hujayra.uz
4.73K subscribers
1.19K photos
180 videos
71 files
1.54K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
Qadrli vodiylik biolog ustozlar, orangizda 3-6-iyun kunlari Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi malaka oshirish mintaqaviy markaziga malaka oshirish kursiga kelayotganlar bormi?

Men 3-4-iyun kunlari mana shu malaka oshirish tinglovchilariga ma'ruza o‘qigani kiryapman. Albatta ma'ruza mavzulari ma'lum, lekin sizlar uchun nimalar qiziq, shu haqida yozsangizlar, men ma'ruzamni shunga qarab moslashtirar edim.

Xudo xohlasa, dushanba kuni 09:30 da ko‘rishamiz.
Forwarded from BIOLOGIYA | RASMIY (Mirmuhsin Mahmudov)
Assalomu alaykum xurmatli abituriyentlar❗️

2024 yil iyun oyida biologiya faniga doir masalarni va "GENETIKA" darslarini (0) noldan boshlab to'liq o'rganamiz. Darslarimiz biolog abituriyentlar uchun mutlaqo bepul kelishingiz mumkin. Qaysi markazda o'qishingizdan qat'iy nazar hatto sizga ham.

❗️Darslarimiz B.Sheraliyevni "Biologiya va genetikadan masalalar" nomli qo'llanmasi asosida olib boriladi.

Ushbu habarni yaqinlaringizga ulashing. Joylar soni ko'p emas❗️

Bogʻlanish uchun 👉 @biomuallim

Manzilimiz: Farg'ona shahar Burhoniddin al-Marg‘iloniy ko‘chasi 30-uy

👉 @Uz_Biologiya
So‘nggi ikki kun davomida Farg‘ona vodiysidan kelgan akademik litseyning biologiya fani ustozlari bilan malaka oshirish kursini birgalikda o‘tkazdik. Anchadan beri bunday maza qilib ma'ruza o‘qimagan edim. O‘qituvchilar shunchaki 🔥🔥🔥

Ustozlar, ma'ruzalarda faol qatnashganlaringiz uchun barchangizga katta rahmat! Sizlar o‘qitayotgan o‘quvchilardan hali katta-katta biolog olimlar yetishib chiqishiga ishonaman.

P.S. Birga tushgan rasmlarimizni menga ham yuboringlar, uydagilar maqtanaman 😊

@hujayrauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahrida 9-14-iyun kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Olimpiadada 20 ga yaqin xorijiy davlatlarning terma jamoalari kuch bellashadi. Kamina ushbu olimpiadada hakam sifatida ishtirok etadi. Barcha ishtirokchilarga, ayniqsa milliy terma jamoamizga omad yor bo‘lishini tilayman!

Buxoroda ko‘rishguncha azizlar!

@hujayrauz
Vanihoyat kecha qadimiy va navqiron Buxoro shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasining ochilish marosimini chiroyli qilib o‘tkazib oldik. Tadbir juda ham chiroyli bo‘ldi. Unda 18 ta davlatdan 120 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Bugun olimpiadaning birinchi nazariy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. O‘quvchilar hujayra biologiyasi, biokimyo, molekulyar biologiya, o‘simliklar anatomiyasi va fiziologiyasi, hayvonlar anatomiyasi va fiziologiyasi, genetika, evolyutsiya, ekologiya va etologiya kabi biologiyaning turli sohalaridan nazariy savollarga javob beradilar.

Ertaga olimpiadaning ikkinchi amaliy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

@hujayrauz
Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasining birinchi nazariy bosqichini chiroyli tarzda yakunlab oldik. O'zi ham guruh rahbarlari hamda hakamlar jamoasi kecha kechki payt soat 10 da ish boshlashganicha tuni bilan uxlashmadi. Endi ozgina dam olinadi va ertagalik amaliy bosqich uchun tayyorgarlik boshlanadi.

Kamina ertagalik amaliy bosqichga mas'ul hisoblanadi va hozir shunga hozirlanmoqdaman. Jarayon o'tib olsin, olimpiada uchun qanday amaliy topshiriq tayyorlaganim haqida batafsil aytib beraman.

@hujayrauz
Allohga shukur Xalqaro biologiya olimpiadasining so‘nggi bosqichini ham hozirgina yakunlab oldik.

Ikkinchi amaliy bosqichda men zoologiya fanini tanlagan edim. Bunda o‘quvchilar ularga taqdim etilgan baliq namunalari asosida ularning turini aniqlashlari, shundan so‘ng ushbu turlarning morfologik va meristik belgilarini topishlari hamda COI geni asosida berilgan genetik farqlari asosida ushbu turlarning filogenetik daraxtini chizishlari lozim edi (ixtiolog yana qanaqa topshiriq berar edi, albatta baliq haqida topshiriq beradi-da 😄).

Endi navbat o‘quvchilarning ishlarini baholashga. Undan avval esa uxlab olish kerak, chunki kecha tuni bilan savollarning tarjimasi qilindi hamda imtihonga materiallar tayyorlandi.

P.S. Xalqaro olimpiadada savollar odatda ingliz tilida tayyorlanadi. Shundan so‘ng ishtirokchilarning guruh rahbarlari imtihondan bir kun avval tunda savollarni olishadi va o‘z tillariga tarjima qilishadi. Tarjima vaqtida ular o‘quvchilari bilan aloqaga chiqishlari cheklanadi. Imtihon tugagachgina o‘quvchilari bilan ko‘rishadilar.

@hujayrauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizlar uchun olimpiadaning amaliy qismidan video lavha olganman. Bu yerda o‘quvchilar aniqlagich yordamida o‘zlariga berilgan baliq namunalarini tur darajasida aniqlashmoqda.

@hujayrauz
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 11-iyun kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 867 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 11-may kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 31 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 4 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 177 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda may oyi so'ngida Tinch okeanning shimoliy-g'arbiy qismidan kashf etilgan ximeralar (Chimaeriformes) turkumiga mansub yangi tur Chimaera stellata balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Ichthyological Research jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun uning yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina medallarni topshirdik.

To‘rt davlat - Rossiya (5 ta), O‘zbekiston (3 ta), Xitoy (1 ta), Belarus (1 ta) o‘quvchilari oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Qo‘shimcha tarzda shuni aytishim mumkinki, milliy terma jamoamiz kumush va bronza medallarni ham qo‘lga kiritishdi.

Farg‘onaga qaytib olay, olimpiada haqida imkon qadar batafsil yozaman. Kanalga savollaridan namunalar qo‘yaman.

@hujayrauz
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, aziz dindoshlar!

Barchangizga sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, uzoq va mazmunli umr tilayman. Alloh mana shunday ulug‘ ayyomlarning ko‘pini birgalikda nishonlashni nasib qilsin!

@hujayrauz
Ilm-fan ishtiyoqmandlari uchun ajoyib yangilik!

🌎Ilm-fanga chanqoq insonlar uchun “Butunjahon Yoshlar Festivali-2024”ning navbatdagi tadbiri olimlar va soha mutaxassislari bilan tashkillashtirilmoqda

🧾Uchrashuv 28-iyun kuni 10:00da Yoshlar ijod saroyining 2-konferensiya zalida bo‘lib o‘tadi.

Bilimingizni kengaytirish va ilm-fanning yetakchi mutaxassislaridan yangi g’oyalar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📝Ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-iyul Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni

Halqali chuvalchanglar tipiga mansub ko'p tukli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi parafiletik kelib chiqishga ega bo'lgan, asosan dengizlarda tarqalgan chuvalchanglardir. Ushbu chuvalchanglarning har bir tana qismida parapodiylari va ularda xitindan tashkil topgan ko'plab tuklar joylashgan. Sinf o'z ichida 10 mingdan ortiq turlarni jamlaydi. Atigi 168 turi (umumiy ko'p tuklilarning sal kam 2% ga yaqini) chuchuk suvlarda yashashi qayd etilgan. Eng keng tarqalgan turlaridan ko'pchilikka tanish bo'lgan nereida (Nereis virens) ni ko'rsatish mumkin (uzunligi 60-70 sm gacha keladi, rasmga qarang).

Ushbu sinf vakillari ekologik jihatdan turli ekologik tokchalarda yashashi, simbioz yashashning bir necha ko'rinishlariga egaligi, qolaversa taksonomiyasining o'ziga xosligi, parafiletik kelib chiqishga ega ekanligi, eng dastlabki qazilma holdagi vakillari kembriy davri yotqiziqlaridan topilganligi bilan biologlarni azaldan qiziqtirib keladi.

O'zining 60 yillik umrini ko'p tukli chuvalchanglarni o'rganishga bag'ishlagan Kristian Fauchald (1935-2015) sharafiga uning tug'ilgan kunini 2015-yilda uning vafotidan so'ng Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ushbu olim ko'p yillar Vashingtondagi Tabiat tarixi milliy muzeyida ko'p tukli chuvalchanglar bo'limi kuratori sifatida faoliyat yuritgan. U ko'p tukli chuvalchanglarning biologiyasi, ekologiyasi, ko'payishi hamda filogeneyasiga oid ko'plab tadqiqotlarni amalga oshirgan.

@hujayrauz
Tabiiy suv havzalarida cho‘milishdan saqlaning!

Farg‘ona viloyatidan Katta Farg‘ona kanali oqib o‘tadi. Bu yil seryomg‘ir bo‘lgani bois hozir kanalda suv juda ko‘p, loyqa va juda tez oqmoqda.

Kuni kecha kanalning Rishton tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milaman deb uydan chiqqan ikki bola (9-sinf) dom-daraksiz yo‘qolgan. Butun boshli qishloq aholisi va maxsus xizmatlar bolalarni izlamoqda. Hozir bolalar ota-onasining holatini hatto tasavvur ham qila olmayman.

Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizga ko‘z-quloq bo‘ling, anhor, daryo va kanallarda cho‘milgani umuman ruxsat bermang.

O‘zi ochiq suv havzalari cho‘milish uchun xavfsiz emas, kamiga u suvlarda turli-tuman infeksiyalar ham bo‘ladi. O‘zini asraganni, xudo ham asraydi. Yozni turli talofatlarsiz o‘tkazib olaylik.

@hujayrauz
#Yozgi_maktab_Biotexnologiya_ITM 🤩 #CAT_Biotechnology_Summer_School 🤩

Hurmatli talabalar, Ilg’or Texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo’yicha Yozgi maktab 2024 nihoyat QAYTDI. Issiq kunlarda SALQIN qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo’ling!

📑Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo’lishi aniq. Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

💡Kimlar uchun: Biologiya, Farmatsevtika va aloqador yo'nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun.

MUHIM: Bakalavr bosqichini kamida 1-yilini tugatgan bo'lishi SHART. Bakalavr va magistraturani 2024-yilda tugatganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Qabul qilingan ishtirokchilardan, talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so'raladi.

🧬Qabul qilingan nomzodlar biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo va mikrobiologiyada qo’llaniladigan metodikalarni o’zlashtirishadi. Eng qiziqarlisi, kichik guruhlarda o’z loyihalarini shakllantirishadi.

👩‍🔬👨‍🔬Mentorlar: O’zbekistonda SARS-CoV-2 virusini aniqlash uchun PZR test sistema ishlab chiqilishida ishtirok etgan olim va laboratoriyaning yosh mutaxassislari.

🎓Alumni: Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

🔎Qabul jarayoni: - Ariza formasini 3 ta tildan birida to'ldiring -- > Inshoyingiz asosida suhbatga chaqirilasiz. Yakuniy tanlov suhbat asosida olib boriladi.

📅Boshlanish sanasi: 2024-yil 05-agustda boshlanadi.

MUHIM: Dasturga hujjat topshirishning eng oxirgi sanasi 30.07.2024 soat kechki 18:00 gacha. Ushbu vaqtdan so'ng topshirilgan arizalar ko'rib CHIQILMAYDI.

Til: Dastur asosan O'zbek tilida olib boriladi. Lekin Ingliz va Rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.

Natijalarni kuzatib borish: Natijalarni Ilg'or texnologiyalar markazi rasmiy telegram kanali hamda Yozgi maktab koordinatori Muzaffar Muminovning shaxsiy @biology_uz kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali JO'NATILMAYDI. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga zoom linki sms/telegram yoki email orqali jo'natilishi mumkin. Shu sababdan, telefon nomeringiz hamda email manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz.

📱Qo'shimcha ma'lumot: Ilg'or texnologiyalar markazi haqida qo'shimcha ma'lumot: https://cat-science.uz yoki https://www.facebook.com/uzadvanced/

2023-yildagi ma'lumotlarni berilgan linklar orqali tekshiring: https://t.me/uzadvanced/491 https://t.me/uzadvanced/492 https://t.me/uzadvanced/493 https://t.me/uzadvanced/495 https://t.me/uzadvanced/504 https://t.me/uzadvanced/514

Do'stlaringiz bilan bo'lishishni unutmang!
Ertaga Qozog'istonning Ostona shahrida 2024-yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasiga chin dildan omad tilayman! Umid qilaman terma jamoamiz Buxoroda o'tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasidagi natijalarni yana bir bor takrorlashadi.

@hujayrauz
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 9-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 893 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 11-iyun kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 26 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 202 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda iyun oyi so'ngida Xitoyning Zhu-Jiang havzasidan kashf etilgan soxta ugorsimonlar (Synbranchiformes) turkumi xartumtumshuqlilar (Mastacembelidae) oilasiga mansub yangi tur Sinobdella longitubulus balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Biodiversity Data Journal jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz