Kitoblar ombori
14.3K subscribers
4.25K photos
865 videos
1.84K files
2.31K links
Abdulloh ibn Muborak dedi:

- Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol...

Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Download Telegram
🇨🇭 Shvetsariyada joylashgan Avliyo Gall monastiri kutubxonasi

Ushbu kutubxona dunyodagi eng ko‘hna va qadimiylaridan biri deb e'tirof qilinadi. Kutubxona dizaynining o‘ziyoq haqiqiy san'at asaridir. Ushbu dargoh Gall monastirining asoschisi Avliyo Otmar tomonidan tashkil etilgan. Bu nafaqat Shveytsariyadagi balki yer yuzidagi eng qadimgi qadimgi monastir kutubxonalaridan biridir.

Mazkur ilm dargohida eski kitoblarning boy kolleksiyasi mavjud bo‘lib, ular orasida VIII—XV-asrlarga oid 2100 taga yaqin qadimiy qoʻlyozmalar, 1650 ta ilk bosmada nashr etilgan kitoblar bo‘lib, ular kutubxonaning faxri. Bu joy hammasi bo'lib 160 000 ga yaqin kitoblarni o'z ichiga oladi.
Kutubxonaning shift qismiki nasroniylar aqidasiga hos bo‘lgan suratlar bezab turadi.

#kutubxonalar

@kitob_ombori
🏛 Vankuver markaziy kutubxonasi, Kanada

Vankuver jamoat kutubxonasi 1869-yil yanvar oyida kamtarona kutubxona sifatida tashkil etilgan.

Bugun bu joy nafaqat binoni, balki deyarli butun boshli kvartalni egallaydi!

Uning markazida to'qqiz qavatli bino - Vankuver markaziy kutubxonasi joylashgan.

Ustunli ko'p qavatli aylana shaklidagi devor qadimgi Rim Kolizeyini yodga soladi.

Asosiy bino va unga yondosh boshqa binolar ko'priklar orqali o'zaro bog'langan bo'lib, o'qish zallarini o'z ichiga oladi.

#kutubxonalar

@kitob_ombori
📖Tyanjin Binxay kutubxonasi

Aksariyat odamlar begonalar nigohi ostida kitob o'qishni yoqtirmaydi, biroq Xitoyda joylashgan ajoyib yangi kutubxonaga tashrif buyurish haqida gap ketganda, biz istisno qilishga tayyormiz. Chunki...

Kutubxona aql bovar qilmaydigan ko'rinishdagi ichki dizaynga ega. Zal o'rtasida bahaybat ko'zni eslatuvchi ulkan sharsimon monument mavjud.

Bu besh qavatli kutubxona Xitoyning Tyantszin provinsiyasi Binxay tumanida joylashgan. Uning dizayni Hollandiyaning MVRDV dizayn firmasi va Tyantszin shaharsozlik va dizayn instituti bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Kutubxona Binxayning ko'zi deb nomlangan. U 34 000 kvadrat metr maydonni egallagan.

Kutubxona uch yil davomida qurilgan. Birinchi qavatni o'quv zali egallagan. O'rta qavatda dam olish zonalari bo‘lsa, ofislar, kompyuter xonalari, konferentsiya va audio xonalari esa eng yuqori qavatni egallagan.
Kutubxona fondida 1,2 million kitob saqlanadi.

#kutubxonalar

https://t.me/+Fh10CzwwUwkyMmJi