Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
#paskal
Xizmatchi so'zlar

And (va),
const (o'zgarmas),
end (tamom),
goto (...ga o't),
label (nishon),
or (yoki),
until (-gacha),
downto (- gacha kamaytirish),
to (-gacha davom ettirish)
array (massiv)
div (butun bo'lish)
mod (modul)
If (agar)
Not (emas)
Then (unda)
Var (o'zgaruvchi)
Begin (boshlash)
Do (bajar)
For (uchun)
in (-da)
Of (-dan)
Else (aksincha)
File (fayl)

▶️ @informatika
#paskal
Standart identifikator(nom)lar

O'zgarmaslar: false, true, maxint;

Turlar: boolean, integer, char, real, text;
Fayllar: output, INPUT;

Funksiya va protseduralar: get, rewrite, read, readln, write, writeln.

▶️ @informatika
#paskal
Arifmetik amallar

+ qo‘shish, masalan: A+B, natija turi real yoki integer;

- ayirish, masalan: A-B, natija turi real yoki integer;

* ko‘paytirish, masalan: A*B, natija turi real yoki integer;

/ bo‘lish, masalan: A/B, natija turi real;

div - butunga bo‘lish, masalan: A div B, natija turi integer;

mod bo‘linma qoldig‘i, masalan: A mod B, natija turi integer.

▶️ @informatika
#paskal
Butun sonlar uchun Paskal tilida div va mod amallari mavjud bo'lib, u mos holda butunga bo'lish va bo'linma qoldig'ini hisoblash amallarini bildiradi.
Masalan, 11 div 3 = 3- butun, 11 mod 3 = 2- qoldiq.

Boshqa elementar funksiyalar, masalan, tgx, arcsinx, arccosx, arcctgx lar elementar matematikadan ma’lum bo'lgan bo'lish ko'paytirish kabi munosabatlardan foydalanib hisoblash mumkin.

Har bir ko'rsatma yoki buyruq (nuqtali vergul) belgisi bilan yakunlanadi. Dastur matnida bir satrga ko’pi bilan 127 ta belgi yozish mumkin.

▶️ @informatika
#paskal
Dastur va uning tuzilishi

Paskal tilida dastur bitta blokda mujassamlashgan dastur sarlavhasi va tanasidan iborat bo'ladi.
Dasturning asosiy qismi uning tanasi hisoblanadi, umumiy holda u qat’iy tartibdagi 6 ta bo'limdan iborat:

Belgilarni aniqlash bo'limi: label

O'zgarmaslarni aniqlash bo'limi: const

Turlarni aniqlash bo'limi: type

O'zgaruvchilarni tavsiflash: var

Protsedura va funksiyalar
procedure; function

Operatorlar bo'limi: begin , end

▶️ @informatika
#paskal
Paskal tilda, asosan, 3 xil miqdorlar ishlatiladi.

0‘ZGARMAS MIQDORLAR

Belgili o'zgarmaslar: apostrof ichiga olingan bitta belgi - harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: ’a’; 'B'; '9';
'' va hokazo.

Satrli o'zgarmaslar (belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo'lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Apostrof ichiga olingan raqamlar ustida arifmetik amallar ishlatib bo'lmaydi.
Masalan:‘456’; 'Toshkent’;'A 549’; 'B***M.’; '47%';

Mantiqiy o'zgarmaslar True (rost) yoki False (yolg'on) mantiqiy qiymatlardan biridir.

Sonli o'zgarmaslar ikki turda butun va haqiqiy:

Butun sonlar ishorali yoki ishorasiz ko'rinishda - 2147483648 dan +2147483647 gacha bo'lgan butun sonlardir. Agar butun sonli o'zgarmas bu oraliqdan chiqib ketsa, xato haqida xabar beradi.

Haqiqiy sonlar o'z navbatida qo'zg'almas nuqtali va qo'zg'aluvchi nuqtali sonlarga bo'linadi.

▶️ @informatika
#paskal
1-dars.

Paskal algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan iborat:

* 26 ta lotin harflari
* 0 dan 9 gacha arab raqamlari
* 32 ta kirill harflari
* maxsus belgilar a (+,-,*,/,=,>,<,{,},[,],`) ni o'z ichiga oladi.

Paskal tilida so'z deb bir nechta belgilar ketma - ketligi tushuniladi. Xizmatchi so'z deb Paskal tilidagi standart nom tushuniladi. Bu nom maxsus ma'noni anglatadi va uni ma'lumotlarga berib bo'lmaydi.
Masalan: PROGRAM, BEGIN, END, FOR, AND va hokazo.

👨‍💻 @informatika
#paskal
2 - dars

Paskal tilida ma'lumotlarning elementlari bo'lib o'zgaruvchilar, o'zgarmaslar, izohlar xizmat qiladi.

O'zgaruvchilar deb - hisoblash jarayonida qiymatini o'zgartiradigan kattaliklarga aytiladi.

O'zgarmaslar (const) deb - hisoblash jarayonida qiymatini o'zgartirmaydigan kattaliklarga aytiladi.

Izohlar - programmaning ma'lum qismini tavfsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda hech qanday amal bajarilmaydi, ya'ni programmaning biror qismini yaxshiroq tushuntirish uchun xizmat qiladi. Izoh { } simvollari orasida beriladi. { Bu yerga izoh yoziladi. }

👨‍💻 @informatika
#paskal
3-dars

Operator - tilning yakunlangan jumlasi hisoblanadi va ma'lumotlar taxlilining tugallangan bosqichini ifodalaydi. Operatorlar nuqtali vergul ";" operatorning tugallanganini bildiradi. TP (Turbo Packal)da operatorlar programmada keltirilgan ketma-ketlikda bajariladi.

Programma sarlavhasi - Program xizmatchi so'zi bilan boshlanib undan so'ng programma nomi (identifikator) keltiriladi. Programma sarlavhasi programmaning boshqa satrlari kabi nuqtali vergul bilan tugatiladi. Programma sarlavhasini yozmasdan tashlab ketish ham mumkin.

👨‍💻 @informatika
#paskal

Pascal dasturlash tili haqida

Pascal dasturlash tili yuqori darajali obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili. Pascal dasturlash tili 1970-yilning boshida Niklaus Wirth tomonidan yaratilgan. Pascal dasturlash tili, dasturlashni tizimli, strukturaviy va protseduraviy o'rgatish uchun ishlab chiqilgan. Lekin Pascal dasturlash tilidan foydalanib ham yuqori darajali mukammal dasturlarni tuzish mumkin.

Pascal dasturlash tilining asosi Algol tilidir. Pascal dasturlash tili juda ko'plab ma'lumotlar toifasiga ega til va dasturlarni strukturaviy dasturlashga juda qulay. Hozirgi Pascal kodlarini o'qisangiz xuddi ingliz tilida matn o'qiyotgandek bo'lasiz.

👨‍💻 @informatika
#paskal

Pascal dasturlash tili ko'plab mamlakatlarda hozirda ham qo'llanilayotganining sabablari :


*O'rganish juda oson;

*Strukturalashgan dasturlash tili;

*Mustahkam, ishonchli dasturlar tuzish imkoni mavjudligi;

*Juda ko'plab OTlarda kompilyatsiya qilishni imkoni borligi;

* va boshqalar...

👨‍💻 @informatika
#paskal

Pascal dasturlash tilining eng zo'r imkoniyatlari :

* Pascal kuchli tillardan biri;

* Xatoliklarni juda aniqlikda tekshirilishi;

* Juda ko'plab ma'lumotlar turlari borligi (massivlar, yozuvlar, fayllar va setlar);

* Turli xil yo'nalishlarda dasturlash imkoniyati borligi;

* Strukturaviy, funksiyaviy va protseduraviy dasturlash juda qulayligi;

* OYD (OOP) ni qo'llay olganligi.

👨‍💻 @informatika
#paskal
4 - dars

Identifikator - programist tomonidan programma elementlari (protsedura, funksiya, o'zgaruvchilar, o'zgarmaslar....) uchun ixtiyoriy tanlangan nom. Identifikator tanlanganda quyidgilarga ahamiyat berish kerak:

- Identifikator lotin harflaridan yoki "_" belgisidan boshlanishi shart;

- ikkinchi simvoldan boshlab belgi, raqamlardan foydalanish mumkin;

- Turbo Paskalda katta kichik harflar farqlanilmaydi; (KATTA=katta, KaTTa=kAttA);

- Identifikatorda probeldan foydalanib bo'lmaydi.

- Xizmatchi so'zlardan (PROGRAM, BEGIN, END, FOR, AND kabi) identifikator sifatida foydalanib bo'lmaydi;

- Identifikator uzunligi 63 simvoldan oshmasligi kerak.

👨‍💻 @informatika
#paskal
5 - dars

Programma tanasi - begin xizmatchi so'zi bilan boshlanib end xizmatchi so'zi bilan yakunlanadi.

Programma tugaganligini bildirish uchun nuqta qo'yiladi.

Paskal dasturining umumiy strukturasi quyidagicha:

Program <programma sarlavhasi>;

Uses - <modullar>;

Label - <metkalar ro'yhati>

Const - <o'zgarmaslar va ularning qiymatlari>

Type - <ma'lumotlarning yangi nostandart toifalarini aniqlash>

Var - <o'zgaruvchilarni, protsedura va funksiyalarni e'lon qilish>

Begin
<Dastur tanasi>;
End.

👨‍💻 @informatika
#paskal
6 - dars

O'zgaruvchilarni e'lon qilish bo'limida - programmada ishlatilgan barcha o'zgaruvchilar nomlariga mos ravishda qaysi toifaga tegishli ekanligini e'lon qilish kerak. Ma'lumotlarni e'lon qilish VAR xizmatchi so'zi bilan boshlanadi.

Var
<identifikator 1>:<toifasi>
<identifikator 1>:<toifasi>

Haqiqiy sonlar REAL xizmatchi so'zi bilan e'lon qilinadi. Butun sonlar Integer xizmatchi so'zi bilan e'lon qilinadi.

Misol:
Var A: integer;
B: real;
Bu misolda ikkita o'zgaruvchi e'lon qilinadi. "A" o'zgaruvchisi butun qiymat qabul qiladi. "B" o'zgaruvchisi haqiqiy qiymat qabul qiladi. Butun qiymat qabul qiluvchi o'zgaruvchini e'lon qilish orqali mashina xotirasida ixtiyoriy butun sonni saqlovchi yacheyka ajratiladi. Bu yacheykaga muojaat qilish, e'lon qilish bo'limida keltirilgan nom orqali bo'ladi.

👨‍💻 @informatika
#paskal
7-dars

O'zlashtirish operatori

O'zgaruvchilarga biror qiymatni berish uchun o'zlashtirish (":=") operatoridan foydalaniladi.

Misol: A:=2018;

Bu operator bajarilishi natijasida "A" o'zgaruvchisi 2018 qiymatini qabul qiladi. Ya'ni 2018 soni "A" o'zgaruvchisi uchun ajratilgan xotira yacheykasiga yoziladi.

👨‍💻 @informatika
Informatika va AT
Pascalda dasturlash asoslari ma'ruza.exe
#paskal

Pascal dasturlash tili ko'plab mamlakatlarda hozirda ham qo'llanilayotganining sabablari :

*O'rganish juda oson;

*Strukturalashgan dasturlash tili;

*Mustahkam, ishonchli dasturlar tuzish imkoni mavjudligi;

*Juda ko'plab OTlarda kompilyatsiya qilishni imkoni borligi;

* va boshqalar...

👨‍💻 @informatika
#paskal #bilasizmi
PascalABC да тасвирлар билан ишлаш

PascalABC тасвирлар билан ишлаш учун кенг имкониятларга эга.

PascalABCда тасвирлар
билан ишлаш учун мўлжалланган график утилитлар GraphABC модулига йиғилган. Тасвирлар тасвир
дарчасига чиқарилади, бу дарча билан ишлаш учун GraphABC модулини улаш кифоя.
GraphABC модулида икки юздан ортиқ ўзгармаслар, ўзгарувчилар, функциялар ва
процедуралар мавжуд. Уларни қуйидаги гуруҳларга ажратиш мумкин.

1) График дарча устида амаллар.
2) Матн ва шрифтлар устида амаллар.
3) График шакллар.
4) Қалам устида амаллар.
5) Чўтка билан ишлаш.
6) Ранглар билан ишлаш.
7) Расмлар устида амаллар.
8) Экранга чиқариш тартибини ўрнатиш.
9) Нуқталар ва тўғри тўрбурчаклар устида амаллар.

👨‍💻 @informatika
TTest.zip
44.7 MB
#Paskal #dastur #kerakli

Pascal trenajor (Delphi maxsuloti). Dasturni ishga tushirish uchun Project.exe ishga tushiring. Savolga javob berish matn maydoniga yoziladi va enter bosiladi shunda javob ekranida natija chiqadi, agar birinchi marta to'g'ri javob bermasangiz, ikkinch marta urinib ko'asiz, uchinchi marta o'zi to'g'ri javobni beradi va keyingi savolga o'tadi. Savollar boshida oddiy bo'lib, oxirida dastur tuzishgacha boradi. Faqat sabr bilan ishlab ko'ring!!!

Diqqat! Avval fayllarni arxivdan chiqarib oling!

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
TTest.zip
44.7 MB
#Paskal #dastur #kerakli

Pascal trenajor (Delphi maxsuloti). Dasturni ishga tushirish uchun Project.exe ishga tushiring. Savolga javob berish matn maydoniga yoziladi va enter bosiladi shunda javob ekranida natija chiqadi, agar birinchi marta to'g'ri javob bermasangiz, ikkinch marta urinib ko'asiz, uchinchi marta o'zi to'g'ri javobni beradi va keyingi savolga o'tadi. Savollar boshida oddiy bo'lib, oxirida dastur tuzishgacha boradi. Faqat sabr bilan ishlab ko'ring!!!

Diqqat! Avval fayllarni arxivdan chiqarib oling!

👉 @informatika