#operatsion_tizim
🇬🇧|🇷🇺 Windows'ning ingliz tilida o‘rnatilgan versiyasida dastur va fayllar tarkibidagi ruscha shriftlarni o‘qiladigan qilish
❓Murojaat/savol:
Assalomu alaykum, hurmatli adminlar!
Menda Windows 7 Ultimate operatsion tizimining inglizcha versiyasi o‘rnatilgan. Biroq bir muammo mavjud, rus dasturchilari tomonidan yaratilgan dasturlarni o‘rnatishga yoki qandaydir rus tilidagi fayllarni ochishga uringanimda, shriftlarning odatiy ko‘rinishidan farqli ravishda, tizim tushunarsiz belgilarni ko‘rsatmoqda.
Bunda matn kiritish tillari orasida rus tili mavjud va ruscha harflarni kiritish bilan bog‘liq muammo yo‘q. Elektron pochta orqali keluvchi xatlarning o‘qilishida ham hammasi joyida. Yuqorida keltirilgan muammoni qanday bartaraf etish borasida biror yo‘l-yo‘rig‘i bo‘lsa, iltimos ulashsangiz, oldindan rahmat!
✅ Javob:
Vaalaykum assalom, muammoingizni tushundik va quyidagi ketma-ketlik bo‘ylab o‘tib, tizimni o‘zingiz uchun sozlab olishingizni tavsiya etamiz (buning uchun sizda tizimdan administrator sifatida foydalanish huquqi bo‘lishi lozim):
1️⃣. Start (Пуск) menyusini oching va unda Control Panel (Панель управления)'ni ishga tushiring (WIN+R → control → ENTER).
2️⃣. Viewed by: Category (Просмотр: Категория) ro‘yxatini ochib (oynaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan) → Small icons (Мелкие значки)'ga o‘zgartiriladi.
3️⃣. Control Panel (Панель управления) oynasida Region and Language (Язык и региональные стандарты) bandiga o‘ting.
4️⃣. Ochilgan muloqot oynasining (👇🏻 post ostidagi rasmda keltirilgan) Administrative (Дополнительно) varaqa (вкладка)siga o‘ting va Language for non-Unicode programs (Язык программ, не поддерживающих Юникод) bo‘limida Change system locale... (Изменить язык системы...) tugmasi ustiga bosib, ochilgan oynachadagi ro‘yxatdan Russian (Russia) (Русский (Россия))'ni tanlang.
5️⃣. Kiritilgan sozlamadan so‘ng tizimni qayta yuklash so‘raladi, bunga rozilik berasiz va muammoingiz hal bo‘lganini tekshirish uchun biror fayl yoki dasturni ochib tekshirasiz.
E’tiboringiz uchun rahmat, bergan tavsiyamiz sizga foydali bo‘ldi, degan umiddamiz.
📌 P.S.: Post ostida biriktirilgan rasmdagi Region muloqot oynasi Windows 10 Pro operatsion tizimiga tegishli, yuqorida keltirilgan tavsiya Windows 8, 8.1 va 10 uchun ham o‘rinli.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#rasm_bilan_ishlash #internet
🖼 Emodzilardan iborat rasm yasash
Sizni har qanday yuklangan rasmni emodzilar yordamida chizib beruvchi kichik xizmat bilan tanishtirmoqchimiz.
Sayt minimalistik uslubda yaratilgan. Saytga havola bo‘ylab o‘tib, Выберите файл tugmasiga bosgan holda kerakli rasm fayli ko‘rsatiladi.
Rasm real vaqt rejimida emodzilar yordamida chizilishni boshlaydi. Natijani kompyuterga saqlash uchun saytning ostidagi Save as image havolasi ustiga bosiladi.
🌐 Saytga o‘tish
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Rasm bilan ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati keltirilgan postimiz.

#word
Word hujjatidagi qisqa tirelarni uzunlariga almashtiramiz 🔄
Oddiy chiziqchalar o‘rniga uzun tirelar qo‘llanilgan hujjat yanada jozibali ko‘rinadi.
Hujjatda qo‘llanilgan qisqa tirelarni uzunlariga almashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
— 1-qadam
— 2-qadam
Найти maydoniga
— 3-qadam
Заменить всё tugmasi ustiga bosamiz, tayyor.
📝 Manba: @hacks_word
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

CTRL
+ H
kombinatsiyasini bosish yoki menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida joylashgan Заменить tugmasidan foydalanish orqali Найти и заменить muloqot oynasini ekranga chaqiramiz.— 2-qadam
Найти maydoniga
^=
, Заменить maydoniga esa — ^+
belgilarini mos tarzda kiritamiz.— 3-qadam
Заменить всё tugmasi ustiga bosamiz, tayyor.
📝 Manba: @hacks_word
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #maslahat
🇬🇧 Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak
Bolalarning qisqa muddat ichida ingliz tilini o‘rganishlarida ularga qanday yordam berish mumkin? Quyidagi layfxaklar bu borada sizga asqatadi!
1️⃣. Inglizcha gapiring!
Farzandingiz bilan kuning ma’lum vaqtlarida faqat ingliz tilida suhbatlashing. Bolaning ingliz tilini mukammal darajada biladigan odamlar davrasiga bo‘lishini ta’minlang. Bu uning ana shu muhitga osonroq kirib borishida katta ahamiyat kasb etadi.
Olimlarning aytishlaricha, yangi tug‘ilgan chaqaloqda dunyodagi barcha tillarni o‘rganish moyilligi bo‘ladi. Uning kelgusida qanday tillarni o‘zlashtirishi bola hayotining birinchi yillarida uni kimlar qurshab turganiga qarab belgilanadi.
2️⃣. O‘ynaymiz
Bolalarning til o‘rganishlari osonroq bo‘lishi uchun shu tildagi o‘yinlar ham katta yordam beradi. Bu borada fantaziyangiz keng bo‘lsa yetarli!
3️⃣. Virtual olam
Bugungi kunda virtual olam texnologiyalari yordamida dunyoning turli burchaklariga sayr qilish, ingliz tilida so‘zlashuvchi gid yordamidan foydalanish mumkin. Virtual sayr har qanday yoshdagi o‘quvchilarga ma’qul keladi.
4️⃣. Motivatsiya
Ushbu usulni o‘smirlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Eng avvalo, unga qanday musiqa, komikslar, seriallar, xonandalar yoqishini bilib olasiz. Ingliz tilidagi qo‘shiqlarning so‘zlari, sevimli xonandaning shu tildagi intervyulari ham o‘smirni til o‘rganishga rahbatlantiradi.
5️⃣. Ingliz tilida so‘zlashuvchi do‘stlar
Bola muloqot tilini osonroq o‘zlashtirishi uchun internet orqali unga ana shu tilda so‘zlashuvchi do‘st topishni taklif qiling. Boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tengdoshlari bilan ingliz tilida muloqot qilgan bola nafaqat tilni o‘rganadi, balki yangi do‘stlar ham orttiradi!
📝 Manba: Xabardor.uz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #maslahat
⛔️ Android'da reklamani to‘liq o‘chiramiz
Buni Samsung A50 smartfoni misolida ko‘rib o‘tamiz:
1️⃣. Qurilmadagi Настройки (Sozlamalar)ga o‘tamiz.
2️⃣. Подключения → Другие настройки → Персональный DNS-сервер → Имя хоста провайдера персонального DNS-сервера ketma-ketligi bo‘ylab o‘tamiz.
3️⃣. Matn kiritish maydoniga:
4️⃣. Сохранить tugmasini bosamiz va reklama bizni ortiq bezovta qilmaydi.
ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
⛔️ Android'da reklamani to‘liq o‘chiramiz
Buni Samsung A50 smartfoni misolida ko‘rib o‘tamiz:
1️⃣. Qurilmadagi Настройки (Sozlamalar)ga o‘tamiz.
2️⃣. Подключения → Другие настройки → Персональный DNS-сервер → Имя хоста провайдера персонального DNS-сервера ketma-ketligi bo‘ylab o‘tamiz.
3️⃣. Matn kiritish maydoniga:
dns.adguard.com
manzilini mos tarzda kiritamiz.4️⃣. Сохранить tugmasini bosamiz va reklama bizni ortiq bezovta qilmaydi.
ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
Foydalanuvchilarga “Проводник” parametrlarini o‘zgartirishni taqiqlash ⚙️🚫
Windows operatsion tizimida Проводник fayl menejeri bilan ishlash va uning tashqi ko‘rinishini sozlash uchun Параметры Проводника muloqot oynasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Uni ochish uchun klaviaturada
Agar kompyuterdan nafaqat o‘zingiz, balki boshqalar ham foydalansa, u holda qolgan foydalanuvchilar uchun ushbu sozlamalarni o‘zgartirishni taqiqlab qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish uchun yana
2️⃣. Ochilgan navbatdagi oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘tamiz:
3️⃣. Oynaning katta o‘ng panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali Создать → Параметр DWORD (32 бита) menyu bandlarini tanlang va NoFolderOptions nomli parametrni 1 qiymatini bergan holda yarating.
Проводник parametrlarini o‘zgartirishga ruxsat berish va taqiqlash uchun reyestr tviklari ham ushbu postga biriktiriladi.
📥 Reyestr tviklarini yuklab olish
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Foydalanuvchilarga “Проводник” parametrlarini o‘zgartirishni taqiqlash ⚙️🚫
Windows operatsion tizimida Проводник fayl menejeri bilan ishlash va uning tashqi ko‘rinishini sozlash uchun Параметры Проводника muloqot oynasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Uni ochish uchun klaviaturada
WIN
+ R
birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasidagi matn kiritish maydoniga control /name Microsoft.FolderOptions
buyrug‘ini kiritib, ENTER
'ni bosing.Agar kompyuterdan nafaqat o‘zingiz, balki boshqalar ham foydalansa, u holda qolgan foydalanuvchilar uchun ushbu sozlamalarni o‘zgartirishni taqiqlab qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish uchun yana
WIN
+ R
klavishlari birikmasini bosamiz va Редактор реестра'ni ishga tushirish uchun matn kiritish maydoniga regedit
buyrug‘ini kiritib, ENTER
'ni bosamiz.2️⃣. Ochilgan navbatdagi oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘tamiz:
Компьютер\HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\Explorer
.3️⃣. Oynaning katta o‘ng panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali Создать → Параметр DWORD (32 бита) menyu bandlarini tanlang va NoFolderOptions nomli parametrni 1 qiymatini bergan holda yarating.
Проводник parametrlarini o‘zgartirishga ruxsat berish va taqiqlash uchun reyestr tviklari ham ushbu postga biriktiriladi.
📥 Reyestr tviklarini yuklab olish
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor #operatsion_tizim
💻 Hozirgi kunda asosan shaxsiy kompyuter va noutbuklar uchun mo‘ljallangan mashhur operatsion tizimlarning foydalanuvchilar toifalari bo‘yicha o‘rtacha taqsimlanishi.
Ya’ni o‘rnatilgan OS turiga qarab foydalanuvchi haqida taxminiy tasavvur hosil qilaveramiz! 😉
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

#smartfon #mulohaza_uchun #hardware
🔋“Qurilmani quvvat oldirish manbasida uzoq vaqt qoldirib bo‘lmaydi — “qayta zaryadlanish” sodir bo‘ladi”, - afsonaviy fikriga nisbatan oydinlik kiritamiz
Foydalanuvchilar orasida yurgan mashhur afsonaviy fikrning nikelli akkumulyatorlar bilan bog‘liqlik joyi mavjud. Ularda chindan ham “me’yordan ortiq quvvatlanish” sodir bo‘lib, ishdan chiqish holatlari amaliyotda ko‘p uchragan.
Li-Pol batareyalari uchun esa bunday holatlar xavf tug‘dirmaydi — mikrosxema quvvat olish maksimumga yetganini ko‘rsatganida yuqorida eslatib o‘tilgan chip tokdan quvvat olishni mustaqil ravishda to‘xtatadi.
Shunday ekan, gadjetingizni bemalol bir tunga, bir haftaga bo‘lsa ham elektr tarmog‘iga ulangan holatda qo‘rqmasdan qoldirishingiz mumkin — bu bilan superzaryadga erishmaysiz, albatta, biroq akkumulyatorga ziyon yetkazmasligingiz aniq!

#internet #software
23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi! 📈
Qidiruv giganti shu kunlarda o‘zining Google Chrome brauzerini 91-versiyasiga yangiladi. Chromium rasmiy blogida Chrome mahsuloti bo‘yicha menejer Tomas Nattestad (Thomas Nattestad) undagi muhim jihatlardan biriga e’tibor qaratgan.
Tomas Nattestadning ta’kidlashicha, Google Chrome yangilanganidan so‘ng naq 23 foizga tezlashgan. Bunga esa yangi – Sparkplug kompilyatori hamda qisqa ichki chaqiruvlar tufayli erishilgan.
Buning evaziga har kuni butun dunyo bo‘ylab mazkur brauzer foydalanuvchilarida jami 17 yildan oshiqroq vaqt tejaladi, deydi menejer.
Izohga ko‘ra, Sparkplug – bu yangi JavaScript kompilyatori bo‘lib, u veb-ilovalarning ancha tezkor ishga tushirilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, Google dasturchilari yaqin kelajakda Chrome brauzeriga umumiy samaradorlikni yaxshilovchi yana bir nechta funksiyalar qo‘shishni rejalashtirishgan.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
• Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
• Google Chrome haqida yana bir hazil post
• Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Kesh nima?
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi

#excel
Excel jadvalidagi xatoliklar va nollarni qanday berkitish mumkin? 👁🗨
Xatoliklar, nollar va boshqa qiymatlarni berkitish uchun — yacheykalar diapazonini belgilang va menyu satrining Главная → Условное форматирование bandlari bo‘ylab o‘ting.
Xatoliklar uchun — Создать правило → Ячейки, которые содержат → Ошибки bandlari tanlanadi. Формат tugmasi va Шрифт varaqa (вкладка)si yordamida shrift uchun oq (ko‘rinmas) rangni o‘rnating.
Nollar va boshqa qiymatlar uchun — shartli formatlash keltirilgan varaqa (вкладка)da Правила редактирования ячеек → Равно ketma-ketligi bo‘yicha o‘tib, kerakli qiymatni kiriting (bizning holatimizda bu 0) va yuqoridagi kabi oq shriftni tanlang.
Ushbu usulning afzalligi shundaki, siz istalgan paytda shartli formatlash keltirilgan varaqa (вкладка)dagi Удалить правила tugmasini bosish orqali barchasini o‘z joyiga qaytarishingiz mumkin.

• Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
• Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

#smartfon #android #rasm_bilan_ishlash
📷 TextGrabber — kamera yordamida rasmni skaner qilib, undagi matnni tahrirlanadigan ko‘rinishga o‘tkazish uchun ilova. Mashhur ABBYY kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
• Full Qr Code Scanner and Generator
• CamScanner
• Genius Scan+
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📷 TextGrabber — kamera yordamida rasmni skaner qilib, undagi matnni tahrirlanadigan ko‘rinishga o‘tkazish uchun ilova. Mashhur ABBYY kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Premium-versiya
📎
ABBYY TextGrabber v2.7.5.9 mobil ilovasini yuklab olish.ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi:• Full Qr Code Scanner and Generator
• CamScanner
• Genius Scan+
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #smartfon
🆕 Xiaomi'dan yangi HyperCharge texnologiyasi
Xiaomi yangi HyperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi taqdimotini o‘tkazdi, u 4000 mA/s sig‘imli akkumulyatorni 8 daqiqada 100%'ga zaryadlash imkonini beradi.
Qurilmaning rasmiy sotuv sanasi haqida hozircha xabar berilmaga, biroq manbalarning ta’kidlashiga qaraganda, smartfon joriy yilning so‘nggiga qadar sotuvga chiqariladi.
ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🆕 Xiaomi'dan yangi HyperCharge texnologiyasi
Xiaomi yangi HyperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi taqdimotini o‘tkazdi, u 4000 mA/s sig‘imli akkumulyatorni 8 daqiqada 100%'ga zaryadlash imkonini beradi.
Qurilmaning rasmiy sotuv sanasi haqida hozircha xabar berilmaga, biroq manbalarning ta’kidlashiga qaraganda, smartfon joriy yilning so‘nggiga qadar sotuvga chiqariladi.
ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #smartfon #rasm_bilan_ishlash
👨🏻🎨 Shippak + smartfon = Eksklyuziv video
📌 P.S.: Tag‘in IP68 (qurilmaga qum, suv kirishidan himoyalash texnologiyasi) bilan himoyalanmagan qurilmalar bilan bunday tajribalar o‘tkazib yurmang! 🤪

#internet #maslahat
Internetda kamroq vaqt sarflash ushun 5 maslahat 🌐
1️⃣. Har qanday havolaga bosishdan oldin o‘ylab ko‘ring (balki bu batafsil tanishish uchun unchalik muhim emasdir);
2️⃣. Brauzerning qaynoq klavishlaridan foydalaning:
•
•
•
•
•
⌨️ Brauzerning qolgan foydali klaviatura birikmalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
3️⃣. Ochilgan varaqa (вкладка)lar miqdorini ko‘paytirib yubormang (har biri bilan tanishib chiqishim kerak, deb ortiqcha vaqt yo‘qotishingiz mumkin);
4️⃣. Foydalanilmayotgan oyna/varaqa (вкладка)larni fonga o‘tkazib turing yoki yoping;
5️⃣. Brauzerdagi joriy qidiruv tizimidan emas, balki Google'dan foydalaning (bu uchun qoida bo‘yicha boshqa sayt o‘rnatilib qolgan bo‘lishi mumkin, sozlamalarga o‘tib buni to‘g‘rilashingiz mumkin).
ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Internetda kamroq vaqt sarflash ushun 5 maslahat 🌐
1️⃣. Har qanday havolaga bosishdan oldin o‘ylab ko‘ring (balki bu batafsil tanishish uchun unchalik muhim emasdir);
2️⃣. Brauzerning qaynoq klavishlaridan foydalaning:
•
CTRL
+ T
— yangi varaqa (вкладка)ni ochadi;•
CTRL
+ SHIFT
+ T
— so‘nggi yopilgan varaqa (вкладка)ni qayta ochadi. Tasodifan kerakli sahifani yopib qo‘ygan paytingizda foydali;•
CTRL
+ W
| CTRL
+ F4
— joriy varaqa (вкладка)ni yopadi. Agarda brauzerda faqat bitta sahiga ochilgan bo‘lsa, u holda dastur oynasini yopadi;•
CTRL
+ L
— kursorni brauzerning manzil satriga o‘tkazadi;•
CTRL
+ F
— joriy sahifa bo‘ylab qidiruv satrini chaqiradi.⌨️ Brauzerning qolgan foydali klaviatura birikmalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
3️⃣. Ochilgan varaqa (вкладка)lar miqdorini ko‘paytirib yubormang (har biri bilan tanishib chiqishim kerak, deb ortiqcha vaqt yo‘qotishingiz mumkin);
4️⃣. Foydalanilmayotgan oyna/varaqa (вкладка)larni fonga o‘tkazib turing yoki yoping;
5️⃣. Brauzerdagi joriy qidiruv tizimidan emas, balki Google'dan foydalaning (bu uchun qoida bo‘yicha boshqa sayt o‘rnatilib qolgan bo‘lishi mumkin, sozlamalarga o‘tib buni to‘g‘rilashingiz mumkin).
ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows 10'da ISO fayl virtual diskka qanday ulanadi? 📀🤔
ISO (fayl nomi.iso) – bu CD, DVD yoki USB-saqlash qurilmasida avtomatik ishga tushirish va qolgan xususiyatlarni topish mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi disk obrazi (1 ga 1 nusxasi) faylidir. Монтирование (virtual diskka ulash) – bu ISO fayllarini xuddi haqiqiy disk kabi ishga tushirish uchun kompyuteringizda CD/DVD virtual o‘qish qurilmasini yaratish jarayonidir.
Agar siz, masalan, tarkibida o‘yini mavjud disk obrazini yuklab olgan bo‘lsangiz, uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochiluvchi menyudan Подключить bandini tanlang.
⚠️ Bunda fayl arxivdan ajratib olingan bo‘lishi muhim, ya’ni faylning Свойства oynasida yoki fayl nomidan keyin keluvchi kengaytmasida *.zip, *.rar emas, balki *.iso bo‘lishi lozim.
Подключить bandi tanlangani zahoti ISO'ning tarkibi, xuddi standart papkalar bilan bo‘lgani kabi, Проводник oynasida ochiladi. Shu bilan birga Windows fayl menejerining chapki panelida, Этот компьютер ochiluvchi ro‘yxatida (vaqtinchalik yaratilgan) CD/DVD o‘qish qurilmasi belgisi yonida ISO faylini saqlashda berilgan nomi bilan ko‘rinib turadi.
Disk obrazi bilan barcha amallar bajarib bo‘linganidan so‘ng, Проводник'dagi disk ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochiluvchi menyudan Извлечь bandini tanlaysiz va virtual disk g‘oyib bo‘ladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Basic Grammar in Use, Third Edition, CD-ROM
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish
Sana bo‘yicha izlash 🗓🔍
Agar sizga muayyan sana bo‘yicha xabar/postlarni izlash lozim bo‘lsa, butun chat bo‘ylab yuqoriga qarab o‘tishingiz shart emas, bu usul qimmatli vaqtingizni ketgazadi.
Chat / kanal / guruhdagi qidiruv sohasini faollashtirib, undagi kalendar belgisi ustiga bosing, sanani tanlang va pastdagi “Перейти к дате” tugmasini bosing.
📝 Manba: @vamtlgrm
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Telegram Desktop'da kanal/guruhning birinchi xabari/postiga tezkor o‘tish
• Telegram Desktop'da qidiruv maqsadida kalendardan foydalanish
• Sana bo‘yicha yangi qidiruv dizayni
• Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish
• Boshqa ko‘plab qiziqarli postlar ro‘yxati: 1-ro‘yxat | 2-ro‘yxat

#mulohaza_uchun #texnologiya
VR (Virtual Reality)'ning biror sohada ishlash imitatsiyasini, masalan, turli transportlar boshqaruvini o‘zlashtirishdagi o‘rni beqiyos, albatta.
Biroq bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida bu texnologiyadan foydalanganda xavfsizlikni unutib qo‘ymaslik ham muhimdir!

#mulohaza_uchun #it_humor #hardware
Loyihani kompilyatsiya qilishni boshlagan paytingizda, 1000$'lik noutbukingizning “uyg‘onishi”... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Loyihani kompilyatsiya qilishni boshlagan paytingizda, 1000$'lik noutbukingizning “uyg‘onishi”... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #operatsion_tizim
“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi 🆕
"Microsoft" kompaniyasi iyun oyi oxirida taqdimot o‘tkazib, "Yangi avlod Windows"ini tanishtiradi. Kompaniya rahbari Satya Nadella bo‘lg‘usi apdeytni "Windows uchun so‘nggi o‘n yillikdagi eng ahamiyatli yangilanish", deya izohlagan.
Matbuot-anjumani payshanba, 24-iyunga belgilangan. Unda Nadella bilan birgalikda "Microsoft"ning mahsulotlar bo‘yicha direktori Panos Panay qatnashadi.
Ushbu tadbirdan onlayn-translyasiyani kompaniya rasmiy sayti orqali Toshkent vaqti bilan soat 20:00'dan boshlab tomosha qilish mumkin.
"Microsoft" o‘z operatsion tizimini jadallik bilan zamonaviylashtiryapti. Oxirgi oylarda "Проводник" ishlashi barqarorlashtirilib, Windows 95 davridan qolgan ikonkalardan voz kechildi, Bluetooth-audioni qo‘llash yaxshilanib, ilgari Xbox o‘yin konsollari eksklyuzivi sanalgan Auto HDR texnologiyasi tatbiq etildi.
📝 Manba: Xabar.uz