O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.36K subscribers
4.85K photos
333 videos
48 files
3.14K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
⚡️”Men yosh iste’molchiman” insholar ko’rik-tanlovining respublika bosqichi natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali aholining, ayniqsa yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish hamda “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘iboti tizimli olib borilib joriy yilning mart–aprel oylarida maktab o‘quvchilari o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganish, targ‘ib qilishga qaratilgan "Men yosh iste’molchiman" mavzusidagi respublika insholar tanlovining tuman (shahar) va viloyat bosqichlari o‘tkazilgan edi.

Bugun tanlovning Respublika yakuniy bosqichi Toshkent davlat yuridik universiteti faollar zalida o‘tkazildi. “Men yosh iste’molchiman!” insholar tanlovining respublika final yakuniy bosqichida insholarni yozishga 2 soat vaqt berildi.

Yoshlar o‘z insholarida iste’molchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, fuqarolarning iste’molchi sifatida huquq va burchlari, bugungi kunda O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida davlatimiz tornonidan iste’molchilarni himoya qilishning kafolatlanishi borasidagi fikr-mulohazalar aks ettirdilar.

Tanlovning Hakamlar hay’ati insho yozish talablari, uslubiy, imloviy, sarlavha tanlash mahorati, undagi mantiqiylik va e’tiborni jalb qila olish hususiyati, ishtirokchining dunyoqarashi, fikrlash doirasi va xulosalar chiqarish qobiliyatlari, inshoning o‘ziga xosligi, boshqa insholardan ajratib turadigan jihatlarini hisobga olgan holda baholadilar.

Nihoyat “Men yosh iste’molchiman!” insholar tanlovining respublika final yakuniy bosqichi qatnashchilari tomonidan yozilgan insholarga berilgan baholar (ballar) hamda g‘oliblari e’lon qilindi:

🥇1-o’rinni Surxondaryo viloyat Termiz tumani 12-son maktabi 9-sinf o’quvchisi Jo’rayeva Jasmina;
🥈2-o’rinni Farg’ona viloyat Toshloq tumani 4-son maktabi 9-sinf o’quvchisi Toshpo’latova Sarvinoz;
🥉3-o’rinni Buxoro viloyat Vobkent tumani 5-son maktabi 10-sinf o’quvchisi Baxronova Dilnura qo’lga kiritdi. Tanlov g’olibalari diplom va pul mukofotlari, boshqa faol ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Oltiariqda qonunchilik targ‘iboti tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Oltiariq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari aholiga turli yo‘nalishlarda xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda bo‘lib, ushbu tashkilotlar xodimlariga iste'molchilarga xizmatlar ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablari ijrosini ta'minlash, qonunchilik bilan o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni to‘laqonli ado etish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib boradilar. Azimobod oilaviy shifokorlik punktida tashkillangan targ‘ibot tadbiri ham shu kabi tadbirlardan biridir.

"Iste'molchilar huquqlari qonun himoyasida" deb nomlangan ushbu tadbirda amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berish barobarida, kundalik turmush jarayonida tibbiy xodimlarning o‘zlari ham iste'molchi ekanligi, huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

O‘tkazilgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislardan javob oldilar. Tumanda targ‘ibot yo‘nalishidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Ta'lim tashkiloti xodimlari bilan muloqotlar davom etmoqda

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan jamiyatning 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida shahar hududidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tizimli asosda davom ettirilmoqda. Shahardagi 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ham shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.

Asosiy maqsadi tashkilot xodimlarining huquqiy bilimi va iste'mol madaniyati oshirishdan iborat bo‘lgan mazkur tadbirda, tarbiyachilarning iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi so‘nggi yangiliklardan xabardorligi ta'minlandi.

Tadbir doirasida ta'lim muassasasi xodimlarining kundalik turmush jarayonida iste'molchi sifatida duch kelayotgan turli muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari hamda mazkur muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflari tinglanib, ular tomonidan berilgan savollarga jamiyat mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunning nechanchi moddasida ko’rsatilgan?
Anonymous Quiz
33%
19-modda
24%
23-modda
30%
20-modda
13%
22-modda
#gazeta

⚡️”Iste’mol madaniyati” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing.
⚡️7 million so'mlik televizor sifatlisiga almashtirildi

Urganch shahri Guliston muhallasida yashovchi fuqaro A.A “Media park” savdo do'konidan 7 millioln so'mga “LG” rusumli televizor xarid qiladi. Biroq sotib olingan televizorning ekranida nosozliklar kuzatilib, undan foydalanishning imkoni bo'lmaydi. Sotuvchi esa iste'molchining nuqsonli mahsulotni almashtirish haqidagi talablarini bajarmaydi.

Fuqaro bu haqda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining qisqa “1091” ishonch telefoni orqali murojaat qilib, nosoz televizor sabab buzilgan huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam so'raydi.

Murojaat Federatsiyaning Urganch shahar jamiyati tomonidan tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda o'rganilganda, mahsulotdagi nuqsonlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq ekanligi oydinlashdi. Sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, nuqsonli televizor boshqa shu rusumdagi sifatli mahsulotga almashtirib berilishi ta'minlandi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz