Kitob tumani hokimligi| RASMIY
8.34K subscribers
34.8K photos
2.07K videos
22 files
8.77K links
Download Telegram
Kitob tumanida ham 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlandi

Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘", degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi. Shu maqsadda Respublikamizda bir necha yildan buyon 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng miqyosida nishonlanib kelinadi.

⭐️Bu yil ham mazkur ezgu an`anaga sodiq qolgan ravishda yurtimizning barcha hududlari singari Kitob tumanimizda ham sana munosabati bilan ajoyib tadbir tashkil etildi. To`kin dasturxon atrofida bo`lib o`tgan ayyomda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari ham ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlashdi.

Tadbir davomida xalq ta`limi sohasidagi samarali faoliyati va fidokorona mehnatlari uchun bir qator ustozlarga ko`krak nishonlari hamda tashakkurnomalar tantanali topshirildi. Shuningdek, bir nechta faxriy ustozlar nafaqaga munosib kuzatildi. Bayram tadbirida san`atkorlarimiz tomonidan ijro etilgan jozibali kuy-qo`shiqlar hamda badiiy chiqishlar yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM