Foydali ilm🌿|علم نافع
132 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
#foydali
Ilm o‘rganish va o‘rgatishning fazilati

79-hadis

Rasululloh sollallohu alayhi va salam aytganlar: “Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, qo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlar o‘stiradi va ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni singdirmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi. Odamlar suvdan ichadilar, hayvonlari va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi. Bularni quyidagicha qiyoslash mumkin:

Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o‘rganadi, teran tushunib, undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir”.

P.s.: eng qo'rqadiganim ikkinchisi bo'lib qolishlik, o'rganib ham amal qiluvchilardan bo'laylik. O'zimiz amal qiladigan narsani boshqalarga o'rgatish nasib etsin. Fosiq bo'lib qolishdan O'zi asrasin.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
​​​🛌Uyquning 12 xil turi bor:

1. Sunnat uyqu. Oftob ko‘tarilib to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi.

2. Bid’at uyqu. Peshin namozi vaqtidagi uyqu.

3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu. Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi.

4. Uqubatga sabab bo‘ladigan uyqu. Kishi xufton namozini o‘qimasdan uxlasa, bu dunyoda ham, oxiratda ham azob-uqubatga qoladi.

5. Odatiy uyqu. Xufton namozidan keyingi odatiy uyqu.

6. Nadomatga sabab bo‘ladigan uyqu. Tongotar vaqtida uxlash. Shuningdek, ilmiy majlis bo‘layotgan vaqtida uxlash ham nadomatga sabab bo‘ladi.

7. Gʻaflat uyqu. Tong otayotganida uxlab yotish. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlari Fotimaga (roziyallohu anho): "Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi", dedilar. Kim tong otayotganida uxlab yotsa, shu uch narsadan quruq qoladi.

8. Faqirlikka sabab bo‘ladigan uyqu. Bomdoddan keyin kun chiqquncha uxlab yotish kambag‘allikka, devonalikka, qarzdorlikka sabab bo‘ladi.

9. Gʻaromat (ziyon) uyqu. Kishining ibodatdan so‘ng duoda, sanoda, salavotda, qiroatda ko‘zi ketib qolsa, g‘aromat uyqu sanaladi.

10. Rohat uyqu. Kasal va go‘daklarning uyqusi. Ular qancha ko‘p uxlasa, foyda va rohat olishadi.

11. Ibodat uyqu. Olimlar, obidlar va ro‘zadorlarning uyqusi. Kishi xufton namozidan so‘ng tahoratli uxlasa, farishtalar himoyasida bo‘ladi.

12. Karomat uyqu. Tunda namoz o‘qib turib, charchab sajdada uxlab qolish".

📚"Mas’ud ibn Mahmud ibn Yusuf as-Samarqandiy "Saloti Mas’udiy"

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
 اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا مَاتَ ابْنُ آدَمَ انْقَطَعَ عَمَلُهُ إِلاَّ مِنْ ثَلاَثٍ صَدَقَةٍ جَارِيَةٍ أَوْ عِلْمٍ يُنْتَفَعُ بِهِ أَوْ وَلَدٍ صَالِحٍ يَدْعُو لَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ البُخَارِيَّ 
Aby Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: 
«Qachonki odam bolasi o‘lsa, amali kesiladi. Magar uch narsadan: joriy sadaqadan, manfaat oladigan ilmdan yoki uning haqqiga duo qiladigan solih farzanddan kesilmaydi», dedilar».

©Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmaganlar.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
17 NARSA QABR AZOBIDAN NAJOT BERADI:

1. Ota-onaga yaxshilik qilish.
2. Namoz.
3. Ramazon roʻzasi.
4. Haj va umra.
5. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish.
6. Alloh taolodan qoʻrqish.
7. Allohdan umidvor boʻlish.
8. Alloh haqida yaxshi gumonda boʻlish.
9. Doimo tahoratli yurish.
10. Doimo Allohning zikrida yurish.
11. Junublikdan darhol gʻusl qilish.
12. Qarindosh-urugʻchilik aloqalarini tiklash (silai rahm).
13. Husni xulq.
14. Goʻdakligida vafot etgan farzand.
15. Allohdan qoʻrqib yigʻlash.
16. “Laa ilaaha illalloh”ni koʻp aytish.
17. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish.

🔻Kanalga a’zo bo‘ling👇
@ilman_nafiian
#foydali
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr kechasi borasida: “U 27 yoki 29-kechadir. Ushbu kecha yerda farishtalar soni toshchalar sonidan ham ko‘p bo‘ladi”, — dedilar (Ahmad rivoyati).

Eslatma: bugun Ramazon oyining 27-kechasidir.
#foydali
LAYLATUL QADR bu kechada:

• Ilk bor Qur'on nozil bo'lgan;
• Bu kecha ming oydan yaxshiroqdir;
• Bu kechada farishtalar va Jabroil alayhissalom tushadilar;
• Qadri ulug' va bandalarning qadarlari belgilangan kecha.
#foydali
LAYLATUL QADR KECHASIDA

• Nafl (qo‘shimcha) namoz
o‘qish
• Qur’on tilovat qilish
• Zikr-u duo qilish
• Diniy ilm o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lmoq kerak.
#foydali
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: "Ey Rosululloh, agar Qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam (ya’ni, qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam), unda nima deb duo qilay?" — dedim. U zot: "Allohumma innaka Afuvvun tuhibbul afva fa’fu ’anniy" deb ayt!" — dedilar".

©Imom Ahmad, Termiziy, Ibn Moja, Nasoiy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

Duoning ma’nosi: "Yo Alloh, albatta, Sen Afuvvsan (gunohlarni kechiruvchi, afv qiluvchisan), kechirishni yaxshi ko‘rasan, meni afv qilgin, kechirgin".  

🔻Kanalga a’zo bo‘ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali
HAYIT NAMOZINING O'QILISH TARTIBI!!!

Ulashing, o'rganib oling!

Manba: hazratimuz
#eslatma
#foydali
​​Hayit bayramlari odoblari

Birinchi odob: yaxshi niyat qilish

Musulmon kishi barcha ishlarida bo‘lgani singari hayit bayramlarida bajaradigan barcha ishlarini ham yaxshi niyatlar bilan ado etishi lozim. Masalan hayit namoziga otlanar ekan zimmasidagi vojib amalni ado etishni niyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalarini bajarish niyati bilan yaxshi kiyimlarini kiyib chiqadi, silai rahm niyati bilan qavmu-qarindoshlarini ziyorat qilishga harakat qiladi va hakozo barcha amallarida ezgu niyat qilinadigan bo‘lsa, xursandchiliklardan tashqari ko‘plab ajru mukofotlarga ham ega bo‘ladi.

Ikkinchi odob: Gʻusl qilish

Hayit bayramiga tayorgarliklardan biri namozgohga g‘usl qilib, toza-ozoda bo‘lib chiqish hisoblanadi. Ushbu odobga rioya qilish tufayli boshqalarning undan aziyat chekishlarining oldi olingan bo‘ladi.

Uchinchi odob: Xushbo‘ylanish

Yuvinib toza-ozoda bo‘lganidan so‘ng shirin mushk va atirlar bilan xushbo‘ylanib chiqish ham bu kunning odoblaridan sanaladi.

To‘rtinchi odob: Yaxshi kiyimlar kiyish

Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab bo‘ladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan ne’matlarini izhor etish, shod-u xurramligini namoyon qilish bo‘ladi. Ulug‘ zotlarning hayit bayramlarida eng yaxshi kiyimlarini kiyganlari ma’lum va mashhurdir.

Beshinchi odob: Ramazon hayitida namozdan oldin “sadaqai fitr”ni ado etish

“Sadaqai fitr” ro‘zadan chiqish munosabati bilan beriladigan sadaqa hisoblanadi. Bu moliyaviy ibodat shariatimizda ro‘zadorning ro‘zasi komil bo‘lishiga xalal beradigan turli behuda gap-so‘z va hatti-harakatlardan poklash va miskinlarga taom bo‘lish ma’nosida joriy qilingan.

👉 Тўлиқ ўқиш:

©islomuz