Hazrati Kursdosh |LIFE
766 subscribers
108 photos
39 videos
20 links
⚡️Tezkor, qisqa va jonli hazillar. Yo‘l-yo‘lakay gaplar, o‘ta shaxsiy hangomalar, ijtimoiy postlar. O'yinlar, yangiliklar, konkurslar, livehacklar, so'rovnoma va viktorinalar.

Asosiy kanal: https://t.me/+U72KGeEFKWlkNWRi

🛡 A'loqa: @Hazrati_Kursdosh
Download Telegram
Uzr, men ko‘p yozvordim. Lekin boshidan oxirigacha o‘qimagan kal. 😁
Hazrati Kursdosh |LIFE
Uzr, men ko‘p yozvordim. Lekin boshidan oxirigacha o‘qimagan kal. 😁
Jigarlarim, meni kimnidir oilasi uncha qiziqtiravermasligi mumkin. Negaki o'zimniyam muammolarim yetarli. Bunaqa mavzularda yozganim, bir oilanigina emas, kattaroq narsalar uchun.
Hazrati Kursdosh |LIFE
Jigarlarim, meni kimnidir oilasi uncha qiziqtiravermasligi mumkin. Negaki o'zimniyam muammolarim yetarli. Bunaqa mavzularda yozganim, bir oilanigina emas, kattaroq narsalar uchun.
Yaxshi oilalar ko‘paysa, jamiyatimiz yaxshilanadi, yomon oilalar ko‘paysa jamiyatimiz parokanda bo‘ladi. Bu jamiyatda esa insonlar yashaydi. Shuning uchun bo‘lar-bo‘lmas ajrimlarga qarshiman. Hamma bir-biriga ta'sir o‘tkazadi. Shudir masala, deydi-ku)
Xotin telefon qilib uni oling, buni oling, dedi. Bolam undan olib keling, bundan bering, dedi. Er kerakmasmi, dada kerakmasmi, dedim. Shuning uchun ham kerak-da, deyishdi. Toʻgʻri, dedim. Alhamdulillah, borlariga shukr.
Menga qaranglar, aziz otalar. Pampers buncha qimmat bo‘lib ketdi-e yoki menga shunday tuyilyaptimi? 💆‍♂️
Hazrati Kursdosh |LIFE
Menga qaranglar, aziz otalar. Pampers buncha qimmat bo‘lib ketdi-e yoki menga shunday tuyilyaptimi? 💆‍♂️
Yoz kelyapti-ku, ko‘tyalang qo‘yib yuboramiz, bepayon dalada yurgandek choptirib yuraveradikuya buyog‘iga, sassiqchalar😁
Yandex Bro qaytdi, jigarlarim. Endi bizda odamlarni qonuniy tashish bo‘yicha litsenziya bor.
Hazrati Kursdosh |LIFE
Yandex Bro qaytdi, jigarlarim. Endi bizda odamlarni qonuniy tashish bo‘yicha litsenziya bor.
Anachadan beri rus opachalarni sog‘inuvdi odam. Ular bilan o‘zbekcha gaplashish zo‘r-da) Bugunoq bittasini manziliga tashlab qo‘ydim. Qiynamay o‘zbekcha gapirtirib ketdim)
Oʻzbekning ota-onasi shu ekan. Men buyoqda bolam deb yursam, ayam bilan dadam uyoqda meni, deb yuribdi. Masalan, oʻgʻlimga chiroyli kiyimlar olib berdim, bogʻchasiga kuritoy boʻlib borib kelsin, dedim ayam bilan dadam shu oʻgʻlimga Toshkentdan uy olib beraylik, uyli boʻlsin, deb yigʻinishyapti. Va hayot har jihatdan shunday davom etyapti. Xudo kuch-quvvat, sogʻliq berib tursa, qurbim yetgani yetgan orzularini amalga oshirishda doim harakatdaman, Insha’Alloh. Tani-jonlari omon boʻlsin.
Bugun bir koreys opani manziliga eltib qo‘ydim. U dastlab menga ruscha gapirib ko‘rdi, boshqacha bo‘lishi mumkin emas — o‘zbekcha javob eshitdi. Keyin inglizcha gapirib ko‘rdi, baribir o‘zbekcha javob oldi. Manziliga yetganimizdan keyin koreyscha birnima-birnima dedi-da, mashinadan o‘zbekcha rahmat aytib tushib ketdi. Menimcha, shu meniyam ona tilim bor onasini emsin, dedi u koreyschalab. 😂
Hazrati Kursdosh |LIFE
Bugun bir koreys opani manziliga eltib qo‘ydim. U dastlab menga ruscha gapirib ko‘rdi, boshqacha bo‘lishi mumkin emas — o‘zbekcha javob eshitdi. Keyin inglizcha gapirib ko‘rdi, baribir o‘zbekcha javob oldi. Manziliga yetganimizdan keyin koreyscha birnima-birnima…
Ozroq hazil aralashtirib yozyapman, to‘g‘ri. Ammo bu yerda juda dahshatli, jiddiy muammo bor. Chet ellik fuqaro O‘zbekistonga kelib, buning ustiga, shu yerda yashab birinchi rus, keyin ingliz, keyin o‘zini tili va oxirida o‘zbekcha gapiryapti. Bu o‘zbek tilini rivojlanishi va ommalashishida hech nimaga erishmaganimizni bildiradi. Qolaversa, uning himoyasi sust ekanini ko‘rsatib bermoqda ular.
Toshkentdami yoki qishloqda biror biznes qilishni oʻylayapman. 🤦‍♂️
Bugun uchta hind qizini manziliga tashlab qo‘ydim. Negadir shu kinolardagi bosh qahramon hind qizlariga o‘xshagani hech uchramaydi-da. Mayli, boriga baraka. Har holda o‘zbekcha-hindcha aralashtirib gapirib ketdi-ku, bilarkan.
Hazrati Kursdosh |LIFE
Bugun uchta hind qizini manziliga tashlab qo‘ydim. Negadir shu kinolardagi bosh qahramon hind qizlariga o‘xshagani hech uchramaydi-da. Mayli, boriga baraka. Har holda o‘zbekcha-hindcha aralashtirib gapirib ketdi-ku, bilarkan.
Uchalasiyamchi menga yebqo‘ygudek shunaqangi qarab ketdiki, biror joyimga nimadir bo‘libdimi, deb hijolat tortib ketdim. Yana bir-ikki kilometr yurganimizda bilmadim nima bo‘lardi. Manziliga tashlab qochdim. 😉
To'g'risini aytsam, shu paytgacha chet elga umuman qiziqmabman. Bundan keyin ham qiziqmasam kerak. Hozir esimga tushib ketdi)