Huquqiy axborot | Lotin
6.25K subscribers
3.57K photos
173 videos
2 files
7.65K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

Fuqaroning hayoti xavf ostida bo'lgan taqdirda tibbiyot xodimlari uni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun har qanday transport turidan foydalanish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat bog'chalari va maktablarga navbatga qo'yilmasdan joylashtiriladi.

💰 Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o'qiyotganda har o'quv yilida 1 marotaba o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming so'm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar o'qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishining oldini olish va erta diagnostika qilish quyidagi milliy dasturlar asosida amalga oshiriladi:

9–14 yoshdagi o'smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi vaksina bilan emlash;

30–55 yoshdagi ayollar orasida bachadon bo'yni va 45–65 yoshdagi ayollar orasida ko'krak bezi saratoni skriningi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–142-son, 25.02.2022-y.) qabul qilindi.

➡️ Qarorga muvofiq, O'zbekiston hamda Pokiston Hukumatlari o'rtasida tranzit savdosi to'g'risidagi bitim (2021-yil 15-iyulda Toshkent shahrida imzolangan) tasdiqlandi.

🏢 Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qo'mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli organlar etib belgilandi.

⚠️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O'zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰 Har bir maktabdagi bir nafar jismoniy tarbiya o'qituvchisining lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama to'lash orqali mahallalarga "sport targ'ibotchisi" sifatida biriktiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_martdan

🔰Quyidagi xizmatlar YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ko'rsatiladi:

O'zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;
chet davlatda O'zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo'yicha tegishli hujjatlar va ma'lumotnomalar olish;
sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma'lumotlar olish;
avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;
jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Barcha yuridik yoki jismoniy shaxs o'z nomiga tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

➡️ Tovar belgisi (xizmat ko'rsatish belgisi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan belgilardir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Iste'molchi sifatli nooziq-ovqat tovarini (masalan, sovun, idish-tovoq, o'yinchoqlar, kanselyariya mollari va shu kabilar) sotib olgan kunidan boshlab 10 kun ichida ayni shunday tovarga almashtirib olishga haqli.

Agar sotuvchida bunday tovar mavjud bo'lmasa, iste'molchi to'langan pulni qaytarib olishi mumkin.

♻️ Almashtirilayotgan tovarlarning narxida tafovut bo'lsa, qayta hisob-kitob qilinadi.

↪️ Shuningdek, zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o'xshash tovarga almashtirilmaydigan tovarlar ro'yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Quyidagi toifadagi shaxslarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati qo'llanilmaydi:

🔸 homilador ayollar, uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarga;
🔸 korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarga;
🔸 o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining hamda oliy o'quv yurtlarining tegishli ta'lim muassasasini tamomlagan kundan e'tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilarga;
🔸 xodim bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan hollarda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

➡️ Tibbiyot muassasalari rahbarlari alohida o'rnak ko'rsatgan vrachlarga Tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha bo'lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Pensionerga hisoblab chiqarib qo'yilgan, lekin uning tomonidan o'z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 12 oydan oshmagan davr uchun to'lanadi.

➡️ Pensiyani tayinlovchi yoki to'lovchi organning aybi bilan o'z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o'tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to'lanadi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_martdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra:

bolalikdan nogiron bo'lgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad solig'i bo'yicha imtiyoz mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;

2024 yil 1 martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to'langan ijtimoiy soliq Davlat byudjetidan to'liq qaytarib beriladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

Homilador ayollarni va 14 yoshga to'lmagan bolasi (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

❗️SHu bilan birga, homilador ayollarni va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog'lig'i uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlari ko'rsatiladi

Hukumat qaroriga (89-son, 25.02.2022 y) ko'ra O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

🔰 Reglamentga ko'ra:

Tibbiyot muassasasi xodimi – o'lim holati tasdiqlangandan so'ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma'lumotlarni FHDYO bo'limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDYO bo'limi – axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o'lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ma'lumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg'armasiga elektron shaklda yuboradi.

Tibbiyot muassasasi xodimi – QR-kod tasviri tushirilgan o'lim haqidagi ma'lumotnomani ariza beruvchilarga darhol ikki nusxada chop etib beradi.

Pensiya jamg'armasi bo'limi – har oyning 5-sanasigacha o'tgan oyda ushbu hududda to'langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo'lmagan miqdordagi mablag'larni Tijorat bankining hisobvarag'iga moliyalashtiradi.

Tijorat banki – QR-kod tushirilgan o'lim haqidagi ma'lumotnoma asosida Pensiya jamg'armasiga elektron so'rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag'lar hisobidan nafaqa to'lovini amalga oshiradi.

FHDYO bo'limi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo'rlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida o'lim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko'rsatilgan manzilga yuboradi.

🗓 Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o'lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o'lim haqida tibbiy ma'lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq qancha bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
36%
25 yoshdan kam bo'lmasligi shart
24%
20 yoshdan kam bo'lmasligi shart
20%
10 yoshdan kam bo'lmasligi shart
19%
15 yoshdan kam bo'lmasligi shart
#Bilasizmi

🔘 O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha umummilliy imtihonning 1-bosqichi boshlandi

1-bosqich bugun soat 13.00 gacha onlayn tarzda bo'lib o'tadi.

❗️ Ro'yxatdan o'tganlar 8-mart.adliya.uz saytida test jarayonlarida ishtirok etishi mumkin.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi | #2022_yil_1_martdan

▫️ ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko'rsatish talab etilmaydi Batafsil

▫️ Avtotransportlarda taqiq mavjudligini my.gov.uz orqali tekshirish mumkin Batafsil

▫️Ish beruvchilarga nogironlar uchun to'langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi Batafsil

▫️Meva-sabzavotchilik klasterlariga sug'urta mukofotining 50 foizi qoplab beriladi Batafsil

▫️ Yoshlarga ayrim yordam turlari mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida beriladi Batafsil

▫️ Ijtimoiy nafaqa oluvchi o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz shaxslarga kompensatsiya to'lovi joriy etiladi Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlari elektronlashtirildi

Batafsil infografikalarda👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin