hujayra.uz
4.8K subscribers
1.23K photos
182 videos
71 files
1.57K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
Qoyil, ko‘pchilik biologlar rasmdagi obyektni juda to‘g‘ri topishdi. Bu chindan ham lola bargidagi barg‘ og‘izchalarining mikroskop ostidagi ko‘rinishi edi.
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 6-fevral kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 775 valid baliq turi mavjud. 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 41 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda yanvar oyi so'ngida Janubiy Xitoy dengizidan kashf etilgan tikanli akulalar (Squaliformes) turkumi qora tikanli akulalar (Etmopteridae) oilasiga mansub Etmopterus lii balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro The Raffles Bulletin of Zoology jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
Vanihoyat bugun "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" deb nomlagan kursimizning ikkinchi guruhi bilan kursni tamomladik.

10 kishidan iborat bo'lgan jamoada ilmiy maqola yozish bilan bog'liq juda ham ko'plab jihatlar - ilmiy maqola strukturasi, maqola yozishdagi qoidalar, maqolaga nom tayyorlashdan tortib to uning adabiyotlar ro'yxatini tuzishgacha bo'lgan kichik detallar haqida o'rgandik. Shu bilan birga ilmiy maqola uchun jurnal topish, ularni saralash, maqolalarni yuborish, "musor" jurnallar, ulardan himoyalanish va bu borada amal qilishini kerak bo'lgan qoidalarni ko'rib chiqdik. Eng muhimi kurs ishtirokchilari bilan har ilmiy tadqiqotchi amal qilishi kerak bo'lgan ko'plab ilmiy etika qoidalarini o'rgandik.

Umid qilaman, ushbu kursda qatnashgan 10 nafar yosh tadqiqotchilar o'rgangan bilimlaridan o'zlarining ilmiy faoliyatlarida keng foydalanadilar.

Ilmiy maqola yozish bo'yicha kursimizni to'xtatmaymiz. Yangi guruh tuzilishi allaqachon boshlangan. Kursda qatnashmoqchi bo'lganlar @hujayrauz_bot ga murojaat qilishlaringiz mumkin.

Bu qanday kurs o'zi degan savollarga 👉 bu yerda 👈 javob olasiz.

@hujayrauz
Yanvar boshida ilmiy maqola yozish kursiga yozilgan, to‘lov qilgan, lekin ikkinchi guruhga ulgurmagan tadqiqotchilar, iltimos, menga qaytadan aloqaga chiqsangiz. Katta rahmat!
14-fevral Xalqaro bonobolar kuni

Bonobo (Pan paniscus) yoki pakana shimpanze nomi bilan mashhur bo'lgan ushbu hominin ayni vaqtda faqatgina Afrikaning Kongo havzasi qismida saqlanib qolgan. Ular Xalqaro Qizil kitobga "yo'q bo'lib ketayotgan tur" maqomi bilan kiritilgan. Bonobolar o'rmonlarda yashaydi, daraxt mevalari bilan oziqlanadi. Ularning bugungi kunda 30-50 mingta individi saqlanib qolinganligi aytiladi.

@hujayrauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Osmondagi bolalar" youtube kanalida men bilan bo'lgan intervyu o'chirilgani haqida menga juda ko'pchilik yozdi, yozishmoqda. Menga intervyu kanaldan nega olib tashlanganing sabablari ma'lum emas. Sababni aniqlashtirish uchun kanal mualliflari hamda adminlariga qilgan murojaatlarim hozircha javobsiz qolmoqda. Mendan ko'pchilik "o'sha intervyu videosi o'zingizda bo'lsa kanalingizda ulashing" deb qayta-qayta so'rashgani uchun uni bu yerda qayta ulashishga qaror qildim.

Youtubedagi intervyu kanalga qaytgach ushbu video bu kanaldan olib tashlanadi.

P.S. Facebookdagi sahifamda intervyu berish hamda intervyu videosining o‘chirilish tarixi haqida yozdim. Umid qilaman shu bilan bu mavzu yopiladi.

@hujayrauz
📝Application prep short course

🔬Biologiya sohasi talabalari va biologiya sohasida ta'lim olishni istagan maktab bitiruvchilari uchun universitetlar va turli xildagi grantlarga hujjat topshirish bo'yicha qisqa muddatli kurs.


📚Nimalar o'rgatiladi:
- O'zingizga mos dasturlarni topish;
- Muvafaqiyatli CV, Motivatsion xat va boshqa hujjatlarni tayyorlash;
- Suhbat jarayoniga tayyorlanish.


Kurs davomida CV, motivatsion xat tayyorlash bo'yicha tutoring klasslari, interview bo'yicha Top 20 ta savollarning case by case muhokamasi olib boriladi.

Kurs formati:
100 % onlayn. Zoom platformasida o'tiladi. Alohida telegram guruh ochiladi.

🧾Kurs to'lovi:
100 000 so'm. Har bir dars uchun/har bir qatnashuvchiga simvolik 1$.


Qatnashuvchilar soni:
taxminan 20 kishi;


📅Boshlanish va dars o'tish vaqtlari:
2024-yil Mart oyi o'rtalarida. Hafta kunlari 14:00 dan 20:00 oralig'ida o'tiladi.

🔍Talabgorlarga qo'yilgan talablar:
- Biologiyaga aloqador sohalarda o'qish yoki biologiya sohasida o'qish istagi;
- Ingliz tilini kamida o'rta darajada bilish;
-Universitet yoki dasturlarga hujjat topshirganligi yoki topshirish istagi;


🤩Ixtiyoriy qo'shimcha imkoniyat:
Kurs yakunlangach ishtirokchi tayyorlagan hujjatlarni mentorlar tekshirib beradi va 1 marta 20 minut mock suhbat o'tkaziladi.

Ushbu qism ixtiyoriy va qo'shimcha 250 000 so'm to'lanadi.


🧑‍🔬👨‍🔬Mentorlar:
Muzaffar Muminov - Erasmus Mundus Almashinuv dasturi/ Korea-ADB vaccine manufacturing grantlari sohibi.

Shoxsanam Davlatboyeva - Erasmus emPLANT+ dasturi granti sohibasi;

Gulnoza Esonova - STEP TUAT almashinuv dastur granti sohibasi.


Kurs va mentorlar bo'yicha qo'shimcha ma'lumot bu yerda.

Arizalar 10-mart sanasi 18:00 gacha qabul qilinadi. Ariza formasini bu yerda topshirish mumkin.

@biology_uz - Biologiya yangiliklari hamda mentorlar tomonidan tashkil etiladigan kurslar ushbu telegram kanalda kuzatib boring.
3-mart Xalqaro yovvoyi tabiat kuni

BMT Bosh assambleyasining 2013-yil 20-dekabrdagi rezolutsiyasiga ko'ra, har yili 3-martni "Xalqaro yovvoyi tabiat kuni" sifatida nishonlash belgilangan.

Nega aynan 3-mart?

Yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan yovvoyi hayvon va o'simlik turlarining xalqaro savdosi to'g'risida Konvensiya (Convention on International Trade in Endangered Species of Wild Fauna and Flora - CITES) aynan 1973-yil 3-mart kuni qabul qilingan. Mana shu konvensiya qabul qilinganligining 40 yilligi munosabati bilan bo'lgan tadbirda aynan 3-mart kuni "Xalqaro yovviyi tabiat kuni" sifatida belgilandi.

Konvensiya ro'yxatiga kitirilgan hayvon va o'simliklarni biror davlat chegarasidan yashirincha olib o'tish, ularni noqonuniy ravishda sotish yoki sotib olish jinoyat hisoblanadi. Konvensiyaning 3 ta ilovasi bo'lib, unga 38 700 dan ortiq (5950 hayvon, 32800 o'simlik) tur kiritilgan. O'zbekiston ham bu konvensiyani ratifikatsiya qilgan.

@hujayrauz
Qadrli opa-singillar, aziz ayollar!
Barchangizni bugungi ayyom bilan chin dildan tabriklayman. Umringiz uzoq, tani-joningiz salomat bo‘lsin. Oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizga muvaffaqiyat va shaxsiy hayotingizda omad tilayman!
💐💐💐💐💐

@hujayrauz
Bir necha kun avval Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 5-mart kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 759 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 6-fevral kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlar 16 turga kamaygan (fikrimcha tavsiflangan yangi turlardan ko'ra validligini yo'qotgan turlar soni oshgan). Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 60 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda fevral oyi so'ngida Meksikaga qarashli Revillagigedo arxipelagining San Benedicto oroli yaqinidan kashf etilgan olabug'asimonlar (Perciformes) turkumi gubanlar (Labridae) oilasiga mansub Halichoeres sanchezi balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro PeerJ jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
O'tgan haftada biologiya fanida qanday yangiliklar yuz berdi?

👉 Olimlar jigarrang panda (Ailuropoda melanoleuca qinlingensis)ning yung rangi odatdagi oq-qora pandalarnikidan farqlanishiga yuqori ehtimollik bilan Bace2 genidagi 26 juft nukleotidning deletsiyasi sabab bo'lishini aniqlashdi.

👉 Dengiz biologlari jamoasi Tinch okeanning Kosta Rika hududi yaqinidan noodatiy chuqur suv chuvalchangini kashf qilishdi. Ushbu chuvalchang cho'zilgan tanasi va uning ikki chetida uzun parapodiylarining bo'lishi bilan farqlanadi.

👉 Angliyaning Newtown daryosi havzasida joylashgan Klamerkin ko'lida antiqa voqea qayd etildi. Suv yuzasida uchib yurgan baliq ovlamoqchi bo'lgan oq dumli suvburgut (Haliaeetus albicilla) suvga yaqinlashgan vaqtda suv ichidagi kulrang tyulen (Halichoerus grypus) suvdan chiqib burgutga suv purkab uni qochib ketishga majburladi. Tadqiqotchilar ushbu ikki yirtqich hayvonlar orasida bu kabi munosabatni ilk marotaba qayd etishgani haqida yozishgan.

👉 Angliyadan 390 mln yoshli toshga aylangan o'rmon qoldiqlari qayd etildi, bu o'zidan avvalgi AQShdan aniqlangan xuddi shunday o'rmon qoldirlaridan 4 mln yoshga kattaroqdir.

👉 Perudan pakana bug'ularning yangi turi aniqlandi. Unga tadqiqotchilar Pudella carlae deb nom berdilar. Bu bug'usimonlar (Cervidae) oilasining XXI asrda kashf qilingan ilk vakili hisoblanadi.

@hujayrauz
Chotqol tog' tizmasidan karamdoshlar oilasiga mansub yangi o'simlik turi kashf etildi

O'zResFA Botanika instituti va Janubiy Sibir botanika bog'i botanik olimlari birgalikda Toshkent viloyatidagi Chorvoq suvombori atrofidan karamdoshlar oilasining Parriya (Parrya) turkumiga mansub yangi o'simlik turini kashf etishga muvaffaq bo'lishdi.

Yangi tur O'zbekiston hozirgi botanika fanining eng yirik olimi, akademik Komiljon Tojiboyev ustozimiz sharafiga Tojiboyev parriyasi - Parrya tojibaevii deb nomlangan.

Olimlar Chorvoq hududida dam olish maskanlarining ko'pligi, GESlarning qurilishi, chorva mollarining ta'sirida mazkur turning tarqalish areali kichrayib borayotgani bois uni butunlay yo’q bo’lib ketish arafasidagi tur (Critically Endangered [CR]) maqomida bo'lishi mumkinligini qayd etishgan.

Ushbu kashfiyot bilan o'zbek botaniklarini, xususan, turning muallifi yosh botanik tadqiqotchi Farruxbek Madaminovni yurtimizning biologlari nomidan samimiy qutlayman! 🎉
Navro'zi olam muborak, aziz yurtdoshlar! 💐

@hujayrauz
Ilg'or Texnologiyalar markazida molekulyar maktab bo'lib o'tadi. Bu yilgi maktab Sun'iy Idrok metodlari yordamida yangi oqsillar yaratishga qaratilgan bo'ladi.

CAT Protein Design School 20 apreldan 18 mayga qadar har shanba kuni bo'lib o'tadi. Barcha ma'lumotlarni maktab saytida bilib olishingiz mumkin.

Maktabga arizalar 13 aprelga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun shu havola orqali google formni to'ldiring.

Barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun bizning kanalimizga a'zo bo'ling
@cat_protein_design_school
#qayta_nashr

Biologiya va genetikadan masalalar

10-nashr

Kitob biologiya va genetika faniga oid muammolaringizga tayyor yechimlar taqdim etadi.

Qo‘llanmadagi masalalar:
📌mavzulashtirilgan;
📌barcha masalalarning javoblari bilan;
📌murakkab masalalarning yechimi bilan berilgan.

📖 Fragment va mundarija

Muallif: Baxtiyor Sheraliyev
Muqova: yumshoq
Hajmi: 240 bet
Narxi: 20 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📘  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​1-aprel Xalqaro suv baqalari kuni

Janubiy Amerikadagi And tog' tizmasi hududida And hushtakchilari yoki suv baqalari (Telmatobius) deb nomlanadigan dumsiz baqalar urug'ining vakillari uchraydi. Ushbu baqalarning ayni vaqtda 61 turi aniqlangan. Ularning barchasi TMXI ning Qizil ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, 86% i deyarli butunlay qirilib ketish xavfi ostida turibdi. Ulardan 8 turi ehtimol batamom qirilib ketgan bo'lishi mumkin. Jumladan, Ekvadorda Vellard suv baqasi (T. vellardi) 1968-yildan beri qayd etilmagan. Mutaxassislar ushbu urug' vakillarining himoyasi uchun anchadan beri bong urib kelishadi.

Prussiyalik tabiatshunos F.J.F. Mayen ilk marta 1831-yil 1-aprel kuni Peruning Palka hududidagi g'orlardan birida ushbu suv baqalarining sayrashini eshitganini qayd etgan. Ushbu kun Telmatobius urug'i vakillari haqida fanga ma'lum bo'lgan dastlabki kun bo'lganligi bois, uni 2020-yildan boshlab xalqaro suv baqalari kuni sifatida nishonlash joriy qilindi.

Suv baqalari ayni vaqtda himoyaga muhtoj amfibiyalar ichida peshqadam bo'lib, dunyoning bir qancha hayvonot bog'larida ko'paytirilmoqda.

P.S. Rasmda Titikaka suv baqasi (Telmatobius culeus) tasvirlangan.

@hujayrauz
Kuni kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 2-aprel kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 779 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 5-mart kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 29 kun davomida baliqlar soni 20 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 87 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda mart oyi so'ngida Boliviya hududidagi Amazonka havzasiga kiruvchi Madeira daryosining yuqori oqimidan kashf etilgan xarassisimonlar (Characiformes) turkumiga mansub piranyalarning yangi turi Serrasalmus magallanesi balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Journal of ichthyology jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
Qadrdon do'stlar! Mana muborak Ramazon oyi ham ortda qoldi. To'g'risi u qanday tez o'tganini sezmay ham qoldim, menimcha ko'pchilikda shunday bo'lgan bo'lsa ajab emas.

Barchangizni bugungi Ramazon hayiti bayrami bilan chin dildan qutlayman. Har doim salomat bo'ling. Zotan, ilm-fan, hayot tashvishlari, xursandchiliklar faqatgina kishi salomat bo'lgandagina ko'ngilga sig'adi. Shu bois hech qachon kasal bo'lmanglar. Mana shunday farahbaxsh bayramlarning ko'pini birgalikda nishonlash barchamizga nasib qildin.

Hayit muborak!

@hujayrauz
"Soqol o‘stiruvchi turli moylarning foydasi bormi?"

Ko‘p bo‘lmasa-da ba'zan shunga o‘xshash savollarni yo‘llab turishadi. Odatda javob yozmas edim, chunki javobi kunday ravshan bo‘lgan narsalarga vaqt sarflash to‘g‘ri deb o‘ylamayman. Shunday bo‘lsa ham bugun bu savolga qisqagina javob bermoqchiman.

Hech qanday moy yoki soqol o‘stiruvchi moddalar sizning yo‘q soqolingizni o‘stirmaydi. Bu eng keng tarqalgan mif. Chunki bu moylarning soqol o‘stirishga aqalli zig‘ircha ta'siri borligini isbotlaydigan birorta ham ilmiy dalillar mavjud emas. Shu bois soqolingiz siyrak bo‘lsa bunday yolg‘onlarga pul sarflab yurmang.

Soqol o‘sishi avvalo genetikaga, organizmdagi testosteron gormoni miqdoriga va ana undan keyin sizning turmush tarzingizga bog‘liq.

@hujayrauz
Bugun ham vaqtingiz bor!

FarDUda o‘tkazilayotgan olimpiadada ishtirok eting. 1, 2 va 3-o‘rinni olganlar FarDUga imtihonsiz o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Qo‘shimcha savollarga 👉 bu yerdan 👈 javob topishingiz mumkin.

@hujayrauz