O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.35K subscribers
4.87K photos
333 videos
48 files
3.15K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
⚡️Nuqsonli muzlatgich uchun to‘langan pul o‘z egasiga qaytarildi

Boysun tumani “Ariq-usti” mahallasida yashovchi fuqaro X.H tuman markazida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan qiymati 6 500 000 so‘m bo‘lgan “SHIVAKI” rusumli muzlatgich xarid qiladi.

Ammo oradan biroz muddat o‘tmasdan muzlatgichda nuqson borligi ma’lum bo‘ladi. Shunda iste’molchi ushbu nosozlikdan norozi bo‘lib do‘kon xodimlaridan muzlatgich uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib berishini talab qiladi. Xodimlar esa ushbu talabni e’tiborsiz qoldiradi.

Holat tuman jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi va tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchi talabiga muvofiq muzlatgich uchun to‘langan 6 500 000 so‘m pul mablag‘i o‘z egasiga to‘laligicha qaytarib berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Andijon viloyat hududiy birlashmasi amaliy tadbirlari davom etmoqda

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
3 ва ундан кўп иш ўринли озиқ-овқат дўконларининг савдо залларида назорат тарозилари ўрнатилиши керак. Майдони …..кв.м ва ундан ортиқ бўлган савдо залларида назорат тарозилари икки жойда ўрнатилади.
Anonymous Quiz
47%
1000
23%
1200
23%
1500
7%
1700
⚡️Iste’molchi haqini talab qildi: nuqsonli noutbuk almashtirib berildi

Sherobod tumani “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro N.M o‘z ehtiyoji uchun tuman markazida joylashgan maishiy-texnika do‘konidan 11 800 000 so‘m evaziga “Acer” rusumli noutbuk xarid qiladi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, ushbu qurilmada texnik nosozliklar borligi ayon bo‘ladi.

Fuqaro ushbu holat bo‘yicha do‘kon xodimlariga murojaat qilib, noutbukni yangi, sifatlisi bilan almashtirib berishni so‘raydi. Biroq do‘kon vakillari turli bahonalarni ro‘kach qilib, bu talabni rad etadi.

Adolat izlagan fuqaro Sherobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qiladi. Mazkur murojaat asosida jamiyat mutaxassislari tomonidan voqea o‘rganilib, tomonlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tushuntirish ishlari olib boriladi.

Tegishli yondashuv va tushuntirishlar natijasida do‘kon ma’muriyati nuqsonli mahsulotni yangi va sifatli noutbuk bilan almashtirib berishga rozi bo‘ladi.

Ushbu holat iste’molchilarning qonuniy huquqlari borligini va ularni himoya qilish mexanizmlari amalda ishlashini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va o‘z haq-huquqlarini bilishi qanday ijobiy natijalarga olib kelishini yana bir bor isbotladi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Yana bir murojaat ijobiy hal etildi
Yangiariq tuman, Sardorlar mahallasi, Gulzor berk ko'chasi, 1-uyda yashovchi, 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi iste’molchi fuqaro D.Q tomonidan tamorqasidagi qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonlariga texnik ishlov berish maqsadida, “Onlayn” tartibda “Pindiodio” ilovasi orqali Xitoy davlatidan lazer planer sotib olish uchun joriy yilning 22-mart kuni buyurtma bergan bo‘lib, Xitoy va O‘zbekiston davlatlari bojxonalaridan buyurtma qilingan manzilga lazerli planer moslamasini 18.04.2025-yil kunigacha yuborilganligi to‘g‘risida xabarnomalar berilganligi hamda texnik moslama uchun kelishilgan jami 12,9 mln (O‘n ikki million to‘qqiz yuz ming) so‘m to‘lov pullarini to‘liq to‘langanidan keyin ham mahsulot yetkazib berilishi hech qanday sabablarsiz kechiktirib kelingan.

Shundan keyin buyurtmachi yetkazib beruvchi xodimlariga bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qilinishiga qaramasdan aniq bir javob olinmayotganligi, faqat bitta so‘z, ya’ni kutinglar degan javob olinayotganligi sababli hamda lazerli planer moslamasiga zarurat bo‘layotganligi munosabati bilan tezroq olishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan edi.

Iste’molchi fuqaro D.Q murojaati taqdim qilingan ma’lumotlar asosida o‘z vaqtida o‘rganib chiqildi va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda foydalaniladigan 12,9 mln (O‘n ikki million to‘qqiz yuz ming) so‘mlik “Lazerli planer” moslamasi yetkazib berilishi ta’minlandi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq to‘lanmaydi

Rishton tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Sh.A ning tabiiy gaz iste'moli bo‘yicha hisoblangan 20 147 323 so‘m qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi. Mazkur murojaat asosida tuman gaz idorasiga kiritilgan so‘rov xati va o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bilan gaz idorasi dasturida murojaatchi Sh.A ning otasi R.T ga biriktirilgan 120.........89 hisob raqamida haqiqatan ham 20 147 323 so‘m qarzdorlik mavjudligi hamda ushbu qarzdorlikning kelib chiqish sabablariga oydinlik kiritildi.

Ma'lum bo‘lishicha, R.Tning xonadoni 2023-yilda tarmoqdan uzilib, foydalanishda bo‘lgan gaz hisoblagich tumangaz bo‘limi xodimlari tomonidan olib ketilgan va keyinchalik boshqa fuqaroga foydalanishga berib yuborilgan. Ushbu jarayonda esa hisoblagichni tegishli tartibda R.T ning nomidan chiqarib yuborilib, foydalanishga berilgan fuqaro M.Xga rasmiylashtirish ishlari o‘tkazilmagan. Natijada o‘tgan davr ichida M.X. tomonidan iste'mol qilingan gaz sarfi ko‘rsatkichlari xonadoni tarmoqdan uzib qo‘yilgan gaz hisoblagichning sobiq egasi shaxsiy hisob raqamiga to‘planib boravergan. R.T xonadoni vakillari esa oradan ikki yil o‘tib qo‘llariga gaz idorasidan qarzdorlikni bartaraf qilish to‘g‘risida ogohlantirish xati kelmaguncha bundan bexabar bo‘lgan.

O‘rganish ishlari davomida yuqoridagi hisob raqam gaz hisoblagichdan foydalanib kelgan fuqaro M.X ga biriktirilib, qarzdorlik bartaraf qilingunga qadar tarmoqdan uzib qo‘yildi hamda qarzdorlik summasini fuqaro R.T zimmasidan soqit qilinishiga erishildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
#brifing

⚡️Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan media tadbirlar rejasi asosida "Toshloq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste'molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari mavzusida brifing tashkillandi.

Tadbirda Federatsiyaning Toshloq tuman jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari asosida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste'mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

⚡️Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan media tadbirlar rejasi asosida "Toshloq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste'molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari mavzusida brifing tashkil etildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Bankomatda yuzaga kelgan nosozlik iste'molchiga muammo keltirib chiqardi

O‘zbekiston tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida "Qulibek" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.K ning Yaypan shahridagi bankomatdan 1 200 000 so‘m pulni naqdlashtirish jarayonida duch kelgan muammosi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida joriy yilning 27-aprel kunida tuman markazidagi "ASMO" savdo markazi yonida joylashgan bankomatdan pul naqdlashtirish jarayonida bankomat uskunasi uning bank kartasidan pulni yechib olgan bo‘lsada, qo‘liga naqd pul chiqarib bermaganligini, ushbu holat yuzasidan bank muassasiga murojaat qilganligi, lekin u tuman jamiyatiga ariza bilan murojaat qilgan 5-may kuniga qadar ham ushbu masala hal qilib berilmaganligini ma'lum qilib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

O‘rganishda mazkur bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga aniqlik kiritib olingach, "InFinBank" AJ Qo‘qon filialiga so‘rov xati kiritilib, uning asosida olingan javob xatida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilingani va pul mablag‘i to‘lig‘icha iste'molchining bank kartasiga qaytarilgani ma'lum qilindi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️O‘ZBEKISTON VA XITOY ISTE'MOLCHILAR TASHKILOTLARI O‘RTASIDA YAQINDAN HAMKORLIK ALOQALARI O‘RNATILADI

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi rahbari Jahongir Sarimsoqov va Xitoy Iste'molchilar Assotsiatsiyasi (XIA) Ijrochi direktori Chen Jian o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda hamkorlikda iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, turizm, oziq-ovqat xavfsizligi, tibbiyot va elektron tijorat sohasida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish yo‘nalishilarida o‘zaro tajriba almashish, iste'molchilarning transchegaraviy murojaatlarini ko‘rib chiqishda hamkorlik kabi masalalar muhokama qilindi.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi Xitoyda ham iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bazasi shakllantirilgan bo‘lib, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlari olib boriladi.
Xitoy Iste'molchilar Assotsiatsiyasi (XIA) — bu milliy tashkilot bo‘lib, uning maqsadi tovarlar va xizmatlar ustidan nazoratni amalga oshirish, iste'molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, iste'mol va rivojlanish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish, shuningdek, sotsialistik bozor iqtisodiyoti uchun sog‘lom muhit yaratilishiga ko‘maklashishdan iborat.

XIA 1984 yil dekabrida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 3 279 ta mahalliy va boshlang‘ich iste'molchilar tashkilotlarini o‘z ichiga oladi. XIA qo‘llab-quvvatlashi asosida 1993 yil 31 oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasining Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilingan.

XIA “Xitoy iste'molchilari” jurnali nashrini amalga oshiradi va veb-sayt orqali iste'molchilar uchun dolzarb ma'lumotlar hamda maslahatlar taqdim etadi. 1994 yilda oylik “Xitoy iste'molchilari” jurnali nashri boshlangan. Unda mahsulotlarni taqqoslama sinovlari, original tadqiqotlar, iste'molchilar uchun ogohlantirishlar va ularning savollariga javoblar chop etiladi.

Ikki tashkilot o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik aloqalari mamlakatlarimiz aholisi (iste'molchilar)ning huquq va manfaatlari himoyasini kafolatlash, shuningdek davlatlarimiz o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish ishiga munosib hissasini qo‘shadi.

Ma'lumot uchun:
Xitoy Iste'molchilar Assotsiatsiyasi (XIA)ning rasmiy Veb-saytida iste'molchilar uchun dolzarb ma'lumot va maslahatlar taqdim etib boriladi, unda iste'molchilar huquqlari, shikoyatlar, yangiliklar va qonunchilik bo‘limlari mavjud.
WeChat va Weibo platformalarida rasmiy akkauntlarga ega bo‘lib, ular orqali ma'lumot tarqatiladi va iste'molchilar bilan interaktiv muloqot olib boriladi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz