IT specialist
11.6K subscribers
1.11K photos
471 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#telegram

🖥 Telegram Desktop va Web'ga kirish haqida

Kompyuter
uchun dastur va veb-ilovalarda profilga kirishni faqat Telegram kodi yoki QR kod (ko‘rsatma) orqali amalga oshirish mumkin.

Agar akkauntingizda boshqa faol seanslar bo‘lmasa, siz mobil qurilmangizda o‘z profilingizga kirishingiz kerak bo‘ladi va tasdiqlash kodi SMS orqali emas, balki telefondagi Telegram ilovasiga yuboriladi.

Buni yoningizda faqat Telegram ilovasisiz oddiy telefon va kompyuter bor bo‘lgan vaziyatga tushishdan oldin yodda tutishni maslahat beramiz.

📝 Manba: @TeleUz

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android

Smartfonda matnni o‘chirishning yana bir qulay usuli 🔤

🎞 Video rus tilida tushuntirilgani bilan, muallifning xatti-harakatlarini intuitiv tushunish qiyinchilik tug‘dirmaydi, degan umiddamiz.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #maslahat

Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi? 📺👀

Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazishi rostmi? Ushbu savol koʻplab muhokamalarga sabab boʻlib keladi. Bu holat katta yoshli odamlarning koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazmasligi mumkin, biroq yosh bolalar va oʻsmirlarda miopiya rivojlanishiga sabab boʻladi.

Televizorni yaqin masofadan tomosha qilish katta yoshli odamlarda koʻzlarning tez charchashiga olib keladi. Boisi, bu holatda koʻzlar uzoq muddat davomida bosim ostida boʻladi, boʻyin mushaklari ogʻriydi, qon aylanishi buziladi, kislorod tanqisligi yuzaga keladi. Shunga qaramasdan, televizorni koʻp tomosha qilish tufayli ularda miopiya rivojlanishi xavfi katta emas. Agar koʻrish qobiliyatining yomonligi nasldan naslga oʻtgan boʻlsa, odam televizor tomosha qilishdan butkul voz kechgan taqdirda ham unda miopiya rivojlanaveradi.

Bolalarda esa bu holat butunlay oʻzgacha kechadi. Televizorni yaqin masofadan tomosha qilish kichkintoylar va oʻsmirlarda miopiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi. Odatda koʻz olmasining oʻlchami 24 mm.ni tashkil qiladi. Mazkur koʻrsatkich 0,5 mm.ga oʻzgargan taqdirda ham odamga koʻrish qobiliyatining yomonlashishi tashxisi qoʻyiladi.

Bolalar televizorni kichik yoshlardanoq tomosha qila boshlaydilar, bu oʻrinda odamning koʻrish aʼzolari 19-20 yoshgacha rivojlanishini hisobga olish kerak boʻladi. Ekran qarshisida koʻp vaqt oʻtirish natijasida bolaning koʻz olmasi oʻlchami doimiy ravishda oʻzgarib turadi, oqibatda miopiya yuzaga keladi.

Nima qilish kerak? 🤔

10 yoshgacha boʻlgan bolalarga televizor koʻrish uchun kuniga 10-15 daqiqaga ruxsat berilsa yetarli. Oʻsmirlar esa bir kunda 2-3 soat televizor koʻrishlari mumkin. Televizor ekrani va uni koʻrayotgan odam oʻrtasidagi masofa 2 metrdan yaqin boʻlmasligi kerak.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #rasm_bilan_ishlash

Rasmdan matnni nusxalaymiz 🖼🔤

🌐 img2txt xizmati – belgilarni optik tanish (OCR) yordamida rasmda terilgan matnni ajratib olish imkonini beradi va kompyuter yoki smartfoningizga qo‘shimcha ilovalar o‘rnatishni talab etmaydi.

Matnni ajratib olish uchun kerakli rasmni JPG, JPEG, PNG formatlaridan birida tayyorlab olinadi va saytga yuklanadi, so‘ngra matn qaysi tilda yozilganini ko‘rsatib, Загрузить tugmasi bosiladi.

⚠️ Rasm sifati yaxshi, matn gorizontal holatda bo‘lishi juda muhimdir.

Rasmdagi matnni tanish jarayoni tugallanganidan so‘ng natijani nusxalab olishingiz, tarjima qilishingiz, imloviy xatoliklarga tekshirishingiz yoki kompyuterga TXT, PDF, DOCX yoki ODF formatlaridan birida fayl ko‘rinishida saqlashingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin?
JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o‘zaro qanday farqi bor?
PDF hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha postlar
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
TextGrabber mobil ilovasi
CamScanner mobil ilovasi
Genius Scan+ mobil ilovasi
• PDF hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha postlar ro‘yxati
Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Matndagi orfografik/grammatik xatoliklarni qanday berkitish mumkin? 🤔

Orfografik va grammatik xatoliklar ko‘rinib turishini faolsizlantirish uchun quyidagicha yo‘l tutishimiz mumkin:

— 1-qadam
Menyu satrida Файл → Параметры → Правописание → Исключения ketma-ketligi bo‘yicha o‘tamiz.

— 2-qadam
Ikki qushcha belgisini post ostidagi skrinshotda keltirilgani kabi o‘rnatamiz.

Agar matnni terib bo‘lib, uni xatoliklarga qarshi tekshirishga qaror qilsangiz, tekshiruv ishga tushishi uchun menyu satrida Рецензирование → Правописание bandlariga o‘ting.

📌 P.S.: Barchamizga ma’lumki, lotin yoki kirill alifbosida o‘zbek tilida matn kiritganimizda, matn ostidagi qizil hoshiyalar asossiz bo‘ladi, boisi, orfografik xatoliklar aynan o‘zbek tilida emas, balki ingliz, rus yoki nemis tilida tekshiriladi.

Matnda orfografik xatolik mavjudligini bizga yanglishib uzatayotgan Word'ga yordam berishning qulay usuli mavjud:
MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish

ℹ️ Microsoft Word ruknidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor #dasturlash

Koding ish beryaptiyu, biroq uning uzunligi seni qoniqtirmayabdimi?

Kodni soddalashtirish oldidan yaxshisi undan nusxa olib qo‘y-da, keyin bunga kirish, aks holda... 🙄

📝 Manba: @conhum

@itspecuz | Mundarija
#telegramda_kanal_yuritish

Postlar ostidagi mualliflarning ko‘rinib turishi haqida 👤

👥 Telegram kanalidagi har bir post ostida, uni tayyorlagan muallifni ko‘rsatib turishning unchalik ahamiyati yo‘q, ba’zi adminlar va kanal obunachilari bunga e’tibor berishmaydi ham. Tajribaliroq foydalanuvchilar esa postlar bo‘ylab o‘tib, kanalni taxminan nechi kishi boshqarayotganligini bilib olishlari mumkin.

💡 Hurmatli kanal yuritishni boshlagan va boshlamoqchi bo‘lib yurgan do‘stlar. Kanal yuritishni boshlagan paytingiz, uni yurituvchi mutaxassislarni elga tanishtirmoqchimisiz, buni boshida amalga oshiring va har bir chiqayotgan postni qaysi mutaxassis joylaganini obunachilar qanday bilishlari mumkinligini eslatib keting.

🚫 Agar sizda mualliflarni tanishtirish istagi bo‘lmasa, unda marhamat, kanal profili sozlamalarida Подписывать сообщения bandini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, bu bilan postlaringiz ostidagi ortiqcha bildirishnomadan xalos bo‘lasiz.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish 📀

Barcha “qutqaruvchi” disklar orasida WinPE 10-8 Sergei Strelec internetning ruscha segmentida ancha ma’lum va mashhurdir. Bu kabi ko‘plab to‘plamlar singari, Стрелец tomonidan taqdim etiluvchi ushbu disk ham saqlash qurilmalari (DVD, USB, External HDD)ga keyichalik yozish maqsadida ISO-obrazi ko‘rinishida tarqatiladi.

E’tiboringizni qaratmoqchi bo‘lgan jihatimiz, kompyuterning qattiq diskida joylashgan obrazning turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu “qutqaruv” diskining tiklash muhitini yuklash imkoniyatidir. Buning uchun dastlab disk obrazini yuklab oling, va uni virtual diskka ulang.

📎 “WinPE10 8 Sergei Strelec x86 x64 2021.01.05” obrazini o‘z ichiga oluvchi arxiv fayllarini yuklab olish: 1-qism | 2-qism

📋 Yuklab olingan arxiv fayllarini yaxlit ISO-fayl ko‘rinishida Извлечь qilish bo‘yicha ko‘rsatma.

Ulangan diskka murojaat etib, undagi SSTR papkasini istalgan joyga (yaxshisi D diskiga) ko‘chirib oling. Disk obrazining endi bizga keragi yo‘q, virtual diskni faolsizlantirsa ham bo‘ladi. Nusxalab o‘tkazilgan papkada Bootx86WinPE.cmd va Bootx64WinPE.cmd fayllarini toping. Operatsion tizimingiz razryadiga mos tushuvchi faylni ishga tushiring.

Tez fursatda kompyuter qayta yuklanadi va siz “qutqaruv” diskining tiklash muhitiga o‘tasiz. Zaruriy ishlaringizni amalga oshirib bo‘lganingizdan so‘ng, kompyuterni qayta yuklang, bunda yana o‘zingizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimi oddiy rejimda yuklanadi. Agar “qutqaruv” diski o‘zini yuklanuvchi menyuga qo‘shib qo‘ysa, u holda asl sozlamalarni tiklash uchun SSTR papkasidagi BCDrecovery.cmd faylini ishga tushiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
Windows 10’da “Этот компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT Masters
https://2ip.ua/ru/ — ushbu sayt orqali siz nafaqat IP manzilingiz balki yana boshqa ko'plab ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin va bepul 20 ga yaqin servislar mavjud bo'lib, tezlikni o'lchash, parol generator, IPni yashirish, va h.k.

P.S: bitta saytda shuncha servis, qoyil qolishga arziydi 👍

Bizni loyihalarimiz: ⤵️
Telegram | Youtube | Testlar | Bot
#smartfon #android #internet

🏎 Net Speed Indicator — internetingiz tezligini kuzatib borish uchun minimalistik uslubda ishlab chiqilgan qulay mobil ilova. To‘liq versiya

📎
Net Speed Indicator Full v1.7.18 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #security

🔐 Parolingizni qanchalik tez buzish mumkinligini tekshiramiz
(parolning bardoshliligini tekshirish)

Balki siz bilmassiz, ammo ko‘rinishidan murakkabdek tuyulgan parolni ham elementar tanlanmalar yordamida buzish mumkin. Hech kim bunday ssenariydan himoyalangan emas — shuning uchun parolning kuchini tekshirish muhimdir. Bu uchun qulay xizmat mavjud — https://2ip.ru/passcheck/

U o‘rtacha konfiguratsiyali kompyuterda parolning buzish ehtimolligiga qarshi qanchalik ishonchliligini tekshirish uchun xizmat qiladi. Masalan, “itspecuz”ni 52 soniyada aniqlash mumkin. Ko‘rib turganingizdek, parolning murakkabliligi juda past — boshqa variantni o‘ylab ko‘rish maqsadga muvofiq.

Algoritmi juda oson: 🔴 qizil bildirishnomani ko‘ryapsizmi — demak parol ishonchli emas. Bildirishnoma 🟢 yashil tusga kirmagunga qadar parol variantlarini o‘zgartiraverasiz.

📌 P.S.: Parol uchun murakkabroq variant:
!@1T$pec_uz ~ 6810 yil 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!
Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish - xakerdan maslahatlar
Murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli
Windows parolini tiklashning oddiy usuli
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows'da fayllar va papkalarning ochilish tarixini kuzatamiz 🗂🕰

Windows'da oldinroq qaysi papka va fayllar ochilganligini ko‘rish uchun xizmat qiluvchi buyruq mavjud. Brauzerdagi ochilgan sahifalar tarixini eslatib yuboradi.

Ushbu bo‘limni ochish uchun WIN + R birikmasini bosish orqali “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga recent buyrug‘ini kititib ENTER'ni bosing. Fayllar va boshqa papkalarni o‘z ichiga oluvchi papka ochiladi.

Fayllar va papkalarni ushbu oynaning o‘zidan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish mumkin. Ushbu bo‘limga shuningdek ushbu buyruqni kiritish orqali o‘tish mumkin: shell:recent

Ushbu funksiya shaxsiy kompyuterida yuzlab fayllar “aylanadigan” foydalanuvchilar uchun kerak bo‘lishi mumkin. Agarda siz kerakli fayl yoki papkaning joylashuvini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni o‘z harakatlaringiz tarixidan topishingiz mumkin.

📌 P.S.: Biror fayl yoki papkani tarmoqdan yuklab oldingizmi, uni darhol oldindan maxsus yaratilgan papkaga ko‘chirib o‘tkazing, shunda barcha ma’lumotlaringiz batartib turadi.

ℹ️
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

👨🏻‍🍳 Taom tayyorlash uchun mo‘ljallangan innovatsion stol bilan tanishamiz.

@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security

🚫 Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash

Foydalanuvchi USB-razyomiga yangi qurilmani ulaganida, Windows avtomatik ravishda uni aniqlaydi va mos keluvchi drayverni o‘rnatadi, shundan keyin qurilma darhol foydalanish uchun tayyor holatga keladi.

Bu juda qulay, biroq korporativ kompyuterlarda tashqi saqlash qurilmalarini ulashdagi ushbu qulaylik xavfsizlik va maxfiylikka nisbatan tahdid solishi mumkin.

Agarda sizda ShK'ga tashqi saqlash qurilmalarini ulash imkoniyatini cheklash zarurati bo‘sa, u holda WIN + R birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritgan holda ENTER klavishini bosing, bu “Редактор локальной групповой политики” (Lokal guruh siyosati muharriri) oynasini ochish uchun xizmat qiladi.

Oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера - Административные шаблоны - Система - Доступ к съёмным запоминающим устройствам yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. So‘nggi bo‘limda u yoki bu turdagi tashuvchi qurilmani bloklash imkonini beruvchi 20 ga yaqin siyosat mavjud.

Agarda barcha turdagi saqlash qurilmalarining ulanishini cheklash lozim bo‘lsa, u holda Съемные запоминающие устройства всех классов bandi ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosib, ochilgan navbatdagi oynada Включено bandi tanlanadi.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
USB Safely Remove dasturi
USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?
Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!
USB standartlari va ulardagi ma’lumot almashish tezliklari
Avtomobilda smartfonni zaryadlash uchun xizmat qiluvchi kabelning ko‘p joy egallamasligi uchun layfxak
Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz
Har qanday Windows o‘rnatilgan kompyuterda Android telefoni ekranini aks ettirish va boshqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #mulohaza_uchun

Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot 🧠

Xotirani yaxshilash va miya faoliyatini rag‘batlantirish uchun ko‘proq qanday mahsulotlar tanovul qilish kerak?

1. Tuxum 🥚

Ushbu mahsulot tarkibida ko‘plab vitaminlar, jumladan B12 hamda xolin moddasi mavjud. Odatda xolin moddasining tanqisligi eslash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. B12 vitamini esa miya faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

2. Koʻk choy 🍵

Ko‘k choy odamdagi xavotir, tahlika va qo‘rquvni nari ketkazadi, tushkunlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ishga bo‘lgan layoqatni oshiradi va xotirani yaxshilaydi.

3. Yasmiq 🌾

Yasmiq (chechevitsa) – tarkibida tabiiy oqsil jamlangan eng foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Foliy kislotasi, temir moddasi va В guruhidagi vitaminlarni ham aynan uning tarkibidan topasiz. Ushbu elementlar miya faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, atrofdagi hodisalarni teran anglash va voqealarni eslab qolishga yordam beradi.

4. Kakao ☕️

Xotira sustligidan aziyat chekuvchi insonlarga ko‘proq magniy, flavonoid va triptofan moddalari kerak bo‘ladi. Kakao esa mazkur moddalarning haqiqiy konidir.

5. Brokkoli 🥦

Ushbu mahsulotning foydali xususiyatlarini barmoq bilan sanab, tugatib bo‘lmaydi. Brokkoli inson organizmini tozalab, undan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Tarkibidagi oqsil sharofati bilan xotirani mustahkamlashga xizmat qiladi.

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari
Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani sog‘lomlashtirib, aqlliroq qiladi
Android’da xotirani bo‘shatishning 3 oddiy usuli
Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli
Xotira (microSD) kartalaridagi uchrab turadigan muammolar va "LOST.DIR" papkasi nima?

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🎥🖥 TechSmith SnagIt - ekrandagi tasvirni qisman yoki to‘liq, bir yoki birato‘lasi bir nechta oynalar va grafik obyektlar (belgi (значок)lar, ekran tugmalari, panellar, menyu va hokazolar)ni, odatiy yoki murakkab (ko‘pburchakli, ellips, chetlari aylanasimon to‘g‘ri to‘rtburchak) shakldagi sohalar, to‘liq ekranli DOS-dasturlari va DirectX ilovalari oynalari (o‘yinlar, videoni ijro etuvchi dasturlar)ni suratga olish uchun cheklanmagan imkoniyatlarni taqdim etadi.

Dastur skanerlar yoki raqamli kameralardan TWAIN interfeysi bilan rasmlarni, Windows ishchi stoli fon rasmi va almashinish buferi tarkibini, shuningdek EXE-fayllar va DLL kutubxonalaridan belgi (значок)larni importlash orqali qabul qila oladi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v21.4.4.12541
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 TechSmith SnagIt v21.4.4.12541 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar
Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
Icecream Screen Recorder Pro kompyuter dasturi
Movavi Screen Recorder kompyuter dasturi
AZ Screen Recorder mobil ilovasi
ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #hardware #display_technologies

What do we call the time it takes for all of the sub-pixels on the panel to change from one state to another?
Anonymous Quiz
35%
Refresh rate
33%
Redraw rate
22%
Response rate
10%
Vertical refresh rate
#test #hardware #display_technologies

What provides the illumination for LCD monitors?
Anonymous Quiz
20%
Backlights
21%
Inverter
16%
Lamp
43%
LCD panel