Huquqiy axborot | Lotin
6.16K subscribers
3.61K photos
192 videos
2 files
7.77K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to'lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.

▶️ Bunda talabgorlarga oylik ijara to'lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat'iy nazar, quyidagi miqdorda to'lanadi.

🔹Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (340 ming so'm);
🔹qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (170 ming so'm).

❗️Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo'lishlari shart.

📝 Ariza berish uchun talaba anketa-arizani, ijara shartnomasi nusxasi bilan o'zi ta'lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo'limiga topshirishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, iste'molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo'lsa, haq to'lashi lozim.

✔️ Ma'naviy zarar uchun haq to'lash mulkiy ziyon va iste'molchi ko'rgan zararning o'rni qoplanishidan qat'i nazar, amalga oshiriladi.

⚖️ Ma'naviy zarar uchun to'lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

✔️ Shuningdek, yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo'lishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, malakali o'qituvchilar yetarli bo'lgan quyidagi hollarda sinfdagi o'quvchilarni ikki guruhga bo'lib o'qitishga ruxsat etiladi:

🔹o'quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo'lgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining I — XI sinflarida "CHet tili" fani;

🔹ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

🔹V — XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari";

🔹VIII — XI sinflarda "Jismoniy tarbiya";

🔹V — IX sinflarda "Texnologiya";

🔹X-XI sinflarda "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" fanlari;

🔹ta'lim tili o'zbek tili bo'lmagan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining II — XI sinflarida "O'zbek tili" fani;

🔹ta'lim tili rus tili bo'lmagan umumta'lim muassasalarining II — XI sinflarida "Rus tili" fani.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🎓Qonunchilikka ko'ra, davlat oliy ta'lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to'plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

➡️ Bunda, grantda g'olib bo'lgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, inson o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.

✔️Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitusiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash maqsadida zarur bo'lgan doirada cheklanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to'liq to'lagan holda ularni xarid qilgan va o'rnatgan iste'molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o'rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o'rnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo'lganda BHMning 7 barobar;

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo'lganda BHMning 10 barobar;

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo'lganda BHMning 15 barobar;

🔹2 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 20 barobar;

🔹5 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o'zlashtirilganda va tik quduqlarda o'rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste'moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta'minlanganda).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❇️ Qonunchilikka ko'ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o'rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensasiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 7 barobar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin