IBRATLI UMRLAR
808 subscribers
657 photos
636 videos
1.58K links
Va Eslating! Albatta, eslatish moʻminlarga manfaat berur. (Zoriyat surasi, 55)

Ma‘ruzalar to‘plami 👉 @ibratli_umrlar_media_bot

❗️Diniy savollarga javob berilmaydi

Reklama: @reklamaa_narxlari

®️ Kanaldan ma‘lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart
Download Telegram
Ahmad Lutfiy hozirgi zamon adibi, tarixchi olim. Biz eʼtiboringizga havola etayotgai “Intizor kutilgan tong” qissasi Saodat asridan hikoya qiluvchi olti jildli asarning birinchi kitobidir. Kitob toʻla holida Janobi Paygʻambarimiz alayhissalomning tugʻilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini kamrab oladi. Xuddi shu mavzuga bagʻishlangan boshqa asarlardan farqi muallif aniq tarixiy voqeahodisalarni oʻziga xos badiiy yoʼsinda aks ettirganidir. Natijada u gʻoyat oʻqishli chiqqan. Bu kitoblarning mashhur boʻlib ketganini shundan ham bilsa boʻladiki, asar toʻrt marta nashr kilingandir. Inshaalloh, sizlarga ham yoqadi, degan umiddamiz.

Ⓜ️anba ➤ @ibratli_umrlar
Kanalga ulanish👇
https://t.me/joinchat/RCmKGHZ_fA0yYWI6
MUALLIFDAN
Saodat yoʼlining eng ulugʻ va eng soʻnggi rahbari, Olloh taoloning eng sevgili quli va elchisi hazrati Muxammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) janoblarining goʻzal, barkamol, oʻrnakli hayotlarini butun borligʻicha aynan tasvirlash, as'hobining unga nisbatan muxabbatini, vafodorlik tuygʻularini mukammal koʻrsatish, dushmanlarining kin va hasadga toʻla xatti-harakatlarini toʻlasicha ifodalab berish, fikrimizcha, hech bir insonning qoʻlidan kelmaydi. Masalan, Abu Bakr hazratlarining Janobi Rasulullohga (s.a.v.) boʻlgan mehr-muhabbati, Abu Jahldagi kin va hasad ummon kabi cheksiz chegarasizdir. Hozirga qadar aytilgan gaplar ham, aytilajak gaplar xam shu ummondan bir necha qatradir, xolos.
Yuz yillarcha davom etgan tussiz, masʼuliyatsiz hayot, bu hayot ichidagi yaxshi-yomon, ibrat olish mumkin boʻlgan eʼtiqod, axloq, odat va anʼanalar... undan keyin ilohiy amr xilpiratgan Tavxid sanjogʻi va haq bilan botil orasida yuzaga kelgan buyuk kurash...
Qoʻlingizdagi kitobning birinchi boʻlimi Sarvari anbiyo janoblariniig (s.a.v.) tugʻilishdan to nubuvvat vazifasini olgunga kadar kechgan xayotlarini va oʻshandagi johiliyat davrini aks ettiradi. Undan keyingi — nubuvvat va risolat vazifasini olgandan to Parvardigoriga qovushgunlariga kadar oʻtgan vaqt “Saodat davri” deyiladi. “Oydinliklar sari” deb nomlangan ikkinchi boʻlim shu davrning ilk pallalaridan hikoya kiladi.
Oʻylaymizki, ushbu kitobni oʻqiganlar orasidan “Paygʻambarimizni yanada yaqindan tanidim, yanada koʻproq sevadigan boʻldim”, deydigan biror inson chiqar va xuzuri iloxiyda ham shunday shohidlik berar. Ana shunda bu kitobdan kutilgan natija mukofotga erishgan boʻlamiz.
Asarning bu jildida paygʻambarlik vazifasi kelgunga qadar Rasulullohning muborak
ismi shariflariga “sollallohu alayhi vasallam” salovoti qoʻshilmagan. Biroq buni Rasuli Akramga nisbatan xurmatsizlik deb tushunmaslik kerak. Kitobda qoʻldan kelganicha hurmatga rioya qilingan.
Bugun ham marqadi muboraklarida samimiyat ila salotu salom aytganlarga shaʼnlariga yarashadigan darajada muomala qilishlariga ishonganimiz Rasulullohga (s.a.v.) abadiyatlar qadar va olingan nafaslar sonicha salotu salomlar aytamiz.
Olloh taolo sari eltuvchi yagona saodat va hidoyat yoʼli bor, u ham boʻlsa, naygʻambarimiz (s.a.v.) koʻrsatgan yoʼldir. Insoniyat erisha oladigan eng yuksak axloq qanday boʻlishi lozimligini paygʻambarimiz (s.a.v.) shaxsan yashab koʻrsatganlar. Bundan boshqa yoʼl qidirgan kimsa badbaxt boʻlur. Uni kamsitgan kishi dunyo va oxiratda xoru zor boʻlur. Unga qarshi chiqqanlar alaloqibat baloqazoga giriftor boʻlur.
U zotga boʻlgan sevgi — ibodat, u zotning sharafli ismlarini zikr etish — saodat, u kishining shafoatlaridan mahrum qolish — falokatdir. U zoti sharifga, u zotning yoʼllaridan yurganlarga, u zotga xos ummat boʻlishga gʻayrat qilayotganlarga salomlar boʻlsin.
“Inson sevgani bilan birgadir” hadisi xabar bergan saodatga erishganlarga salom...
“Bugun bir soatgina Rasulullohni uyimda mehmon qilsam, qanday baxtiyor boʻlardim!”
“Doʻkonimga borayotganimda, oldimda paygʻambarimiz yurib borayotganlarini koʻrsam, men oʻzim qanday yurgan boʻlardim?”
“Men qatnashayotgan majlisda Nabiyi Akram janoblari (s.a.v.) ham oʻtirgan boʻlsalar, men oʻzimni qanday tutardim?”
“Janobi Rasululloh yashagan Saodat davrida yashaganimda, u zotga hurmatim qanday boʻlardi?” kabi hayajonli savollarni oʻziga bera oluvchi va bularni aziz umrida tadbiq qilish fursatini topguvchi, yotarda u kishining sevgisi yodi bilan uyquga ketguvchi, uygʻonganida u zotning gul boʻylarini hidlash fikri ila turadigan moʻminlarga salomlar boʻlsin...
Tilim seni soʻylasin, qalbim doim seni eslasin, Sevgingga toʻqnashmagan qalb koʻksimda boʻlmasin. Mushk taratgan tuprogingga yuzlarimni surmasam, Isyon ila chirigan koʻzlarim yumulmasin.

Ⓜ️anba ➤ @ibratli_umrlar
Kanalga ulanish👇
https://t.me/joinchat/RCmKGHZ_fA0yYWI6
Бир ҳакимга: «Нега одам бировларнинг айбини кўрганчалик ўзининг айбларини кўра олмайди?» дейишди. «Чунки инсон ўзига ошиқдир, ошиқ эса маъшуқининг айбини кўрмайди», деб жавоб берди.
Аллоҳ таоло сен ҳақингда билган нарсаларни Агар отанг билса ўлсанг ҳам ҳафа бўлмас эди.
Аёлинг билса эди сендан талоғини сўрарди.
Шунда ҳам...
Ёмонлик қилдим, адашдим Парвардигор деб тавба қилиб келсанг Аллоҳ сени кечириб юборади.
Аллоҳ шу қадар меҳрибон ва раҳмлидир!
Жунайд Бағдодий ҳазратлари денгиз соҳилида кезар эканлар, бир мажусий кўпгина ем-озуқа олиб, денгизга, балиқларга ташларди. Буни кўрган Жунайд ҳазратлари:
— Нима қилганинг бу? — дедилар.
— Савоб умидида балиқларга ем ташлаяпман.
— Сен мусулмон эмассан-ку, қанақа савоб ҳақида гапиряпсан? Савобдан умид қилиш учун, аввало Аллоҳга иймон келтиришинг керак.
— Хўп майли, унда айт-чи, сен айтаётганинг Аллоҳ менинг балиқларга ем ташлаётганимни кўряптими?
— Албатта, Унинг кўрмайдиган, билмайдиган нарсаси йўқдир.
— Шу менга етади.
Орадан 4-5 йил ўтди. Жунайд ҳазратлари Ҳаж ибодати учун Маккага кетдилар. Каъбани тавоф қилиб турар эканлар, рўпараларида балиқларга ем ташлаган мажусий ҳам тавоф қиларди. Ҳазрати Жунайд:
— Бу ерда сени нима ишинг бор?
— У (Аллоҳ) мени кўрди.
— Қандай кўрди?
— Сен кетганингдан сўнг, ичимда бир ёруғлик, нур порлади. Қарасам, ҳамма балиқлар оғзини очиб, шаҳодат калимасини айтяпти. Мен ҳам балиқларга қўшилиб, шаҳодат калимасини айтдим. Сенинг Роббинг мени кўрди. У кўргани учун мен шу ердаман. Сенга бир насиҳатим бор: яхшилик қил, денгизга от — балиқ билар, балиқ билмаса — Холиқ билар.

Қил яхшилик ташла дарёга,
Билса балиқ билмаса Холиқ !
Одамларнинг кўпчилиги фақр ва мискинлик гирдобида қолиши, кетма-кет келаётган аввалгию ҳозирги ҳукуматларнинг асосий мақсадидир. Зеро халқни очликда ушлаш зулм ва зулумот сиёсатини тутганларнинг асосий таянчидир. Шарқда фақирликнинг кенг тарқаши шундан.

Дин кишилари ушбу ҳолатни қабул қилиши ва оқлаши учун одамларни бунга мажбурламоқдалар.

Диннинг бу маънога боғлиқ таълимотларини нотўғри тафсир қилмоқдалар. Шу туфайли одамлар ҳуқуқ ва ҳаётларини унутмоқдалар.

Дунё ва охиратларини танимаяптилар. Дунёдаги фақирликни охиратдаги бойликлари учун йўл деб ўйламоқдалар.

Шайх Муҳаммад Ғаззолийнинг "Ислом ва иқтисодий тартиботлар" китобидан
KAʼBA YIQILADIMI?

Fil va Abobil qushlari


Erta tongdan beri anchagina yoʻl yurib qoʻygan lashkarga haroratning oshishi tufayli istirohat berildi. Otlar, tuyalar qoʻyib yuborildi. Ulovi yoʻq—yayovlar toʻxtagan joylariga choʻkib qoʻya qoldilar.

Atrofda bironta ham tikkaygan daraxt yoxud yashillik koʻrinmas edi. Uzanib yotgan qum sahrosi ora-sira uchraydigan kichik tepachalari bilan goh balandlashib, goh iastlashib davom etardi.

Fevral oyi oxirlab borayotgan edi. Biroq Arabiston yarim orolida bu oylar ham yozdagidek issiq boʻlishi haqiqatdir.

Meshlardagi suv qon kabi iliq. Bunday havoda hech kim iliq suv ichishni istamaydi. Ammo, nachora, ichmaslikdan boshqa chora ham yoʻq edi.

Askarlarning baʼzilari choʻktirilgan tuyalarga suyanib, baʼzilari belbogʻlarini qumga yoyib, ustida uxlab qolishgan. Istirohat berilgandan keyin uygʻoq biror kimsa qolmagan hisob. —Tur oʻrningdan, ogʻayni.

—Tinchlikmi?

—Turganingdan keyin bilasan.

Askar istamay oʻrnidan turdi. Oʻziga qolsaku, yana soatlarcha shirin uyqusini davom ettirgan boʻlardi. Uzun-uzun esnadi.

—Bu yoʻl qachon tugaydi, ogʻayni?

—Qayerdan bilay? Abu Rigʻoldan soʻra.

—Sabrim tugadi...

—Mening ham jonimga tegdi.

Shu payt yurishga buyruq berildi. Lashkar ortidan chang-toʻzon qoldirib, Makka tomon siljiy boshladi. Lashkar orasida tarqatilgan gaplarga koʻra, yana ikki kundan keyin Makkaga yetib borilishi kerak. Abu Rigʻol bu oqshom Mugʻammisga borilajagini, u yerdan esa, Makkaga ikki qadamlik yoʻl qolishini soʻzlardi.

Qorongʻu tushguncha davom etgan bugungi yurish “Toʻxta!” amri bilan nihoya topdi. Yuklar tushirildi. Chodirlar tikildi.

Abraha xizmatchisini yuborib, Abu Rigʻolni chaqirtirdi. Abu Rigʻol Abrahaning huzuriga kirib, yerni oʻpdi.

—Bu joyning nomi nima?

—Sultonim, bu joyni Mugʻammis deyishadi.

—Makkaga hali uzoqmi?

— Yetib keldik deb hisoblayvering. Baqirsangiz, ovozingiz yetadi.

— Bir kunda yetib bora olamizmi?

— Bir kunga bormas, yetib keldik hisobi, sultonim. Abrahannng yuzida mamnunlik alomatlari paydo boʻldi. Xizmatchisiga:

— Bu yerda bir necha kun qolamiz. Taxtim qurilsin!— dedi.

Abu Rigʻolga ketishga izn berdida, dam olish uchun toʻshagiga choʻzildi.

Nihoyat, ulugʻ orzusi amalga oshadigan payt yetib kelgan edi. Haftalab yurilgan yoʻllar axiyri poyoniga yetgan, chskilgan mashaqqatlarning mukofotini olish soatlari yaqinlashgan edi. Yotogʻida shunday totli xayollar ogʻushida orom olarkan, shod-xurramlik bilan uyquga hozirlandi.
Abu Rigʻol Toif shahridan edi. Makkadagi muborak Baytni — Kaʼbani buzish uchun kelgan Abraha lashkari Toifga xujum qilmoqchi boʻlib turganida, bu shaharning oqsoqollaridan Masʼud ibn Muattib boshchiligida bir hayʼat uning qarshisigachiqdi:
— Ey Malik, sen vayron qilmoqchi boʻlgan Bayt Toifda emas, Makkada. Bizning senga qarshi urushadigan kuchimiz yoʻq. Agar Toifga hujum qilmasang, seni Makkaga eng qisqa yoʻl bilan olib boradigan yetakchi beramiz, — dedi toifliklar.
Abrahaga bu taklif xush yokdi. Uning maqsadi ham urushish emasdi. Balki Sanʼo shahrida oʻzi qurgan kalisoga raqib boʻlgan va arablar tomonidan eʼzozlab kelingan Kaʼbani buzish hamda Makka xalqining muhabbatini kalisoga qaratish edi. Shu sababli toifliklarning taklifini qabul qildi. Toifliklar yoʻl koʻrsatuvchilikka Abu Rigʻolni berdilar.
Abu Rigʻol Toif — Makka yoʻlini besh barmogʻidek yaxshi bilardi. Koʻp karvonlarga yoʻl koʻrsatuvchilik qilgan edi. Bu safar esa, Kaʼbani buzish uchun ketayotgan lashkarga yoʻl koʻrsatishiga toʻgʻri keldi...
Ajabo, bu xizmati evaziga nima berar ekanlar? Xizmat haqi masalasida hali kelishilmagan edi. Haqini Abraha berarmikan yoki toifliklarmi?.. Tugashiga bir kun qolgan bu safardan yaxshigina daromad olishni umid qilardi u.
Balki bir eng zotdor tuyaning sohibi boʻlar. Oltmish ming kishilik lashkarga yoʻl koʻrsatuvchilik qilish chakana xizmat emasdir axir!..
Ammo... bu ne hol? Abu Rigʻolni toʻsatdan chidab boʻlmas bir tutqanoq tutdi. Ikki daqiqa mobaynida ichichidan kelgan kuchli ogʻriq uni tipirchilatib qoʻydi va, nihoyat, oʻtib ketdi. Bu ogʻriq yana bir bor roʻy bsrsa, Abu Rigʻol bardosh bsrolmasdi.
Turdi, oʻngu soʻlga yurdi. Lashkar safida kelgan Mahmud ismli oʻrgatilgan bahaybat filning yoniga bordi. Ulugʻ hayvon hisoblangan bon1qa fillar bu haybatli filning oldida bolachasidek kichik koʻrinar edi. Abraha Kaʼbani mana shu bahaybat filga buzdirmoqchi edi.
Abu Rigʻol bir necha daqiqa bu filni tomosha qildi. Bir parcha ham bulut koʻrinmagan osmonga boqdi. Samodagi behisob yulduzlar unga tanish koʻrindi. Yillar davomida karvonlarga yoʻl koʻrsatuvchilik etgan Abu Rigʻol bu yulduzlarga qarab yurar, u yurgan yoʻllarni kschalari ana shu yulduzlar yoritib turar edi.
U yana yurdi, chodirga kirdi, oʻtirdi. Qoʻqqisdan tagʻin ichi sanchdi. Abu Rigʻolning vujudi shu darajada azob berib ogʻridiki, tirnoqlari bilan beixtiyor tuproqni changallab qoldi. Qinidan chiqib ketgudek boʻlgan koʻzlari, burigagan basharasi, tishlarining orasida qisilib qolgan tilini koʻrgan odam qoʻrqib ketgan boʻlardi. Abu Rigʻol yerda yumalab, tipirchilardi. Boʻgʻzidan oʻqtinoʻqtin chiqqan boʻgʻiq ingrashlarni uxlab yotganlarning birontasi eshitmadi. Besh daqiqalar chamasi vaqt oʻtgach, Abu Rigʻolning harakatlari sekinlashdi va, nihoyat, vujudi harakatsiz, tinchib qoldi.
Audio
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertalab uygʻongach, yurish taraddudini koʻrar ekanlar, lashkarga eʼlon eshittirildi. Abraha bir kunlik istirohat bergan edi. Sabab — Kaʼbaga yaqinlashib qolganliklari boʻldi. Yaxshilab dam olingach, soʻngra Kaʼbaga hujum qilinishi bildirildi. Oʻrnidan turganlar yana takror yotdilar. Toza havodan simirib, hamrohlar oʻzaro suhbatga berildilar.
Abu Rigʻolning nonushtasini keltirgan odam uning hali ham oʻrnidan turmaganini koʻrdi. U yuztuban yotar, qoʻli nariroqdagi bir narsani olmoqchi boʻlgandek uzalgan edi. Kelgan odam uni uygʻotmoqchi boʻldi:
— Oʻlganmisan nima balo, tur, ey Abu Rigʻol!
Abu Rigʻolning tanasi qimirlamasdi. Askar xayron boʻldi. Soʻngra baqira ketdi: — Oʻlibdi, oʻlibdi!
— Kim oʻlibdi?
— Abu Rigʻol oʻlibdi, — deya titrardi haligi askar. Bir soat ichida oltmish ming kishilik butun lashkar bu noxush xabardan voqif boʻldi.
Abraha nonushtasini bitirgach, xizmatkori uning qulogʻigapichirladi:
— Nima, Abu Rigʻol oʻlibdimi? Abraha ishonmadi:
— Aljirama, kechgacha oldimda ediku?!
— Sultonim, oʻlganligi aniq.
— Borib oʻzing koʻrib kelchi. Boʻlar-boʻlmas mish-mishlarga ishonaverasanmi? Xizmatchi chikdi. Qaytib kelib, birgina soʻz aytdi:
— Oʻlibdi.
Abraha “boʻlishi mumkin” degandek, boshini qimirlatdi va:
Zotan, biz ham qariyb Makkaga keldik. Soʻngra buyurdi: — Chuqur qazib, oʻlikni koʻminglar!
Abraha filbon Asvad ibn Maqsudni chaqirib, unga bir necha suvoriy berdi va Makkaga joʻnatdi. Asvad Makka tomonga borib, u atrofdagi tuyalarni haydab keltirdi. Bu tuyalar orasida Makka raisi Abdulmuttalibning ikki yuz tuyasi ham bor edi.
Makka xalqi Mugʻammisda toʻxtagan katta lashkarning dahshatidan oʻzini yoʻqotib koʻydi. Shahar kattalari Abdulmuttalib raisligida “Dorunnadva” deb ataladigan joyda majlislarini oʻtkazdilar. Bu qadar katta lashkarga qarshi urushmoq oʻlim bilan barobardir, dedilar. Abdulmuttalib yigʻilgan maʼlumotlarni majlis aʼzolariga yetkazdi. Majlis aʼzolari lashkar qoʻmondoni bilan uchrashishga qaror qildilar.
Shu orada “Dorunnadva”ga Abrahaning elchisi keltirildi.
— Makka raisi kim, men u bilan koʻrishmoqchiman,— dedi elchi.
Yigʻilganlar Abdulmuttalibga qaradilar. Elchi unga: Yaman hukmdori Abraha sen bilan koʻrishmoqchi, — dedi.
— Maqsadi nima?
— Hukmdor: “Men sizlar bilan urush qilgani kelganim yoʻq. Faqatgina shu Baytni buzmoq uchun keldim. Agar bizga qarshi chiqmasalaringiz, men ham qonlaringizni toʻkmayman”, deyaptilar.
Abdulmuttalib qarorni aytdi:
—Bizning ham sizlar bilan jang qilish niyatimiz yoʻq. Kuchimiz ham yetmaydi. Urushish uchun sabab ham yoʻq.
— Unday boʻlsa, hukmdorim seni kutmokda.
— Qani, boshla.
Abdulmuttalib yoniga ikki oʻgʻlini olib, habash lashkari tomon yoʻl oldi.
Abdulmuttalib Abrahaning chodiriga kirdi.
Abraha umrida bunday odamni koʻrmagan edi: Abdulmuttalib uzun boʻyli, gʻoyat xushfeʼl, yuzidan nur yogʻilib turardi. Podshoh birdan yuragining tez ura boshlaganini his etdi. Bu odamga oddiy kishilar bilan gaplashgandek muomala qila olmasdi. Taxtidan tushdi. Yerga oʻtirdi. Abdulmuttalibni yoniga oʻtqazdi. Tarjimon vositasida soʻradi:
— Mendan nima istaysan?
— Odamlaring olib ketgan ikki yuz tuyam qaytarib berilishini istayman.
Abraha bu javobdan hayron qoldi. Yana bir bor Abdulmuttalibga boshdanoyoq razm soldi. Biror kamchilik topolmadi. Eshitgan soʻzlari 6u insonning soʻzlari ekanligiga ishonmadi. Oʻrtani sukunat qopladi. Abraha, boshi egik, oʻylanib qoldi. Keyin tarjimonga bir narsalar deya pichirladi. Tarjimon Abdulmuttalibga:
— Seni koʻrib haybatingdan titrab ketdim. Naqadar viqorli, ulugʻ odamning roʻparasida turganimni tushundim. Ammo soʻzlaringni eshitib, fikrim oʻzgardi. Bir necha tuyangni qaytarib berishimni soʻrading. Holbuki, men sen va ota-bobolaring muqaddas deb kelgan Baytni buzish uchun keldim. Sen bu Baytni buzmasligimni soʻraysan, deb oʻylagan edim.
Abdulmuttalib gʻoyat sokinlik ila:
— Men tuyalarimning egasiman. Baytning esa, egasi bor, u oʻzi koʻriqlab oladi, — deya javob qildi.
Abraxa bu soʻzdan hayratlandi:
— Hech kim meni bu qarorimdan qaytarolmaydi. Sen ham, Baytning sohibi ham...
Soʻngra yonidagilarga:
— Bu odamga tuyalarini qaytarib bsringlar, — dedi. Abdulmuttalib chodirdan chiqib ketdi. Abraha hayratlar ichida qoldi. Bu odamning soʻzlari hech ham oddiy soʻzlar emas edi. Hatto Abdulmuttalib bu safar koʻziga yana ham haybatliroq koʻrindi. Uning nazarida, bu odamni mensimaslikning sira iloji yoʻq; uni mensimaslikka harakat qilganlarning obroʻyi toʻkilar edi.
Abdulmuttalibning kelishidan koʻra ketishi ulugʻvor boʻldi. Haqiqatan ham bu dasht odami togʻda boʻriyu qushlarni ozuqlantiradi deganlari rost ekan, deb taʼsirlandi Abraha.
Abraha unga “Hech kim meni bu qarorimdan qaytara olmaydi”, der ekan, Abdulmuttalibning soʻzlari uygʻotgan tahlikani bildirmaslikka harakat qildi. Katta lashkari va bahaybat fili bor edi uning. Buyuk Arabiston yurtida unga qarshi chiqib: “Menman sen bilan urushadigan!” deyishga jurʼat etadigan bir mard topilmas edi. Bu oʻylar tufayli gʻazabi kelgan Abraha lashkariga bergan istirohat muddatini qisqartirib, erta tongdanoq Makkaga yurishni amr qildi.
Abdulmuttalib tuyalarini yetaklab Makkaga kirib bordi. Makka xalqiga Abrahaning misli koʻrilmagan lashkari haqida maʼlumot berdi va hammaga shaharni tark etib, togʻlarga chiqib ketishni buyurdi.
Soʻngra Qurayshning kayvonilari bilan birga Kaʼbaning yoniga kelib, Bayt eshigining halqasini tutdi. Koʻzlaridan oqayotgan yoshlar soqolidan tushib, koʻksiga tomchilar edi. Ollohga yukinib, mahzun sas ila duo etdi:
— Ollohim, bandang oʻz ashyoroʻzgʻorini qoʻriqlashga intiladi. Sen ham oʻz mulking — Baytingni qoʻriqla. Ularning xochlari, kuchquvvatlari sening qudrating ustidan aslo gʻolib kelolmaydi. Agar ularning xohishi boʻyicha bizni ular bilan qiblamiz oldida yolgʻiz tashlab qoʻysang, bu ham sening ishingdir.
Abdulmuttalib shu soʻzlarni aytar ekan, yonidagilar hayajon ichida “Omin” dedilar. Koʻngillardan chiqayotgan niyozlar oliy dargohga yuksalar, butun Makka xalqi Abu Kubays tepalarida qoʻl ochib, bu duolarga joʻr boʻlishar edi.
Keyin yuzta tuya keltirilib, qurbonlik uchun nishon urildi va Kaʼbaning yoniga koʻyib ketildi. Kaʼbaga hujum qilganlar bu hayvonlarni soʻyib yesalar, bu nohak harakatlari uchun Olloh ulardan intiqom oladi, degan tushuncha bilan shu ish qilindi.
Abdulmuttalib va sheriklari Kaʼbani asl sohibga omonat etib topshirgach, togʻlarga qarab ketdilar va dushmanning shaharga kelishini poylay boshladilar.
✍️ قال عمر بن عبد العزيز رحمه الله:

(‏( أصلحوا آخرتكم تصلح لكم دنياكم ))

✍️ وقال أيضاً :
(( أصلحوا سرائركم تصلح لكم علانيتكم ))

📚 ‏حلية الأولياء (5/266)

Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh aytadilar:"Oxiratingizni isloh qiling, dunyoyingiz ham isloh boʻladi".

U kishi yana aytadilar:"Ichingizni isloh qiling, tashingiz isloh boʻladi".