💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
Windows tizimida standart brauzerni qanday sozlash mumkin?

🔢 Tizim sozlamalariga oʻtish uchun Win+I tugmalar birikmasini bosing.
🔢 "Приложения" - "Приложения по умолчанию" bo'limiga o'ting, "Веб браузер" ni toping va joriy brauzer belgisini bosing, so'ngra ro'yxatdan o'zingizga kerakli brauzerni tanlang.

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biror saytga kirishni va biror so'zni izlashni taqiqlash!
#shorts / #internet

😎 Internetingiz endi faqat siz aytgan joylarga kiradi!

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍5
VideoSHOW 3.0 RePack (& Portable) by TryRooM.rar
173.9 MB
Video SHOW - bu yuqori sifatli videolarni yaratishni o'rganishni orzu qilganlar uchun, ammo ingliz tilida murakkab dasturiy ta'minotni o'rganishni mutlaqo istamaganlar uchun haqiqiy topilma. Tayyor videoni kompyuterda yoki telefonda ko'rish uchun har qanday formatda saqlash mumkin, chiroyli interaktiv menyu bilan diskka yozib qo'yish va shuningdek Internetda joylashtirish uchun optimallashtirish mumkin. Uni kompyuteringizga o'rnating va darhol professional sifatli videolarni yarating!

Kanalga obuna bo'ling 🏃👇

KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍4
«Microsoft Word» dasturida klaviatura tugmalari vazifalari.

Ctrl+C
— nusxa ko‘chirish;
Ctrl+N — yangi hujjat yaratish;
Ctrl+O — ochish;
Ctrl+S — saqlash;
Ctrl+V — o‘rniga qo‘yish;
Ctrl+W — oynani yopish;
Ctrl+X — qirqib olish;
Ctrl+Y — bekor qilingan harakatni qaytarish;
Ctrl+Z — so‘nggi o‘zgarishni bekor qilish;
Ctrl+Home — hujjat boshiga o‘tish;
Ctrl+End — hujjat oxiriga o‘tish.
Alt — ochiq oynadagi sistema menyusi ochiladi, menyuda strelkalar yoki Alt+kerakli harf yordamida ishlash mumkin.
Ctrl+Space — belgilangan joydan formatlashni olib tashlaydi.
Ctrl+0 — abzatslar orasidagi intervalni o‘zgartiradi.
Ctrl+1 — satrlar orasiga birlik interval qo‘yish;
Ctrl+2 — satrlar orasiga ikkilik interval qo‘yish;
Ctrl+5 — satrlar orasiga bir yarimlik interval qo‘yish.
Alt+Shift+D — bugungi sanani kiritish;
Alt+Shift+T — ayni paytdagi vaqtni kiritish.
Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍10👏1
Google Chrome brauzerida Dino o'yinini vzlom qilamiz 😁

Chrome'dagi dinozavr o'yini Internet o'chirilganda avtomatik ravishda paydo bo'ladi. Lekin uni manzil satriga chrome://dino yozish orqali ham o'ynash mumkin.

Istasangiz o'yinni buzish uchun:
1. O'yin oynasi ochilganda F12 tugmasini bosing.
2. «Консоль» yorlig'iga o'ting.
3. Runner.instance_.gameOver = function(){}; buyrug'ini kiriting.
4. Enter tugmasini bosing.

Shundan so'ng, dinozavr barcha to'siqlarni jimgina bosib o'tadi.

P.S: Shu narsani qilib ko'rganlar ko'p bo'lsa kerak

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍9😱1
💠Kompyuterr qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

🐙Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.

Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?

🔠 Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;

🔵ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;

🟠 Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;

🟢Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;

🔴 CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;

🔵Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;

🟠Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;

🟢 Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;

🔴 Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍2
Arxitektura,dizayn,inreier,loyiha-smetalar tayyorlash xizmati.
Xizmatlar litsenziyalangan. АЛ-000837

Murojat uchun 👇
: 📞+998991288844 +998998748844 +998932488844,+998996601116
Telegram: @Tamirloyiha

Instagram
👍1
👨‍💻Kompyutеrlаr bilаn ishlаsh jаrаyonidа insоn o‘z sоg‘lig‘ini sаqlаb qоlish vа hаr dоim tеtik yurishi uchun 9ta аsоsiy qоidаlаr ishlаb chiqilgаn:

1.
Fоkus mаsоfаni yarаting (nigоhni uzоq mаsоfаlаrgа ko‘chirish imkоniyati).
2. Kompyutеr ekrаnigа shu’lа yoki nurlаrning tushmаsligini tа’minlаng.
3. Xоnаni to‘g‘ri yoritishgа hаrаkаt qiling.
4. Kompyutеrga nisbаtаn jоy (o‘rindiq)ni to‘g‘ri tаnlаng.
5. To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang.
6. Nаfаs оlish vа uning dаvоmiyligigа e’tibоr bеring.
7. Hаr uch-bеsh sоniyadа ko‘zingizni yopib оching.
8. Fаqаt ekrаngа qаrаmаng.
9. Tеz-tеz uzоq-uzоqlаrgа qаrаb turing.

♻️Kompyuterdan ko'p foydalanadigan do'stlarga yuboramiz!

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍6
Kompyuter ekranini skrinshot qilish (rasmga olish) usullari
#info / #media / #windows

ℹ️ Skrinshot - bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko'risnishidagi nusxasini olish (kompyuter ekranini rasmga tushirish). Bu qanday amalga oshirishini ko'pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma'lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko'pchilik bilmaydi.

1. Demak ekranni to'liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn (Prt Sc) tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy (Paint, Word, Telegram) ga CTRL+V tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.

2. Ekranni to'liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT+PrintScrn bosiladi. Qolgani, yana o'sha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.

3. Ekranni xohlagan joyini nusxasini olish (Windows 10'da tekshirildi).
Win+Shift+S tugmalari bosiladi va kerakli soha (joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohadan foydalanish mumkin.

4. "Ножницы" dan foydalanish
Win+R ga snippingtool buyrug'ini kiritish orqali osonlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Skrinshot qilganingizdan so'ng kerakli joyga saqlaysiz (💾).

5. Maxsus dasturlardan foydalanish
Kanalimizda skrinshot qilish uchun quyidagi dasturlar joylangan:
- FastStone Capture 8.0
- Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64) skrinshot uchun yengil dastur
- ShareX 13.2.1 - mukammal skrinshot dasturi

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍5
WhatsApp мессенжери бир нечта аккаунтни улаш имкониятини яратди

Телеграм мессенжерида аллақачон бор бўлган бу функция WhatsApp'да энди яратилди.

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍3
🔍Word-dagi rasmdan fonni qanday olib tashlash mumkin?

🔍Hujjatga kiritilgan har qanday rasmdan siz rasmni tanlaganingizdan so'ng Формат → Удалить фон yorlig'iga o'tib, fonni olib tashlashingiz mumkin.

✈️Shundan so'ng, agar kerak bo'lsa, fonni yanada to'g'ri olib tashlash uchun rasmning kerakli maydonini tanlang (fotosuratdan aniq ob'ektlarni chiqarish uchun).

🔍Aytgancha, xuddi shu yorliqda siz Обрезка tugmasini bosish orqali tasvirni kesishingiz mumkin. Buning uchun markerni kerakli tomondan rasmning o'rtasiga sudrab borish kifoya.

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍4
Hozirgi zamonaviy kasblarni o'rganishga qanday noutbok bo'lishi kerak?

🎛Protsessor (CPU) - Kamida intel core i5 - i7 10300H - avlod va undan balandi.
Ryzen 5-7 4600H- avlod va undan balandi iloji boricha oxirgi harfi H bilan tugasa U, G ga nisbatan ancha kuchli bo'ladi.

🖱Tezkor xotira (RAM) -ddr4 8GB va undan baland.

💾Doimiy xotira(ROM) -ssd  256GB va undan baland.

🎥Videokarta kamida RTX Bo'lsa ayni muddao.

🖥 Ekran full hd 15.6 144Hz

Shu va shunga o'xshash noutboklarni to'g'ridan to'g'ri chetdan olib kelib arzon narxlarda sotadigan kanalni tavsiya qilaman.

Narx va boshqa modellar uchun👇

https://t.me/noutbok_telefon

Telegram | Instagram
👍1💯1
⌨️ Windows 11 da tez ochishga yordam beradigan klaviatura kombinatsiyalari

1.
Win+W vidjet panelini ochadi.
2. Win+A ulanishingiz mumkin bo'lgan sozlamalar oynasini ishga tushiradi: wifi ga ulash, ovoz balandligini boshqarish, yorqinligini o'zgartirish va boshqa sozlamalar.
3. Win+N bildirishnomalar va kalendarni ochadi.
4. Win+Z dasturlarning ko'p oynali ekrani sozlamalarini ochadi.
5. Win+C Microsoft Teams-ni ochadi.
6. Win+S qidiruv.
7. Win+I sozlamalar oynasini ochib beradi.

Ro'yxatni izohlarda davom ettirishingiz mumkin ✍️

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
💯3👍1
#Word

Kompyuterda ishlash tezligini oshirish va qimmatli vaqtimizni tejash uchun “qaynoq” klavishalar yordam beradi.

Shunday kombinatsiyalar borki, ular tez-tez ishlatiladi, ayniqsa ular matnni tahrirlagan paytimizda zarur hisoblanadi.

Hujjatlar bilan bajariladigan asosiy operatsiyalar:
🟢Ctrl+NYangi hujjat yaratish yoki dasturning yangi oynasini ochish (New Document);
🟢Ctrl+O (Ctrl+F12) Hujjatni ochish (Open Document);
🟢Ctrl+S (Shift+F12) Hujjatni saqlash (Save Document);
🟢F12Hujjatni Сохранить как (Save as) funksiyasi yordamida saqlash;
🟢Ctrl+PHujjatni chop etish (Print Document);

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
💻Axborot o'lchov birliklari

1 Bit = Binary Digit (eng kichik)
8 Bit = 1 Bayt
1024 Bayt = 1 KB (kilo bayt)
1024 KB = 1 MB (mega bayt)
1024 MB = 1 GB (giga bayt)
1024 GB = 1 TB (terra bayt)
1024 TB = 1 PB (peta bayt)
1024 PB = 1 EB (ekza bayt)
1024 EB = 1 ZB (zetta bayt)
1024 ZB = 1 YB (yotta bayt)
1024 YB = 1 Bronto Bayt
1024 Bronto Bayt = 1 Geop Bayt
Geop Bayt - eng yuqori xotiradir📈

Kanalga ulanish 👇
KOMPYUTER | INFORMATIKA
👍8🔥1
Arzon va Sifatli Macbook qidirayotgan do'stlarimiz uchun ajoyib yangilik.

Bizdan macbooklarni Arzon va Kafolat bilan sotib olishinigiz mumkin.

Kanalga o’tish:
https://t.me/uzmacbook

Takliflarimiz:
Original (imkon boricha arzon)
Talabalarga chegirma bilan
Kafolat beriladi
Kamchiligi bo'lsa bo'lsa
avvaldan aytib sotiladi
Barchasi halol tarzda

🎁Buyurtmaga ham Macbook olib kelib beramiz.

Havola pastda:
https://t.me/uzmacbook
👍4