Informatika va AT
8.51K subscribers
1.12K photos
608 videos
598 files
1.53K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
2030-yilgacha qishloq xo‘jaligida eng dolzarb kasblar:

1. AgroTexnolog (AgriTech Specialist)
Yangi texnika va texnologiyalar orqali hosildorlikni oshiradi (dronlar, sensorlar, IoT bilan ishlaydi).

2. Agrodata tahlilchisi (Agricultural Data Analyst)
Ekinlar, suv, iqlim va yer ma’lumotlarini tahlil qilib, qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

3. Vertikal dehqon (Vertical Farm Manager)
Shaharlarda yopiq binolarda sun’iy yoritish orqali ekin yetishtiradi (AI + gidroponika).

4. Agrobototexnika muhandisi (Agricultural Robotics Engineer)
Yer haydash, urug‘ sepish va o‘rim-yig‘imni avtomatlashtiruvchi robotlar bilan ishlaydi.

5. Smart Fermer (Smart Farmer / Precision Agriculture Expert)

GPS, dron, va sun’iy intellekt yordamida dalani boshqaradi va resurslarni tejaydi.

Qishloq xo‘jaligi endi faqat belkurak emas. 2030-yilda bu soha eng zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Kim dron uchirsa, yer haroratini tahlil qilsa, suvni nazorat qilsa, u eng kerakli mutaxassisga aylanadi. Bu - yangi avlod fermerlari davri.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍1311🆒1
2030-yilgacha o'sib boruvchi IT sohasidagi eng muhim 10 ta kasb

1. Sun’iy intellekt muhandisi (AI/ML Engineer)
AI modellarni ishlab chiqadi, o‘qitadi, tahlil qiladi (ChatGPT, TensorFlow, PyTorch bilan ishlaydi).

2. Kiberxavfsizlik mutaxassisi (Cybersecurity Specialist)

Tizimlar, tarmoqlar, serverlar va foydalanuvchilarni xakerlardan himoya qiladi (SIEM, EDR, Firewall, Red/Blue Team).

3. Ma’lumotlar muhandisi (Data Engineer)

Katta ma’lumotlarni (Big Data) to‘playdi, saqlaydi, tozalaydi va boshqa tizimlarga tayyorlaydi (SQL, Spark, Hadoop, ETL).

4. Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi (Software Developer)
Mobil, web yoki desktop ilovalarni yaratadi (Python, JavaScript, Java, C#, Flutter, React).

5. Cloud tizimlar injeneri (Cloud Engineer)

AWS, Azure, Google Cloud kabi bulutli tizimlarda server, xavfsizlik va xizmatlarni boshqaradi.

6. Blokcheyn mutaxassisi (Blockchain Developer)
Kriptovalyuta, smart-kontraktlar va Web3 texnologiyalarini ishlab chiqadi (Solidity, Rust, Ethereum, Hyperledger).

7. UI/UX dizayneri (User Interface / User Experience Designer)

Foydalanuvchi uchun qulay va chiroyli interfeys yaratadi (Figma, Adobe XD, UX testing).

8. IT loyiha menejeri (IT Project Manager)
Texnik jamoani boshqaradi, vazifalarni taqsimlaydi va natijalarni nazorat qiladi (Agile, Scrum, Jira).

9. Tarmoq muhandisi (Network Engineer)
Internet va ichki tarmoqlar ishlashini ta’minlaydi (CCNA, Mikrotik, Cisco, VLAN, Routing, VPN).

10. Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha mutaxassis (AI Ethics & Policy Specialist)
AI tizimlarini inson huquqlari, adolat, xavfsizlik asosida nazorat qiladi. Bu yangi va juda muhim yo‘nalish.

IT endi faqat "kod yozish" emas. 2030-yilgacha AI bilan ishlaydigan, xavfsizlikni biladigan, bilimini kengaytiradigan, katta ma’lumotni boshqaradigan, inson uchun interfeys yarata oladigan yoshlar doimo kerak bo‘ladi.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍611🆒1
Forwarded from Nursaidov AI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Lavozim emas, e’tiqod muhim" dedi va ishdan ketdi...

@NursaidovAI
👍123🥰3🆒1
Forwarded from Nursaidov AI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yili .... universitetiga ishga kirish jarayonida dekan bilan bo‘lgan suhbatdan parcha

@NursaidovAI
👍43🔥2😁2🆒1
Informatika va AT
Faqat ta'limga e'tibor beradigan bitta universitet bor. Soqol, ro'molga muamo qilishmaydi. Sizga qiziqmi? Kontrakti ham arzon.
Shu universitetga dars berishim mumkin. Kiberxavfsizlik bo'yicha. Hali to'liq e'lon qo'yamiz! Huquqlaringizni birga ta'minlaymiz!
4🤩1🆒1
Forwarded from Nursaidov.uz
Juda murakkab texnik amaliyotlardan so'ng, Googlening Gemini AI tizimi ham Ustoz dedi, yengilganini tan oldi va sabablarini to'liq ko'rsatib berdi.

@Nursaidovuz
👍9🆒2
Forwarded from Nursaidov.uz
🔉 Anonim baholash tizimi. O'ziga ishongan o'qituvchilar uchun.

Ushbu tizim - talabalar QR kod orqali kirib fikrlarini anonim tarzda bildirishi orqali darslar va o‘qituvchilar faoliyatini baholash imkonini beradi. Bu o‘qituvchilarga metodlarini takomillashtirish, talabalar esa o‘quv jarayonini yaxshilashga hissa qo‘shish imkonini oladi.

Sinab ko'ring: Nursaidov.uz/anonim

🛑 Baholarni o'chirish: https://nursaidov.uz/anonim/delete.html

💡Ushbu tizimni bor yo'g'i 200 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz ishlatishingiz mumkin. Agar test dasturi, krossvord va boshqa dasturlarimizni sotib olgan bo'lsangiz yoki endi olsangiz bu tizim bepul o'rnatib beriladi.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2030-yilgacha o'sib boradigan Muhandislik sohasidagi eng muhim 10 ta kasb

1. Robototexnika muhandisi (Robotics Engineer)

Zavod, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va harbiy sohalar uchun robotlar yaratadi.

2. Mechatronika muhandisi (Mechatronics Engineer)

Mexanik, elektron va dasturlashni birlashtirib avtomatlashtirilgan tizimlar yasaydi (masalan, dron, CNC).

3. Elektroenergetika injiniri (Electrical Power Engineer)
Elektr stansiyalar, tarmoqlar, quyosh paneli va akkumulyator tizimlarini loyihalaydi va nazorat qiladi.

4. AI bilan ishlovchi sanoat muhandisi (Smart Manufacturing Engineer)
AI va IoT yordamida zavodlarni avtomatlashtiradi, xarajatni kamaytiradi.

5. Energiya tizimlari muhandisi (Renewable Energy Engineer)
Quyosh, shamol, biogaz kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqadi.

6. Biotibbiyot muhandisi (Biomedical Engineer)
Sun’iy a’zolar, tibbiy qurilmalar, datchiklar ishlab chiqadi (protez, yurak monitori va h.k).

7. Aero-kosmik muhandisi (Aerospace Engineer)
Dron, raketa, sun’iy yo‘ldosh, samolyot texnologiyalarini loyihalaydi.

8. Avtomobil texnologiyalari injiniri (Automotive Engineer)
Elektromobil, avtonom mashinalar, gibrid tizimlarni ishlab chiqadi (Tesla, BYD kabi texnologiyalar).

9. Qurilish va inshootlar muhandisi (Civil/Structural Engineer)
Ko‘prik, yo‘l, bino, metro kabi infratuzilmani zamonaviy texnologiyalar asosida loyihalaydi.

10. Materiallar fanlari muhandisi (Materials Engineer)
Yangi materiallar: nano, yengil, issiqlikka chidamli va ekologik toza materiallar ustida ishlaydi.

Muhandislikda kim robot yasasa, quyosh energiyasidan tok olishni bilsa, elektromobil tuzishni bilsa, AI bilan ishlasa - o‘sha inson ishsiz qolmaydi. Muhandislik endi matritsa chizish emas, kod, sensor, energiya, xavfsizlik, avtomat demakdir.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍6
AI viruslar shunchalik rivojlandiki, ko‘plab antiviruslar ularni aniqlay olmayapti - signatura, heuristika va hatto AI asosidagi tizimlar ham chalg‘imoqda.

Bu - yangi kiber jang! - deb tursam, "lotin-krill dasturi bormi?" aka deb XAKER nomli profildan yozib qolishdi...

© Nurmuhammad Nursaidov
🤣25😁31
Kompyuterdan foydalanayotgan Telegramingizni hoziroq o‘chirib tashlang. Brauzer orqali Telegramga hech qachon kirmang!

To‘liq yopiq laboratoriya muhitida o‘zimiz ishlab chiqqan ilg‘or tizim orqali Telegramning himoya mexanizmlari yorib o‘tildi. Endilikda yozishmalar, maxfiy (secret) chatlar, guruhlar va kanallardagi barcha ma’lumotlarni nafaqat o‘qish, balki foydalanuvchining Telegram akkaunti orqali, uning o‘zi sezmagan holda, ma'lumotlarni boshqalarga uzatish imkoniyati mavjud.

Texnik holatni oddiy tilda shunday tushuntirish mumkin:

Telegram akkauntga kirish degani - yangi telefon yoki kompyuterdan parol, SMS yoki ikki bosqichli kod orqali tizimga kirish demak. Bu holatda Telegram juda yaxshi himoyalangan. Oldingi xulosamiz to‘g‘ri bo‘lib qoladi.

Lekin agar siz kompyuteringizda Telegram’ni allaqachon ochib qo‘ygan bo‘lsangiz, siz sezmagan holda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan zararli dastur aynan sizning qurilmangizdan yozishmalaringizni o‘qib, boshqa joyga yuborishi mumkin. Ya’ni, siz parolni bermagan bo‘lsangiz ham, Telegram ochiq turgani sababli barcha ma’lumotlar siz sezmagan holda chiqib ketishi mumkin.

Telegram qo‘ng‘iroqlarini masofadan eshitish, windowsga o'xshab android va IOS OS ga kirish masalalari bo‘yicha yakuniy xulosa hali tayyor emas.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍4👏32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Афғонистон тарихида илк бор маҳаллий ишлаб чиқарилган автобуслар, юк машиналари ва енгил автомобиллар муваффақиятли тарзда ишлаб чиқарилди.

Афғонистон Ислом Амирлиги мамлакатнинг энг йирик заводида ишлаб чиқарилган янги маҳаллий транспорт воситаларини тақдимотини ўтказди.

Буни кимларга жўнатишни биласиз
👍10👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunaqalar bizda juda ko'p. Bularni miyasi qanaqa? To'rtburchakmi?

Savolni qaranglar! Saviya 0
4🔥1
Prezidentimizning Afg‘oniston bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yayotgani bejiz emas. Mavjud stereotiplardan xoli fikr yuritadigan har qanday aqliy yetuk inson tushunib yetadi: bu xalq terrorizm emas, texnologik tiklanish yo‘lida harakat qilmoqda.

Afg‘oniston atigi to‘rt yil ichida nol nuqtadan boshlab mahalliy avtobuslar, yuk mashinalari va yengil avtomobillarni muvaffaqiyatli ishlab chiqarishga erishdi. Bu - ichki resurslar va intellektual salohiyatni safarbar etgan holda qisqa muddatda sanoatlashuv bosqichiga o‘tilganining aniq dalilidir.

Ayni vaqtda bizda esa, 30 yildan beri tayyor GM avtomobillari import komponentlar asosida yig‘ilib, ichki bozorda xalq uchun qimmat narxlarda realizatsiya qilinmoqda. Bu model innovatsiyaga emas, iste’molga yo‘naltirilgan.

Shunday ekan, Afg‘oniston bilan ilmiy-texnik hamkorlikni kuchaytirish, kadrlar almashinuvi va qo‘shma texnoparklar yaratish zarur. Chunki ular ishlab chiqarayotgan texnika - real ixtiro mahsuli. Biz esa hali ham Amerikaning tayyor GM mahsulotini “milliy” deb atayapmiz.

@informatika
👍10
Forwarded from Nursaidov.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AI ishlab chiquvchilari shoshilinch murojaat bilan chiqishibdi...

@Nursaidovuz
🤣10👍6🔥3
«Биз исломий давлатда яшамаяпмиз»

Биз дунёвий давлатда яшаётганимизни бот-бот айтиб турадиган одамлар бор. Хўп, биз дунёвий давлатда яшаябмиз, исломий шариат билан ҳукм юритиладиган халифалик ё амирликда эмас, кейинчи?

Ҳамма гап шу "кейин"да. Биз исломий давлатда яшамаяпмиз деган гапнинг кетидан, "Афғонистон қилмоқчимисан, Сурия қилмоқчимисан, Афғонистонга бор", деган гаплар келади.

Давлатда қонун бор. Ўша қонун ҳар бир ватандошнинг ҳуқуқини кафолатлайди. Ана ўша қонунда, ҳар бир инсон хоҳлаган динга эътиқод қилиш ёки ҳеч қайси динга эътиқод қилмаслик ҳуқуқига эгалиги ёзиб қўйилган.

Бу дегани, сиз диндорларни яхши кўрмаслигингиз мумкин, лекин уларнинг ҳуқуқига дахл қила олмайсиз дегани. Ҳатто диндорлар ишига картошкакдек бурнингизни тиқолмайсиз сиз бечора.

Шунинг учун, раз биз дунёвий давлатда яшаётган эканмиз, бир жойингизни бир-бирига ёпиштириб толерант бўлинг.

Жамолиддин Муҳаммаджон
💯6😁41
Manabu matnni yana bir bor ChatGPT ga berib ko'ring. Balki endi sizni maqtab ko'klarga ko'tarar! 👇
😁1
Roast me as hard as you can based on everything you know about me. Don't hold back even a little bit. I can take it all. Write me response in uzbek
🔥1
ChatGPT javobini hech kimga ko'rsatmang. 😁
🤣12🤷‍♂2😭1🙈1
🤣3🔥2😁1😱1