Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
#abituriyent #tezkor #barchaga_ulashing

❗️JSHSHIR (PINFL) nima va uni qanday aniqlash mumkin?

20 iyundan boshlab abitur.dtm.uz sayti orqali OTMlarga onlayn hujjat qabul qilishga start beriladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda fotosurat yoki pasport nusxasi shart emas. Shunchaki JSHSHIR, pasport seriya va raqami kiritilsa kifoya.

Pasport seriya va raqami tushunarli.

Xo‘sh, JSHSHIR (PINFL) nima? Va uni qanday aniqlash mumkin?

JSHSHIR jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami bo‘lib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasportni yangisiga almashtirsangiz ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo JSHSHIR o‘zgarmaydi (o‘ta kamdan-kam uchraydigan hollar bundan mustasno).

Uni aniqlash juda oson. Quyida ko‘rsatilgan surat orqali pasportingizdan 14 ta raqamni toping, ana shu Sizning JSHSHIRingiz bo‘ladi.

☝️Shu o‘rinda, 16 yoshga to‘lgan, lekin hali pasport olmagan abituriyentlar tezroq pasport olishga harakat qilishlari kerak. Chunki pasport bo‘lmasa JSHSHIR raqam ham bo‘lmaydi, bu degani abituriyentlar hujjat topshira olmay qolishlari mumkin. Pasportini yo‘qotgan/shikastlagan abituriyentlar ham pasportini tezroq yangilashi lozim.

Manba: @Xushnudbek

👉🏻 @informatika