Huquqiy axborot | Lotin
6.19K subscribers
3.55K photos
161 videos
2 files
7.6K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasida ayrim qonunchilik hujjatlari Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirildi

Prezident farmoni (PF–140, 15.08.2023 y) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirishlar kiritildi

🔰 Shunga ko'ra:

🔹 2024 yil 1 yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;

🔹 2024 yil 1 yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o'zgartirish kiritiladi;

🔹 2025 yil 1 yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'im bekor qilinadi.

Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

🔸 2023 yil 1 oktabrgacha tovarlarni import qilish uchun lisenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo'yicha;

🔸 2024 yil 1 yanvargacha transport xarajatlarini kompensasiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo'yicha;

🔸 2023 yil 1 noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig'imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo'yicha.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olgan yoshlarga ustama to'lanadi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish:

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Taqiqlangan ekinlarni, ya'ni ko'knor yoki moyli ko'knor, kannabis o'simligi yoxud tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo'lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish:

🔸BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
🔸360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔸3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔸1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔸3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Sport kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o'quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (356-son, 11.08.2023 y.) bilan Ichki ishlar vazirligining Sport kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o'quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi to'g'risida nizom tasdiqlandi

🔰Nizomga ko'ra, sport maktabida o'quvchi-sportchilar kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat hamda ta'lim olish muddati o'quvchi-sportchi O'zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo'lgan davr mobaynida davom etadi.

🔢 Sport maktabiga 18 yosh va undan katta sportchilar qabul qilinadi.

📁 O'quvchi-sportchilarni sifatli tanlab olishni ta'minlash maqsadida sport maktabida qabul o'rinlari bo'shagan kundan 1 oy muddatda tanlov va uni o'tkazish shartlari to'g'risida e'lon beriladi.

Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo'yiladi:

🔹sport ustaligiga nomzoddan past bo'lmagan sport toifasining mavjudligi;

🔹kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari bo'yicha sportchilar o'rtasida O'zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida egallangan sovrinli o'rinlar (1–3-o'rin) mavjudligi.

📝 Sport maktabiga o'qishga kirishda nomzodlar 100 balli tizim bo'yicha baholanadi, shundan 30 ball umumiy jismoniy tayyorgarlikka va 70 ball maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo'shimcha har oylik ustama to'lanadigan olis va chekka hududlar (297 ta) ro'yxati tasdiqlangan.

❗️Mazkur hududlarda ishlayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo'shimcha 2 million so'm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (165 mln so'mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Fuqarolar bojxona chegarasi orqali olib o'tishi mumkin bo'lgan ayrim tovar normalarini bilasizmi?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi

Hukumat qarori (358–son, 11.08.2023 y.) ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰Shunga ko'ra, 2024 yil 1 yanvardan:

🔹qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi;

🔹ushlangan transportlarni to'xtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

🔹transportlarni to'xtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar uchun to'lovlarning cheklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.

🔰 “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali, jumladan:

▫️ushlangan, to'xtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar ro'yxati yuritiladi;

▫️transportlarni to'xtash joylaridan olib chiqish uchun barcha to'lovlar (jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar) elektron amalga oshiriladi.

⚠️ Mazkur axborot tizimi 2023 yil 1 noyabrgacha ishlab chiqiladi.

🗒 Shuningdek, 2023 yil 1 dekabrgacha YHXXning yagona axborot tizimi ushlangan transportlarni saqlash xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tanlab olish imkoniyatini yaratish maqsadida takomillashtiriladi.

📌 Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Auditorlik tashkilotini reestrga kiritish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (387-son, 15.08.2023 y.) bilan Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reestriga kiritish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

Reglamentga ko'ra, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat etadi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ro'yxatdan o'tadi.

📝 So'rovnoma to'ldirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuboriladi.

➡️ Vakolatli organ so'rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida auditorlik tashkilotini reestrga kiritadi yoki uni rad etadi.

☑️ Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatini ko'rsatishni rad etadi:

🔹ariza beruvchi tomonidan tegishli kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;

🔹auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi Qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bo'lmasa.

Davlat xizmati ko'rsatilganlik uchun to'lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Prezident qarori bilan (PQ–279-son, 17.08.2023 y.) Umid Maxmudovich Mamadaminov O'zbekistan Respublikasi energetika vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Hukumat qarori bilan (392-son, 17.08.2023 y.) Sadoqat G'afforovna Siddiqova Buxoro muhandislik-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog'iga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini hisobga olish asbobiga, shu jumladan uning plombasiga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asbobining ko'rsatkichini o'zgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashish yo'li bilan talon-toroj qilish o'g'rilik hisoblanadi.

▶️ Mazkur jinoyat uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanilishi mumkin.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Men olti oylik homiladorman va shu vaqtgacha xususiy do'konda sotuvchi bo'lib ishlab kelyapman. Do'kon egasidan menga “dekret” berishini so'ramoqchiman. Xususiy do'konda ham qonuniy tarzda “dekret” olsam bo'ladimi? (Navoiy viloyati Nurota tumanidan Z. Asadova)

Javob: Agar siz qonuniy tarzda oxirgi 6 oydan beri ushbu do'konda ishlab kelayotgan bo'lsangiz, bu holda sizga mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochiladi va 5 ish kuni ichida undagi ma'lumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tug'uruqxona muassasasining mas'ul xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi.

Bu esa sizga 4 oylik nafaqa tayinlanishini ta'minlaydi. Nafaqa xodimning farzandi tug'ulguniga qadar minimal iste'mol xarajatlarining 4 baravari miqdorida to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida xodimga mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganiga nisbatan qo'shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

🚫 Ammo, Mehnat shartnomasiga xodimning huquqiy holatini mehnat to'g'risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiruvchi shartlarni kiritish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

‼️Yuridik texnikumlarga qabul tugashiga 3 kun qoldi

🗓 Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga hujjat topshirish davom etmoqda. Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati – 20-avgust (shu kuni ham).

⚠️ Ma’lumot uchun: Yuridik texnikumlarga 2023/2024-oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 18 yoshga to'lmagan shaxslarni qurilish ishlarida betonchi, yer qazuvchi, qurilish bo'yoqchisi, ohak so'ndiruvchi sifatida ishlatish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Nikoh yoshiga yetmagan farzandini turmushga bergan ota-ona javobgarlikka tortiladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo'lgan ota-onani yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlashi, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo'lgan mablag'ni ikki oydan ortiq to'lamaslik quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

▫️15 sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olish;

▫️120 soatgacha haq to'lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb etish;

▫️ma'muriy qamoq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga BHMning 20 baravari (6 mln 600 ming so'm) miqdorida jarima solish.

➡️ Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rish jarayonida aliment majburiyatlari bo'yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to'lagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun garovsiz kredit beriladi

“Baliqchilik xo'jaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv bo'yi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–281-son, 18.08.2023-y.) qabul qilindi

🌐 Qarorga ko'ra, 2023-yil 1-oktabrdan quyidagilar tadbirkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:

🔸davlatga tegishli tabiiy va sun'iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;

🔸tabiiy va sun'iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo'yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo'yicha xizmatlar ko'rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o'tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.

🔰Qarorga ko'ra, 2024-yilda respublikada:

900 ming tonna baliq yetishtirish;

35 240 gektar sun'iy suv havzalarini intensivlashtirib, 513 600 tonna baliq yetishtirish;

9 000 xonadonda intensiv usulda baliq yetishtirishni yo'lga qo'yish nazarda tutilgan.

💰2024-yil 1-yanvardan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlarga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so'mgacha garovsiz kredit ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_hikmati

✍️ Adovat emas, adolat yengadi!

“Temur tuzuklari”dan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–863-son, 18.08.2023-y.) bilan “Volontyorlik faoliyati to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🏢 Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

🔰 Agentlik, jumladan:

▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
▫️qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi.

➡️ Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo'yicha vakolatlar berildi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin