Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.57K photos
175 videos
2 files
7.66K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston – bolalar nigohida

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:

👉 tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

👉 tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;

👉 tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki nuqsonlarni bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplash;

👉 xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

👉 shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplash.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi hollarda yoʻl-patrul xizmati xodimi haydovchi yoki yoʻlovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli:

👉 transportdagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;

👉 haydovchi transportni mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlganda;

👉 transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlarini roʻyxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;

👉 transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

👉 haydovchi yoki yoʻlovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

👉 haydovchining transport vositasi kabinasida boʻlishi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga tahdid solishi (charchoqlik va betoblik) mumkin boʻlgan hollarda.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga (pasport stol) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
👉 ariza-anketa;
👉 biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun tugʻilganlik haqida guvohnoma;
👉 ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud boʻlgan taqdirda);
👉 vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida);
👉 harbiy guvohnoma yoki boshqa hujjat – harbiy xizmatga majburlar uchun;
👉 davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya (243 ming 276 soʻm, 16 yoshga yetmaganlar uchun 162 ming 184 soʻm);
👉 ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi – voyaga yetmaganlar uchun;
👉 fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati – voyaga yetmaganlar uchun.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yangi tashkil etilgan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori bilan Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

X. Ketmonov ilgari Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Oʻquvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

👉 kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
👉 qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda boʻlishi;
👉 oʻgʻil bolalar uchun shimning uzunligi oyoq toʻpigʻidan pastda boʻlishi;
👉 oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland boʻlmasligi.

Maktab formasining matosi oʻquvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga toʻliq javob berishi shart.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, investorlarning mehmonxonalari 3 yulduzli toifaga kirsa va xonalari 50 tadan kam boʻlmasa yoki 4 yulduzli va 100 ta xonadan kam boʻlmasa Davlat byudjetidan subsidiya beriladi.

Subsidiya bir marta quyidagi miqdorlarda beriladi:
👉 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 40 mln soʻm;
👉 4 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasiga 65 mln soʻm.

Nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish boʻyicha franchayzing shartnomasini tuzgan tadbirkorlar shartnoma kuchga kirgan vaqtdan 3 yil davomida har yili bir marta Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.

Tashkilotlarni moliyalashtirish quyidagi miqdorda amalga oshiriladi:
👉 3 yulduzli dastlabki 50 ta mehmonxonaning bitta xonasi uchun – 200 dollar;
👉 4 yulduzli dastlabki 30 ta mehmonxonaning bitta xonasi uchun – 400 dollar.

Subsidiya ajratish va moliyalashtirish uchun tadbirkorlar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga murojaat qilishi lozim.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yoqilgʻi-energetika resurslarini ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (452-son, 31.05.2019-y.)

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
👉 2019-yil 1-iyundan faoliyatini byudjet hisobidan olib bormaydigan va tejamkor boʻlmagan qozon agregatlarni almashtirmagan tashkilotlarga tabiiy gaz uchun haq toʻlash boʻyicha amaldagi tariflarga nisbatan oshirilgan koeffitsiyent 2,0 dan 1,2 gacha kamaytiriladi;
👉 quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan suv taʼminoti tashkilotlariga elektr uchun tabaqalashtirilgan hisob-kitoblar tatbiq etilmaydi;
👉 umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr uchun haq maishiy isteʼmolchilarga belgilangan tariflar boʻyicha toʻlanadi;
👉 idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va oilaviy korxonalar, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonlarga maishiy isteʼmolchilarga belgilangan elektr energiyasi tarifi qoʻllaniladi;
👉 mazkur qaror kuchga kirgunicha elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun avans toʻlangan boʻlsa, isteʼmolchilar (aholidan tashqari) tarif oʻzgarganda toʻlov qilingan kundan keyingi 2 oydan koʻp boʻlmagan muddatga qoʻshimcha toʻlovlardan ozod etiladi (ilgari bu muddat 1 oy edi).

Hukumatning 2018-yil 1-noyabrdagi qarorida belgilangan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlarning 2019-yil 1-iyundan oshishi bekor qilindi.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 4-iyun holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8513.57 (+ 27.66) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9507.10 (+ 1.18) ↑

🇷🇺 1 RUB = 130.41 (-1.11) ↓

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Chorva mollar yoki parrandalarning xoʻjalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yoʻq qilib yuborishi, koʻchatlarga shikast yetkazishi:

👉 fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan (202 ming 730 soʻmdan) uch baravarigacha (608 ming 190 soʻmgacha);

👉 mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan (608 ming 190 soʻmdan) besh baravarigacha (1 mln 13 ming 650 soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ekinzorlarni yoki koʻchatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib oʻtish eng kam ish haqining uch baravaridan (608 ming 190 soʻmdan) besh baravarigacha (1 mln 13 ming 650 soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bu_muhim
Davlat xizmatlari agentligi Markazlar orqali taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish jarayonini yengillashtirish va bunda shaffoflikni taʼminlash maqsadida tinimsiz harakatda.

Endilikda, Sizga murojaatingizni koʻrib chiqishning qaysi bosqichida ekanligini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaatingiz raqami va maxsus parolni kiritsangiz bas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (453-son, 03.06.2019-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qoʻshimchalar kiritildi

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, chet eldagi vatandoshlarimizga tegishli ommaviy axborot vositalarining doimiy xorijiy muxbirini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Tashqi ishlar vazirligiga ariza berilgan vaqtdan boshlab 5 ish kunida qabul qilinadi.

Mazkur qarorni qabul qilish uchun Oʻzbekistonning chel eldagi vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomasi asos boʻladi.

Bunda, akkreditatsiya olish uchun asosiy hujjatlarga qoʻshimcha ravishda xorijiy OAV taʼsischisi va uning moliyalashtirish manbalari haqida maʼlumot ham taqdim etiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini yaratish boʻyicha Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 3-iyun, 454-son).

Mazkur Yagona tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

👉 sportchilar, trenerlar, taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari), shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari haqidagi maʼlumotlarning tizimli monitoringini olib borish;

👉 taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari va talabalarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlarini topshirish natijalarini tahlil qilish;

👉 sportchilar, trenerlar va respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish hamda sport inshootlarini roʻyxatga olish va faoliyatini hisobga olish.

Yagona tizim 2019-yil 1-sentyabrgacha ishga tushiriladi.

Yagona axborot tizimining yuritilishi, ushbu tizimga maʼlumotlar muntazam kiritilishi va ularning dolzarbligi taʼminlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi etib Jismoniy tarbiya va sport vazirligi belgilandi.

Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi esa Yagona tizimni ishlab chiquvchi va operator hisoblanadi.

Maʼlumotlar www.sport.uz yagona axborot portalida, shuningdek, Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari (608 ming 190 soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

👉 eng kam ish haqining toʻrt baravari (810 ming 920 soʻm) miqdorida jarima solishga;

👉 yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Tuz, shakar, un, yorma va boshqa sochiluvchan tovarlarni qadoqlash va sotishda alohida kurakchalardan foydalaniladi.

Oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yogʻingarchiliklarning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiriga uchraydigan holatda, shuningdek tovarlarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holda saqlashga va joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hurmatli yurtdoshlar!

Adliya vazirligi jamoasi Sizlarni muqaddas ayyom boʻlmish Ramazon hayiti– Iyd al-fitr bilan tabriklaydi.

Bir oy davomida tutgan roʻzalaringiz va qilgan ibodatlaringiz qabul boʻlsin. Xonadoningizdan hamisha qut-baraka va tinchlik arimasin.

Qalblaringizga xotirjamlik va qanoat, ezgu amallaringizga samara va duolaringizga ijobat tilaymiz.

Koʻpmillatli va turli madaniyatli yurtimizda diniy bayramlarning oʻzaro hamjihatlik va totuvlikda nishonlanishi xalqimizning noyob fazilatidir. Biz ushbu birdamlik va yakdillik bilan faxrlansak arziydi.

Shunday muqaddas kunlarda xalqimiz birdamligi va yurtimiz tinchligi mangu boʻlishini tilaymiz.

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
​​#Bilasizmi
Anʼanaviy milliy bayram “Roʻza hayiti” toʻgʻrisidagi 1991-yil 16-aprelda qabul qilingan Prezident Farmoni bilan respublika fuqarolariga 1991-yil 16-aprelda ularning xohishiga muvofiq ishga chiqmaslikka va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda xoʻjaliklarning maʼmuriyati va kasaba uyushmalari komitetlari bilan kelishilgan holda bu kunni keyinchalik ishlab berishga ruxsat etilgan.

1992-yil 27-martdagi Roʻza hayitni dam olish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni bilan esa diniy bayram — Roʻza hayit (“Iyd al-Fitr”)ni 1992-yil 4-aprel kuni va keyingi yillarda esa Roʻza hayitning birinchi kuni dam olish kuni deb tayinlangan boʻlib, bu norma keyinchalik Mehnat kodeksida ham oʻz aksini topgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_muhim_yangilik
“Fara”larni yoqib yurish boʻyicha talab ikki yilga uzaytirildi

Maʼlumki, Hukumatning 9-apreldagi qarori bilan barcha transport vositalariga chiroqlarni kunduzi yoqib yurish boʻyicha talab qoʻyilgan edi.

Tartib joriy etilgandan soʻng oʻtgan davr davomida Ichki ishlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ushbu tartib tahlil qilindi hamda tegishli loyiha may oyining boshida Hukumatga kiritilgan.

Qabul qilingan Hukumat qaroriga (460-son, 04.06.2019-y.) muvofiq “faralar” boʻyicha qatʼiy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladi.

Yaʼni qarorga koʻra 2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi toʻgʻrisidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorugʻ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar oʻrnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari boʻlmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, Hukumat topshirigʻiga asosan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ham tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini (hozirda 101 ming 365 soʻm) kamaytirishga oid tegishli Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Toshkent shahrida “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi.

Ushbu filialning vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

👉 mamalakatimiz energetika tarmogʻi uchun malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;

👉 zamonaviy taʼlim dasturlari va oʻqitish shakllarini ishlab chiqish;

👉 sohaga oid ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;

👉 taʼlim va ilmiy-texnik sohada yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan munosabatlarni rivojlantirish;

👉 ehtiyojga koʻra mazkur soha mutaxassislarining malakasini oshirish.

Filialning taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huququqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.

Intizomiy jazoni qoʻllagan ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga koʻra jazoni bir yil oʻtmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin