eng kichik)
8 Bit = 1 Bayt
1024 Bayt = 1 KB (kilo bayt)
1024 KB = 1 MB (mega bayt)
1024 MB = 1 GB (giga bayt)
1024 GB = 1 TB (terra bayt)
1024 TB = 1 PB (peta bayt)
1024 PB = 1 EB (ekza bayt)
1024 EB = 1 ZB (zetta bayt)
1024 ZB = 1 YB (yotta bayt)
1024 YB = 1 Bronto Bayt
1024 Bronto Bayt = 1 Geop Bayt
Geop Bayt - eng yuqori xotiradir📈

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍8🔥1
Arzon va Sifatli Macbook qidirayotgan do'stlarimiz uchun ajoyib yangilik.

Bizdan macbooklarni Arzon va Kafolat bilan sotib olishinigiz mumkin.

Kanalga o’tish:
https://t.me/uzmacbook

Takliflarimiz:
Original (imkon boricha arzon)
Talabalarga chegirma bilan
Kafolat beriladi
Kamchiligi bo'lsa bo'lsa
avvaldan aytib sotiladi
Barchasi halol tarzda

🎁Buyurtmaga ham Macbook olib kelib beramiz.

Havola pastda:
https://t.me/uzmacbook
👍4
🖱 Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma'qul?

Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko'rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo'yicha ham tanlovi mavjud. Ulanish odatda 2 xil ko'rinishda bo'ladi: simli va simsiz (bluetooth, wi-fi orqali).

"Qaysi biri ma'qul?" degan savolga hozir javob izlab ko'ramiz.

Simli sichqoncha afzalliklari:
- Eng birinchidan simli sichqonchalar narxi simsizga qaraganda arzonroq bo'ladi;
- Signal uzatilishi tez va so'nishlar bo'lmaydi.
Simli sichqoncha kamchiliklari:
- Simlarning osilib yotishi undagi eng birinchi kamchilik;
- Undan tashqari simli sichqoncha tagiga o'zining maxsus "to'shakcha"sini qo'ymasangiz yaxshi ishlamaydi;
- Simli sichqoncha bilan uzoqqa bora olmaysiz, uzog'i 2-3 metr.

Simsiz sichqoncha afzalliklari:
- Kompyuter bilan 10 metrgacha masofada ishlashingiz mumkin;
- Istalgan joyda, maxsus "to'shakcha"larsiz ham ishlatish mumkin;
- Ixcham va qulay.
Simsiz sichqoncha kamchiliklari:
- Narxi biroz qimmat;
- Foydalanishingizga qarab ma'lum vaqtda tokini alishtirib turish lozim;
- Aniqlik darajasi simliga qaraganda past va so'nishlar bo'lishi mumkin.

Bizningcha, bir joyda o'tirib ishlaydiganlar - geymerlar, frilanserlar uchun simli sichqoncha, o'quvchi, o'qituvchi kabi kompyuterdan turli joylardan foydalanadiganlar uchun esa simsiz sichqoncha yaxshi tanlov bo'ladi.

Sizda qanaqa sichqoncha?

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
Ishga joylashishda endi tanish-bilish kerak emas

IT
sohasida faoliyat yuritib, sevimli ishini topishni xohlovchilar uchun @Job_IT_Uz kanalini taklif etaman.

🤩 Dasturlashdan tortib dizayn sohasigacha bo'lgan qaynoq vakansiyalarni topasiz.

👉  Orzuingizdagi ish shu manzilda: @Job_IT_Uz
💫​IT nima? Nega biz IT mutaxassisi bo'lishimiz kerak?

ℹ️ IT (o'qilishi "ay-ti") bu inglizcha "Information Technology" qisqartma shakli hisoblanadi va o'zbekchada Axborot
Texnologiyalari deb tarjima qilinadi.

🌐 Axborot Texnologiyalari (AT) – ma'lumotlarni saqlash va uzatish bilan bog'liq bo'lgan barchasi.

📌 Axborot Texnologiyalari (AT yoki ing. IT) – bu hisoblash texnikalari yordamida ma'lumotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash
va uzatish metodlarini o'rganadigan va amaliyotga tadbiq etadigan ko'p tarmoqli ilmiy-texnologik bilimlar sohasi.

Ayniqsa hozirda yuqorida sanalganlarni barchasi kompyuter texnologiyalari bilan bajarilmoqda, demak hozirda IT atamasi
kompyuter bilan bevosita bog'liq.

AT (IT) qo'llanilish sohalari (foydalanish bo'yicha mashhurligi bo'yicha):

🔸 Ko'ngilochar (kinolar, musiqa, kitoblar, o'yinlar);
🔹 Muloqot (ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta, chatlar va h.k);
🔸 Ma'lumotlarga ega bo'lish (yangiliklar, ob havo ma'lumotlari va h.k);
🔹 Ma'lumotlarni qayta ishlash (matematik hisoblash dasturlari, grafika tahrirlovchilar, ovoz va video tahrirlash va h.k);
🔸 Ta'lim (o'qitish, interaktiv darslar, vebinarlar, ma'lumotnomalar).

Xo'sh biz nega AT (IT) sohasida mutaxassis bo'lishimiz kerak?
Chunki hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv jarayoni AT orqali tezlik bilan amalga oshmoqda, shu sababli o'z sohamiz
qanday bo'lishidan qat'iy nazar zamon bilan hamnafas bo'lishimiz uchun AT sohasida ham yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lishimiz kerak.


𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠 ⤵️
http://t.me/kompyuter_informatika_1
👍42
#Noutbuklar Sotiladi❗️


💻 Acer, Hp,Lenovo,Asus
🖥 Ekran: 15,6 Dyum HD LED
⚙️ Protsessor:Intel celeron
🫡 Operativka: 4GB
🤩 HDD: 512GB
Qo'shimcha xotira:128SSD(Asus)
🔋 Batareyka: 3-4-5 soat
💻 Oc: Windows 10x64 🤔

📌 O‘qituvchi, Talabalar va davlat ishida ishlaydiganlar uchun |😄Photoshop |📝📱|Java script| Phyton😃Word, exel, Power Point |TREYDING| va boshqa shunga o‘xshash dasturlarda Ofis va Bugalteriya ishlarida bemalol ishlatsa bo‘ladi👌

🛠 Xolati: Ideal qirilgan chizilgan joylari yuq
♻️ Obmen: Yo‘q

💵 Narxi: 130$-160$
🇺🇿 Manzil: Samarqand Shahar
🚚 Dostavka: Kelishiladi

📥 Telegram:➡️ @sardor_ft
Telefon: +998915556115
Telefon ko'tarmasam sms yozing !

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍3🤣2
⌨️ Ofis ilovalarini tez ochish uchun klaviatura kombinatsiyalari.

✈️Agar sizda Windows 10 yoki 11 o'rnatilgan bo'lsa va siz ilovalar do'konidan oldindan o'rnatilgan Office dasturini olib tashlamagan bo'lsangiz, quyidagi tugmalar yordamida siz uchun mos dastur ochiladi.

🔢 Ctrl+Shift+Alt+Win+W – yangi Microsoft Word oynasini ishga tushirish yoki ochish

🔢 Ctrl+Shift+Alt+Win+P - PowerPoint dasturini ishga tushiring

🔢 Ctrl+Shift+Alt+Win+X – Excel dasturini ishga tushiring

🔢 Ctrl+Shift+Alt+Win+O - Outlook-ni ishga tushiring

🔢 Ctrl+Shift+Alt+Win+T - Jamoalarni ishga tushirish

🔢 Ctrl+Shift+Alt+Win+D OneDrive jildida File Explorer-ni oching

🔢 Ctrl+Shift+Alt+Win+N - OneNote-ni ishga tushiring

🔢 Ctrl+Shift+Alt+Win+L - standart brauzerda LinkedIn-ga o'ting

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
🔥4👏1
Routersiz noutbukni o'zidan Wi-Fi tarqatamiz!

💻 Agar sizda Windows 10 versiyasiga ega noutbuk bo'lsa, Internet tarqatishni bevosita shaxsiy kompyuteringizdan faollashtirishingiz mumkin.

Buning uchun "Pusk" - "Sozlamalar" - "Tarmoq va Internet" - "Mobil ulanish nuqtasi" ketma-ketlikda o'ting. Tarmoq nomi va parol allaqachon bu yerda mavjud bo'ladi. Agar xohlasangiz, ularni "Tahrirlash" tugmasi yordamida o'zgartirishingiz mumkin.

🛜 "Internet aloqangizni boshqa qurilmalar bilan baham ko'ring" tugmasini faollashtiring, tamom!

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍2