Hazrati Kursdosh |LIFE
766 subscribers
108 photos
39 videos
20 links
⚡️Tezkor, qisqa va jonli hazillar. Yo‘l-yo‘lakay gaplar, o‘ta shaxsiy hangomalar, ijtimoiy postlar. O'yinlar, yangiliklar, konkurslar, livehacklar, so'rovnoma va viktorinalar.

Asosiy kanal: https://t.me/+U72KGeEFKWlkNWRi

🛡 A'loqa: @Hazrati_Kursdosh
Download Telegram
Yo ertalabdan asabni buzadi bular. Sen Yandex chaqirding, xavfsiz ketyapsan. Nima qilasan haydovchini qaysi yo‘ldan yurishiga aralashib?! Qanday haydashni, qaydan yurishni o‘rgatadimi-ye! Yandex programma o‘zi eng maqbul yo‘lni ko‘rsatadi. Jim ketish kerak, men senga gapirganim yo‘q-ku yoki arzimas pulga ketayotganingni yuzingga soldimmi?!
Hazrati Kursdosh |LIFE
Yo ertalabdan asabni buzadi bular. Sen Yandex chaqirding, xavfsiz ketyapsan. Nima qilasan haydovchini qaysi yo‘ldan yurishiga aralashib?! Qanday haydashni, qaydan yurishni o‘rgatadimi-ye! Yandex programma o‘zi eng maqbul yo‘lni ko‘rsatadi. Jim ketish kerak…
Umuman olganda do'stlarim, bunaqasi ketmaydi. Yandex chaqirdingizmi, tamom indamay ketavering ishiga aralashmay. Qachonki, qo‘pol yoki xavfli haydasa shunda e'tiroz bildirishingiz mumkin. Boshqa payt muammo qilmaydi hech biri.
Bu mayli, bittasi manziliga yetib borgach belgilangan summadan ming so‘m ziyod berdi. Qaytarib berayotsam, ming so‘m nima bo‘lardi, qo‘yavering roziman, dedi. Ketganidan keyin pullarini sanab ko‘rsam, yarmi yertiq-yamoq ekan, skochlangan. 🤦🏻‍♂️
Hazrati Kursdosh |LIFE
Eng musor va yaroqsiz pullarni taksistga berib ketishni yomon o‘rganganda bizning xalq. Bu qanday pastkashlik axir. Odamlar nega bunaqa?..
Hech e'tibor berib ko‘rganmisilar, og‘ir va halol ishlab topilgan pullar kir, eski-tuski, yertiq-yamoq, qoraygan, ko‘kargan, bo‘yalgan, g‘ijim va hk bo‘ladi. O‘ylab ko‘rganmisiz, nega shunday ekan?
Jigarlarim, omonmisiz? Bugun ikkita "kolobok" opa-singillarni ishxonasiga tashlab qo‘ydim. Mehmonxonada oshpaz shekilli. Bir-biridan bo‘rsildoq, momiq va oppoq, istarasi issiq yoqimtoy edi. Birinchi bor semizlik ham go‘zallik bo‘lishi mumkinligiga iqror bo‘ldim. Umrlari uzoq bo‘lgurlar.
Ishxonamizda "qisqartirish" boshlangan. Qattiq suhbat bo‘lishidan agohlantirilgandan beri shu paytgacha tuzuk-quruq ish bermagan xodimlarning paytavasiga qurt tushgan. Bari o‘zidan bilib g‘imirlab qolgan. Yomon holat a?..
1-doʻkon 50 mingtalik pulimni maydalab bermadi. Keyin 2-doʻkonga kirdim, uyam maydalab bermadi. 3-doʻkonga kirib oʻtirmadim. Shartta 1-doʻkonga qaytib borib 2 ming soʻmga suv sotib oldim. 48 ming mayda qaytarib berdi. Gʻalatimiz.🤦‍♂️
Ishxonada asablarim arzimas narsalarga ham chidolmayapti. Nolish, jizzakilik va injiqlik haddan ortyapti. Bunaqada kimnidir xafa qilib qo‘yaman. Ta'til olish vaqti keldimi, deyman-da...
Ooo jigarlarim, qondaysizlar? O'ziyam chekvoradigan yomg‘ir yog‘yapti-viiiy. O‘rganib ham qoldi-ya odam yomg‘irga.
Ha mazgi! 😂
Hamma aqlli, bitta biz chumo. Haliyam ishxonada oʻtiribmiz. Noliganim yoʻq, shunchaki tizimni boshqatdan koʻrib chiqishlikni, shu davlatga, hukumatga, aziz Vatanga odamga oʻxshab xizmat qilishni judayam xohlayman.
Shunaqa temirdan ishlangan mashinalar jinnisiman. Qolaversa, bugun bayram. Ko‘zimga yaxshi ko‘rinib ketdi shu ikkisi, qo‘shimchasiga obqo‘yaverdim bollarga. Birga o‘ynaymiz baribir, desam. 😂
Ashxobod parkidagi ayollarning sochyular jangi yomon asabimga tegdi. Bechora chamasi 3 yoshli bolacha ayasini oyog'iga yopishib yig‘layapti, janjal ichida qolib ketgan. Odamlar esa tomoshadan zavq olyapti. Shartta-shartta ajratib, hammasini har tarafga qo‘yib qo‘yadigan mard topilmagan. Bolakayga achindim to‘g‘risi, anavi ayollar o‘lib ketmaydimi. Qanday vahshiy va razil insonlarimiz bor-a, esiz. Bolani esidan chiqmaydi shu yilgi bayrami, bechora. Bolalar ishtirok etgan salbiy voqeliklarga chidolmayman men. Asabim ikki millionga chiqib ketdi.
2003 lar shu yerdami? 😁
Kursdoshlar oilaviy yig‘ilishni reja qilyapmiz. Menimcha, bu reja uzoqqa cho‘ziladi. Shu ketishda bo‘lsa borgimizam kelmay qolsa kerak. 🤦🏻‍♂️