Foydali ilm🌿|علم نافع
114 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
#ibratli_hikoyalar
Bir sinfda o‘qiydigan boy qizaloq kambag‘al dugonasiga:

— Oyim yangi moshina sotib oldilar. Mening oyim sening oyingdan boylar. Yana oyim, bizga enaga olib keldilar. Ishga ketsalar, u bizga qaraydi. Oyim sening oyingdan boylar. Oyim bizga mohir oshpaz yo‘lladilar. Bizga eng tansiq taomlar tayyorlaydi. Oyim sening oyingdan boylar. Biz kasal bo‘lsak, oyim hamshira keltiradilar. Kalavatimiz oldida ertalabgacha bizga qarab chiqadi. Oyim sening oyingdan boylar. Oyim bizga o‘qituvchi chaqiradilar. Kelib darslarimizni qildiradi. Oyim sening oyingdan boylar, — dedi.

U gapini tugatmasidan, faqir qizaloq dedi:

— Mening onam eng yaxshi taomlarni o‘z qo‘llari bilan bizga pishirib beradilar. Biz bilan o‘zlari shug‘ullanadilar. Kasal bo‘lsak, ustimizda tonggacha kiprik qoqmay chiqadilar. Darslarimizni mehr bilan o‘zlari qildiradilar. Ularning bizga bo‘lgan muhabbatlarini butun dunyoga almashmayman. Onam biz to‘yib bo‘lsak, keyin bizdan qolgan ovqatni yeydilar. Bizga yumshoq nonni berib, o‘zlari qotganlarini yeydilar. Bizga dori-darmon beradilar. O‘zlari bizdan kasalliklarini berkitadilar. Bizga yangi kiyimlar olib beradilar. O‘zlari yirtilib ketgan oyoq kiyimlarini yamaydilar. Kechirasan, o‘rtoq! Onam sening onangdan ancha boylar!



Dunyoda shunday narsalar borki, barcha boyliklar evaziga bo‘lsa ham sotib olib bo‘lmaydi. Pul bilan o‘lchanmaydi. Muhimi mehr - muhabbat, baxt ichida yashashni anglash kerak, bas.

Foydalar tarjimasidan

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foydali #ibratli
Barchaga katta eslatma bo'lgan inson👆.

Bugun ko'zingizni ochganingiz uchun alhamdulillah deng.

Biz bu duyoda xuddi imtihonda o'tirgandekmiz. Har lahzada imtihon varaqasi yig'ishtirib olinishi, Alloh sen uchun ajratgan vaqt tugashi mumkin. Shunday ekan, o'z imtihon varaqangga diqqat qil, birovlarning varaqasiga ko'z tashlashni bas qil.
#geçmiş_olsun

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
#Respekt
Xitoyda qimmatbaho mashina egasi yonilg'i quyilganidan keyin pulni ishchiga berish o'rniga uni yerga tashlab yuborgan. Bu esa ayolning yuragiga qattiq tekkan va yig'lagan. Ushbu video chiqqandan so'ng, Xitoyning barcha yoqilg'i quyish shaxobchalari ushbu avtomobilga yoqilg'i quymaslikka qaror qilishibdi.

P.s.: jamiyat birlashsa, katta kuch bo'ladi. Muammolar uchun ham har birimiz bir yoqadan bosh chiqarib, mas'uliyatli ekanimizni his etsak, qisqa muddatda katta o'sishga erishamiz.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
Men ko'rgan eng begunoh harakat🥺

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
Hatto mushuk ham har bir narsaning to'lovi borligini bilarkan🥺.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#ibratli_hikoyalar
SHAYTON BILAN QILINGAN
SAVDO


Kitob ko‘rgazmasida dastxat tarqatyapman. Bir beyafandi "Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q" kitobimdan oldi va ismini aytdi. "Oilali bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingizning ismi bilan birgalikda yozay", — dedim. "Oilaliman, ammo xotinimning ismi yozilishini istamayman. Bir oydan beri xafalashganmiz. Ismini kitobga yozdirib, ilk qadamni men tashlashni istamayman", — dedi.

Ilk qadamni tashlash! Hamma gap aynan mana shunda. Kibrni sindirish va odim otish. Qanchalar og‘ir botadi, to‘g‘rimi? Ilk qadamni tashlash degani aybdor ekanligini tan olishmi? Men yutqazdim, sen yutding deganimi? Yoki rad qilinish ehtimoliga qarshi himoyalanishmi?
Ayniksa, uzr so‘rash qanchalar og‘ir. Masalan, o‘sha beyafandi uzr haqida gapirgani yo‘q, uzrning mavzuga aloqasi yo‘q. "Sen bilan bunaqa yurishni istamayman" degan ma’noni beruvchi ilk qadamni tashlash ham unga og‘irlik qilyapti.
Kibr shaytonning xazinasidir. Kibrli insonlar ko‘paygan sayin shayton boyib boraveradi. Shaytonning jannatdan quvilish sababi ham kibrdir. Ko'pchilik oilalarda uyni jahannamga aylantirgan narsa ham kibr. Har ikki tomon ham narigi tomon uzr so‘rashini kutadi.
Yaqinlarimiz bilan birga o‘tkazishimiz mumkin bo‘lgan qanchadan-qancha go‘zal damlarni kibr sababli shaytonga sotamiz. Buning evaziga esa berilgan narsa bizni baxtsiz qilishdan boshqa narsaga yaramasligi aniq.
Ilk qadamni tashlash shaytonga "Yo‘q, sen bilan savdo qilishni istamayman, kibrning keragi yo‘q, sevganimni afzal ko‘raman" deyishdir.
Reklamalarda ko‘rsatishadi-ku: foydali xarid. Savdo paytida foydali bo‘lgan narsani tanlash kerak.
Yaqinlarimizni kibrimizni deb yo‘q qilmaylik. Kibr borasida menga juda yoqqan xalq hikoyasini sizlar bilan bo‘lishishni istayman.

📚"Quloq oshiq bo'larkan ko'zdan avval"

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
🌾Sen tinch, yaxshi yashashing uchun faqat ular baxtsiz yashashga-da tayyorlar. Baxtidan kechib senga baxt beruvchi yana kiming bor, ayt?!

P.s.: yig'lay oladigan joyda ko'ring.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
Allohdan uy so'ragan ayol hikoyasi🤲

Albatta ko'ring, sizning ham uyingiz yonida "daryo" bormi?

Kanalimizni yaqinlaringizga ham tavsiya qiling!
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
❗️Hech kim sizni onangizdek qadrlamaydi.

P.s.: o'zi zo'rg'a yurar holida ham sizni och qolmasligingiz haqida yagona u qayg'uradi.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
Ular bir- biridan boshqa hech kim yo'qligini bilishadi. Shuning uchun ular dushman emas, do'st bo'lishdi. Qaniydi, insonlar ham ulardek pokiza, begunoh bo‘lsalar edi.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian