Hazrati Kursdosh | X
10.5K subscribers
1.85K photos
481 videos
23 files
1.94K links
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz!

⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling!

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive

📍Murojaat: @jonikuyarbot
Download Telegram
Hazrati Kursdosh bugundan boshlab o‘zbek tili targ‘iboti va himoyasini yanada kuchaytiradi. Bu yo‘lda mayda ish yo‘q. Hatto jamoat joylarida mavjud hojatxonalardagi "Ж" va "М" harflarini "E" va "A" harflariga o‘zgartirish ham natija.

@hazratikursdosh
Maqsadimni tushunmay turgan og‘aynilarga eslatib o‘tmoqchiman. Men til o‘rganishga mutlaq qarshi emasman. Dunyo tillarini o‘zlashtirgan, ko‘p tilda muloqotga kirisha oladigan yurtdoshlarimiz ko‘payishini xohlayman. Bundan faqat xursand bo‘laman.

Faqat o'z Ona tilimiz, o‘zbek tilini qadrsizlantirmagan, unutib qo‘ymagan holda, marhamat! Qo‘shimchasiga uni targ‘ib qilsa, yanayam xursand bo‘laman. Chunki chet tilini bilgan odam o‘sha millat odamlariga o‘zbek tilini o‘rgatish yoxud bunga majbur qilishda bizdan ko‘ra yaxshiroq imkoniyatga ega bo‘ladi.

Boshqa tomondan esa, o‘zbeksitonlik O‘zbekistonda turib o‘zbek tilida ishini bitirolmasligini oldini olish maqsadim. Vatandoshim (hech bo‘lmasa) o‘z vatanida chet tilini bilmaganidan uyalib, hijolat tortib turmasligini istayman. Davlat va nodavlat tashkilotlarida konstitutsiyamizga zid ravishda haliyam rus tilida hujjatlar yuritilayotgani, lotin alifbosiga batamom o‘tilmagani, qolaversa, o‘z kasbining yutuk mutaxassislari rus tilini bilmagani uchun ishga qabul qilish suhbatlaridan o‘tolmayotgani va hokazolarni hisobga olsak, bu borada hali qiladigan ishimiz ko‘p.

Ko‘chalardagi reklama va turli bannerlar-ku, alohida mavzu bo‘ladi. Xullas, bu yo‘lda har qanday narsani qilaverish maqsadli. Eng muhimi to‘xtab qolmaslik va kimningdir boshlashini kutib o‘tirmaslik!

@hazratikursdosh
#mavzugadoir
Internetdagi dialogdan:
— Yaxwi qiz, sz manga yoqp qoldiz, koriwsak boladim?
— Soati 50 ming!
— Nma? Sz anaqangi qizladanmi?
— Yo'q, men ona tili o'qituvchisiman, sizga ona tilidan dars bermasa bo'lmaydi!

@hazratikursdosh
Quvnoq daydi paroxodining kema jurnali, 23-may. Oy oxiri, cho‘ntak teshilgan, ikki-uchta chirigan ming va ikki ming so‘mlik kayfiyat bilan davom etamiz!

@hazratikursdosh
— Hazrati Kursdosh, maoshga qarab ishlaydiganlarning oy oxiridagi vaziyatini qanday izohlaysiz?
— Bir pochka dollar topib olishni judayam xohlayotgan odam kayfiyati. 😂

@hazratikursdosh
Uyat, uyat shu qovoqvoydek bo‘lolmasalaring)

P.s: Oliy ta'lim ham o‘yinchoq bo‘lib ketdi, derdim-u, lekin shu qovoqvoy ham aksariyatimizdan ko‘ra yaxshi fikrlaydi. Yana tanlagan kasbini qaranglar, Omad!

@hazratikursdosh
Chindan ham, tabiatga yoz kelayotganini aytarmiz balki?!.

@hazratikursdosh
Yaxshilab qulog‘ingga quyib ol, jigarim: agar azbaroyi o‘sha ayolni deb, astoydil bir narsa qilayotgan bo‘lsang, hech qachon kulgili ahvolga tushmaysan. Xohlaganingni qil: xohla – umbaloq osh, xohla – aravani quruq obqoch, xohla – derazasining tagida ashula ayt, faqat o‘zingni jiddiy va aqlli qilib ko‘rsatishga urinma!

Remark, "Uch og‘ayni"

@hazratikursdosh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston harbiy-havo kuchlarini o‘zgacha rakursda namoyish qilibdi. Bir maza qilinglar.

@hazratikursdosh
Hamma maktabni tugatganiga nechchi yil bo‘lganini eslab, post qilyapti ekan. Men 4 ta maktabni tomomlaganman, turli yillarda. Qaysinisini yozsam ekan? Qaysini yozishimning ahamiyati yo‘q, aslida. Haqiqat bitta, endi u davrlar qaytib kelmaydi. Orqaga qarashga esa yurak betlamaydi. Faqat hozir va men bor. Tamom.

Katta hayotga qadam qo‘yayotgan (hozirgilar katta hayotga 5-sinfdan chiqyaptiku-ya) uka-singillarimizga yuksak zafarlar tilayman. Siz ozodsiz!

@hazratikursdosh
Maktabni bitiruvchi uka-singillarga

Shu kunlarda ko'p eshitib yurganimiz "Xayr maktabim" qo'shig'ini to'xtatib turib, karantin davrida "So'ngi qo'ng'iroq"ni uyida o'tkazib yuborgan 2002 lar uchun bir daqiqa sukut saqlaymiz.

@hazratikursdosh
#birqaynoviichida
Hozirgi bolalarga tushunmayman. Nima istayotganini o‘zi bilmaydi. Mana, masalan, qo‘shnimning o‘g‘li mashinam oynasiga "Meni yaxshilab cho‘miltir" deb yozgan ekan. Bolaning ko‘ngli qolmasin deb aytganini qildim. U bo‘lsa, vannaga kirmayman, deb rosa to‘polon qildi.🤦🏻‍♂️

@hazratikursdosh
Davlat tashkilotlarining hech birida hozir ish osonmas. Hammasi-ku, mayli shu Vatan uchun. Lekin tizimda bir maraz odat borki, buni tag tugi bilan yo‘q qilish kerak. U bora-bora bizni sindiradi.

Yarim kechagacha qolib ishlash va boshliqning ketishini kutish. U ketganidan keyin ketish. Shu qatori, ertaga qilsa bo‘ladigan ishni kechasi davom ettirish va hk. Qolganlarga nisbatan muhimroq lavozimda o‘tirganlarni ko‘proq nazarda tutyapman.

Boshlig‘ing biror muhim ishni bajarib turgan bo‘lsa-ku mayli, ammo qahva ichib, kino ko‘rib shunchaki yotgan bo‘lsa, orqang shunaqangi yonib ketadi, asti chidolmaysan.

Natijadorlik o‘z yo‘liga. Bunaqa usulda biror nimaga erishib bo‘lmaydi, baribir. Lekin... Uyda dadasini kutib, uxlamay o‘tirgan bolalar-u, eri kelmagunicha ovqatlanmay turgan ayollar uchun ham buni tuzatish kerak!

@hazratikursdosh
To‘g‘risini aytinglar, kim yuqoridagi postni boshlig‘imga pereslat qilgandi? Oramizda sotqin bor.🤦🏻‍♂️

@hazratikursdosh
Men 1998-yil qizlarni haliyam kichkina deb yuraman. 2002 larni-ku, vopshim. Bunday kuzatsam aksariyatining 3-4 tadan bolasi bor ekan, uji. Men qoyil qoldim. 🙆🏻‍♂️

@hazratikursdosh
30 ga kirvolib, 18 yoshlisini qidirib yurgan bo‘ydoqlar yuqoridagi ma'lumotdan keyin sochini kalga oldirvorsayam bo‘ladi. 😂

@hazratikursdosh
Abdulla Qodiriyni "Diyori bakr", Remarkni "Uch og‘ayni" va Murod Muhammad Do‘stni "Lolazor" kitoblarini bir vaqtda o‘qib ketyapman. "Diyori Bakr" va "Uch og‘ayni"ni uchinchi marta, "Lolazor"ni birinchi marta o‘qiyapman.

Uchta kitobni bir vaqtda o‘qishning yaxshi tomoni — bittasidan zerikib qolganingda ikkinchisini, ikkinchisidan zerikib qolganingda uchinchisini kelgan joyidan davom ettirib ketaverasan. Muhimi o‘qishdan to‘xtab qolmaysan.

Yaxshi usul, tavsiya qilaman. Eplolsangiz, albatta.

@hazratikursdosh
Toshkent yana bir chinoridan “judo” boʻldi

“Selxoz” chorrahada yoʻl qurilishi ishlari olib borilayotgani sababli katta Chinor daraxti kechasi kesib tashlandi.

Bizda qurilish yoki ta’mirlash ishlari boʻlsa, bas, oʻylamay daraxt kesamiz. Yoʻlimizga chiqqan, halaqit qilgan narsa borki, barini yoʻq qilamiz. Chunki qurishdan buzish oson-da. Nima qilamiz miyani ortiqcha qiynab!?

Kattagina chinor ekan, esizgina. Ruxsati bormikin kesgani? Boʻlgandachi!? Hoy, haloyiq daraxtlar najot! Bittagina kesilsa nima qilibdi, deb boʻlmaydi. Necha mingtasi shunday kesilib ketyapti, axir.

Men bu bilan kimnidir so‘kmoqchi emasman. Shunchaki bo‘lar-bo‘lmasga daraxt kesavermaylik. Achinasan-da, kishi...

Foto: Obunachimizdan

@hazratikursdosh