⚡️Farg‘ona shahridagi bir qator ta'lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan bir qator ta'lim muassasalarida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Shahardagi 1, 3, 12, 16, 29, 30-umumta'lim maktablari pedagog va texnik xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqot shaklidagi tadbirlar shular jumlasidandir.
Targ‘ibot tadbirlarida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, uning ijrosini ta'minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik va hamkorligi, qonunchilikni aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida ta'lim tashkilotlari va jamoatchilik nazorati sub'ektlari hamkorligining afzalliklari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida atroflicha ma'lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbirlar doirasida sohada mehnat faoliyati olib borayotgan pedagog va texnik xodimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, o‘tkazilgan tadbirlar yakunlariga ko‘ra tashkilotlar o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz

Telegram
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Mevalar buzilishining oldini olish uchun fumigatsiya qilingan olma, nok va sitrus mevalarni savdo joylarida saqlash ….soatdan oshmasligi kerak.
Anonymous Quiz
41%
72 soat
29%
48 soat
26%
24 soat
3%
60 soat
⚡️Onlayn savdo vositasida xarid qilingan mobil qurilma nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarildi
Toshloq tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yashovchi A.X ning foydalanishda bo‘lgan va kafolat xati bilan 3 574 000 so‘mga onlayn savdo usulida xarid qilingan mobil telefon bilan bog‘liq e'tirozlarini bildirib, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatchiga ko‘ra, iPhone 11 Pro rusumidagi mobil qurilma kafolat xati bilan, onlayn savdo vositasida, Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “House mobile” savdo do‘konidan xarid qilingan va BTS pochta operatori yordamida iste'molchiga yetkazilgan. Iste'molchi yetkazib berilgan tovardan foydalanib ko‘rishi jarayonida telefonning dinamigi yaxshi ishlamagan, shuningdek quvvatini ortiqcha tez sarf bo‘lish holati kuzatilgan. Sotuvchiga bog‘lanib bu borada bildirilgan e'tirozlaridan natija chiqara olmagach, Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilib, muammoni hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
"Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun 6-moddasiga ko‘ra, sotuvchi iste'molchiga o‘zi realizasiya qilayotgan tovar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma'lumot berishi shart. Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari"ning 14-bandiga ko‘ra, agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar iste'mol qilingan bo‘lsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan bo‘lsa, xaridorga bu to‘g‘rida ma'lumot berilishi kerak.
Murojaat o‘rganilishi jarayonida sotuvchiga qonunning mazkur talablari yuzasidan tushuntirishlar olib borilgandan so‘ng sotuvchi tomoni shartnomani bekor qilish va nuqsonli ekanligi da'vo qilingan tovarni qaytarib olib, iste'molchiga to‘lagan pulini qaytarishga qaror qildi. O‘rganish ishlari esa iste'molchining bank kartasiga pullarini qaytarilishi bilan yakun topdi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Toshloq tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yashovchi A.X ning foydalanishda bo‘lgan va kafolat xati bilan 3 574 000 so‘mga onlayn savdo usulida xarid qilingan mobil telefon bilan bog‘liq e'tirozlarini bildirib, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatchiga ko‘ra, iPhone 11 Pro rusumidagi mobil qurilma kafolat xati bilan, onlayn savdo vositasida, Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “House mobile” savdo do‘konidan xarid qilingan va BTS pochta operatori yordamida iste'molchiga yetkazilgan. Iste'molchi yetkazib berilgan tovardan foydalanib ko‘rishi jarayonida telefonning dinamigi yaxshi ishlamagan, shuningdek quvvatini ortiqcha tez sarf bo‘lish holati kuzatilgan. Sotuvchiga bog‘lanib bu borada bildirilgan e'tirozlaridan natija chiqara olmagach, Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilib, muammoni hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
"Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun 6-moddasiga ko‘ra, sotuvchi iste'molchiga o‘zi realizasiya qilayotgan tovar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma'lumot berishi shart. Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari"ning 14-bandiga ko‘ra, agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar iste'mol qilingan bo‘lsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan bo‘lsa, xaridorga bu to‘g‘rida ma'lumot berilishi kerak.
Murojaat o‘rganilishi jarayonida sotuvchiga qonunning mazkur talablari yuzasidan tushuntirishlar olib borilgandan so‘ng sotuvchi tomoni shartnomani bekor qilish va nuqsonli ekanligi da'vo qilingan tovarni qaytarib olib, iste'molchiga to‘lagan pulini qaytarishga qaror qildi. O‘rganish ishlari esa iste'molchining bank kartasiga pullarini qaytarilishi bilan yakun topdi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Telegram
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
⚡️Surxondaryo viloyatida iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Surxondaryo viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan aholi o‘rtasida iste’mol madaniyati va huquqiy bilimlarni oshirish maqsadida muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Termiz shahar jamiyati raisi tomonidan Termiz shahar tibbiyot birlashmasi hamda 7-sonli oilaviy poliklinikada tibbiyot xodimlari ishtirokida iste’mol madaniyatiga oid ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida xodimlarga kundalik hayotda duch kelinadigan iste’mol holatlari, mahsulot sifati, iste’molchi huquqlari va ularni himoya qilishning qonuniy mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Termiz tumani jamiyati mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi mahallalarda joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konlarida jamoatchilik nazorati olib borildi. Nazorat davomida do‘konlardagi mahsulot sifati ko‘zdan kechirilib, sotuvchilarga mahsulotlarning yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati borasida tushuntirishlar berildi. Ular iste’molchilarga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishi va ularning huquqlarini hurmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 14-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida, Oltinsoy tumanidagi 14-sonli politexnikumda hamda Uzun tumanidagi 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tuman jamiyati raislari tomonidan muassasa xodimlariga iste’molchi huquqlari haqida tushunchalar berildi. Tadbirlar davomida ishtirokchilarga kundalik hayotda duch kelinadigan iste’molchilik holatlarida o‘z huquqlarini qanday himoya qilishlari mumkinligi, qanday hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish zarurligi haqida amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirlar orqali fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’mol madaniyatini yuksaltirish va jamiyatda huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

⚡️Buyurtmadagi kamchiliklar bartaraf qilindi
Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Soy-bo‘yi ko‘chasida istiqomat qiluvchi G.Sh ning xonadoniga o‘rnatish uchun 12 000 000 so‘mga buyurtma qilingan darvozaning o‘lchami buyurtmadagi o‘lchamdan farq qilishi, natijada darvozani xonadonga o‘rnatishning imkoni bo‘lmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, buyurtmani ijrochisi Marg‘ilon shahrida faoliyat olib boruvchi tadbirkor bo‘lib, unga o‘rnatiladigan darvoza va uning o‘lchamlari taqdim qilingan. Lekin buyurtma tayyor bo‘lganida keltirilgan darvoza o‘lchamlarida farq chiqqan. Muammoni o‘z kuchi bilan bartaraf qila olmagan iste'molchi Quvasoy shahar ajmiyatiga bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat o‘rganilishi davomida iste'molchi tomonidan keltirilgan vajlarga ishonch hosil qilish maqsadida joyiga borib holat bilan tanishildi. Shundan so‘ng buyurtma ijrochisi bilan bog‘lanilib, unga yuzaga kelgan holat bo‘yicha iste'molchi e'tirozlari va bu boradagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Ijrochi tomoni qonunchilik talablarini to‘g‘ri anglab yetgani holda, buyurtmani tayyorlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatib, iste'molchi muammosini bartaraf qilishga erishildi.

⚡️”Men yosh iste’molchiman” insholar ko’rik-tanlovi g’olibalari va ularning o’qituvchilari viloyat mas’ullari tomonidan taqdirlandi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali aholining, ayniqsa yoshlarning iste'mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borish maqsadida "Men yosh iste'molchiman" mavzusidagi respublika insholar tanlovining tuman (shahar) va viloyat bosqichlari o‘tkazilgan edi.
Joriy yilning 21-may kuni poytaxtimizda Toshkent davlat yuridik universitetida tanlovning yakuniy-respublika bosqichi o‘tkazilib, unda Farg’ona viloyat Toshloq tumani 4-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Toshpo‘latova Sarvinoz faxrli ikkinchi o‘rinni, Buxoro viloyat Vobkent tuman 5-umumta’lim maktabi o’quvchisi Baxronova Dilnura uchinchi o’rinni qo‘lga kiritgan edi.
Farg’ona va Buxoro viloyat hududiy birlashmasi mas’ullari tomonidan g’olibalarning tahsil oluvchi maktablariga tashrif buyurilib, ularning tanlovdagi g’alabasida hissador o’qituvchilari, mas’ul ustozlari, ta’lim muassasa rahbarlariga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi.

⚡Nosoz chiqqan televizor almashtirildi
Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro D.T 1 650 000 so‘mga maishiy texnika do’konidan televizor xarid qilgan. Biroq sotib olingan televizorning ekranida nosozliklar kuzatilib, undan foydalanishning imkoni bo'lmaydi. Sotuvchi esa iste'molchining nuqsonli mahsulotni almashtirish haqidagi talablarini bajarmaganidan soʻng Federatsiya qisqa ishonch telefon raqami - 10 91 ga murojaat qilgan.
Murojaat Federatsiyaning Mirishkor shahar jamiyati tomonidan tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda o'rganilganda, mahsulotdagi nuqsonlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq ekanligi oydinlashdi. Sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, nuqsonli televizor boshqa shu rusumdagi sifatli mahsulotga almashtirib berilishi ta'minlandi.

Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat……….. bilan ko‘rsatilishi mumkin.
Anonymous Quiz
18%
Sotuvchi tashabbusi
24%
Maxsus guvohnoma
24%
Litsenziya
34%
Xaridorning roziligi
⚡️Iste’molchilar huquqlari – davlat himoyasida
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan samarali faoliyat natijasida fuqarolarning asosli murojaatlari ijobiy hal etilmoqda. Yaqinda Sherobod va Denov tumanlarida sodir bo‘lgan ikki holat bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
💡Asossiz 21 million so‘mlik qarzdorlik bartaraf etildi
Sherobod tumanida yashovchi "Boybuloq" MFY fuqarosi M.A tomonidan tuman jamiyatiga yuborilgan murojaatda, u 2023-yildan buyon elektr hisoblagich uskunasidan foydalanmagan bo‘lsa-da, 21 000 000 so‘m miqdorida elektr energiyasi bo‘yicha asossiz qarzdorlik undirilmoqchi bo‘layotganidan shikoyat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatchi ishtirokida tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan birgalikda holatni atroflicha o‘rgandi. O‘rganish natijasida, fuqaroning asl qarzdorligi atigi 453 ming so‘mni tashkil etishi aniqlanib, "HET Billing" tizimida noto‘g‘ri hisoblangan 20 447 000 so‘mlik noreal qarzdorlik tizimdan olib tashlandi.
👕Denovda xaridor haqi tiklandi
Joriy yilning may oyida Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan “Surxon” mahallasida yashovchi fuqaro Ch.N Unvermag savdo majmuasidagi do‘konlardan birida qizi va turmush o‘rtog‘i uchun 4 400 000 so‘mlik kiyim-kechak xarid qilgan. Uyga borgach, kiyimlarning razmeri mos kelmaganligi va rangi yoqmaganligi sababli xaridni almashtirish yoki pulni qaytarish so‘rovi bilan sotuvchiga murojaat qiladi. Ammo do‘kon sotuvchisi xaridor talabini rad etgan.
Murojaatchining arizasidan so‘ng, tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan vaziyat qonuniy tartibda o‘rganilib, sotuvchiga iste’molchi huquqlari haqida tushuntirish berildi. Natijada, fuqaroga 4 400 000 so‘m puli to‘liq qaytarib berildi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan samarali faoliyat natijasida fuqarolarning asosli murojaatlari ijobiy hal etilmoqda. Yaqinda Sherobod va Denov tumanlarida sodir bo‘lgan ikki holat bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
💡Asossiz 21 million so‘mlik qarzdorlik bartaraf etildi
Sherobod tumanida yashovchi "Boybuloq" MFY fuqarosi M.A tomonidan tuman jamiyatiga yuborilgan murojaatda, u 2023-yildan buyon elektr hisoblagich uskunasidan foydalanmagan bo‘lsa-da, 21 000 000 so‘m miqdorida elektr energiyasi bo‘yicha asossiz qarzdorlik undirilmoqchi bo‘layotganidan shikoyat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatchi ishtirokida tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan birgalikda holatni atroflicha o‘rgandi. O‘rganish natijasida, fuqaroning asl qarzdorligi atigi 453 ming so‘mni tashkil etishi aniqlanib, "HET Billing" tizimida noto‘g‘ri hisoblangan 20 447 000 so‘mlik noreal qarzdorlik tizimdan olib tashlandi.
👕Denovda xaridor haqi tiklandi
Joriy yilning may oyida Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan “Surxon” mahallasida yashovchi fuqaro Ch.N Unvermag savdo majmuasidagi do‘konlardan birida qizi va turmush o‘rtog‘i uchun 4 400 000 so‘mlik kiyim-kechak xarid qilgan. Uyga borgach, kiyimlarning razmeri mos kelmaganligi va rangi yoqmaganligi sababli xaridni almashtirish yoki pulni qaytarish so‘rovi bilan sotuvchiga murojaat qiladi. Ammo do‘kon sotuvchisi xaridor talabini rad etgan.
Murojaatchining arizasidan so‘ng, tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan vaziyat qonuniy tartibda o‘rganilib, sotuvchiga iste’molchi huquqlari haqida tushuntirish berildi. Natijada, fuqaroga 4 400 000 so‘m puli to‘liq qaytarib berildi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Telegram
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
⚡️Iste'molchiga 7 mln so'm undirilib berildi
Xo'jayli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro E.S shu tumanda faoliyat olib boradigan stomatologiyaga protez tish qo’ydirish maqsadida murojaat qiladi va kelishilgan 7 000 000 so'm xizmat haqqini to'laydi. Protez tishlari tayyor bo'lganida olib ketib foydalana boshlaydi, ammo og'ziga to'g'ri kelmaganligi, og'riq bergani uchun oradan 3 kun o'tib qaytarib berib, mablag'ini olish uchun keladi. Lekin stomatolog shifokar o'lchamini olib qilganligini, qaytarib olmasligini aytadi.
Isteʼmolchilik huquqlarini toʼla anglagan fuqaro amaliy yordam soʼrab, Xo'jayli tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan murojaat joyiga chiqib oʼrganilishi natijasida, 7 000 000 so'm mablagʻ iste'molchiga to'lig'i bilan qaytarilishga erishildi.