Foydali ilm🌿|علم نافع
133 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
#ibrat
Nega uzoq yoʻldan yuryapmiz, dada?
— Qosim doʻkonchi bor-ku, uning do'koni yonidan o'tmaylik. Qarzi bor mendan. Ancha bo'ldi. Ahvoli yaxshi bo'lmasa kerak. Berolmayapti. Biz unga o'zimizni ko'rsatib o'tishimiz yaxshi emas, o'g'lim.


P.s: tarbiya mana shunday bo'lishi kerak? Siz nima deysiz?

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibrat
Birinchisi tungi klubga kirib oʻldi,
Ikkinchisi esa masjidda jon taslim qildi.
Birinchisi u yerga nasihat qilish uchun kirgandi,
Ikkinchisi esa namozxonlarning poyabzalini oʻgʻirlash uchun.

•Odamlarni Jannat va Doʻzahga hukm qilish bizga emas!

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibrat
#halallove🌷
🌻Oilaviy muammolarni imkon qadar o‘zaro hal qilishga harakat qilinglar. Zarur bo‘lganda ishonchli kishilardan maslahat, yordam so‘rash mumkin. Ammo qo‘l sinsa, yeng ichida qabilida ish tutib, bir-biringizning kamchiliklaringizni boshqalarga bildirmasangiz, baxtingiz to‘kis bo‘ladi, in shaa Alloh. Er-xotin bir-biriga libos deb aytilganining bir ma'nosi ham shudir.

Muammolar haqida qancha ko‘p odam xabar topsa, muammo shuncha kattalashadi.

Hubbuna
©Mahbubiya

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
#ibrat #halallove
Men "Meni namozga uyg'otmagan xotinga soliha kundosh nasib qilsin" demayman. Namozga uyg'otish mening vazifam, uyning erkagi menman. Alloh taolo "Ahlingni namozga buyur va o'zing unga sabr qil" degan.

✍️Hubbuna
📌Kanal mundarijasi:

#malumot — eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt — biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb — ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove🌷 — barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyapti☝️)

#tegib_ketsin — ko'ngli bo'shlar o'qimasin!😅

#hikmat — buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma — eslatma va qaydlar

#ibratli — eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibrat — ibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar — hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar — telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali — barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar — siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm — she'riyat olamiga sayohat

#tabassum — tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ت" kabi yashang!

#duo — o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar — eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar — iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar — Qur'ondan 114 sura

#gózal_qiroat — turli qorilardan go'zal qiroatlar

#hijobim — obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar

#ramazonim — obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari

#Cactus🌵 — kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim🦦
#ibrat
Ushbu rasm Xarbin provinsiyasi kasalxonasida olingan.

Pul to‘la sumka ko‘targan, saraton kasalligi bilan og‘rigan bemor shifokordan o‘z hayotini saqlab qolishni so‘radi va unga to‘lash uchun ko‘p puli borligini bildirdi.
Ammo shifokor hech narsa qila olmasligini aytdi, chunki uning saratoni so‘nggi bosqichda edi.

U juda  g‘azablangani sababli pulni kasalxonaning butun koridoriga sochib tashlagan va shunday degan edi:
— Axir pul hamma narsani hal qiladi deyishardi-ku, agar hal qilolmasa, nima keragi bor bu pullarni?!

Sog‘lig‘imiz uchun sog‘lom paytimizda kurashmasak, kech bo‘lgandan keyin uni bor pulimizga ham sotib ololmaymiz!

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibrat
Kafolati yo'q ekan. Ertaning hech qanday kafolati yo'q. Hatto besh daqiqadan keyinning kafolati yo'q. Sevganingiz uchun bezatgan devorlar ham sizni o'ldirmasligiga kafolat yo'q. Hayotning kafolati yo'q. Yagona kafolat nima ekanligini bilasizmi? Ushbu fotosuratda aniq ko'rishingiz mumkin bo'lgan narsa kafolatlangan.

Ya'ni sizning xotiralaringiz
Sizning harakatlaringiz
Sevishiga harakat qilganingiz
Yarmingiz
Tuyg'ularingiz

Bu ularning kafolati👆

Sevgan insoningga sevishingni ayt. Boshqa najot yo'q.
#geçmiş_olsun

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#Respekt
#ibrat
O'tmish va hozirgi zamonni bog'lab turuvchi narsa bu faqat xotira.

Bizni "chinakam inson edi u" deb eslab yurishlari uchun yaxshi inson bo'laylik.

Sadaqaning (ehson) eng afzali o'zi muhtoj bo'la turib boshqaga yordam berilganidir(mazmunan hadisdan)

Rasmdagi inson uyidan ayrildi, lekin mushukni uyidan ayirmadi.

©Uzbekcats

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibrat
— Rasmda nega dadangning qo‘llarini chizmading?
— Onamni boshqa urolmasin dedim...

(hayotdan olindi)
#ibrat
Bu — Belgiyadagi haykal va uning qayg‘uli bir tarixi bor ekan: qahraton qish birida tunda ko‘chada qarovsiz qolgan kichkina bolakay va daydi bir it shu yerda sovuq qotib o‘lgan holda topilgan. It ketib yuborib, jonini omon saqlab qolishi mumkin edi, lekin unday qilmagan. Bolakayga "ko‘rpa" bo‘lgan…😓😓

Eng achinarlisi, shu ko‘chada yashovchilar tunda bir itning uvvillayotganini eshitishgan (balki, sovuqdan o‘layotgan bolakay uchun yordamga chaqirgandir), ammo hech kim issiq o‘rnidan turib hech bo‘lmasa derazadan ko'chaga qarab qo‘yishni lozim topmagan...

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian