Metroda meni hamma tanib qolishdimi deymanda. Qaysi vagonga chiqmay, barida odamlar bir-biriga joy berish bilan ovvora. Hatto talashib qolishyapti. 😅
@hazratikursdosh
@hazratikursdosh
Obedga oshxonada qovurma lagʻmon buyurtma qilgandim. Haligi taomni koʻrsangiz, bechora rosa qovurma lagʻmon boʻlgisi kelgan ekan, deysiz. Qornim ogʻrib qoldi. 🤦♂️
@hazratikursdosh
@hazratikursdosh
Bu yil birinchi xonim ikkinchi mutaxassislik boʻyicha talaba boʻlishni ixtiyor aylaganlarida, bugun oʻqishga kirganini nishonlab oʻtirardik. Bolalar bilan qayga boraman, deb topshirmadi. Bir ogʻiz xohish bildirganingizda edi oʻqishni oʻzini oldingizga olib kelib qoʻyardim, xonim!
Ayollaringizni oʻqiting bolalaringiz uchun.
@hazratikursdosh
Ayollaringizni oʻqiting bolalaringiz uchun.
@hazratikursdosh
Katta oila yaxshi niyatda pul yig‘inib, topganimizni bankka qo‘yayotgandik. Barchasi birinchi xonimning hisob raqamlariga tushirilyapti. Balki shungadir, deb o‘ylab qoldim, summa oshib borgan sari ovozi me’yoridan balandlab ketyapti. Bora-bora uydan haydavormasa bo‘ldi.😁
@hazratikursdosh
@hazratikursdosh
“Botanika bog‘i”dagi sarguzashtlar
Kuni kecha "Botanika bog‘i"ga oilaviy dam olgani bordik. Piknik qilishga barcha shart-sharoitlar hozirlangan, hatto samokatlargacha olganmiz.
Bir vaqt kichkinacha bilan ovvora bo‘lib tursak, katta o‘g‘lim samokatini minib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ayasi bog‘ning u tomoniga, men qo‘limda ukasini ko‘targancha bog‘ning bu tomoniga qarab ketdik.
Ismini aytib qancha chaqirmayin, javob yo‘q. Chamasi 10 daqiqalarda, natijasiz qidiruvdan keyin ichimga g‘ulg‘ula oralay boshladi. Shu payti dunyoni buzib yuboradigan vajohatda edim. Miyada ming xil xayol, qo‘limda yana yosh bola bilan bir muddat to‘xtab qoldim.
Buning ustiga ayasi ham ketgan joyidan quruq qaytdi. Ana endi rostakamiga qidiruv boshlandi. Piyoda qidirishdan ish chiqmasligi, chaqirsam ham javob bermasligini, xarakterini yaxshi bilganim bois kattalar samokatini prokatga olib, jarayonni tezlashtirdim. Imkon qadar kattaroq maydonni, qisqa fursatda uzun yo‘lni bosib o‘tishim kerak edi-da.
Qidiruv jarayonida bog‘ning hech bir teshigi qolmadi, xilvat joylar ham. Bu orada necha bir juftliklarni bezovta qilib, noqulay holatga tushirdim. Tez harakat qilayotganim bois ayrimlari hech nimaga ulgurmay qolyapti. Ayni ish qizg‘in kechayotgan pallada chiqib qolaverdim-da. Bir-ikkitasini stop kadr qilib, noqulay bo‘lsa-da, bolani ko‘rinishini aytib, so‘roqqayam tutdim. Aka, siz kelmaguningizcha biz yerda emasdik, borliqni unutgandik, deydi yaramaslar.
Kichkina o‘g‘limam ularni ko‘rsatib, ana-ana, deb qoladi, o‘g‘ilbola-da! Ota-bola shu zayilda "ana-ana", "qani-qani", deb ketaverdik.
Bir payti ko‘ngil shunaqangi joyiga tushdi, hali bunaqa hissiyotni tanimda o‘tkazmaganman. Yaramascha, samokatini sekin haydab, manzaralarni xotirjam tomosha qilib yuribdi. Uzoqdan bir muddat kuzatib turdim. Har zamonda ariqlar yonida to‘xtab, suvga toshlar otib, daraxtlar tepasiga xayol bilan qarab qo‘shiqlar hirgoya qilib qo‘yayapti. O‘rgildim sendaqa shoirtabiatdan, yurakni yoray deding-ku!
Indamasam hali yana o‘zicha yurmoqchi, parvoyi falak. Chaqirsam, tirshayib kelyapti, onangni emgur bolasi. Surishtirishni boshladim. Hatya ukasi bilan ko‘rganlarimizni ko‘rmabdi. Qiziqishda butun bog‘ni samokati bilan g‘izillab aylanib chiqibdi. Hatto yo‘qolib qolganiniyam bilmaydi.
Toʻlaqonli oila bog‘ni birgalikda aylanishda davom etdik. Kichkina o‘g‘lim yelkamda ketayotib "Ana-ana!" desa "Qani-qani?" devoribman. Yaxshiyamki ayasi hech nimani bilmaydi. 😉

Buni hamma oila qurganlar bir kun kelib tushunib yetadi. Hech qachon ideal er, hech qachon ideal xotin boʻlmaydi. Bir biringizdan ideallikni talab qilmang. Vazifalarini rukach ham qilish koʻpam ish bermaydi. Bularning oʻrniga xafa qilgandan soʻng xursand qilishni, uzr soʻrashni, kechirishni, eshitishni, urushgandan soʻng yarashishni biling. Qolgan bari umrni bekorga sarflashga kiradi.
#oilashunosadmin
@hazratikursdosh
#oilashunosadmin
@hazratikursdosh
Kecha kechasi Toshkent shahri bo‘ylab 25 km masofani piyoda va yugurgan holda bosib o‘tdim. Bu kutilmaganda qilingan qaror o‘zimni jismoniy chiniqish darajamni aniqlash maqsadida qabul qilingandi. Hammasi yaxshi o‘tdi; nafas olish, qon bosimi, yurak joyida. Faqat tizza va undan pastdagi boʻg‘imlar sezdirib qo‘ydi. Oxirgi km da oyog‘im bor yo yo‘qligini sezmay qoldim. Hozir nima bo‘layotganini-ku aytmayman)
25 km men oʻylaganimdan koʻra katta masofa ekan. Ammo anchadan beri poytaxtda bo‘lib, bunaqa maza qilmaganman. O‘zgacha sayohat kayfini berdi bir tomondan. O‘zim uchun bu ishni haftada bir takrorlashni maqsad qilib qo‘ydim.

Qorin qoʻyvorganimda nima bu ahvol, qorin boylavoribsan, ozroq harakat qilib tur, deyishdi. Qornimni yoʻqotdim, endi qorning yoʻqolib qolibdimi, ozib ketibsan, lekin erkak kishiga qorin ham boshqacha savlat berib turardi, deyishdi. Meni qornim oʻyinchoqmi silarga?! Boʻldi, bori shu, boshqa qoʻymayman! Qornim bilan oʻynashmalaring! 😂
@hazratikursdosh
@hazratikursdosh
Puling boʻlsa yoʻqotar orin
Nomiga-da soʻrashganlar.
Bugun oʻzlari meshqorin
Qornim bilan oʻynashganlar!
Sal ogʻishsang yoʻlingdan
Tanimasdan gʻoz oʻtganlar.
Qoʻli tushmasdi-ku koʻksidan
Qornim bilan oʻynashganlar!
Kecha edi qoʻlimdan
Ushlab-ushlab yurganlar.
Endi tonir oʻz-oʻzidan
Qornim bilan oʻynashganlar!
Kun keladi koʻramiz
Soqqang sandiq boʻlganlar.
Yana qorin qoʻyarmiz
Qornim bilan oʻynashganlar!
Mayli sizga ham omad
Yor boʻlsin deb yurganlar.
Boʻling tinmay salomat
Qornim bilan oʻynashganlar!
Hazil she’rim oʻqiboq
Oʻzi bilan talashganlar.
Oʻsha mashhur dumaloq
Qornim bilan oʻynashganlar!
@hazratikursdosh
Nomiga-da soʻrashganlar.
Bugun oʻzlari meshqorin
Qornim bilan oʻynashganlar!
Sal ogʻishsang yoʻlingdan
Tanimasdan gʻoz oʻtganlar.
Qoʻli tushmasdi-ku koʻksidan
Qornim bilan oʻynashganlar!
Kecha edi qoʻlimdan
Ushlab-ushlab yurganlar.
Endi tonir oʻz-oʻzidan
Qornim bilan oʻynashganlar!
Kun keladi koʻramiz
Soqqang sandiq boʻlganlar.
Yana qorin qoʻyarmiz
Qornim bilan oʻynashganlar!
Mayli sizga ham omad
Yor boʻlsin deb yurganlar.
Boʻling tinmay salomat
Qornim bilan oʻynashganlar!
Hazil she’rim oʻqiboq
Oʻzi bilan talashganlar.
Oʻsha mashhur dumaloq
Qornim bilan oʻynashganlar!
@hazratikursdosh
Erkak kishini yoʻlga solishning oson formulasi
Xotin kishini suyukli qiladigan sehrli soʻz — “Xoʻp” yoki “Xoʻp boʻladi”. Lekin koʻplab ayollarimiz bu soʻzdan oldin erini asabini bir oʻynab, soʻkish eshitib olmasa maza qilmaydi.
Hurmatli ayollar, opa-singillar siz qancha xoʻp deng, shuncha sevilib boraverasiz. Ayrim hollarda eringiz sizni ortiqcha koyidi yoki sizga nisbatan nohaq tadbir qildi. Choʻgʻ qizib turganida tortishmang, Xoʻp, deng, birozdan keyin egovni qoʻlga olaverasiz. Undayam birdan egovlamang, xushyorroq boʻling. Erkak kishi tez jahl qiladi, xuddi shunday xovuridan tez tushadi. Keyin u sizniki.
Erkak kishini yoʻlga solishning oson formulasi — tabassum — xoʻp boʻladi — siz zoʻrsiz — toʻgʻri aytyapsiz — uzr, dadajonisi va hokazo bir soʻz bilan xushmuomalalik. Keyin mazali taom va sarishtalik ham ko‘p hollarda erning xotinga bo‘lgan muhabbatini oshiradi.
Erkak gapirayotganda u bilan tengma-teng gapirmang. Umuman ovozingizni balandlatmang. Inkor soʻzlarni umuman ishlatmasangiz ham maqsadli. Asablar tarang, holdan toygan payti haqligingizni isbotlashga harakat qilmang. Bu xuddi yonib turgan olovga kerasin sepganday gap, kerak emas ish.
Erkak kishida baribir gʻurur balandroq boʻladi. Hammasi ham oʻz aybini osonlikcha tan olavermaydi. Vaqt kerak boʻladi. Tabiatan ayol kishi gap ko‘tarishi, chidab turolishi mumkin, lekin hamma erkaklar ham bunga qodirmas. Shuning uchun yarashishgacha boʻlgan birinchi qadamni siz tashlaganingiz, urushni esa oldini olganingiz ma’qulroq. Shundan keyin er zoti oʻz-oʻzidan jahldor va vajohatli sherdan muloyim va yoqimtoy sher bolachasiga aylanib qoladi. Ana shunda istagan koʻyingizga solasiz-ku!
Soddaroq misol qiladigan boʻlsak, erkak kishi boladay gap, faqat sal kattaroq. Xushmuomalalikni yoqtiradi, tabassumni sevadi, maqtovdan kuch oladi, hatto erkalanishni istaydi. Aldagani nima yaxshi, bola yaxshi. Eringiz bilan tortishgandan, yakuni samarasiz urushgandan hech qanday naf yoʻq. Bir-biringizdan soviganingiz qoladi xolos. Aldash kerak, vaziyatdan chiqish yoki uni yumshatish uchun. Erni aldash xiyonatning bir turi, ha. Lekin chin aldashgacha obormassiz. Har holda yaxshilik uchun istisno qilib tursa boʻladi.
Makringizni urush chiqarish uchun emas, baxtiyor yashash, yarashish, sevib-sevilish uchun ishlating!
P.s: juda darajada mol erlar, farosatsiz xotinlar bundan mustasno. Men ular uchun yozmadim postni, foydasi ham yoʻq.
#yehhee
#oilashunosadmin
#manipulyatsiyaemas

Dangasa bo‘pqobman. Qiynalib ketdim yakungacha. Yaxshiyam birinchi xonim bor, unga gapirib berayotgandek xayol bilan yozib tugatdim.
Hamma tarafni inobatga olib yozish, fikr berish osonmas. Seni yozganing kimgadir ta'sir qilishi, foydasi tegishi va shunga qarab yo‘nalish olishi mumkinligi esa mas'uliyatni oshiradi. Keyingisi mujik birodarlar uchun bo‘ladi, nasib qilsa albatta. Bu borada o‘zimizga ham aytar birtalay gaplarimiz bor. Opa-singillarimizni ulugʻlashda erinish yoʻq.
Lekin kattaroq narsa yozsang, o‘qimay turib layk bosadigan kuzatvchilarimizga besh ketaman. Ular kommentga kirib bilib oladi-da, gap nima haqda ketayotganini. Omon bo‘lgurlar!

Assalomu alaykum, jigarlarim!
Ma’lumot uchun @Maklersiz kanalimizda kvartira mavsumi boshlangan. Oʻzingizga ma’qul boʻlgan kvartirani toping yoki kvartiraga qoʻying. E’lonlar doimgidek tekin joylanadi, yengillik boʻlsa shu talabaga boʻlsin, deyman.
P.s: Kvartirasini ijaraga berayotganlar, narxlarni insof bilan qoʻyamiz. Talabadan pul olma, duo ol. Musofirning duosi oʻtmay qolmaydi. Teskari oʻqivorsa boshing balodan chiqmay ketadi. 💪😁

Bugun oylik maoshimizni tushirib bermasanglar boʻlmaydi. Hozirgina xayolimda bir soʻmka dollarni taqsimlab, sarflab yubordim. Endi nima qilaman?!😂
@hazratikursdosh
@hazratikursdosh
Bugundan respublika boʻylab maktablar faoliyatini boshladi. Kimni 1-sinfga borganiga nechchi yil toʻlibdi? Oʻsha paytdagi taassurotlaringiz bilan oʻrtoqlashing, eslay olsangiz.
@hazratikursdosh
@hazratikursdosh
Assalomu alaykum, bu admin oylik olmagunicha yozmaydiyov, deb turgan jigarlarim. Chindan ham shundaymi, deyman-da, kayfiyat yoʻq. Karta hisobi nol, banklar esa poylab turibdi. Kreditni qaysi bir tez yechari oʻynamoqchi. Shular qatorida menam bor, boshqa kartani hozirlab turibman. Kechga chempion aniqlanadi. 😂
@hazratikursdosh
@hazratikursdosh
Forwarded from I.C.D. of TSTU
BARCHA UNIVERSITETLAR SIRTQI va Masofaviy TA'LIM yo'nalishi talabalari uchun NOYABR-DEKABR-YANVAR oylarida Germaniyada sayohat, amaliyot o'tash hamda ishlab kelish imkoniyatini qo'lga kiriting.
👉BATAFSIL👈 so'zini ustiga bosish orqali TO'LIQ MA'LUMOT olishingiz mumkin. O'QIB CHIQING, agar shundan so'ng savoliz bo'lsa, Iltimos, ish soatlarida bizga murojaat qiling!
⏰ Qabul 22-sentyabrga qadar
👉Ro'yhatdan o'tish👈
📞+998914117437 @Nazira_Olimova
+998990259595
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Web-sayt | Instagram

Hisobchimiz bugun-erta oylik tushishini aytgandi. Shundan beri Payme’ni yagʻiri chiqib ketdi, yangilanaverib.
@hazratikursdosh
@hazratikursdosh
— Hazrati Kursdosh, anchadan beri postlarni qichitmay qoʻydingiz?
— Shu desang sira toʻlmaydigan olaxoʻrjinim bor. Aylantirib shuni toʻldirishga harakat, uka. Istasang senam boʻyningga bir ilib koʻr, keyin birga-birga qichitiiib yurardik. 😂