O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.35K subscribers
4.87K photos
333 videos
48 files
3.15K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
⚡️“Tashkent Law Spring” IV – Xalqaro yuridikforumida Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarinihimoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uninghududiy tuzilmalari rahbar va mas’ul xodimlari faolishtirok etmoqda.
———————————————————
На IV Международном юридическом форуме “Tashkent Law Spring” активно участвуют руководители и ответственные сотрудники Федерации обществ по защите прав потребителей Узбекистана и её территориальных подразделений.
———————————————————
At the 4th International Legal Forum “Tashkent Law Spring,” the leaders and responsible staff of the Federation of Societies for Consumer Rights Protection of Uzbekistan and its regional branches are actively participating.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Umumta'lim maktablari jamoalari ishtirokidagi tadbirlar davom ettirilmoqda

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan o‘quv yili nihoyasida shahardagi ta'lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabarlar berib boryapmiz. Shunday tadbirlar 5, 7, 9, 11, 13, 15 va 22-umumta'lim maktablarida ham o‘tkazildi.

Umumta'lim maktablarining pedagog va texnik xodimlari ishtirokida, yuzma-yuz muloqot shaklida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlarda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, uning ijrosini ta'minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik va hamkorligi, qonunchilikni aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida ta'lim tashkilotlari va jamoatchilik nazorati sub'ektlari hamkorligining afzalliklari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida atroflicha ma'lumot va tushuntirishlar berib borilmoqda.

Tadbirlar doirasida sohada mehnat faoliyati olib borayotgan pedagog va texnik xodimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, o‘tkazilgan tadbirlar yakunlariga ko‘ra tashkilotlar o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishilmoqda.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra qanday hujjatlar rasmiylashtirilishi mumkin?
Anonymous Quiz
10%
Bayonnoma
49%
Ma’lumotnoma
7%
Xulosa
33%
Barchasi
⚡️Boysun tumani: sifatsiz mahsulot uchun to‘langan pul qaytarildi

Boysun tumani “Kosiblar” mahallasida yashovchi fuqaro B.N tuman bozorida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan 2 850 000 so‘mga pol avtomat kir yuvish mashinasini xarid qilgan. Biroq, xarid qilingan texnika sifatsiz bo‘lib chiqqanligi sababli fuqaro do‘kon xodimlaridan mahsulot uchun to‘langan mablag‘ni qaytarib berishni talab qilgan. Uning bu talabi inobatga olinmagan. Ushbu holat yuzasidan tuman jamiyati xodimlari aralashuvi natijasida masala o‘rganildi va tomonlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir amaldagi qonunlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada, sifatsiz mahsulot uchun to‘langan pul to‘laligicha iste’molchiga qaytarildi.

Xulosa o‘rnida, yuqoridagi holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolar o‘z huquqlarini bilgan va ularni talab qilgan taqdirda, jamiyatlar hamda tegishli tashkilotlar orqali ularga amaldagi qonunchilik asosida yordam ko‘rsatish mumkin. Iste’molchilar manfaatini himoya qilish — jamiyatimizning muhim vazifalaridan biridir.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Tibbiyot muassasalarida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda

Hududiy birlashma ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi topshirig‘i asosida Buvayda tumani hududida faoliyat yuritayotgan sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli davlat va xususiy tibbiyot muassasalari (shifoxona, klinika, poliklinikalar) hamda davolanish (sanatoriya, profilaktoriya, salomatlik markazlari) maskanlari tomonidan aholiga (iste'molchilarga) ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi holatlari jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

Jamoatchilik nazorati tartibidiga o‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida"gi, "Aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi, "Reklama to‘g‘risida"gi qonunlari hamda sohaga oid boshqa qonunosti me'yoriy hujjatlari talabalari ijrosini ta'minlanishi holatlari o‘rganilib, uning yakunlari bo‘yicha ma'lumotlarni tegishli idoralarga kiritilishi belgilangan.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Amirxon Axmadov,
O’zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati hududiy birlashmasi huquqiy himoya sho’basi rahbari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tahsil olayotgan NNT rahbarlarining munosabati.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Targ’ibot tadbirlari davom etadi

Qo'rg'ontepa tuman IHHQJ tomonidan tumandagi maktabgacha va maktab talimi bo'limiga qarashli 19-maktab tashkilotida "Yuksak iste'mol madaniyati sari" mavzusida o'quv seminar tashkil qilindi.

O'quv seminar davomida, seminar qatnashchilariga kommunal sohalarda, gaz, suv, elektr ta’minotida, aloqa, savdo, transport, sog’liqni saqlash, temir yo’l, avia qatnov va boshqa iste’molchilarga ko’rsatilgan sohalarda qonunda belgilangan huquqlari buzilgan taqdirda Federatsiyaning qisqa (1091) raqamiga murojaat etishi mumkinligini tushuntirildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Asossiz hisoblangan salkam 4 million so‘m qarz sud tomonidan bekor qilindi

Koson tumanida yashovchi fuqaro Y.M o‘z xonadonida tabiiy gazdan hisoblagich orqali foydalanib kelgan. To‘lovlarni ham sarf qilingan gaz miqdoridan kelib chiqib o‘z vaqtida amalga oshirib borgan. Biroq uning xonadoniga nisbatan tuman gaz idorasi tomonidan hisoblagich ko‘rsatgichlari inobatga olinmasdan, tarif asosida to‘lovlar hisoblab borilishi oqibatida asossiz qarzdorlik chiqarilgan.

Fuqaroning bu haqida tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining xonadoniga gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan 3 million 832 ming so‘m qarz asossiz hisoblanganiga aniqlik kiritildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar asosida iste’molchining xonadoniga noqonuniy tartibda hisoblangan qarzdorlikni bekor qilish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan qarzdorlik bekor qilinib, uni hisob-kitob dasturidan chiqarish majburiyatini yuklash to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarildi. Shuningdek, “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali hisobidan 750 ming so‘m davlat boji undiriladigan bo‘ldi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Skuter 5” quvvatli modelga almashtirildi

Nurota tumani “Yangixayot” MFY da yashovchi fuqaro K.B 13-may kuni “Ishonch savdo” do‘konidan 4 875 000 (to‘rt million sakkiz yuz yetmish besh ming) so‘mga “5” quvvatli “Skuter” xarid qilgan. Biroq, ushbu mahsulot uyiga olib borilib tekshirilganida, u aslida “4”quvvatga ega “Skuter” ekani aniqlangan.

Natijada, fuqaro bu holatdan norozi bo‘lib, mahsulotni va’da qilinganidek “5” quvvatli “Skuter”ga almashtirishni so‘rab “Ishonch savdo” do‘koni sotuvchisiga murojaat qilgan. Ammo murojaati ijobiy hal etilmagach, u O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining qisqa “1091” ishonch telefon raqami orqali murojaat qilib, iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilishni so‘ragan.

Mazkur murojaat Nurota tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan belgilangan muddatda qonuniy tartibda o‘rganildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, unga “5” quvvatdagi “Skuter” almashtirib berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz