Foydali ilm🌿|علم نافع
112 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
#hikmat
Takalluf bor joyda do'stlik yo'qdir.

Abdukarim Mirzayev

P.s.: takalluf — sun'iylik, soxtalik, serhashamlik, jimjimadorlik.
#hikmat
Ramazonda ayollarning ajri naqadar ulkan bo‘ladi-ya!

Ular uchun ro‘za tutish ajri, xonadon yumushlaridagi ajr va ro‘zadorni iftor qildirishdagi ajr!

Allohim! Zaifalarga rahm qil va O‘zing ularning chanqoqliklariga barham ber!

Doktor Ahmad Iyso Ma’asroviy

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Xotiralar tushlaringizga kirib, sizni rosa charchatgan paytlar bo‘lganmi?

Bu ko‘ngil yarasidir. Yillar o‘tsa ham tuzalmaydigan, vaqt o‘tgan sari yanada kattalashadigan bir yara. Yaralaridan ham charchaydimi odam?

Charchadik. Tushlarimizda ham qutulolmayapmiz. Ko'ngil yarasidan qochib qutuladigan joy bo‘lsa edi, kimdir, albatta, eshitgan bo‘lardi. Bitta bo‘lsa ham bilgan, qochishni uddalagan odam topilgan bo'lardi.
Qachon buning oxiri keladi, bilmadim, qalb yarasining oxiri yo‘q, menimcha. Kutamiz. Nimani, nega kutayotganimizni ham bilmasdan kutaveramiz. Bu dunyoda yashashning sharti kutishdir.
Hamma xayollarining ro‘yobga chiqishini kutar ekan, men faqat seni kutayotgan bo‘laman, Sayyoh! Faqat seni.

📚"Fesleen"

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
🩺Sen his qilayotgan og'riqlar xabardir, ularni tingla!

Jaloliddin Rumiy
#hikmat
Umraga borib kelgach, hayotingiz ijobiy tomonga oʻzgarmasa, hayotingizda boʻlmagan sunnat kirib kelmasa, qalbingiz nopok xislatlardan uzoqlashib goʻzallashmasa,

siz Umraga rasmga tushgani boribsiz...

Muhammad Odil

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
"Kishining o'z farzandini chiroyli odob-axloq bilan tarbiyalashi ko'p miqdordagi nafl sadaqa berishidan yaxshiroqdir".

(Imom Termiziy rivoyati)

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Bir erkak mushukka ozor bergani uchun do‘zaxga tushdi. Hayvonga ozor bergan kishining jazosi shunday ekan, insonga ozor bergan kishining ahvoli qanday bo‘larkin?


Vaxb ibn Munabbix
©zakiylar
#hikmat
"Muhtojga bergan dirhaming muhtojdan avval Allohga yetib boradi" degan gapni eshitganimdan beri ehsonga beradigan tangalarimni artib, tozalab beradigan bo'ldim...

📚 "Ilohiy ishq"
Z.Naqshbandiy

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Inson nimagaki erisholmasa, o‘sha narsa aziz tuyuladi. O‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘tgan kunlaringiz bebaho bo‘lib tuyulaveradi sizga.

📚 "Nur borki, soya bor"
O‘tkir Hoshimov


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
🏹 Ba'zi odamlar senga sodiq emas. Ular senga bo'lgan ehtiyojlariga sodiqdirlar. Ularning ehtiyojlari o'zgarganda sodiqligi ham o'zgaradi.

Ko'zlaringni och!

Mirach Chag'ri Oqtosh

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#hikmat
Qur'oni Karimda "Bu ishni ota-bobolarimiz qilgan", deb bir fikrga yopishib oladigan, o'zlari aql ishlatmaydiganlar tanqid qilingan:

"Qachon ularga:"Alloh nozil qilgan narsaga, Rasulga kelinglar", deyilsa, "Bizga ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo'lsak, o'sha yetarli", derlar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan va hidoyatga yurmagan bo'lsalar ham-a?!" (Moida surasi, 104-oyat)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
📚"Iymon"