Huquqiy axborot | Lotin
6.12K subscribers
3.62K photos
201 videos
2 files
7.8K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Saylov_2019
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinadi.

Nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin 5 kunlik muddatda roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabar nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, shuningdek uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya koʻrsatilgan holda eʼlon qilinadi.

Shunga koʻra, Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 15-noyabrdagi 984-son qarori qabul qilinib, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar roʻyxati eʼlon qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Saylovoldi tashviqotlariga start berildi

Bugundan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha siyosiy partiyalarning va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi.

Eslatib oʻtamiz, Saylov kodeksining 44-moddasiga muvofiq, saylovoldi tashviqoti nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

SAYLOVOLDI TASHVIQOTIGA DOIR MUHIM MASALALAR

Saylovoldi tashviqoti nima?

Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.

Tashviqot qachondan boshlanadi va qachon tugaydi?

Saylovoldi tashviqoti nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan boshlanadi.

Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tashviqot vaqtida nimalar taqiqlanadi?

Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi.

Tashviqot qanday shakl va usullarda olib boriladi?

Tashviqot omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yigʻilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.

Tashviqot:
👉 ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻi orqali;
👉 bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
👉 saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Tashviqot ishlari olib borishda Saylov kodeksida taqiqlanmagan boshqa usullardan ham foydalanish mumkin.

Saylovoldi tashviqotida imkoniyatlar tengligi qanday tartibda taʼminlanadi?

Tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hajmiga koʻra bir xil boʻlgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yoʻli bilan teng sharoitlar taʼminlanadi.

Davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq toʻlash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil boʻlishi kerak.

Tashviqot materiallari uchun qanday talablar bor?

Tashviqot materiallari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.

Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida:
👉 tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa maʼlumotlar;
👉 tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
👉 tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar qanday tashkil etilishi kerak?

Saylovchilar bilan uchrashuvlarni oʻtkazish joyi va vaqti haqida okrug yoki uchastka komissiyasiga maʼlum qilinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.

Tegishli tashkilotlar uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishi shart.

Bir nomzod boshqa bir nomzod tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkinmi?

Ha mumkin. Nomzod yoki uning ishonchli vakili boshqa nomzod yoki uning ishonchli vakili bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yoxud boshqa nomzod tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.

Tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibi nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili yoki mansabdor shaxs tomonidan buzilishi 1 mln 561 ming soʻmdan 2 mln 230 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

Eslatma: tashviqot davomida notoʻgʻri axborotni, shuningdek nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod 10 nafarga qadar, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod 5 nafarga qadar, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod 3 nafarga qadar ishonchli vakilga ega boʻlishga haqli.

Ishonchli vakillar nomzodga:
👉 saylov kampaniyasini oʻtkazishda yordam beradi;
👉 saylash uchun tashviqot olib boradi;
👉 davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan boʻladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Deputatlikka nomzod saylovga qadar oʻz ishonchli vakilini tegishli saylov komissiyasiga maʼlum qilgan holda istalgan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin.

Ishonchli vakil istalgan vaqtda oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.

Ishonchli vakil saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylovoldi tashviqoti saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.

Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi.

Notoʻgʻri axborotni, shuningdek nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.

Ushbu kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.

Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
👉 saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
👉 nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
👉 saylov uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
👉 ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir boʻlish;
👉 saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish;
👉 agar tegishli saylov uchastkasida Saylov kodeksining talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida tegishli saylov komissiyasiga maʼlum qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Kuzatuvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

👉 saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;

👉 fuqarolarga taʼsir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;

👉 saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;

👉 saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashga, ularni ochishga, ovozlarni sanab chiqishga aralashish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirish, mansabdor shaxslarga 2 230 000 soʻmdan 3 345 000 soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylov kodeksiga koʻra, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.

Saylovchilar roʻyxatlari Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakllantirish boʻyicha axborot tizimi maʼlumotlari asosida tuziladi.

Shunga koʻra, Markaziy saylov komissiyasining “Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidan foydalanishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-dekabrdagi № 994-son qarori qabul qilindi.

Qarorda saylovchining qaysi saylov uchastkasi boʻyicha (doimiy yoki vaqtincha propiska (hisobda turish) joyi boʻyicha) saylovchilar roʻyxatiga kiritilishini aniqlash tartibi belgilandi.

Qarorga koʻra, saylovchi yashab turgan joyi boʻyicha propiskada turmaganda, vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi va ovoz berishi mumkin.

Bunda saylovchi yashab turgan joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha roʻyxatga kiritilishi uchun shu hududdagi uchastka saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolgunga qadar (19-dekabrgacha) murojaat qilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin