Huquqiy axborot | Lotin
6.26K subscribers
3.22K photos
143 videos
2 files
7.03K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida xodimga mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganiga nisbatan qo'shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

🚫 Ammo, Mehnat shartnomasiga xodimning huquqiy holatini mehnat to'g'risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiruvchi shartlarni kiritish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.

📌 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilmagan oilalar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari mumkin. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qo'shimcha ro'yxati shakllantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko'ra 3 kunlik muddatda taqdim etishi shart.

📌 Yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko'ra, 2024 yil 1 iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha oylik ma'lumot “bazaviy me'yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste'molchilarga yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📁 Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Qonunchilikka ko'ra, "O'zbekiston turizm magistrali" turizm transport koridorining cho'l va sahro qismida quyosh elektr stansiyalarini qurgan holda birinchi 50 ta elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 mln so'mdan mablag'lar subsidiya sifatida ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida, tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha:

🔹tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo'lmagan ish haqi to'lab, bandligini ta'minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig'i va yer solig'idan imtiyoz beriladi;

🔹fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchiga BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2024-yil yakuniga qadar xalqaro tajriba asosida respublikaning barcha hududlarini ekologik baholash bo'yicha indikatorlar asosida "eco-indicator.uz" reytingi shakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti e'lon qilinishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, maishiy iste'molchi o'z xohishiga ko'ra, 2 oydan ko'p bo'lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to'lab qo'yishi mumkin va bunda tarif o'zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

📌 Shuningdek, tariflar o'zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to'lovni amalga oshirgan iste'molchi 2 oydan ortiq bo'lmagan muddatga qo'shimcha to'lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin