hujayra.uz
4.8K subscribers
1.19K photos
180 videos
71 files
1.55K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
22-aprel Yer kuni

Quyosh sistemasidagi uchinchi sayyora hisoblangan Yer hozirgacha tiriklik tarqalgan yagona sayyora bo'lib turibdi. Yerimizning yoshi 4.54 mlrd yoshda deb hisoblangan. Yer yuzidagi mavjud biologik turlarning 99% i bugungi kunga kelib qirilib ketgan. Yerda yashayotgan soni 8 mlrd ga yaqinlashib qolgan Homo sapiens degan tur uning biosfera va tabiiy resurslariga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Ushbu kunda mana shu hurmatli H. sapiens degan turdan o'zi yashayotgan uy - Yerga, uni kelajak avlodlarga va boshqa biologik turlarga "sog'lom" holda yetkazish masalalariga ozgina bo'lsa ham e'tibor qaratish so'raladi.

Siz ham Yerning dodini berayotgan mana shu H. sapiens larni taniysizmi?

@hujayrauz
📷📷📷📷

🌟 Kimyo fanidan Milliy sertifikat kitobimiz nashrdan chiqdi!

👁 Milliy sertifikat sizga nima beradi?

🤩 A va A+ darajadagi sertifikat abituriyentlar uchun yoʻnalishdan kelib chiqqan holda maksimal ball beradi.
🤩 Shu fandan dars beradigan ustozlarning oyliklariga qoʻshimcha tarzda 20% ustama beradi.

Kitobda nimalar mujassam?

🤩 BMBA talablariga mos ravishda kimyoning umumiy kimyo, anorganik kimyo va organik kimyo boʻlimlaridan tuzilgan ochiq va yopiq test topshiriqlarini oʻz ichiga oladi.

Kitobdan namuna

📞 Murojaat uchun:
+998932477508
+998970204222

✍️ @unfluer1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha "Bulletin of the Peabody Museum of Natural History" jurnalida Thomas J. Near va Christine E. Thacker hammuallifligidagi "Tirik va qazilma holdagi shu'laqanotli baliqlar (Actinopterygii)ning filogenetik klassifikatsiyasi" [asl. Phylogenetic Classification of Living and Fossil Ray-Finned Fishes (Actinopterygii)] nomli maqola chop etildi.

Maqolaning hajmi katta (300 sahifa), lekin men juda-juda qiziqadigan baliqlar makrotaksonomiyasi haqida. Shu uchun kecha maqolani yuklab olganimdan beri o'qib, varaqlab chiqmoqdaman. Maqolani o'qir ekanman, yuragimda biroz og'riqli jizzillash beradigan g'alati hissiyotni his qilyapman. Bunga uch omil sabab bo'lmoqda: (i) ilm-fanga kech kirib kelganim; (ii) ingliz tilini kech o'rganganim [hali ham mukammal bilmayman]; (iii) hamon ilm-fan bilan o'zim istaganchalik shug'ullana olmayotganim...

Hozir baliqlarning mikrotaksonomiyasi bilan mashg'ulman, tur (species), juda borsa urug' (genus) darajasida faoliyat olib bormoqdaman. Lekin biolog bo'layotganimdagi eng katta orzu - makrotaksonomiya (bevosita evolyutsiya) bilan shug'ullanmayotganim yurakka og'riq beradi. Mana bu maqoladan keyin esa og'riq kuchaydi. Biroq hali kech emasligiga umid qilaman.

Maqolaning o'zi haqida aytadigan bo'lsam, unda shu'laqanotli baliqlar sinfining (hozirgi mavjud umurtqalilarning yarmidan ko'pini tashkil qiladi) umumiy klassifikatsiyasidagi nomenklaturaviy chalkashliklar va kladalar nomlanishidagi turli-tumanlikni bartaraf etish, kladalar nomlanishining etimologiyasi, morfologik autapomorfik xususiyatlarini tahlil etishga urg'u berilgan. Ishda umumiy holda 1749 nomdagi adabiyotlar tahlil qilingan va shu asosida shu'laqanotli baliqlar sinfining klassifikatsiyasi qaytadan ko'rib chiqilgan.

Ayni vaqtda doktorlik (DSc) dissertatsiyamni tayyorlash jarayonidaman. Mavzu Orol dengizi havzasida tarqalgan Cobitoidei kenja turkumi vakillarining taksonomiyasi va sistematika haqida bo'lib, mazkur yangi maqola dissertatsiyamdagi ayrim jihatlarga o'z ta'sirini ko'rsatar ekan. Har qanday ilmiy tadqiqot ishi o'zida sohaga oid eng so'nggi tadqiqot natijalarini aks ettirgani maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xulosa sifatida ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan bakalavr yoki magistraturada o'qiyotgan uka-singillarimda fan bilan jiddiy shug'ullanishni bugundan boshlang, ingliz tilini chuqur o'rganishni hozirdan boshlang deb qolaman. Ertaga buning foydasini o'zingiz tushunasiz.

@hujayrauz
🚩🚩🚩🚩🚩🚩

Vanihoyat va'da qilingan kichik kurs!

"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursi haqida e'lon berganimda, kurs magistr, doktorant va mustaqil ilmiy tadqiqotchilar uchun deb aytgan edim. Lekin shunga qaramay bakalavrda o'qiydigan juda ko'plab uka-singillarimiz kursga qiziqish bildirib murojaat qilishdi. Shu munosabat bilan aynan bakalavrlar uchun "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" mavzusida bir martalik dars tashkil etyapman.

📌 Kursda kimlar qatnasha oladi?
- qaysi yo'nalishda o'qishidan qat'i nazar ilmiy ish qilishni istagan barcha bakalavr talabalar

Kursda nimalar o'rgatiladi?
➡️ Ilmiy tadqiqotga kirish, unda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar;
➡️ Ilmiy mavzu qanday tanlanadi, nimalarga e'tibor berish kerak;
➡️ Ilmiy ish boshlashda zarur bo'lgan uch jihat;
➡️ Bakalavr maqola yoza oladimi?
➡️ Ilmiy maqola nima?
➡️ Maqola va tezis nimasi bilan farqlanadi?
➡️ Maqola qanday tarkibiy qismlardan iborat?
➡️ Maqola qanday yoziladi?
➡️ Maqola yozishda yo'l qo'yiladigan eng ko'p uchraydigan xatoliklar;
➡️ Maqola chop etish uchun jurnal qanday tanlanadi?
➡️ Plagiat nima va undan qanday saqlanish kerak?
➡️ Scopus va Web of Science nima?
➡️ Yirtqich nashrlardan qanday himoyalanish kerak?

🔜 Kurs qachon bo'lib o'tadi?
2024-yil 27-aprel shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da ZOOM platformasida bo'lib o'tadi. Dars ikki soat davom etadi.

Kursda qatnashish narxi qancha?
- 50 ming so'm

Kursga qanday yozilish mumkin?
9860 1901 0261 1554 karta raqamiga (Bakhtiyor Sheraliev nomida) to'lov qilasiz. To'lov srinshotini va ism-familyangizni @hujayrauz_bot ga yuborasiz. Sizga yopiq guruhga qo'shilish linki yuboriladi.

✉️ Qo'shimcha savollar bilan @hujayrauz_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onalik botaniklarga taklif!

Farg‘ona shahrida 40 gektar maydonda Farg‘ona san'at saroyi va uning bog‘i tashkil etilgan. Har gal bog‘ni aylanar ekanman bog‘dagi o‘simliklarni kuzataman. Bog‘ xodimlari tomonidan ekib parvarishlanayotgan manzarali daraxt va butalar o‘z yo‘liga, lekin bog‘dagi turli o‘tsimon o‘simliklarni alohida tadqiq etsa bo‘ladi.

Bizda negadir ilmiy tadqiqot mavzusini juda ideallashtirishga harakat qilishadi. Aslida o‘z atrofimizni tadqiq etishga e'tibor qaratsak ko‘proq yangilik qilgan bo‘lar edik. Men shu bog‘dan kamida 50 turdagi o‘tsimon o‘simlikni sanadim, oilalar soni ham 15 tadan kam emas. Murakkabguldoshlardan tortib ziradoshlar, ayiqtovontoshlar vakillarigacha uchraydi. Yer bag‘irlab o‘sadigan archalar, bir necha o‘n turdagi bug‘doydoshlar o‘sib yotibdi.

Urbanoflora tarkibining shakllanishini o‘rganishda Farg‘ona san'at saroyi bog‘i eng qulay obyekt bo‘la oladi. Fikrimcha bog‘ florasidan bemalol bitta PhD va kamida 3-4 ta MSc dissertatsiyasi tayyorlasa bo‘ladi.

@hujayrauz
25-aprel Xalqaro DNK kuni

Bundan 71 yil muqaddam 1953-yil 25-aprelda Jeyms Uotson, Frensis Krik, Moris Uilkins, Rozalind Franklinlarning DNK molekulasi haqidagi uchta (1, 2, 3) maqolalari Nature jurnalida chop qilinadi.

2003-yilda "Inson genomi loyihasi" (Human Genome Project) tomonidan ushbu kunni butun dunyoda "Xalqaro DNK kuni" sifatida nishonlash taklif qilinadi va mana 21 yildan beri bu kun nishonlab kelinmoqda.

DNK kuni muborak, hurmatli biologlar 😊👨‍🔬🧬

@hujayrauz
​​​​25-aprel Xalqaro pingvinlar kuni

Ha, bugun nafaqat DNK kuni, shu bilan birga Xalqaro pingvinlar kuni hamdir. Pingvinlar pingvinsimonlar (Sphenisciformes) turkumi pingvinlar (Spheniscidae) oilasi 6 ta urug'ga mansub 17-20 ta turdan (ayrim turlarning taksonomiyasi bahsli, shunday bo'lsa-da BirdLife International tashkiloti ularning 18 ta turi mavjud deb ko'rsatgan) iborat uchmaydigan qushlardir.

Pingvinlarning deyarli barcha turi janubiy yarimsharda yashaydi, faqatgina bitta turi - Galapagos pingvini (Spheniscus mendiculus) ekvator yaqinida Galapagos orollarida uchraydi. Hozirgi mavjud pingvinlar orasida eng yirigi imperator pingvini (Aptenodytes forsteri) bo'lib, voyaga yetgan vakilining bo'yi 1,1 metrgacha, og'irligi 35 kg gacha yetadi. Eng kichik pingvin esa mitti moviy pingvin (Eudyptula minor) bo'lib, uning bo'yi 33 sm gacha, og'irligi 1 kg gacha yetadi.

Pingvinlar koloniya bo'lib yashaydi. Tana tuzilishi yashash sharoitiga moslashgan. Terisi ostidagi 2-3 sm qalinlikda yog' qatlami hamda uning ustidagi uch qavatli suv o'tkazmaydigan patlari uni kuchli sovuqdan himoya qiladi. Barcha turlari suvga juda yaxshi sho'ng'iydi va suzadi. Asosan suvdagi baliqlar bilan oziqlanadi.

Pingvinlar 18 ta turining 16 tasi shu bu kungacha Xalqaro Qizil kitobning mutaxassislari tomonidan o'rganilgan va baholangan (ya'ni Qizil kitobga kiritilgan).

@hujayrauz
Bugun xalqaro DNK va pingvinlar kuni. Shu bilan birga bugun yana bir kun nishonlanadi? Nima deb o‘ylaysiz, u qanday kun?

P.S. Yordam sifatida aytaman, u odamning birinchi raqamli dushmani. 2021-yilda u sabab 619 ming odam halok bo‘lgan.
Anonymous Quiz
39%
Xalqaro viruslarga qarshi kurashish kuni
19%
Xalqaro mashinasiz yurish kuni
23%
Xalqaro bezgakka qarshi kurashish kuni
19%
Xalqaro GMO mahsulotlari kuni
hujayra.uz pinned «🚩🚩🚩🚩🚩🚩 Vanihoyat va'da qilingan kichik kurs! "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursi haqida e'lon berganimda, kurs magistr, doktorant va mustaqil ilmiy tadqiqotchilar uchun deb aytgan edim. Lekin shunga qaramay bakalavrda o'qiydigan juda ko'plab uka-singillarimiz…»
Kichik bildirish!

FarDUda o'qiyotgan talabalar uchun!

Ertaga kechga xudo xohlasa "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" bir martalik kursini o'tkazamiz. Lekin menga FarDUda o'qiydigan ayrim talabalarimiz oy yakuni bo'lgani bois kursga qatnashish uchun moliyaviy tomondan qiynalib turishganini, keyingi oy hisobidan to'lov qilsak bo'ladimi deb yozishmoqda.

Albatta bo'ladi. Agar hozir kurs to'loviga pulingiz bo'lmasa kelasi oy to'lasangiz ham bo'ladi. Bemalol xijolat bo'lmasdan @hujayrauz_bot ga yozing.

P.S. Bu imkoniyat hozircha faqat FarDU talabalari uchun.

FarDUdan murojaat qilayotgan talabalar, o'zingizning ism-sharifingiz va qaysi yo'nalish, kursda o'qishingiz haqida yozing.
Hozirgina antiqa bir maqolani o‘qib qoldim. U yerda yozilishicha, o‘rta yoshlilarda marixuana iste'moli va epigenetik o‘zgarishlar orasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligi qayd etilgan.

Genomika kursini o‘qigan biologlar biladiki, genomdagi nukleotidlar ketma-ketligini o‘zgartirmagan holda kelib chiqadigan fenotipik o‘zgarishlar aynan epigenetik o‘zgarishlar deyiladi. Bu DNK yoki giston oqsillarining metillanishi hisobiga yuzaga keladi. Epigenetika hali juda yosh soha bo‘lib, insoniyat oldida turgan ko‘plab genetik savollar javob berishi kutilmoqda.

AQSh kabi davlatlarda marixuana iste'moli qonuniylashgan bo‘lib, uni do‘kon yoki dorixonalardan sotib olishingiz mumkin. AQShdagi aholining 49%i umrida kamida bir marotaba bo‘lsa ham marixuana iste'mol qilgan. Olimlar hozirgacha uning odam salomatligiga ta'siri haqida to‘la ma'lumotga ega emasligimizni aytishadi. Yuqorida men o‘qigan maqola kabi tadqiqotlar mana shu yo‘ldagi navbatdagi qadam hisoblanadi.

To‘g‘ri, marixuana og‘riq qoldirishda foyda berishi mumkin, lekin uning ziyon keltirish ehtimolini ham istisno qilmaslik kerak. Shaxsan meni xursand qiladigani, yaxshi ham bizda marixuana qonunan taqiqlangan.

@hujayrauz
🚩🚩🚩🚩🚩🚩

Hurmatli bakalavriatura o‘qiyotgan uka-singillarim, bugun kechga soat 19:00 da "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" deb nomlangan bir martalik kursimizni o‘tkazamiz.

Agar hamon kursga yozilmagan bo‘lsangiz sizda hali imkon bor.

Kurs haqida 👉 bu yerda 👈 batafsil yozilgan.

@hujayrauz_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kursimiz boshlanishiga bir soatdan kamroq vaqt qoldi.

Shoshiling!!!
🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩

Bakalavrlar uchun tashkil qilgan qisqa kursimizni hozirgina tugatdik. O'ylaymanki kursda ishtirok etganlar o'zlari uchun qiziqarli hamda kerakli bo'lgan ma'lumotlarni qo'lga kiritishdi. Va eng asosiy umidim ushbu yoshlar ilmiy tadqiqotga qadam qo'yar ekan, bugungi kursda o'rganganlarini faol qo'llab, yurtimiz ilm-faniga o'z hissalarini qo'shishadi.

Kurs ishtirokchilaridan kurs haqida fikrlarini kutib qolaman. Bu kurs materiallarini qayta ko'rib chiqish va boyitish jarayonida men uchun foydali bo'ladi.

Barcha kurs ishtirokchilariga rahmat!

@hujayrauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning eng yirik eksklavidan barchaga salom!

Bugun shogirdlarim bilan So‘x daryosi havzasini tadqiq etishga keldik. So‘x bizni tonggi mayin yomg‘ir bilan kutib oldi. Havo ajoyib. Suv muuuuzdek 😄.

Asosiy o‘zandan har doimgidek uch baliq turi - Cottus spinulosus, Schizothorax eurystomus va Triplophysa daryoae ni qayd etdik.

Bu galgi ekspeditsiyamizning yangilik qismi daryoning asosiy o‘zanidan tashqarida, kichik soylarida ham T. daryoae ning uchragani bo‘ldi.

@hujayrauz