Huquqiy axborot | Lotin
2.75K members
22 photos
4 videos
503 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4341, 28.05.2019-y.)

Qarorga muvofiq, respublikada tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan majmualar yaratiladi.

Mazkur majmualar “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalarga yoki tikuv-trikotajga ixtisoslashgan tadbirkorlarga 5 yilga, 10 foizdan oshmagan stavkada lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga beriladi.

Tijorat banklari majmualarda tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun qisqa muddatli kreditlar ajratadi.

Shuningdek, majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar 2022-yil 1-yanvargacha quyidagilardan ozod etildi:
👉 tayyor tikuv-trikotaj majmualari ijaraga berilgan kungacha foyda va mol-mulk soligʻidan;
👉 respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlaridan.

“Oʻzpaxtasanoat” AJga tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga birja orqali paxtani sotib olish huquqi berildi.

Majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar hisobidan jami 80 ming 880 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qaror bilan quyidagilar negizida Respublika oʻgʻil bolalar hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi tashkil etildi:
👉 Baxt shahridagi oʻgʻil bolalar maxsus kolleji;
👉 Qoʻqon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji;
👉 Samarqand shahridagi 64-sonli oʻgʻil bolalar maktab-internati;
👉 Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar maktab-internati.

Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Milliy gvardiyaga, Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Ichki ishlar vazirligiga biriktirildi.

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga 14 yoshga toʻlgan va 18 yoshdan oshmagan quyidagi voyaga yetmaganlar sud qarori asosida joylashtiriladi:
👉 ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan;
👉 aybliligi toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan;
👉 Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qoʻllanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan;
👉 profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay huquqbuzarliklarni davom ettirayotganlar.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Advokatlik tuzilmalari aholiga begʻaraz yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha tashabbus koʻrsatishmoqda

“Aleksta Yure” advokatlik firmasining maʼlum qilishicha, advokatlik firmasi xalqqa xizmat qilish va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan holda buning amaliy ifodasi sifatida “Barcha uchun huquqiy yordam” aksiyasini eʼlon qiladi.

Har oyning oxirgi juma kuni “Aleksta Yure” oʻz eshiklarini malakali yuridik xizmatga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochadi. Murojaat etuvchilarning daromadi va yuridik maslahatning mavzusi hech qanday ahamiyatga ega emas.

Boshqacha qilib aytganda, har qaysi shaxs qonunchilikning oila, uy-joy, maʼmuriy, mehnat, iqtisodiy va boshqa sohalari yuzasidan oʻzini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishi mumkin. “Aleksta Yure” advokatlari malakali ogʻzaki maslahatni begʻaraz asosda beradi.

“Barcha uchun huquqiy yordam” aksiyasi birinchi marta 2019-yilning 31-may kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar “Aleksta Yure” advokatlik firmasi ofisida oʻtkaziladi.

Manzil: Mirzo-Ulugʻbek tumani, Oqqoʻrgʻon koʻchasi, 21A-uy, 93-ofis, “Yoshlik” sport kompleksi (avvalgi “Start”) qarshisida.

Maslahat olish uchun (71) 235-40-03 telefon raqami yoki info@aleksta.uz elektron pochtasi orqali navbatga yozilishi mumkin.

Izoh: yuridik maʼlumotlar olishga muhtoj boʻlgan boshqa shaxslarning manfaatlarini hisobga olgan holda har bir maslahat 20 daqiqa bilan cheklangan. Boshqa kunlarda yuridik maslahatlar umumiy tartibda (pullik asosda) taqdim etiladi.

Adliya vazirligi “Aleksta Yure” advokatlik firmasining fuqarolarga begʻaraz yuridik yordam koʻrsatishdagi ushbu tashabbusini qoʻllab-quvvatlaydi hamda oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim mutaxassisliklari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4346, 30.05.2019-y.)

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, endilikda akademiyada Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati boʻyicha oliy maʼlumotli yurist kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, qaror bilan kasbiy tayyorgarlik fakultetida Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Akademiyada quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotli yurist kadrlar tayyorlanmoqda:
👉 tergov faoliyati;
👉 tezkor-qidiruv faoliyati;
👉 huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
👉 ekspert-kriminalistik faoliyat;
👉 yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyati;
👉 xizmat faoliyatini psixologik taʼminlash;

👉 jinoyatlarni oldini olish va fosh etish faoliyati.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Namangan viloyatining Namangan shahrida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (442-son, 29.05.2019-y.)

Qaror bilan Namangan shahar A. Xoʻjayev koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar Namangan viloyati hokimligiga bepul berildi.

Mazkur bino va inshootlar negizida “IT park” majmuasi tashkil etiladi hamda unda “IT school” markazi joylashtiriladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishi axborot texnologiyalari sohasida raqobatdosh mahsulot va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga sharoit yaratishdir.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5-iyun chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yilda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, 1-iyun – shanba 6-iyun – payshanbaga koʻchirilgan edi.

Shunga koʻra:

👉 besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 1-iyun (shanba) ish kuni. 6-iyun esa dam olish kuni hisoblanadi.

👉 olti kunlik ish haftasidagilar uchun esa 6-iyun ish kuni sanaladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Maktab oʻquvchilarining yagona formasi 1-6 sinf oʻquvchilari uchun alohida, 7-11 sinf oʻquvchilari uchun alohida shakl va bichimda tasdiqlangan.

1-6 sinf oʻquvchilari uchun forma komplektiga:
👉 oq koʻylak (100 % paxta);
👉 koʻk, koʻk katak nimcha (65 % paxta/35% polister);
👉 koʻk shim (oʻgʻil bolalar uchun) (65 % paxta/35% polister);
👉 koʻk katak yubka (qiz bolalar uchun) (65 % paxta/35% polister);
👉 koʻk yengil kurtka kiradi (65 % paxta/35% polister) kiradi.

7-11 sinf oʻquvchilari uchun forma komplektiga:
👉 oq koʻylak (70 % paxta/30% polister);
👉 toʻq koʻk nimcha (45 % paxta/55% polister);
👉 toʻq koʻk shim (oʻgʻil bolalar uchun) (45 % paxta/55% polister);
👉 toʻq koʻk yubka (qiz bolalar uchun) (45 % paxta/55% polister);
👉 toʻq koʻk pidjak (45 % paxta/55% polister) kiradi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2168-6, 30.05.2019-y.)

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 50 foizidan endilikda notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazishga ham sarflanadi.

Xodimlarga shaxsiy ustamalar notarial idoralarda yoki idoraviy notarial arxivlarda 3 oydan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan taqdirda oʻrnatiladi.

Ilgari ish staji bir yildan kam boʻlmagan va boshqa bir qator talablarga javob beradigan notarius va xodimlarga ustama toʻlangan.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (438-son, 28.05.2019-y.) bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi

Filialning asosiy vazifasi Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi:
👉 “Raqamli iqtisodiyot”;
👉 “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti”;
👉 “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”;
👉 “Agrobiznes va marketing”;
👉 “Buxgalteriya hisobi va audit”.

Filialga qabul 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3163, 31.05.2019-y.)

Nizomga muvofiq, Jamgʻarma mablagʻlaridan subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
👉 ish beruvchilarga – bandlikka koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir xodimga 6 oy mobaynida har oyda eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida;
👉 bandlikka koʻmaklashish markazlarida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga – tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazish uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;
👉 ijtimoiy ehtiyojmand aholini kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oyda har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;
👉 yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun – eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda.

Jamgʻarmadan grantlar quyidagilar uchun beriladi:

👉 kasb-hunar taʼlimi muassasalariga – band boʻlmagan shaxslarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirishga;

👉 kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirishga.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori bilan Uktam Raximovich Salomov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektori etib tayinlandi.

U. Salomov bungacha Andijon mashinasozlik institutining rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutlaydi va bugundan bolahuquqlari.uz (bolahuquqi.uz) sayti test rejimida ishga tushganligini maʼlum qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3113-2, 31.05.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, endilikda notarial harakat uchun toʻlovlar, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” raqami (1008) “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali fuqaroning telefoniga SMS shaklida yuboriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori bilan Rasul Neʼmatovich Rahmonov Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Markaz oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlik, tabiiy fanlar va pedagogika sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (450-son, 31.05.2019-y.) bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, Agentlik Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga hamda Hukumatga hisobot beradi.

Agentlik urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Shuningdek, Agentlik aholi punktlarini “yashil shaharlar”ga aylantirish mexanizmini ishlab chiqadi va joriy etadi.

Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor – Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari boshchilik qiladi.

Bundan tashqari, nizom bilan Agentlikning huquq va majburiyatlari, boshqa davlat organlari bilan hamkorligi va moliyalashtirish manbalari belgilab berildi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini toʻliq koʻrib chiqish kafolatlanadi va bola toʻliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni koʻrmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin