Kitob tumani hokimligi| RASMIY
8.2K subscribers
34.3K photos
2.01K videos
21 files
8.62K links
Download Telegram
#joy_nomlari_tarixi📍
OBIKANDA – Kitob tumanidagi mahalla va qishloqning nomi.

🟢Mahalliy aholi vakillari qishloq bir paytlar o‘rmonlar bilan qoplangani, turli qushlar va hayvonlar ko‘pligi, ov qilishga qulay bo‘lganligi haqida gapirishadi. Shu bois qishloqning ovozasi Buxoro amirligigacha yetib borgan. Bu yerga turli hududlardan ovchilar kiyik va kaklik ovlash uchun kelishadi va kechda yomg‘ir, sel suvlardan hosil bo‘lgan jarlikda, tojikcha “obikofta”da tunab qolishadi.

🟢Mehnat faxriysi Faxriddin Hisomovning aytishicha, ovchilar so‘raganlarga “Obikoftadan kelyapmiz”, deyishgan. Obikanda so‘zi ana shu so‘zdan paydo bo‘lgan, deyilgan.

🟢To‘ra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida Obiganda, Obikanda so‘zlarining ikki xil izohi berilgan. Birinchi izohda aytilishicha, Obikanda fors-tojikcha izofa bo‘lib, ob+i+kanda – kovlab chiqarilgan suv, qazilgan buloq ma’nolarini, ikkinchi izohda suv (jilg‘a, sel, daryocha) o‘yib, o‘yiq hosil qilgan joy ma’nosini bildiradi, deyilgan. Shu tariqa gidronim (daryo, suv havzalari nomi) oykonim (yashash joyi nomi)ga o‘tgan. Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi izoh mahalliy aholi fikriga yaqinroq.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍
KO‘SAM – Kitob tumani "Obod" mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Qishloq nuroniylari, ziyolilari Ko‘sam nomini sahoba Qusam ibn Abbos nomiga bog‘lashadi. Qishloq dastlab Ko‘sam ota deyilgan, keyinchalik Ko‘samga aylangan Qishloq qabristoni hozirgacha Ko‘sam ota deyiladi.

🟢Professor To‘ra Nafasovning ”O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati” kitobida xalq dostonlarida “kusam sarka” birikmasi ko‘plab ishlatilishi, bunda kusam so‘zi yirik gavdali degan ma’noni anglatishi, jo‘ssali kishilarga nisbatan ham bu so‘z qo‘llanilishi aytilgan.

🟢Bundan tashqari, kitobda kusam o‘zbeklarning kesamir qabilasi nomining soddalashgan shakli, degan fikrlar bor, deyiladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍
QUSHBOSHI – Kitob tumani "Obod" mahallasidagi qishloq.

🟢Qishloq nomi ikki xil izohlanadi. Og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotgan rivoyatlarga ko‘ra nom tarixi temuriylar davriga borib taqaladi. Aytishlaricha, Amir Temur asosiy qo‘shinlarini shu qishloqda to‘plagan, dastlab qishloq nomi Qo‘shinboshi deyilgan. Tovush tushishi va almashishi sababli Qushboshi bo‘lib ketgan.

🟢Ikkinchi talqin shundan iboratki, qishloq aholisi chorvachilik bilan shug‘ullangan va chorva mollarini erta bahorda tong sahardan tog‘ yon bag‘irlariga haydab boqqan. Qo‘yiroqda joylashgan qishloqlar podalari ular ortidan haydalgan. Shuning uchun Qo‘shboshi deb nomlangan, vaqt o‘tib, “o‘” harfi “u” ga aylangan va Qushboshi bo‘lgan, degan fikrlar ham bor.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍
DЕYSHQON–Palandara mahallasidagi qishloq nomi.

🟢To‘ra Nafasov Deyishqonning qadimiy shakli: deh+i+shiq+-on, deydi. Ya’ni deh+ i +-shayx+-on. "Deh"- qishloq, "shiq" - o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan urug‘lardan birining nomi.

🟢Nomshunos S.Qorayev oqsoqol ma’nosidagi shayx so‘zidan "shix" so‘zi yaralgan deb qaraydi va –on qo‘shimchasi ko‘plik, jamlik ma’nosini bildiradi, deydi. Dehishqon-Deyishqon–shiq urug‘iga mansub kishilarning qishlog‘i. Nomning Deyshqon, Deshqon talaffuz va imlo shakli ham bor, deydi.

🟢Deyshqonlik Dilfuza Ibodullayeva keksalar fikriga tayanib, hududda keksa chinor oldida chashma va g‘or bo‘lgani, har yili ramazon oyida bir guruh shayxlar g‘orda yashab, ro‘za tutishgani, Qur’on o‘qishgani, qishloq ahli ularga iftorlik va saharlik yetkazib turganini aytadi. Shundan qishloq “Dahai shayxon”, ya’ni “Shayxlar dahasi” deb nomlangan. Keyinchalik tovush tushishi va o‘zgarishi oqibatida "Deyshqon" shakli yuzaga kelgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍
BЕSHKALTAK–"Qorabuloq" mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Qishloq nomining tarixi bo‘yicha shu qishloqda yashovchi Ruxsora Sanayeva qiziq rivoyatni keltiradi. Emishki, osmondan beshta tug‘ kelib, tepalikka, qadalib qolgan. Odamlar tug‘larga qizil mato bog‘lab, belgi qilib qo‘yishadi va qishloqni Beshtug‘ deb atashgan. Vaqt o‘tib, qizil mato tug‘lardan uzilib, tayoqlarning o‘zi qoladi. Shundan qishloq nomini Beshkaltak deyishgan.

🟢Professor To‘ra Nafasov esa etnik mansublik qishloq nomi yaralishiga asos bo‘lgan, ya’ni, Beshkaltak–qo‘ng‘irotlar qo‘shtamg‘ali bo‘limiga mansub kal urug‘ining bir tarmog‘i, deydi. Kenagaslarda ham beshkaltak urug‘i bo‘lgan.

🟢Akademik K.Shoniyozovning tadqiqiga ko‘ra, beshkaltak qipchoqlarga xos urug‘ bo‘lib, kishi laqabi asosida paydo bo‘lgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

AYRONCHI–"Sohibkor" mahallasidagi qishloq nomi.

🟢To‘ra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida (40-bet) yozilishicha, Ayronchi o‘zbek xalqi tarkibidagi urug‘lardan biri va qishloq urug‘iga nisbatan nomlangan. Nom ayron so‘zi va –chi qo‘shimchasidan iborat. Mazmunan ayron–qush turi, -chi qo‘shimchasi mansublik, tegishlilik ma’nosida kelgan. Bundan tashqari ayron to‘da, jam, to‘p, jamoa ma’nolarini ham anglatgan.

🟢 Ahmad Eshonqulov esa boshqacha fikr bildiradi: qadimda qishloq ahli asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan, qo‘y, echki, sigirlari ko‘p bo‘lgan va asosan ayron sotish bilan shug‘ullangan. Shundan qishloq nomi Ayronchi deyilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

NURAFSHON– "Nurafshon" mahallasidagi qishloq va mahalla nomi.

🟢Professor To‘ra Nafasov yozganidek, Nurafshon–nur taratuvchi, nur sochuvchi, obod manzil, farovon joy ma’nosini beradi.

🟢Nurafshon qishlog‘ida yashovchi Sharif Xo‘jayev qishloq XX asrning 20-30-yillarida shakllangani va nomi Gadoytopmas bo‘lganini aytadi. Buxoro amirligi ariq qazdirib, kimsasiz joyga suv keltiradi. Suv kelishi bilan hayot ham boshlangan va dastlab ikkita uycha qurilgan. Hamma yoq chakalakzor bo‘lgani uchun bu uylar ko‘zga tashlanmagan, topib borish qiyin bo‘lgan. Shuning uchun qishloqqa Gadoytopmas deb nom berilgan.

👉1979 yil aholining xohishi bilan qishloq Nurafshon nomini oladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

XO‘JA –"Yangi zamon" mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Professor To‘ra Nafasov "Xo‘ja" so‘zining bir qator ma’nolariga to‘xtalib, o‘zbeklarning laqay qabilasida xo‘ja degan urug‘, urug‘ bo‘limi borligini ham aytadi.

🟢Ijodkor Ahmad Eshonqulovning aytishicha, Xo‘ja qishlog‘i aholisi 1962-yilda Chiroqchi tumanidan ko‘chib kelgan. Ular o‘zlarini xo‘jalardan deb hisoblashgani bois keksa otaxon Mulla Sulaymonning taklifiga ko‘ra qishloqqa Xo‘ja deb nom berilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

XOʼJАISPАROZ– Kitob tumani Oqsuv mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Tarkibi xoʼja va isparozdan iborat. Nosirjon Oxunovning Joy nomlari taʼbiri” kitobida yozilishicha, xoʼja musulmon mamlakatlarida oqsuyaklar tabaqasi sifatida sayidlardan keyin turib, maʼlum imtiyozlarga ega boʼlgan shaxs hisoblanadi.

🟢 Professor Toʼra Nafasovning yozishicha, soʼzning isparoz/isparaz/isparas qismini tarkibiy boʼlaklarga ajratish qiyin. Bosh qismidagi is soʼzi Iskana (Kitob), Isfara (Fargʼona), Isfayromsoy (Sirdaryoning irmogʼi) kabi nomlarning bosh qismidagi soʼzga oʼxshash. Maʼnosi aniqlanmagan. Joy maʼnosidagi iston soʼzining oʼzgargan shakli boʼlishi mumkin. Soʼz oxiridagi paroz/paraz, paras soʼzi baraz soʼzining oʼzgargan shakli, sugʼd tilida kichik baland degan maʼnoni bildiradi, deyilgan.

🟢Mahalliy aholining fikricha, Xoʼjaisparozdagi paroz/paraz, paras soʼzi parvoz soʼzining oʼzgargan shakli, yaʼni Xoʼjaparvozdir. Chunki qishloqdagi Oqsuv ziyoratgohida karomatgoʼy avliyo Shayx Shamsiddin Parrandaning qabrlari boʼlib, u kishi haqida el orasida juda koʼp rivoyatlar yuradi. Rivoyatlardan birida aytilishicha, Shayx Shamsiddin Parranda namozning sunnatini qishloqda, farzini Makkada oʼqiganlar. Yaʼni parrandalik (uchish) xislati bor avliyo boʼlganlar. Shuning uchun keksalar qishloq nomi aynan avliyo ota bilan bogʼliq, deyishadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

SURUM– Kitob tumanidagi mahalla va qishloq nomi.

🟢Ilgari qishloq nomini Yomonchi deyishgan.

🟢Toʼra Nafasovning “Oʼzbekiston toponimlarining izohli lugʼati” kitobida yozilishicha, yomon (jomon) urugʼning nomi boʼlib, Yomonchi shu urugʼga mansub kishilar yashaydigan joy, degan maʼnoni bildirgan. Yomonchi bilan bir paytda qishloq nomi Surum ham deb yuritilgan va keyinchalik Surum deb ketilgan. Surum soʼzini Toʼra Nafasov surilgan joy, togʼ koʼchkisi yuz berib, yerning yuza qismi yuqoridan qoʼyi tomonga surilib tushgan joy tarzida izohlash hollari mavjud, deydi. Biroq tumandagi mazkur qishloq togʼ hududida joylashmagan.

🟢Muallif yana Surum–sayram soʼzining oʼzgargan shakli, har yerda ikki suvning orasida toshloq yer boʼlsa, turkiy til birla saryom derlar, deb izohlaydi. Shu tariqa Surum - saryam-sayram–ikki daryo oraligʼidagi toshloq joy, sangnoq, boshqacha aytganda, Sangnoq boʼyidagi, yonidagi qishloq, deya fikr berilgan. Bu fikr haqiqatga yaqinroq. Chunki Surum qishlogʼi Qashqadaryo daryosi bilan tutashib ketgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

YAKKATUT– Kitob tumanidagi shaharcha va mahalla nomi.

🟢 Professor To‘ra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida yozilishicha, hududda tut daraxti bitta bo‘lganligi bois shu nom bilan atalgan. Yakkatut bitta tut daraxti o‘sgan joydagi qishloq ma’nosini bildiradi, deyilgan.

🟢Mahalliy aholi vakillari ham shu fikrda. Hududning avloq joyida katta tut daraxti bo‘lgan va atrofida boshqa daraxt bo‘lmagan. Shu sababli aholi o‘sha hudud haqida gap ketganda mo‘ljalni aniq aytish uchun “Yakkatutning oldida, yakkatut tomonda”, degan so‘zlarni ishlatgan. Odamlar shu joylarga ko‘chib borib, qishloq tashkil etilgach, o‘z-o‘zidan joy nomi Yakkatut bo‘lib ketgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

QАVZАXONА–Kitob tumani "Samarqand" mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Dastlab qishloq Tojikiston bilan chegaradosh "Ko`hsor" mahallasi hududida boʼlgan. Keyinchalik aholi tuman markaziga yaqin joyga koʼchirilgach, nom ham aslicha qolgan.

🟢Toʼra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida yozilishicha, Qabzaxona, Qavzaxona, Qavzixona aslida bir nomning turli tovush shakllari boʼlib, tarkibi qabzi/qavzi/kavza+xonadir.

🟢Togʼlilar nutqida qabza uy, yogʼochdan qurilgan imorat, sinch uy degan maʼnoni bildiradi. Bundan tashqari qabza/qavza yogʼoch uy ustunining bolor bilan birlashib, bolorning teshilgan yoki ikki bolorning bir-biriga tutashib, ustun uchi bolordagi oʼyiqqa kiritilgan joyi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Qavzaxona – uylari sinchdan qilingan qishloq, sinch (choʼpkari) uylari koʼp qishloq.

🟢Muallif boshqa izohda koga – chayla, kapa maʼnosini bildirishini hisobga olib, Kabzaxona/Qavzaxona/Qavzixona – chayla, kapalari koʼp boʼlgan qishloq; poliz ekinlari hududidagi chayla, kapalar oʼrniga tashkil boʼlgan qishloq, degan fikrni ham keltiradi. Biroq bu fikr qishloq tabiatiga, aholining kasb-koriga toʼgʼri kelmaydi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

QAYNAR – Kitob tumanidagi mahalla nomi.

🟢Mahallada Qaynarbuloq qishlog‘i ham bor. Biroq aholi qishloq nomini qisqartirib, Qaynar deb ataydi. Har ikki joy nomi mazkur qishloqdagi Qaynarbuloq chashmasi nomidan olingan. Qishloqda O‘zbekiston xalq baxshisi Abdulla shoir yashab o‘tgan va chashma haqida “Qaynab chiqishlaring kumush qo‘ng‘iroq, Kuyingga bir umr solgayman quloq. Tug‘ilib o‘sgan yurti shoirning, Suvlari shakarday shul Qaynarbuloq”, deya boshlanguvchi she’r yozgan.

🟢Qaynar mahallasi Taxtaqoracha dovoni bilan tutashib ketgan bo‘lib, hududda Sovuqbuloq, Mingbuloq, Suvbuloq, Rohatbuloq, Qo‘tirbuloq, Sassiqbuloq, Ko‘rbuloq, Devonabuloq va boshqa ko‘plab buloqlar bor. Rohatbuloq shundoqqina dovonga chiqishda asfalt yo‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, ijodkorlar: “Mingchinor”ga kirmay o‘tmas ne-ne mehmon, qo‘nog‘i, Chanqov bosgan yo‘lovchiga peshvoz Rohatbulog‘i”, deya Qaynarni madh etishgan.

🟢To‘ra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida (351-352-betlar) Qaynarbuloq nomi “yer osti suvining ko‘pligi, oqim yo‘nalishining o‘ta qiyaligi sababli katta miqdordagi suv qaynagan singari oqib chiqadigan buloq”, deya izohlangan va buloq nomi qishloq nomiga o‘tganligi aytilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

ALAQO‘YLIQ- Kitob tumanidagi mahalla va shaharcha nomi.

🟢To‘ra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobi (42-bet)da o‘zbek xalqi tarkibida turli qabilalarga tegishli alvqo‘yli/olaqo‘yli, qoraqo‘yli/qorag‘uyli urug‘lari bo‘lganligi yozilgan. Muallif alaqo‘yli, oqqo‘yli, qoraqo‘yli so‘zlarini umumturkiy etnonim, deydi. Kitob, Shahrisabz qarluq lahjasida -li qo‘shimchasi asosan -lik qo‘shimchasi tarzida qo‘llanilgani tufayli “Alaqo‘yliq” toponimiga aylangan, deydi muallif.
To‘ra Nafasovning “O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati” kitobidan Alako‘ylak joy nomi haqida ham ma’lumot berilgan. Muallif Alako‘ylak o‘zbek urug‘laridan birining nomi ekani, ular asosan olacha to‘qib, undan ust kiyim tikib kiyishgani, urug‘ nomi kasb-kordan olinganini ham yozadi. Pirovardida Alako‘ylakni Alaqo‘yliq (Olaqo‘yliq) etnonimining o‘zgargan shakli, degan fikr bildiradi.

🟢Mahalliy aholining fikricha, ularning ota-bobolari chorvador bo‘lgan. Toshkentning Qo‘yliq dahasi va Bektemir tumani Alaqo‘yliq hududidan chorvalarini haydab kelib, Kitob va Shahrisabz tumanlarida yashab qolishgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

BEKTEMIR–Kitob tumanidagi mahalla va shaharcha nomi.

🟢To‘ra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobi (56-bet)da yozilishicha, qadimda yaydoq yerda qoʼrgʼon qurib, qishloq tashkil boʼlishiga asos solgan Bektemir yoki Temirbek degan kishi nomi qishloq nomiga oʼtgan.

🟢Toʼra Nafasov mahalliy aholining boshqa bir tafsirini ham keltirib, qishloq ahli Аmir Temur zamonida Toshkentdan koʼchib kelgani, shundan Tashkanti ham deb atashgani, Bektemir kenagaslarning urugʼi ekanini yozadi.

🟢Tarixchi Аhad Berdiev Bektemir Qashqadaryodan ariq qazib, Ochamayli mavzesini oʼzlashtirgan kishining nomi ekani, dastlab ariq Bektemir deb atalgani va keyinchalik ariq nomi qishloq nomiga asos boʼlganini yozadi.

🟢Bektemirliklar oʼzlari ham ota-bobolari asli Toshkentning Bektemir tumanidan ekanligi, chorva mollarini haydab kelib, ariq oqib turgan ushbu manzilni makon qilishganini eʼtirof etishadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

JАYRАXONА — Kitob tumanidagi qishloq nomi.

🟢Toʼra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobi (104-bet)da yozilishicha, jayra yashaydigan joy, toʼqay yaqinidagi qishloq Jayraxona deyilgan.

🟢Mahalliy aholining fikri esa boshqacha. 80 yoshdan oshgan Аlijon ota Ochilovning aytishicha, bu joylarda jayralar yashamagan. Bir paytlar Jayraxonaga kiraverishdagi Gʼortepani qalandarlar makon qilib, baland ovozda zikr aytishgan. Shu sababli odamlar bu joyni Jahrxona deyishgan. Ovoz chiqarib qilinadigan zikr jahr deyilgan. Keyinchalik soʼz tarkibida oʼzgarishlar boʼlib, Jahrxona Jayraxonaga aylangan.

🟢Аlijon ota Jayraxona qishlogʼi nomi boʼyicha yana bir fikr bildirdi. Hududdagi Yaltirtepa tepaligi va uning atrofi yaylovlardan iborat boʼlgan. Yoz oylari choʼllik jelovchi shevada gapiruvchilar qoʼy-qoʼzilarini olib kelib boqishgan va joyni “Jaylovxona” deyishgan. Jayraxona soʼzi aynan Jaylovxonadan kelib chiqqan boʼlishi ham mumkin.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

Oppon-soppon — Kitob tumanidagi qishloq nomi.

🟢 “Oʼzbek tilining izohli lugʼati” kitobida “oppon-soppon soʼzi oppon-soppon boʼlmoq, tamom boʼlmoq, tugamoq, bitmoq”, deya izohlangan.

🟢El orasida ham bu soʼz tamom boʼlmoq, tugamoq, bitmoq maʼnolarida ishlatiladi. Masalan: “U kelganida hamma narsa oppon-soppon boʼlgan (tugagan) edi”, yoki: “Uning safari oppon-soppon boʼlib (tugab), uyiga qaytdi” tarzida. Ehtimol, Oppon-soppondan soʼng qishloqlar tugab, jarlik va qirliklar boshlanib ketganidan shunday nomlangan boʼlishi mumkin.

🟢Tarixchi А.Berdiev esa Oppon-Soppon soʼzining tarkibi oʼzgargan, aslida Obpon-Soppon – yaʼni suv-sop, degan maʼnoni anglatadi, ushbu qishloq tepasidan chiquvchi buloq yozga yetmay qurib qoladi, gidronim qishloq nomiga asos boʼlgan, deb yozadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍

JАYRАXONА — Kitob tumanidagi qishloq nomi.

🟢Toʼra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobi (104-bet)da yozilishicha, jayra yashaydigan joy, toʼqay yaqinidagi qishloq Jayraxona deyilgan.

🟢Mahalliy aholining fikri esa boshqacha. 80 yoshdan oshgan Аlijon ota Ochilovning aytishicha, bu joylarda jayralar yashamagan. Bir paytlar Jayraxonaga kiraverishdagi Gʼortepani qalandarlar makon qilib, baland ovozda zikr aytishgan. Shu sababli odamlar bu joyni Jahrxona deyishgan. Ovoz chiqarib qilinadigan zikr jahr deyilgan. Keyinchalik soʼz tarkibida oʼzgarishlar boʼlib, Jahrxona Jayraxonaga aylangan.

🟢Аlijon ota Jayraxona qishlogʼi nomi boʼyicha yana bir fikr bildirdi. Hududdagi Yaltirtepa tepaligi va uning atrofi yaylovlardan iborat boʼlgan. Yoz oylari choʼllik jelovchi shevada gapiruvchilar qoʼy-qoʼzilarini olib kelib boqishgan va joyni “Jaylovxona” deyishgan. Jayraxona soʼzi aynan Jaylovxonadan kelib chiqqan boʼlishi ham mumkin.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍
MАKRID – Kitob tumanidagi mahalla nomi.

🟢Toʼra Nafasov kitobining 111-112 betlarida "Makrid" soʼzining kelib chiqishi haqida yozilgan. Jumladan,–makrit💬markit💬mirkit💬merkit💬etnonim, deyilgan.

🟢Rashididdin “Jome-at-tavorix”da bu etnonimni moʼgʼul qabilasi, deb koʼrsatgan Noʼgʼay, boshqird, qirgʼiz, turkmanlar tarkibida ham markit urugʼi bor. Janubiy oltoy va teleutlarning merkit urugʼi borligi maʼlum.

🟢Markitlar XIII asrda Chingizxon qoʼshinlariga qarshi kurashgan va yengilgan. Soʼngra ular XIII asrda nayman, qoraxitoylar bilan birgalikda gʼarbga–Dashti Qipchoq choʼllariga siljigan. Dashti Qipchoqda oʼrnashgan markitlar keyinchalik oʼzbek, qozoq, qirgʼiz, turkmanlar tarkibiga qorishib ketgan. Oʼzbeklar tarkibiga singishib ketgan markitlar nomi oykonimga aylangan. Etnonimda "rk">"kr" metateza hodisasi, "ye">"a" tovush oʼzgarishi yuz bergan.