Huquqiy axborot | Lotin
6.23K subscribers
3.44K photos
159 videos
2 files
7.44K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori bo'lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan.

⚠️ Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo'lgan o'rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo'lganlar, daromadi yuqori bo'lmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so'mdan 8 mln 400 ming so'mgacha);

🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so'mdan 9 mln 660 ming so'mgacha).

Ma'lumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 1.050.000 so'm

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, nikohga kirish vaqtida o'z familiyasini o'zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli yoxud uning xohishiga binoan sud tomonidan nikohdan ajratish to'g'risidagi qaror chiqarilayotganda unga nikohgacha bo'lgan familiyasi qaytarilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to'qnashuvi holatlari bo'yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda (mashina yuvish, tomorqa sug'orish, hovliga suv sepish) foydalanish yoki oqilona foydalanmaslik (mevalarni muzlatish uchun ochib qo'yish) suvni to'xtatib qo'yish uchun asos hisoblanadi.

📌 Shuningdek, mazkur qoidalarni buzish, ya'ni suvdan xo'jasizlarcha foydalanish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan (340 ming so'm) 3 baravarigacha (1 mln 20 ming so'm), mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (1 mln 700 ming so'm) 10 baravarigacha (3 mln 400 ming so'm) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko'ra, taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan bo'lsa, bir vaqtning o'zida taraflar notariuslar huzurida bo'lishi shart.

❗️ Bunda, mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimlarni tasdiqlash mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo'lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to'lovidan 2027-yil 1-oktyabrgacha ozod etilishi belgilangan.

📌Shuningdek, “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🥇 Qonunchilikka ko'ra, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) bo'yicha jahon chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan rag'batlantirish miqdorlari tasdiqlangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, belgilangan tartibda ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

🗓 Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko'pi bilan 26 kalendar hafta davomida to'lanadi.

▶️ Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan birinchi kundan e'tiboran hisoblanadi va to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏢 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi kollejlar negizida yengil sanoat korxonalari uchun o'rta maxsus professional ta'lim darajasida kadrlar tayyorlaydigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur texnikumlarda tikuvchilik hamda to'qimachilik mahsulotlari dizayneri, modeler-konstruktor, yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi kabi yo'nalishlarda kadrlar tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin