Huquqiy axborot | Lotin
6.29K subscribers
3.2K photos
142 videos
2 files
6.98K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini ko'p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni ta'mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etilgan.

🏫 Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherik tomonidan ushbu binoning mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo'yicha garovga qo'yilishiga oid cheklovlar bekor qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, quyidagilar taqiqlanadi:

🔹energetik ichimliklar namunalarini voyaga yetmaganlar o'rtasida reklama qilish maqsadida bepul tarqatish;

🔹voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni reklama qilish;

🔹asosan voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan bo'lsa;

🔹voyaga yetmaganlar orasida energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o'yinlarni va boshqalarni) tarqatish, shu jumladan sotish;

🔹asosan bolalar va o'smirlar uchun mo'ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta'lim muassasalarida hamda tashkilotlarida energetik ichimliklarni reklama qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) mazkur transport vositasidan foydalanishi va boshqarishida ishonchnoma talab etilmaydi.

Buning uchun transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida mazkur yaqin qarindoshlar ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi bo'lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo'ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo'lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tug'diruvchi nosozliklar paydo bo'lganda, shuningdek haydovchi o'zini yomon his etganda avtobus harakati darhol to'xtatilishi kerak.

▶️ Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq bo'lganda yoki yo'nalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda avtobusda yo'lovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak.

🚫 Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlarda 400 km va undan uzoq yo'nalishlarda avtotransport vositalarida yo'lovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔘 Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish yuzasidan quyidagi imtiyozlar belgilangan:

🔹tadbirkorlarga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHM ning 40 baravari (13 mln 600 ming soʻm) miqdorigacha;

🔹tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi;

🔹hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, davlat investisiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi.

❗️Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investisiya subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Investor davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka muvofiq, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o'z sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish bilan bog'liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

✔️ Shuningdek, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma'muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, jurnalist o'zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo'lishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir.

📌 Shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat va haqorat qilganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka muvofiq, Vasiyat qiluvchi qonun bo'yicha merosxo'rlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishga haqli. Qonun bo'yicha merosxo'rni merosdan mahrum etish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiqmasa, bu vasiyat qiluvchining taqdim etish huquqi bo'yicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

✔️ Shuningdek, Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va o'zgartirish borasida erkin bo'lib, bunda bekor qilish yoki o'zgartirish sabablarini ko'rsatishga majbur emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin