Foydali ilm๐ŸŒฟ|ุนู„ู… ู†ุงูุน
112 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
๐Ÿ“ŒKanal mundarijasi:

#malumot โ€” eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt โ€” biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb โ€” ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove๐ŸŒท โ€” barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyaptiโ˜๏ธ)

#tegib_ketsin โ€” ko'ngli bo'shlar o'qimasin!๐Ÿ˜…

#hikmat โ€” buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma โ€” eslatma va qaydlar

#ibratli โ€” eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibrat โ€” ibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar โ€” hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar โ€” telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali โ€” barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar โ€” siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm โ€” she'riyat olamiga sayohat

#tabassum โ€” tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ุช" kabi yashang!

#duo โ€” o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar โ€” eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar โ€” iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar โ€” Qur'ondan 114 sura

#gรณzal_qiroat โ€” turli qorilardan go'zal qiroatlar

#hijobim โ€” obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar

#ramazonim โ€” obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari

#Cactus๐ŸŒต โ€” kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim๐Ÿฆฆ
Forwarded from Safinam
#Cactus
๐ŸŒฟInson ko'nikuvchan bo'larkan... Vaziyatlarga, holatlarga, kezi kelsa, yoqmaydigan odamlarga ham ko'nikib ketarkan. Vaqt o'tgan sari muammolar, azoblar ichida yashashga ham ko'nikarkan hatto. Yo'q, men bunday muhitda yasholmayman der ekanda, lekin majbur bo'lsa, boshqa imkon topilmasa, unga ham ko'nikarkan. Usiz qanday yashayman? deganlarisiz yashashga ham ko'nikarkan. Bilaman, sanaganlarimning bari yomon ko'nikishlar. Lekin eng yomoni nima bilasizmi? Banda bora-bora gunohlarga ham ko'nikib borarkan. Bu esa yomonlarning eng yomoni ekan...

ยฉSafina
#Cactus
Barchaga assalomu alaykum, hamma sog'-salomatmi? E'tibor bersangiz kanal ancha sustlashgan. Sababi men uchun muhim bo'lgan imtihon yaqin (DTM imtihoni emas), shuning uchun kanalga yetarlicha vaqt sarflay olmayapman va juda charchaganman shu kunlarda. Ijtimoiy tarmoqlardan biroz dam olmoqchiman, to'la-to'kis reallikda yashamoqchiman. Birozdan so'ng qaytaman.

Tunlari zo'rg'a ko'z ochib yaxshi post, ajoyib videolarga mos jumlalar yozib o'tirganim haqqi, sodiq bo'lib kutsangiz, yomg'irda shallabbo bo'lsa ham xursand bo'lib ketadigan qizning boshi osmonga yetgan bo'lardi...

ยฉSafina
#Cactus๐ŸŒต
Azobdan qochgan emas, unga tik boqqan jasurdir.

Yarangni qayta tirnaydiganlar bilan yuzma-yuz bo'lishga tayyormisan?

ยฉSafina

@ilman_nafiian |ุนู„ู… ู†ุงูุน๐ŸŒท
Foydali ilm๐ŸŒฟ|ุนู„ู… ู†ุงูุน
#ibratli #dolzarb Toสปgสปri, bu qaysidir maสผnoda kulgilidir, ammo bu biz xohlasak xohlamasakda haqiqat. Alloh bunday insonlarga hidoyat bersin ๐Ÿคฒ๐Ÿป ๐Ÿ”ปKanalga a'zo bo'ling๐Ÿ‘‡ @ilman_nafiian
#dolzarb
#tegib_ketsin eeeeeee
Hijoblisan-ku?!๐Ÿ˜

"Yozmayman, bu mavzuga aralashmayman" deganim sari shu mavzudagi gaplar, videolar juda ko'p qarshimdan chiqyapti. Ayniqsa, yuqoridagi mulohaza qilish uchun tashlangan videodagi izohlar jim o'tirishimga yo'l qo'ymadi.

Hozirgi kunda hijobli muslimalarimizga nisbatan shunchalar xalq orasida "tanqidlar" ko'payib ketganki, u "tanqidlar" o'rinli, asosli bo'lsa ham mayli edi ,lekin aksincha, islomda taqiqlanmagan ishlarni yuzga solib, "hijoblisan-ku, unday qilishing mumkin emas, bunday qilishing mumkin emas๐Ÿ˜’" kabi safsata taqiqlarni aytishyapti. Vaholangki, o'sha aytilayotgan unday-bunday ishlar hech qayerda taqiqlanmagan.

โ€” Sochingni nimaga qirqtirmoqchisan hijoblisan-ku, baribir hech kim ko'rmasa, tavbaaaa?
โ€” O'zimiz ko'rsak bo'ldi, uyda o'zimiz uchun chiroyli bo'lib yursak, maylimiiii?

โ€” Hijobliyam velosiped ucharkanmi?
โ€” Avval "Zikr ahlidan so'rang" hayatini o'qing, iltimooooos.

โ€” Zirak senga nimaga kerak hijobdasan-ku?
โ€” Uyda taqib yurmoqchimiz, agar qarshi bo'lmasangiiiiiiiiz?

"โ€” Sen jim bo'l! Sen o'rangansan-ku! Senga gapirish harom emasmi?
โ€” Shunaqami? O'zingizga ma'qul paytda "musulmonchilik ayol kishini to'rt devor orasida qoldiradi", deysizlar. Aksincha bo'lsa, "ovozing harom" deb olamga jar solasizlar. Biz qayerda ovozimiz harom, qayerda harom emasligini yaxshi bilamiz." ("Yolvoraman, xiyonat qilma" asaridan)

โ€” O'zi hamma hijoblilar shunaqa hozir โ€” hijob o'rab olib, yigitlar bilan yuradi.
โ€” Qanaqa yigit?๐Ÿ˜ณ U ukam.

โ€” Chuqur nafas olma, kulish mumkinmas-ku, sizlarga๐Ÿง

โ€” Bu dunyoda yashasak, maylimi? Nafas olish mumkindir?! ...deb hayqirgimiz keladi. Lekin qani, shunday deb ko'ring-chi, aniqki, "qo'pol, bezbet, andishasiz, tarbiyasiz, ro'moliga mos emas" degan malomatlarga qolamiz.

Asosan shunday asossiz tanqidlarni islom, satrlanish haqida hatto boshlang'ich tushunchalarga ega bo'lmaganlargina gapiradi.

Iltimos, bir narsani tushuning, sizning bunday islomda yo'q "taqiq"lariningizsiz ham satrlangan muslimalarda aynan ro'mollari tufayli yuzaga keladigan, ularning qalbini og'ritadigan muammolari:

โ€ข har daqiqa shaytonning "qara,shu qizlar kiygan kiyimlarni sen kiysang ham yarashardi. Sening ham sochlaring uzun edi, senga ham bu turmak juda go'zal turardi" degan vasvasasi;

โ€ข ro'mollari sabab ishga qabul qilmasliklari;

โ€ข o'qishdan davlat tadbirlarga borishganda "ro'molingizni orqadan o'rang, yo'qsa chiqib keting" kabi kamsitishlar (ha, haligacha davom etmoqda)

โ€ข orzuingdan voz kech, endi o'zing istagan dil kasbingda ishlolmaysan.
(Orzudan kechish nimaligini bilasizmi?!)

Nozik yelkalariga tushgan shu kabi sinovlari yetarlicha. Siz qaytanga shayton vasvasasiga qarshi kurashishda ularga yordam bering, qo'llab-quvvatlang. Bunday qilolmaysizmi? Yaxshilik qilolmasangiz, hech bo'lmasa yomonlik ham qilmang.

To'g'ri, ba'zi hijobdagi, niqobdagi, soqoldagi kishilar musulmonlar nomiga nomunosib ish qilgan bo'lishi mumkin, lekin bunda soqol yoki hijob aybdor emas. Dinda farz-vojib bo'lgan narsalarni yomon ko'rish bu narsalarga emas, sizning iymoningizga zarar qilishi mumkin.

Alloh barchamizni hidoyatga boshlasin. Ko'nglimizni keng qilsin va yaxshiliklar bilan to'ldirsin๐Ÿคฒ

#Cactus๐ŸŒต
ยฉSafina

๐Ÿ”ปKanalga a'zo bo'ling๐Ÿ‘‡
@ilman_nafiian
Foydali ilm๐ŸŒฟ|ุนู„ู… ู†ุงูุน
#ibratli #dolzarb Toสปgสปri, bu qaysidir maสผnoda kulgilidir, ammo bu biz xohlasak xohlamasakda haqiqat. Alloh bunday insonlarga hidoyat bersin ๐Ÿคฒ๐Ÿป ๐Ÿ”ปKanalga a'zo bo'ling๐Ÿ‘‡ @ilman_nafiian
#Cactus๐ŸŒต
Kommentariya yuzasidan: sizdan yuqoridagi javobni kutgandim๐Ÿ‘†. Lekin siz...

Kommentariya videoni muhokama qilishingiz, videoda keltirilgan mavzu yuzasidan fikr bildirishingiz uchun ochilgandi. U yerda ishtirok etgan qizning shaxsiy hayotini muhokama qilishingiz uchun emaaaaaas.

Profilga o'z rasmini qo'yishi, istoriya, reels โ€” umuman ijtimoiy tarmoqlarga o'z rasm, videolarini joylashi har kimning shaxsiy ishi, buni sizdan yoki kimdirdan so'rab qilmaydi va bu uchun har kim o'zi javob beradi! Sizning bu yerga yozayotganlaringiz (g'iybatlar) bilan u o'zgarib qolmaydi, o'qimaydi ham, uning o'ziga yoki shaxsiy akkauntiga yozsangiz ham boshqa gap edi.

ยฉSafina
๐Ÿ“ŒKanal mundarijasi:

#malumot โ€” eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt โ€” biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb โ€” ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove๐ŸŒท โ€” barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyaptiโ˜๏ธ)

#tegib_ketsin โ€” ko'ngli bo'shlar o'qimasin!๐Ÿ˜…

#hikmat โ€” buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma โ€” eslatma va qaydlar

#ibratli โ€” eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibrat โ€” ibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar โ€” hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar โ€” telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali โ€” barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar โ€” siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm โ€” she'riyat olamiga sayohat

#tabassum โ€” tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ุช" kabi yashang!

#duo โ€” o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar โ€” eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar โ€” iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar โ€” Qur'ondan 114 sura

#gรณzal_qiroat โ€” turli qorilardan go'zal qiroatlar

#hijobim โ€” obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar

#ramazonim โ€” obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari

#Cactus๐ŸŒต โ€” kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim๐Ÿฆฆ
#Cactus๐ŸŒต
Barchaga Assalomu alaykum. Sog'-omonmisiz?

Bilaman, kanalchamiz ozgina sustlashib qoldi. Unda biroz muddat sukunat hukm surdi. Buni esa ba'zi sabablari bor (anglaganingizdek, u sabablar ommaga aytiladigan sabablar emas๐Ÿ˜‰). Inson ba'zida qilayotgan ishlaridan charchab, zerikib qoladi, go'yo qilayotganlari ma'nosizdek, maqsadsizdek tuyuladi, fikrlari chalkashib ketadi. Bunday paytda inson miyasi, qalbi biroz dam olib, fikrlarini tartiblab olishi zarur, bunga esa tabiiyki vaqt kerak bo'ladi.

Endi ishonib ayta olamanki, sahifa yana-da foydali, barakali, o'z nomiga mos tarzda faoliyatini davom ettiradi.

Har kuni ko'pchilik tark etgandir๐Ÿซฃ deb mo'ralasam, hamma o'z joyida qolgan bo'ladi. Menimcha, barcha saralanganlar qoldi o'zi๐Ÿ‘๐Ÿ˜Œ

โœSafina (o'sha-o'sha men๐Ÿ˜„)
Foydali ilm๐ŸŒฟ|ุนู„ู… ู†ุงูุน
#foydali #hikmat ุฑูŽุถููŠูŽ ุงู„ู„ูŽู‘ู‡ู ุนูŽู†ู’ู‡ูู…ู’ ูˆูŽุฑูŽุถููˆุง ุนูŽู†ู’ู‡ู ุฃูŽูˆูŽู„ูŽูŠู’ูƒูŽ ุญูุฒู’ุจู ุงู„ู„ูŽู‘ู‡ู } โ€œAlloh ulardan rozi boโ€˜lur va ular ham (Allohdan) rozi boโ€˜lurlar. Aynan oโ€˜shalar Allohning hizbidirlar" (Mujo dala surasi, 22-oyat). Boshiga balo kelgan odamlarni Allohdanโ€ฆ
Qayta-qayta o'qib, tafakkur qilishga arzigulik gaplar๐Ÿ‘†

Tan olishimiz kerak, goho taqdirning bizga bergan azoblarini, sinovlarini, biz uchun noxush voqeliklarni qabul qilishimiz qiyin bo'ladi. Boshimizda "Nega"lar ko'payib ketib, hech bu savolga javob topolmaymiz.

Azoblar esa
1. Uni butkul, to'lig'icha, suyaklaringiz ichidagi iligigacha his qilib;
2. Taqdirni boricha qabul qilib;
3. O'zingizga kerakli xulosani chiqarib;
4. O'tmishni orqaga tashlaganingizda yakunlanadi.


#Cactus
โœSafina
#Cactus๐ŸŒต
#tegib_ketsin
Ha deb kanaliga sensizman, sen bilan uni qilamiz, buni qilamiz, seni kutyapman, bu kitobni sen uchun o'qimay turibman, men uchun o'zingni asra, sensiz qiynalyapman yana bla, bla, bla ... gaplarni yozadigan kanallarni yoqtirmayman.

Birinchidan, kelajakda U bilan nimalar qilishingizni kimdir bilishi shart emas!

Ikkinchidan, ruhingizga savol bering, haqiqatan oila qurishga tayyormisiz? Sababi oila faqat birga Qur'on o'qish, tinglash, birga namoz o'qish, tahajjudga bir-birini uyg'otishdan iborat emas! Oilani xursandchiligi bilan birga qiyinchiligi ham bor. Hayot har daqiqada o'z to'plarini tayyorlab turadi, payt bo'lishi bilan otadi. Siz uni sinov deb qabul qilasiz. Hozir o'zingizni boqolmay, qanday yana bir kishining moddiyatini ko'tarolasiz, YPX ga tushganda otangizga telefon qilasiz-ku, yana qanday boshqaning muammosini hal qilolasiz?!

Uchinchidan, boshida aytilgan postlarni o'qib, qo'llab-quvvatlab, tarqatib, shunaqa postlar ko'payishiga xizmat qiluvchilarni ham yoqlamayman. Saviyasiz postlar ko'payishiga sabab bo'lasiz, xolos. Bunday postlar faqat shunday darajadagi odamlarga yoqadi, o'qib maza qiladi.
Saviyali, kengroq fikrlaydigan odam sizni bu gaplaringizni o'qib aniqki, xayolida yaxshi odam gavdalanmaydi. Yozayotganingizga e'tiborli bo'ling. Fikrlashingizga ham.

O'sha siz istayotgan u odamsiz ham yolg'iz o'zingiz ayni paytda baxtli bo'lolasiz. Barcha ishlarni yolg'iz bajarib ham zavqlanolasiz (badminton o'ynashdan tashqari๐Ÿ˜. Uniyam do'stingiz bilan o'ynasangiz bo'ladi๐Ÿค).
Har doim qiziq odam bo'ling, yangi qirralaringizni ochishdan to'xtamang, ishoning, hali ochilmagan talantlaringiz juda ko'p. Yolg'iz holda baxtli bo'la olishni biling. Hozir siz o'zingiz bilan o'zingiz zerikyapsizmi, qanday qilib u odam zerikmasin. Siz o'zingiz uchun qiziq bo'lmagan holingizda qanday qilib boshqa odam sizga qiziqsin.

Unutmang, qachonki yolg'izlikda baxtli bo'lolsangiz, boshqa inson bilan ham baxtni his qilolasiz, his qildirolasiz.

โœSafina

๐Ÿ”ปKanalga a'zo bo'ling๐Ÿ‘‡
@ilman_nafiian
#Cactus๐ŸŒต
Men shu yerdaman. Qaytdim.

Kanal deyarli 8 oydirki o'z faoliyatini to'xtatgan. Sizni kanalda nima ushlab qoldi? Qanday qilib bunchalik sodiq bo'lish mumkin๐Ÿ™ˆ๐Ÿฅน?!