Huquqiy axborot | Lotin
6.61K subscribers
3.38K photos
155 videos
2 files
7.32K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Da'vo muddatining o'tganligidan qat'i nazar, ariza beruvchining talabi sudda ko'rib chiqish uchun qabul qilinadi. Bu holat da'vo arizasini qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish uchun asos bo'lmaydi.

🗓 Da'vo muddatining o'tganligi sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo'llanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏢 Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rni quyidagicha qoplanadi:

🔹voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to'lguniga qadar;

🔹18 yoshdan oshgan o'quvchilarga — kunduzgi ta'limni tugatguniga, lekin ko'pi bilan 23 yoshga to'lguniga qadar;

🔹55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;

🔹nogironligi bo'lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;

🔹marhumning qaramog'ida bo'lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo'lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a'zosiga — qaramog'idagi shaxslar 14 yoshga to'lguniga qadar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni!

Barchangizni butun dunyoda arxiv jamoatchiligi tomonidan keng nishonlanadigan 9-iyun — “Xalqaro arxivlar kuni” bilan samimiy tabriklaymiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, har qanday yo'llarda:

yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;

xavfli, og'ir vaznli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalari DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million soʻmgacha “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, oilaviy bogʻchalar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqini toʻlash uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha tomorqa yer egalari bilan kooperasiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so'mdan ortiq bo'lmagan hajmda subsidiya berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 3 va undan ortiq ish o'riniga ega oziq-ovqat do'konlarida bitta nazorat tarozi, maydoni 1500 kv.m va undan ortiq bo'lgan savdo zallarida esa ikkita joyda nazorat tarozilari o'rnatiladi.

Har bir iste'molchi o'zi xarid qilgan mahsulotini mazkur nazorat tarozilarida tortib, tekshirib olish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma #Bilasizmi

❗️ Ota-onalar quyidagi havola orqali, oromgohlar qanday talablarga javob berishi, oromgoh uchun yo'llanmalar pulida imtiyozlar borligi, oromgohdagi guruhlar tarkibidagi bolalar soni qancha bo'lishi, oromgohlar davomiyligi necha kun bo'lishi va shu kabi boshqa huquqiy eslatmalar bilan tanishishlari mumkin.

Batafsil: https://hudud24.uz/news/farzandini-lagerga-iuboraiotgan-ota-onalar-uchun-khukukii-eslatmalar

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ikki va undan ortiq 16 yoshga to'lmagan bolalari bor yolg'iz onalarning mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so'm) daromadlari soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

✔️ Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotnoma asosida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, FIDE reytingi bo'yicha 1800 va undan yuqori ball to'plagan shaxmatchilarga, istisno tariqasida, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan o'tmasdan imtihonsiz shaxmat bo'yicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish huquqi taqdim etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
❗️ “Adolat nashrlari”da 10 kun muddat ichida kodekslarning eng so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar bilan chop etish imkoni yaratildi.

✔️ Endilikda, davlat organlari, idoralar va kitobxonlarning takliflarini inobatga olgan holda buyurtma tushgan sanadan 10 kun muddatda barcha turdagi kodekslarni nashr etib berish tizimi yo'lga qo'yildi.

🗓 Bundan buyon har oyda kodekslarni eng so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalari bilan muntazam ravishda chop etib borish yo'lga qo'yiladi.

+998 71 233 25 65
+998 33 280 55 40
+998 97 430 19 69
@adolat_nashrlari

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin